Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Orolbo‘yi hududining qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvi orqali yerlardan samarali foydalanishga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan muammolar
Kdirbaeva Gulan Utebaevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalar bilan innovatsion yangiliklar tashkil qilish maqolada ilgari surilgan maqsadning asosiy vositasidir. So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida global iqlim o‘zgarishi natijasida iqlim va gidrogeologik sharoit tufayli sug‘orish uchun suv tanqisligi yuzaga keldi. Natijada chuchuk sug‘orish suvi yetishmaydi, bu esa ixtisoslashuv va takomillashtirishning o‘zgarishiga olib keladi. Maqolaning mazmunida Orolbo‘yi hududidagi qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvidagi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish orqali ularni bartaraf etishda zamonaviy tajribalarni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha nazariy takliflar keltirilgan. Shuningdek, ushbu muammolarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladigan omillar ham keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning agrokimyoviy holati, oziqa rejimi va kunjut hosildorligiga mineral o‘g‘itlar ta‘siri
Karlibaev Sultanbay Miraziz uli, Shadiyeva Nilufar Iskandarovna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Mazkur maqolada Toshkent viloyati Qibray tumanidagi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kunjut (Sesamum indicum L.) yetishtirishda mineral o‘g‘itlar me‘yorlarining tuproqning agrokimyoviy holatiga ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqotda tuproqning 0–30 va 30–50 sm qatlamlaridagi gumus, umumiy azot, fosfor va kaliy miqdori tahlil qilinib, ularning qatlamlar hamda tajriba variantlari bo‘yicha taqsimlanish xususiyatlari baholandi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
«Qoraqalpog‘iston suv havzalari zooplanktonlari va ularning bioekologik xususiyatlarining» tilapiya (Oreochromis mossambicus) balig‘iga ta‘siri
Joldasbaev A., Ajimuratov A. · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
«Qoraqalpog‘iston suv havzalari zooplanktonlari va ularning bioekologik xususiyatlarining» tilapiya (Oreochromis mossambicus) balig‘iga ta‘sirining akvakulturasida nisbatan yangi tur hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston sharoitida 3 ta akvakultura obyektida tilapiya baliqlarining tana uzunligi va vazn ko‘rsatkichlari tavsiflandi hamda belgilari o‘rtasidagi bog‘liqlik xarakteri to‘g‘risidagi ma‘lumotlar olindi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Zarafshon daryosi suv resurslarini integrallashgan boshqarish va suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini ilmiy asoslash
Inoyatov Ikrom Shakhrilloyevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Maqolada Zarafshon daryosi suv resurslaridan samarali va ekologik barqaror foydalanishning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy e‘tibori suv resurslarini boshqarishda suv miqdori bilan bir qatorda uning sifat ko‘rsatkichlari, mineralizatsiya darajasi, kollektor-drenaj va qaytma suvlar, qishloq xo‘jaligining suv talabi hamda suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini yagona tizimda hisobga olish zaruratiga qaratilgan. Mavjud ilmiy tadqiqotlar Zarafshon daryosining quyi oqimida suv sifatining yomonlashuvi va mineralizatsiyaning ortishini, shuningdek, kollektor-drenaj suvlarining hajmi va tuz yuklamasi o‘zgarib borayotganini ko‘rsatmoqda. Shu asosda suv resurslarini integrallashgan boshqarish mexanizmini takomillashtirish suv tanqisligi, suv sifati yomonlashuvi va sug‘orish samaradorligining pasayishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni kamaytirishning muhim yo‘nalishi sifatida asoslanadi. Maqolada suv miqdori, suv sifati, qaytma suvlar, sug‘orish texnologiyasi va suv mahsuldorligini yagona boshqaruv tizimida baholash konsepsiyasi taklif etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpog‘iston sharoitida soyaning «Hosildor» va «Uzbekskaya–2» navlarini yomg‘irlatib sug‘orishning suv tejamkor tartiblari
