Asosiy mazmunga o‘tish

Orolbo‘yi hududining qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvi orqali yerlardan samarali foydalanishga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan muammolar

Kdirbaeva Gulan UtebaevnaQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 97–100

Annotatsiya

Qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalar bilan innovatsion yangiliklar tashkil qilish maqolada ilgari surilgan maqsadning asosiy vositasidir. So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida global iqlim o‘zgarishi natijasida iqlim va gidrogeologik sharoit tufayli sug‘orish uchun suv tanqisligi yuzaga keldi. Natijada chuchuk sug‘orish suvi yetishmaydi, bu esa ixtisoslashuv va takomillashtirishning o‘zgarishiga olib keladi. Maqolaning mazmunida Orolbo‘yi hududidagi qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvidagi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish orqali ularni bartaraf etishda zamonaviy tajribalarni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha nazariy takliflar keltirilgan. Shuningdek, ushbu muammolarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladigan omillar ham keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaПроблемы сельскохозяйственной специализации Приаралья, негативно влияющие на эффективное использование земель

Внедрение инноваций на основе новых технологий в сельском хозяйстве является основным средством достижения цели, выдвинутой в статье. В последние годы в Республике Каракалпакстан в результате глобального изменения климата из-за климатических и гидрогеологических условий возник дефицит воды для орошения. Вследствие этого ощущается нехватка пресной оросительной воды, что ведёт к изменениям в специализации и её совершенствовании. В статье на основе системного анализа существующих проблем сельскохозяйственной специализации в Приаралье изложены теоретические предложения по применению современного опыта для их устранения. Приведены также факторы, обусловливающие возникновение этих проблем.

inglizchaProblems of agricultural specialization in the Aral Sea region that adversely affect efficient land use

The introduction of innovations based on new technologies in agriculture is the main means of achieving the goal put forward in the article. In recent years, a shortage of water for irrigation has arisen in the Republic of Karakalpakstan as a result of global climate change, owing to climatic and hydrogeological conditions. Consequently, fresh irrigation water is insufficient, which leads to changes in specialization and its improvement. Based on a systematic analysis of the existing problems in the agricultural specialization of the Aral Sea region, the article offers theoretical proposals for applying modern practices to overcome them. The factors that give rise to these problems are also presented.

Kalit so‘zlar

  • suv tanqisligi
  • muammolar
  • qishloq xo‘jaligi
  • yangi texnologiyalar
  • suv resurslari
  • yalpi hududiy mahsulot
  • ilmiy asoslar
  • fikr-mulohazalar
  • samaradorlik
  • mehnat resurslari
  • bandlik
  • davlat dasturi
  • innovatsion yangiliklar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

1 -S H O ‘ B A SUVDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Nukus · 16.10.2026

Orolbo‘yi hududining qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvi orqali

1 -S H O ‘ B A yerlardan samarali foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muammolar Kdirbaeva Gulan Utebaevna qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa (PhD) doktori, katta o‘qituvchi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti qdirbaevagulan@gmail.com

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610022 Iqtibos uchun: Kdirbaeva Gulan Utebaevna. Orolbo‘yi hududining qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvi orqali yerlardan samarali foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muammolar // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 97–100. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610022

Annotatsiya. Qishloq xo‘jaligida yangi texnologiyalar bilan innovatsion yangiliklar tashkil qilish maqolada ilgari surilgan maqsadning asosiy vositasidir. So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida global iqlim o‘zgarishi natijasida iqlim va gidrogeologik sharoit tufayli sug‘orish uchun suv tanqisligi yuzaga keldi. Natijada chuchuk sug‘orish suvi yetishmaydi, bu esa ixtisoslashuv va takomillashtirishning o‘zgarishiga olib keladi. Maqolaning mazmunida Orolbo‘yi hududidagi qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvidagi mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish orqali ularni bartaraf etishda zamonaviy tajribalarni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha nazariy takliflar keltirilgan. Shuningdek, ushbu muammolarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladigan omillar ham keltirilgan. Kalit so‘zlar: suv tanqisligi, muammolar, qishloq xo‘jaligi, yangi texnologiyalar, suv resurslari, yalpi hududiy mahsulot, ilmiy asoslar, fikr-mulohazalar, samaradorlik, mehnat resurslari, bandlik, davlat dasturi, innovatsion yangiliklar.

