Orolbo‘yi hududida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari va ilmiy-amaliy yechimlari
Ablatov Ulugbek Majitovich, Allashova Nilufar Genjemurat kiziQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 58–60
Annotatsiya
Mazkur ilmiy ishda bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi va kuchayib borayotgan qurg‘oqchilik sharoitida Orolbo‘yi mintaqasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv resurslaridan oqilona foydalanish, resurs tejamkor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda sug‘orish tarmoqlarining foydalanish koeffitsiyentini oshirish masalalari chuqur ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida mintaqadagi mavjud tuproq o‘zanli ochiq kanallarda filtratsiya va bug‘lanish natijasida katta miqdorda suv isrof bo‘layotgani aniqlanib, uni kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda tomchilatib hamda yomg‘irlatib sug‘orish kabi zamonaviy tejamkor texnologiyalarni qo‘llash orqali suv sarfini sezilarli darajada kamaytirish, ekinlar hosildorligini barqarorlashtirish hamda tuproqning meliorativ holatini yaxshilash imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Olingan natijalar asosida suv resurslarini boshqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalar va IoT datchiklarini bosqichma-bosqich tatbiq etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПриоритетные направления и научно-практические решения повышения эффективности использования водных ресурсов в сельском хозяйстве Приаралья
В данной научной работе глубоко проанализированы вопросы рационального использования водных ресурсов при орошении сельскохозяйственных культур в условиях глобального изменения климата и усиливающейся засухи в Приаралье, внедрения ресурсосберегающих инновационных технологий и повышения коэффициента полезного действия оросительных систем. В ходе исследования выявлено, что в существующих открытых каналах региона происходит значительный расход воды из-за фильтрации и испарения, а также предложены пути его сокращения. Научно обоснованы возможности существенного снижения расхода воды, стабилизации урожайности сельскохозяйственных культур и улучшения мелиоративного состояния почв за счет применения современных водосберегающих технологий, таких как капельное и дождевальное орошение при выращивании хлопчатника, зерновых и других культур. На основе полученных результатов разработаны практические предложения по поэтапному внедрению цифровых технологий и датчиков Интернета вещей (IoT) в процессы управления водными ресурсами.
inglizchaPriority areas and scientific and practical solutions for improving water use efficiency in agriculture of the Aral Sea region
This scientific paper deeply analyzes the issues of rational use of water resources in the irrigation of crops under conditions of global climate change and intensifying drought in the Aral Sea region, the introduction of resource-saving innovative technologies, and increasing the efficiency coefficient of irrigation networks. During the research, it was revealed that a significant amount of water is wasted due to filtration and evaporation in the existing open soil-bed channels of the region, and ways to reduce it were indicated. The possibilities of significantly reducing water consumption, stabilizing crop yields, and improving the meliorative state of the soil through the application of modern water-saving technologies, such as drip and sprinkler irrigation in the cultivation of cotton, grain, and other crops, have been scientifically substantiated. Based on the obtained results, practical proposals were developed for the gradual introduction of digital technologies and IoT sensors into water resource management processes.
Kalit so‘zlar
- suv resurslari
- sug‘orish samaradorligi
- tejamkor texnologiyalar
- Orolbo‘yi
- tomchilatib sug‘orish
- gidromelioratsiya
- raqamli texnologiyalar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
1 -S H O ‘ B A SUVDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Nukus · 16.10.2026
Orolbo‘yi hududida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan
1 -S H O ‘ B A foydalanish samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari va ilmiy-amaliy yechimlari Ablatov Ulugbek Majitovich assistent · Allashova Nilufar Genjemurat qızı talaba Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ulugbekablatov@gmail.com, nilufarallashova@gmail.ru
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610012 Iqtibos uchun: Ablatov Ulugbek Majitovich, Allashova Nilufar Genjemurat qızı. Orolbo‘yi hududida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari va ilmiy-amaliy yechimlari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 58–60. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610012