Djumanazarova Altingul Tengelovna, Bisenbaeva Nodira Esen kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanining qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida soyaning «Hosildor» va «Uzbekskaya–2» navlarini yetishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish tartiblarining samaradorligi o‘rganilgan. Sug‘orish oldidan tuproq namligini cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan 65–70–70 %, 70–75–75 % va 75–80–80 % darajalarda saqlash variantlari egatlab sug‘orish bilan taqqoslangan. Tuproq namligi, sug‘orish me‘yorlari, suv sarfi, o‘simliklarning o‘sishi va don hosildorligi hisobga olingan. Natijalar yomg‘irlatib sug‘orish egatlab sug‘orishga nisbatan suv sarfini kamaytirishini ko‘rsatgan. Eng yaxshi suv tejamkorlik ko‘rsatkichlari 75–80–80 % tartibida, ayniqsa «Uzbekskaya–2» navida, qayd etilgan. Natijalar mintaqada suv resurslaridan samarali foydalanish va soya yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
G‘o‘zani sug‘orish usullarining paxta hosildorligiga ta‘siri
Djumanazarova Altingul Tengelovna, Genjemuratov Abdikadir Saylawbaevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning «S-4727» va «Sulton» navlarini turli sug‘orish usullari asosida yetishtirish samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlarda egatlab sug‘orish hamda g‘o‘za qator oralig‘iga plyonka to‘shab, egat oralatib sug‘orish usullarining tuproq suv o‘tkazuvchanligi va paxta hosildorligiga ta‘siri tahlil qilingan. 2020–2022-yillarda olib borilgan tajribalar natijasida sug‘orish oldidan tuproq namligini cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan 70–70–60 foiz darajada saqlash va egat oralatib plyonka to‘shab sug‘orish usuli samarali ekanligi aniqlangan. Mazkur usulda «S-4727» navidan o‘rtacha 34,6 s/ga, «Sulton» navidan esa 37,3 s/ga paxta hosili olingan. Olingan natijalar suv resurslaridan samarali foydalanish va g‘o‘za yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirishda muhim amaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpog‘istonning sho‘rlanishga moyil yengil va o‘rta qumloq tuproqlarida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orishning suv sarfi, tuz rejimi va hosildorlikka ta‘siri
Djumanazarova Altingul Tengelovna, Ubbiniyazova Sevarakhan Paluaniyaz kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘istonning sizot suvlari 1,5–2,5 m chuqurlikda joylashgan, kuchsiz sho‘rlangan yengil va o‘rta qumloq tuproqlarida g‘o‘zaning S-4727 navini tomchilatib sug‘orish samaradorligi egatlab sug‘orish bilan taqqoslanib baholangan. Dala tajribasi 2025–2026-yillarda uch variantda o‘tkazildi: egatlab sug‘orish (ishlab chiqarish nazorati); sug‘orishdan oldingi tuproq namligini cheklangan dala nam sig‘imiga (ChDNS) nisbatan 70–80–65 % da ushlab tomchilatib sug‘orish; 80–80–65 % da tomchilatib sug‘orish. Tomchilatib sug‘orishda mavsumiy sug‘orish me‘yori yengil tuproqlarda 34–36 %, o‘rta qumloq tuproqlarda 25–28 % ga kam bo‘ldi. Paxta hosili nazoratga nisbatan 6,6–11,2 s/ga ko‘p bo‘ldi (43,5 va 41,6 s/ga). Tomchilatib sug‘orilgan variantlarda tuproq va sizot suvlarining sho‘rlanishi egatlab sug‘orishga qaraganda kam oshdi. Eng samarali variant sifatida 70–80–65 % rejimi aniqlandi (rentabellik darajasi 75 %).