Kirish Dunyoning qishloq xo‘jaligi mazmunan xilma-xil bo‘lib, mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotini oziq-ovqat, ozuqa va texnik ekinlarning hosildorligini va umumiy samaradorligini oshirish yo‘li bilan rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega. Shu ma’noda tuproqni himoyalovchi va resurs tejovchi qishloq xo‘jaligi amalda mintaqada ishlab chiqarish tizimlarining barqaror intensifikatsiya qilinishi bo‘yicha keng ko‘lamli vazifani bajarishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada, Orolbo‘yi hududida tarqalgan degradatsiyaga uchragan yerlardan foydalanishda turlicha yondashuvlar va mexanizmlarni ishlab chiqish alohida ilmiy yechimga ega bo‘lgan tadqiqotlar asosida sho‘rlangan yerlarning ekologik holatini baholash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sug‘orish suvining yil sayin kamayib ketayotganligi, Orol dengiziga mumkin qadar ko‘proq suv yuborish zarurati Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida agrosanoat majmuasi tarmoqlariga birmuncha o‘zgartirishlar kiritishni taqozo qilmoqda. Keyingi yillarda ro‘y berayotgan ekologik beqarorlik natijasida paxtachilik tarmog‘i ham ko‘zlangan natijani bermayapti. Oxirgi 10-15 yil davomida uning o‘rtacha hosildorligi gektariga 18,0-22,0 s.ni tashkil etmoqda. Bunday hosildorlik, tannarxining nihoyatda katta bo‘layotganligi sababli, tabiiyki, o‘zini oqlamayapti. 2017-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ham o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashriflari chog‘ida bu masalaga alohida e’tibor qaratgan [2].

Keyingi yillarda antropogen omilning ta’siri ortib borishi tabiat va atrof-muhitning tubdan o‘zgarib ketishiga olib keldi va bunday salbiy jarayonlar XX asrning nihoyasida va XXI asrning boshlarida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Bu holat dunyo mamlakatlarining alohida hududlarida bugungi ekologik beqarorlik haqida S.A.Avezbaev [5, 158 b], A.Babajanov [6; 625-633 b] va boshqalar ham o‘z vaqtida e’tirof etganlar. Aynan shunday