Annotatsiya. Mazkur ilmiy ishda bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi va kuchayib borayotgan qurg‘oqchilik sharoitida Orolbo‘yi mintaqasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv resurslaridan oqilona foydalanish, resurs tejamkor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda sug‘orish tarmoqlarining foydalanish koeffitsiyentini oshirish masalalari chuqur ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida mintaqadagi mavjud tuproq o‘zanli ochiq kanallarda filtratsiya va bug‘lanish natijasida katta miqdorda suv isrof bo‘layotgani aniqlanib, uni kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda tomchilatib hamda yomg‘irlatib sug‘orish kabi zamonaviy tejamkor texnologiyalarni qo‘llash orqali suv sarfini sezilarli darajada kamaytirish, ekinlar hosildorligini barqarorlashtirish hamda tuproqning meliorativ holatini yaxshilash imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Olingan natijalar asosida suv resurslarini boshqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalar va IoT datchiklarini bosqichma-bosqich tatbiq etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: suv resurslari, sug‘orish samaradorligi, tejamkor texnologiyalar, Orolbo‘yi, tomchilatib sug‘orish, gidromelioratsiya, raqamli texnologiyalar. Аннотация. В данной научной работе глубоко проанализированы вопросы рационального использования водных ресурсов при орошении сельскохозяйственных культур в условиях глобального изменения климата и усиливающейся засухи в Приаралье, внедрения ресурсосберегающих инновационных технологий и повышения коэффициента полезного действия оросительных систем. В ходе исследования выявлено, что в существующих открытых каналах региона происходит значительный расход воды из-за фильтрации и испарения, а также предложены пути его сокращения. Научно обоснованы возможности существенного снижения расхода воды, стабилизации урожайности сельскохозяйственных культур и улучшения мелиоративного состояния почв за счет применения современных водосберегающих технологий, таких как капельное и дождевальное орошение при выращивании хлопчатника, зерновых и других культур. На основе полученных результатов разработаны практические предложения по поэтапному внедрению цифровых технологий и датчиков Интернета вещей (IoT) в процессы управления водными ресурсами. Ключевые слова: водные ресурсы, эффективность орошения, сберегающие технологии, Приаралье, капельное орошение, гидромелиорация, цифровые технологии. Abstract. This scientific paper deeply analyzes the issues of rational use of water resources in the irrigation of crops under conditions of global climate change and intensifying drought in the Aral Sea region, the introduction of resource-saving innovative technologies, and increasing the efficiency coefficient of irrigation networks. During the research, it was revealed that a significant amount of water is wasted due to filtration and evaporation in the existing open soil-bed channels of the region, and ways to reduce it were indicated. The possibilities of significantly reducing water consumption, stabilizing crop yields, and improving the meliorative state of the soil through the application of modern water-saving technologies, such as drip and sprinkler irrigation in the cultivation of cotton, grain, and other crops, have been scientifically substantiated. Based on the obtained results, practical proposals were developed for the gradual introduction of digital technologies and IoT sensors into water resource management processes.
1 -S H O ‘ B A Keywords: water resources, irrigation efficiency, saving technologies, Aral Sea region, drip irrigation, hydromelioration, digital technologies.
Kirish Orolbo‘yi mintaqasi bugungi kunda global iqlim o‘zgarishining eng og‘ir ekologik va iqtisodiy oqibatlarini boshdan kechirayotgan hududlardan biri hisoblanadi. Amudaryo quyi oqimida joylashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv tanqisligi, sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishi va tuproq unumdorligining pasayishi qishloq xo‘jaligi barqarorligiga jiddiy xavf solmoqda. Mintaqada qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining asosiy qismi sug‘oriladigan dehqonchilikka to‘g‘ri kelishini inobatga olsak, mavjud suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish va ularni boshqarish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish eng dolzarb ilmiy-amaliy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mintaqada suv resurslarini boshqarish va sug‘orish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlar tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, xorijiy tadqiqotchilar fikricha, qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirishda «suv-energiya-oziq-ovqat» resurslari muvozanatini saqlash muhim o‘rin tutadi. Mahalliy olimlarimiz tomonidan esa Orolbo‘yi sharoitida tuproq-meliorativ holatni yaxshilash va tejamkor sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha qator ilmiy tavsiyalar berilgan. Adabiyotlar sharhi Davlat miqyosidagi strategik islohotlar va normativ-huquqiy asoslar doirasida Sh.M. Mirziyoyev (2022) qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish hamda suv resurslarini boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidlaydi. Mintaqaning o‘ziga xos ekologik va gidromeliorativ murakkabliklarini o‘rgangan I.E. Ibragimov (2022, 2023) Orolbo‘yidagi ekologik inqiroz oqibatlarini yumshatishda sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasini kamaytirish va tuproq-meliorativ holatini yaxshilashda suv tejamkor texnologiyalarning o‘rnini atroflicha tahlil qilgan. Olim Amudaryo quyi oqimida suv tanqisligining ortib borishi bevosita an’anaviy sug‘orish usullaridagi isrofgarchiliklar bilan bog‘liq ekanligiga e’tibor qaratadi. Xalqaro miqyosda ushbu muammoga tizimli yondashuv bildirilgan. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO, 2023) hisobotida Markaziy Osiyo sharoitida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni ta’minlashda «suv-energiya-oziq-ovqat» (Water-Energy-Food Nexus) balansini saqlash zarurligi ilmiy asoslangan. FAO tadqiqotlariga ko‘ra, ochiq tuproq o‘zanli kanallardagi evaporatsiya (bug‘lanish) va filtratsiya yo‘qotishlarini kamaytirmasdan turib resurslar barqarorligiga erishib bo‘lmaydi. So‘nggi yillarda suv resurslarini boshqarishga innovatsion va raqamli yechimlarni tatbiq etish bo‘yicha A.A. Yusupov va A.K. Matchanov (2024) hamda T.Q. Botirov va A.S. Saidov (2022) tomonidan bir qator amaliy va nazariy izlanishlar olib borilgan. Yusupov va Matchanov o‘z tadqiqotlarida raqamli texnologiyalar hamda IoT (buyumlar interneti) datchiklarini sug‘orish tarmoqlariga joriy etish orqali suv sarfini onlayn nazorat qilish va taqsimlash samaradorligini keskin oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatib berganlar. Botirov va Saidov esa Orolbo‘yi mintaqasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalashda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish kabi muqobil texnologiyalarning iqtisodiy va ekologik samaradorligini monografik vaqt oralig‘ida baholaganlar.
Materiallar va metodlar Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida qiyosiy va tizimli tahlil, statistik ma’lumotlarni ekonometrik modellashtirish, gidrometeorologik kuzatuvlar usullaridan foydalanildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarining sug‘orish tarmoqlaridagi suv sarfi va yo‘qotilish ko‘rsatkichlari o‘rganildi.
1 -S H O ‘ B A Olib borilgan tahlillar natijasida quyidagi amaliy va ilmiy natijalar olindi hamda qiyosiy ko‘rsatkichlar aniqlandi:
1-jadval. Orolbo‘yi hududida an’anaviy va tejamkor sug‘orish usullarining qiyosiy tahlili Sug‘orish turi Suv sarfi (m³/ga) Suvni tejash darajasi Hosildorlik o‘sishi (%) (%) An’anaviy egatlab 10 000 – 12 000 Asosiy baza (0%) Asosiy baza (0%) sug‘orish Yomg‘irlatib sug‘orish 7 000 – 8 000 25 – 30% 15 – 18% Tomchilatib sug‘orish 5 500 – 6 500 40 – 45% 22 – 28% 2-jadval. Sug‘orish tarmoqlaridagi suv yo‘qotishlari va ularni kamaytirish yo‘llari Tarmoq holati O‘rtacha suv yo‘qotish hajmi (%) Modernizatsiyadan keyingi holat Tuproq o‘zanli ochiq kanallar 35 – 40% Betonlangan yoki to‘shama o‘zanli kanallar Eskirgan gidrotexnik inshootlar 15 – 20% Avtomatlashtirilgan IoT datchik nazorati
Xulosa va tavsiyalar Orolbo‘yi hududida qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlash uchun quyidagi amaliy tavsiyalar taklif etiladi: Sug‘orish kanallarining tubi va qirg‘oqlarini betonlash hamda yopiq quvur tarmoqlariga o‘tkazish ishlarini jadallashtirish; Fermer xo‘jaliklariga tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy etish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish mexanizmlarini kengaytirish; Suv resurslarini boshqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan tizimlarni bosqichma-bosqich tatbiq etish.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2022.
- Ibragimov I.E. «Orolbo‘yi ekologik inqirozi va uni yumshatish yo‘llari». - T.: «Qoraqalpog‘iston,» 2022. - B. 88-90.
- Water use efficiency and climate resilience in Central Asia. — Rome: FAO, 2023. — P. 45-48.
- Botirov T.Q., Saidov A.S. Orolbo‘yi mintaqasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash istiqbollari. Monografiya. - Toshkent: Fan, 2022. - B. 134-136.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014496
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610012
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 58–60
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03