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Kuzgi bug‘doyni yomg‘irlatib sug‘orishda dala tajribasining reprezentativligini aniqlash
Djumanazarova Altingul Tengelovna, Khudaynazarova Gozzal Perdebaevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Maqolada kuzgi bug‘doyni egatlab va yomg‘irlatib sug‘orish usullarida dala tajribasining reprezentativligini baholash masalasi ko‘rib chiqilgan. Tajriba maydonlarini tanlashda tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy xususiyatlari, suv o‘tkazuvchanligi, hajmiy og‘irligi, mexanik tarkibi, g‘ovakligi, chirindi miqdori, ko‘chat qalinligi hamda mineral o‘g‘itlar bilan ta‘minlanganligi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan. Mualliflar V. V. Shabanov usuli, ehtimollar nazariyasi va statistik yondashuvlardan foydalanib, taqqoslanayotgan maydonlarning mosligini baholagan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari va sizot suvlari sathi taxminan 2,5 m bo‘lgan sharoitda dala tajribasining moslik koeffitsiyenti R = 0,623 deb keltirilgan. Natijalar tanlangan tajriba maydonining mahalliy sug‘oriladigan yerlar sharoitiga mosligini asoslashga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanishda yangi texnologiyalarning afzalliklari
Aliyeva Gozzal Aliyevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishda zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati, ularning afzalliklari hamda amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Jumladan, tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatib sug‘orish, avtomatlashtirilgan sug‘orish tizimlari, tuproq namligini aniqlovchi sensorlar va raqamli monitoring texnologiyalarining suvni tejashdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, yangi texnologiyalarning suv sarfini kamaytirish, ekinlar hosildorligini oshirish, mehnat va energiya xarajatlarini qisqartirish hamda ekologik barqarorlikni ta‘minlashdagi imkoniyatlariga e‘tibor qaratilgan. Maqolaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tanqisligining oldini olish va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Water pollution in Uzbekistan: a short review
Alimov Atabek · Development of innovative climate-resilient technologies for monitoring and controlling water use efficiency and the impact of salinization on crop productivity and livelihoods in the Aral Sea region · 2026
Ushbu maqolada O‘zbekistonda suv ifloslanishi darajasining hozirgi holati yoritilgan. Suv ifloslanishiga oid so‘nggi maqolalar Scopus ma‘lumotlar bazasidan yuklab olindi va ularning asosiy natijalari sinchiklab tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysidagi yirik daryolarda, jumladan, Chirchiq, Ohangaron, So‘x, Chodaksoy, G‘ovasoy, Kosonsoy, Chortoqsoy va Andijonsoyda asosan sanoat faoliyati natijasida suv ifloslanishining yuqori darajasi kuzatilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham uning quyi oqimda joylashgani va qurg‘oqchil iqlim tufayli suv sifati yomonlashgan, bu esa inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Tadqiqot sanoat faoliyatini saqlab qolgan holda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va inson ta‘sirini cheklash naqadar zarurligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Orolbo‘yi hududida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari va ilmiy-amaliy yechimlari
Ablatov Ulugbek Majitovich, Allashova Nilufar Genjemurat kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Mazkur ilmiy ishda bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi va kuchayib borayotgan qurg‘oqchilik sharoitida Orolbo‘yi mintaqasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv resurslaridan oqilona foydalanish, resurs tejamkor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda sug‘orish tarmoqlarining foydalanish koeffitsiyentini oshirish masalalari chuqur ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida mintaqadagi mavjud tuproq o‘zanli ochiq kanallarda filtratsiya va bug‘lanish natijasida katta miqdorda suv isrof bo‘layotgani aniqlanib, uni kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda tomchilatib hamda yomg‘irlatib sug‘orish kabi zamonaviy tejamkor texnologiyalarni qo‘llash orqali suv sarfini sezilarli darajada kamaytirish, ekinlar hosildorligini barqarorlashtirish hamda tuproqning meliorativ holatini yaxshilash imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Olingan natijalar asosida suv resurslarini boshqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalar va IoT datchiklarini bosqichma-bosqich tatbiq etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Oqova suv tizimlarida favqulodda vaziyatlarni erta aniqlash va bartaraf etishning innovatsion usullari va texnologiyalari