1 -S H O ‘ B A tanglikni mamlakatimizning shimoliy mintaqasi hisoblangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bugun boshidan kechirmoqda. S.Avezbaev va S.N. Volkovning «Yer tuzish iqtisodi» nomli darsligida yangi qishloq xo‘jaligi korxonalarini tashkil etishda va mavjudlarini qayta tashkil etishda ajratilayotgan yerlar maydoni optimal bo‘lishi katta ahamiyatga ega ekanligi aytiladi. Amaliyot ko‘rsatadiki, optimal maydonlarni aniqlash asosida ishlab chiqarishni va hududni, ularni hisobga olmasdan to‘g‘ri tashkil etish mumkin bo‘lmagan, xo‘jalikni oqilona tuzish va yuritish talablari yotadi [3;21-b]. Yerning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati undan belgili xo‘jalik yoki jamoa maqsadlari uchun foydalanish yordamida ko‘rinadi; yerga egalik qilish va foydalanish jamiyat faoliyatining obyektiv shartlariga kiradi. Xo‘jalik yuritish usullari, mulkchilik shakllari, yerdan foydalanish va unga egalik qilish tartibi doimo o‘zgarib turadi. Eng sezilarli o‘zgarishlarga u ishlab chiqarish usullarini va ijtimoiy munosabatlarni tubdan isloh qilishda uchraydi [4; 53-60 b.]. Materiallar va metodlar O‘zbekistonda suv tanqisligining qurg‘oqchil hududlarning qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganilmoqda. 2030-yilga borib mamlakatda 7 mlrd kub metr suv tanqisligi kuzatilishi mumkin. Natijada O‘zbekiston suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolish ehtimoli bor. Suv tanqisligi sharoitida, ya’ni suvning miqdori yetishmasligi yoki suv resurslarining noqoniqligi holatida, turli muammolar yuzaga keladi. Bu sharoitda ekosistema, inson salomatligi va iqtisodiy rivojlanishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Suv tanqisligiga olib keladigan sabablar: -Iqlim o‘zgarishi: o‘zgarishlar suvning miqdorini kamaytiradi; -Aholi sonining oshishi: suvga bo‘lgan talabning ortishi; -Iqtisodiy faoliyat: suvni samarasiz ishlatish, masalan, suvni talabdan ko‘p sarflash; -Agrosanoat: suvni ko‘p talab qiluvchi yetishtirish usullari. Agrar ishlab chiqarishda zamonaviy usullarni qo‘llash, resurslarni samarali ishlatish va yetishtirish samaradorligini oshirish uchun muhimdir. Ma’lum qilinishicha, 2030-yilga borib mamlakatda 7 milliard kub metr suv tanqisligi kuzatilishi hamda buning oqibatida O‘zbekiston dunyodagi suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolish ehtimoli mavjud. «Bunday sharoitda Amudaryo va Sirdaryo havzalari quyi oqimida joylashgan hududlardagi eng ko‘p suv sarflanadigan qishloq xo‘jaligi tarmog‘i (jami suvning 90 foizi) katta zarar ko‘radi. Shu sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida suvni ko‘p talab qiluvchi ekinlarni bosqichma-bosqich suvni kam talab qiladigan ekinlarga almashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq», — deyiladi institut matbuot xizmati xabarida. Tadqiqot davomida suv tanqisligi ta’sirini yumshatish maqsadida qurg‘oqchilikka chidamli ekinlarning suv iste’moli darajasi ham o‘rganilgan. Natijalar Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘istonda suv tanqisligi hukm surib turgan vaqtda ekinlardan hosil yetishtirish uchun zarur bo‘ladigan suv me’yorlarini hisoblaganimizda paxtaga 9,5 ming kub, bug‘doyga 7,7 ming kub, sholiga 24,6 ming kub va sabzavot-poliz ekinlaridan pomidorga 12,5 ming kub zarur bo‘ladigan bo‘lsa, suvni kam talab qiladigan ekinlardan – jo‘xoriga 5,4 ming kub, bedaga 5,6 ming kub, kunjutga 4,2 ming kub va tariqqa 3,6 ming kub ishlatilishini tadqiqot mobaynida aniqladik. Yoki, boshqacha aytganda, 1 gektar sholi o‘stirish uchun ishlatiladigan suv hisobidan 7 gektar tariq, yoki 6 gektar kunjut, yoki 4,4 gektar beda, yoki 4,6 gektar jo‘xori o‘stirish mumkinligi hisoblab chiqildi.

Paxta ekishda barcha agrotexnikaviy tadbirlar tegishli tartibda, to‘liq o‘tkazilganida o‘rtacha olingan hosil 22,3 sentnerga teng bo‘ldi va jami olingan daromad 13 million 861 ming so‘m bo‘lib, paxtani undirish uchun har bir gektariga 9 ming 500 kubometr suv ishlatildi.