Turlibaev Zakir Temirkhanovich, Tangatarova Gulzira Mirzabekovna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Ushbu maqolada shahar oqova suv (kanalizatsiya) tizimlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen va tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni erta aniqlash, oldini olish hamda oqibatlarini tezkor bartaraf etish masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy IT sensorlari, sun‘iy intellektga asoslangan monitoring tizimlari va transheyasiz quvur qayta tiklash texnologiyalarining samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari asosida oqova suv infratuzilmasining ishonchliligi va ekologik xavfsizligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpog‘iston sharoitida yeryong‘oq navlari hosil elementlari va hosildorligiga sug‘orish usullarining ta‘siri
A.N. Abdalova, B.G. Shamuratov · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Jahonda global iqlim o‘zgarishi sharoitida yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, o‘g‘itlar va suvdan samarali foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada, jumladan, sho‘rga va suvsizlikka chidamli, suvni kam iste‘mol qiladigan moyli ekinlarni yetishtirish sug‘oriladigan yerlarning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish yoki saqlash usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotlar maqsadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan yerlarida yeryong‘oq navlarini suv tejamkor sug‘orish tartiblarini ishlab chiqishdan iborat.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida kartoshkani qora plyonka ostida yetishtirish va sug‘orish suvidan samarali foydalanish
Khojamurotov Salamat Bekmurotovich, Nizomov Rustam Akhrolovich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining kuchsiz sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kartoshkaning «Toshkent ertagisi» navini yetishtirishda qora plyonka bilan mulchalash va sug‘orish tartibotini maqbullashtirishning samarasi tahlil qilingan. 2024–2026-yillarda o‘tkazilgan tajribalarda ochiq dala va qora plyonka ostidagi variantlar, sug‘orishlar soni hamda tuproq namligini cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan saqlash darajalari taqqoslangan. Nazorat variantida mavsumiy suv sarfi 5200 m³/ga bo‘lgan. Qora plyonka ostida tuproq namligini 70–80 % ChDNS darajasida saqlab, 5 marta sug‘orish o‘tkazilganda suv sarfi 2800 m³/ga gacha kamaygan, ya‘ni nazoratga nisbatan 46,2 % suv tejalgan. Ushbu variantda hosildorlik 22,2 t/ga ni tashkil etib, ochiq daladagi 8 marta sug‘orilgan nazoratga nisbatan 2,8 t/ga yuqori bo‘lgan. Vegetatsiya davri 75 kundan 68 kunga qisqargan. Natijalar qora plyonka va tejamkor sug‘orishni birgalikda qo‘llash suv resurslari cheklangan hududlarda kartoshka yetishtirish samaradorligini oshirish imkonini berishini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Soya navlarini sug‘orish tartiblariga ko‘ra sug‘orish oldi tuproq namligi
Uralbaeva Nilufar Kuralbay kizi, Oteuliev Jaksilik Begdullaevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida asosiy va takroriy ekilgan To‘maris Mman-3, Oltin toj va Orzu soya navlarini 70-70-60, 70-75-65 va 70-80-70 % sug‘orish tartiblariga ko‘ra sug‘orish oldi tuproq namligi o‘rganilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Xorazm viloyati sharoitida sholini tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orishda suv sarfi va suvdan foydalanish samaradorligi
Kutlimurotov Javlon Kadamovich, Urazkeldiyev Abduvokhid Bakhtiyarovich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati sharoitida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etishning sug‘orishga sarflanadigan suv hamda kollektor-drenaj oqimi hajmini kamaytirish imkoniyatlariga ta‘sirini baholashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi viloyat meliorativ xizmatining monitoring natijalari asosida ayrim tumanlarning suv va tuz balansi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Dala tajribalari sho‘rlanishga moyil, og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda o‘tkazildi. Tajriba variantlari tomchilatib sug‘orish quvurlarining egatlarga nisbatan joylashuvi va tomizgichlarning suv sarfi bilan farqlandi. G‘o‘zaning rivojlanish fazalari bo‘yicha sug‘orishdan oldingi tuproq namligi chegaraviy dala nam sig‘imiga nisbatan 70–80–60 foiz darajasida saqlandi. Nazorat varianti sifatida an‘anaviy egatlab sug‘orish usuli qabul qilindi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Sho‘rlangan tuproqlar sharoitida makkajo‘xori yetishtirishda sug‘orish usullarining o‘sib rivojlanishiga ta‘siri