1 -S H O ‘ B A 1-rasm. Ekinlar turlari bo‘yicha 1 gektarga foydalaniladigan sug‘orish suvi narxi, so‘mda Suvsizlik sharoitida suvni kam talab qiladigan jo‘xori o‘stirilganida bir gektardan 28 million 973 ming so‘m daromad olingan, ya’ni paxta o‘stirishga nisbatan 15 million 112 ming so‘m, beda o‘stirishda 5 million 087 ming so‘m, kunjut o‘stirilganida 6 million 689 ming so‘m, makkajo‘xori o‘stirilganida 11 million 90 ming so‘m qo‘shimcha foyda olinishi ilmiy jihatdan dalillandi. Mahsulotlar tannarxiga ishlab chiqarish jarayonidagi foydalanilgan resurslar, xomashyo, materiallar, xizmatlar, yoqilg‘i, energiya, asosiy qo‘llanilgan vositalar, mehnat resurslari, shuningdek o‘sha mahsulotni ishlab chiqarish uchun amaldagi baholar, mahsulotni yetishtirishning boshqa qo‘shimcha omillari va sotish harakatlari kirdi, ya’ni, boshqacha aytganda, ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qildi. Ekstremal yuqori haroratli (39˚S dan yuqori) kunlar sonining ortishi, sug‘orish defitsiti, qurg‘oqchiliklar, yerlar degradatsiyasi, suv va shamol eroziyasining kuchayishi, tuproqning sho‘rlanishi, gumus miqdorining kamayishi, ozuqa bazasining yomonlashishi chorvachilikda mahsuldorlikning pasayishiga olib keladi. Iqlim o‘zgarish jarayonlari yaylovlarning qayta tiklanish qobiliyatini yomonlashtiradi, suv ta’minotini pasaytiradi va katta sondagi hayvonlarning suv manbalari atrofida to‘planishiga olib keladi. Yaylovlarda fermerlarga tegishli mol podalarining haddan ziyod ko‘p bo‘lganligi sababli bitta yerda chorvani o‘tlatish davrini uzaytiradi va bu esa haddan tashqari band yaylovlarning qayta tiklanish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Xulosa va tavsiyalar Quyidagi usullar va takliflar suv tanqisligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega: 1. Suv resurslarini qayta tiklash: Suvdan samarali foydalanish uchun qayta tiklanadigan manbalarni ishlab chiqish, masalan, duchor bo‘lgan suvni qayta ishlash. 2. Suvni jamlash tizimlari: Og‘ir xavfli holatlarda suvni saqlash va jamlash tizimlarini joriy etish, bu suvni samarali boshqarishga yordam beradi.

3. Agroekologik usullar: Ustuvor yetishtirish usullarini qo‘llash, masalan, to‘g‘ri nasl olish va ekinlarning samaradorligini oshirish. 4. Suvni boshqarishda ma’lumot texnologiyalari: Ustuvor monitoring va tahlil orqali suv resurslarini optimallashtirish. 5. Mahalliy jamoalar bilan hamkorlik: Suvni tejash va islohotlar bo‘yicha mahalliy jamoalarning

1 -S H O ‘ B A fikrlarini inobatga olish. 6. Qonunchilik va siyosat: Suv resurslarini muhofaza qilish va boshqarish bo‘yicha samarali qonunlar va siyosatlar joriy qilish. 7. Aholi ta’limotlari: Suvni tejash, resurslardan samarali foydalanish va ekologik ta’limotlarni joriy qilish. 8. Innovatsion texnologiyalar: Suvdan samarali foydalanish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, masalan, avtomatlashtirilgan irrigatsiya sistemalari.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi (1998-yil 30-aprel);
  2. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi PF-5065-sonli «Yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish nazoratini kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlarini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni. Toshkent. 2017.
  3. Avezbaev S., Volkov S.N.«Yer tuzish iqtisodi».T.:Yangi asr avlodi, 2002
  4. Avezbaev S., Volkov S.N.«Yer tuzishning ilmiy asoslari».T.:Yangi Asr avlodi, 2002
  5. Avezbaev S. A. Natsionalnoe ispolzovanie zemel v nizovix Amudarya. - Monografiya. Mehnat, 1990.– 156c.
  6. Babajanov A. Ekin yerlarini qishloq xo‘jaligi aylanmasiga qaytarishda ularni inventarizatsiyalashning ahamiyati. //Scientific Progress volume 3 ǀ issue 2 ǀ 2022. issn: 2181-1601. 625-633 b.
  7. Reimov N.B., Kdırbaeva G.U. Orol bo‘yida dehqonchilik agrotexnologiyasini takomillashtirishda ixtisoslashuvning ahamiyati. Xorazm Ma’mun akademiyasi Axborotnomasi. 2022-3. Mart soni. (OAK ro‘yxatidagi jurnal). 113-116 betlar.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014506
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610022
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
97–100
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03