Tleubergenov Erkinbay Bakhitbaevich, Djumanazarova Altingul Tengelovna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Qishloq xo‘jaligi respublikamizning eng yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda qabul qilinayotgan qarorlar va qonunlar qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslaridan yanada samarali foydalanishga, qishloq xo‘jaligi ekinlari mahsuldorligini oshirishga imkon bermoqda. Maqolada sho‘rlangan tuproqlar sharoitida makkajo‘xorini egatlab va tomchilatib sug‘orish usullarining o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga ta‘siri o‘rganilgan. Dala tajribasida olti variant bo‘yicha fenologik kuzatuvlar o‘tkazilib, o‘simlik bo‘yi, barglar soni, gullash va to‘liq pishish muddatlari, so‘talar soni aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, tomchilatib sug‘orilgan variantlarda makkajo‘xorining bo‘yi egatlab sug‘orilgan variantga nisbatan yuqori bo‘lgan, gullash va pishish muddatlari esa qisqargan. Eng yaxshi ko‘rsatkichlar mulchalab ekilgan 6-variantda qayd etilgan bo‘lib, to‘liq pishish muddati 2-sentabrga to‘g‘ri kelgan. Tadqiqot natijalari sho‘rlangan yerlarda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish uchun amaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Suv ta‘minoti dinamikasi va sug‘orish samaradorligini oshirish yo‘nalishlari
Mamasharipova Ozoda, Nortoshev Elyor · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Mazkur maqolada Zarafshon suv havzasida suv resurslaridan foydalanish samaradorligi va 2010–2025-yillar davomida suv ta‘minotida kuzatilgan o‘zgarishlar tahlil qilingan. Tadqiqot suv sarfi, yillik suv hajmi, vegetatsiya davridagi suv ta‘minoti hamda bug‘doy hosildorligiga ta‘sir etuvchi omillarni qamrab oladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, 2018–2025-yillarda 2010–2017-yillarga nisbatan o‘rtacha suv sarfi 10,2 foizga, yillik suv hajmi esa 10,3 foizga kamaygan. Yillik ko‘rsatkichlar bo‘yicha chiziqli va noparametrik trend tahlillari suv ta‘minotining pasayish yo‘nalishini tasdiqlagan. Shuningdek, sug‘orish normasi, suv tejovchi texnologiyalar qamrovi, tuproq sho‘rlanishi va vegetatsiya davridagi haroratning bug‘doy hosildorligi bilan statistik bog‘liqligi yoritilgan. Olingan natijalar asosida suv taqsimotini takomillashtirish, sug‘orish tarmoqlarida suv yo‘qotishlarini aniqlash, nasos stansiyalarida suv va energiya sarfini monitoring qilish hamda suv tejovchi texnologiyalarni tuproq namligi va sho‘rlanish nazorati bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot xulosalari suv resurslarini barqaror boshqarish va qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Tomchilatib sug‘oriladigan loviya ekinida suv sarfi va suvdan foydalanish samaradorligini baholash: Orolbo‘yi hududida qo‘llash asoslari
Gulomov Daulet, Amanov Bakhodirjon · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati sharoitida o‘tkazilgan dala tajribalari asosida loviya ekinini tomchilatib sug‘orish texnologiyasining suv sarfi, tuproq namligi hamda suvdan foydalanish samaradorligiga ta‘siri baholangan. Dissertatsiya tadqiqotlari doirasida olingan ko‘p yillik ma‘lumotlarga muvofiq, tomchilatib sug‘orish rejimida ekinning vegetatsiya davridagi yalpi suv iste‘moli va sug‘orish me‘yorlari an‘anaviy usullarga nisbatan tubdan farq qiladi. Dala tajribalarida tomchilatib sug‘orish variantida mavsum davomida 22 marta sug‘orish o‘tkazilib, sug‘orish me‘yori 3240 m³/ga ni tashkil etdi. Bu esa an‘anaviy egatlab sug‘orish variantiga (4700 m³/ga) nisbatan barqaror ravishda 31% gacha suv resurslarini tejash imkonini berdi. Tomchilatib sug‘orish qo‘llanilganda don hosildorligi o‘rtacha 30 s/ga (3,0 t/ga) ga yetdi, bu esa egatlab sug‘orilgan nazorat variantidagi (22,5 s/ga) hosildorlikka nisbatan 33,3% yuqori hosildorlikni ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari va ishlab chiqilgan uslubiy ketma-ketlik Orolbo‘yi hududining suv tanqisligi va tuproq sho‘rlanishi sharoitida suvni tejovchi sug‘orish rejimini ishlab chiqish, iqlimga chidamli innovatsion sug‘orish texnika va texnologiyalarini joriy etish va zonalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
Результаты применения дискретного орошения при выращивании хлопчатника
Kurbanbayev Sagit Yerejepovich, Karimova Olga Yushevna · Разработка инновационных климатоустойчивых технологий для мониторинга и контроля эффективности водопользования и влияния засоления на урожайность сельскохозяйственных культур и жизнедеятельность населения Приаралья · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani sharoitida diskret sug‘orish qo‘llanilganda g‘o‘zani sug‘orishning oqilona rejimlarini tadqiq etish natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar davomida tuproqning suv rejimi va ekinning suv iste‘moli xususiyatlari o‘rganilgan, turli sug‘orish texnologiyalarida tuproq hisobiy qatlami namligining dinamikasi kuzatilgan. G‘o‘zaning o‘sish va rivojlanish fazalari hamda suv berish davomiyligi va davriyligini hisobga olgan holda sug‘orish muddatlari va me‘yorlari aniqlangan. Olingan natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv resurslari tanqisligi sharoitida diskret sug‘orishni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni asoslash imkonini beradi.