Zarafshon daryosi suv resurslarini integrallashgan boshqarish va suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini ilmiy asoslash
Inoyatov Ikrom ShakhrilloyevichMarkaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 84–87
Annotatsiya
Maqolada Zarafshon daryosi suv resurslaridan samarali va ekologik barqaror foydalanishning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy e‘tibori suv resurslarini boshqarishda suv miqdori bilan bir qatorda uning sifat ko‘rsatkichlari, mineralizatsiya darajasi, kollektor-drenaj va qaytma suvlar, qishloq xo‘jaligining suv talabi hamda suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini yagona tizimda hisobga olish zaruratiga qaratilgan. Mavjud ilmiy tadqiqotlar Zarafshon daryosining quyi oqimida suv sifatining yomonlashuvi va mineralizatsiyaning ortishini, shuningdek, kollektor-drenaj suvlarining hajmi va tuz yuklamasi o‘zgarib borayotganini ko‘rsatmoqda. Shu asosda suv resurslarini integrallashgan boshqarish mexanizmini takomillashtirish suv tanqisligi, suv sifati yomonlashuvi va sug‘orish samaradorligining pasayishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni kamaytirishning muhim yo‘nalishi sifatida asoslanadi. Maqolada suv miqdori, suv sifati, qaytma suvlar, sug‘orish texnologiyasi va suv mahsuldorligini yagona boshqaruv tizimida baholash konsepsiyasi taklif etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaНаучное обоснование интегрированного управления водными ресурсами реки Зарафшан и водосберегающих технологий орошения
В статье проанализированы актуальные вопросы эффективного и экологически устойчивого использования водных ресурсов реки Зарафшан. Основное внимание в исследовании уделено необходимости учитывать в управлении водными ресурсами в единой системе, наряду с количеством воды, её качественные показатели, степень минерализации, коллекторно-дренажные и возвратные воды, водопотребность сельского хозяйства и водосберегающие технологии орошения. Имеющиеся научные исследования свидетельствуют об ухудшении качества воды и росте минерализации в низовьях реки Зарафшан, а также об изменении объёма и солевой нагрузки коллекторно-дренажных вод. На этой основе совершенствование механизма интегрированного управления водными ресурсами обосновывается как важное направление снижения негативных последствий, связанных с дефицитом воды, ухудшением её качества и снижением эффективности орошения. В статье предложена концепция оценки количества и качества воды, возвратных вод, технологии орошения и продуктивности воды в единой системе управления.
inglizchaScientific rationale for integrated management of the Zarafshan River water resources and water-saving irrigation technologies
The article analyses topical issues of the efficient and environmentally sustainable use of the water resources of the Zarafshan River. The study focuses on the need to consider, within a single system of water resources management, not only the quantity of water but also its quality indicators, the degree of mineralization, collector-drainage and return water, agricultural water demand and water-saving irrigation technologies. Existing studies indicate deteriorating water quality and increasing mineralization in the lower reaches of the Zarafshan River, as well as changes in the volume and salt load of collector-drainage water. On this basis, improving the mechanism of integrated water resources management is substantiated as an important way of reducing the negative consequences associated with water scarcity, deteriorating water quality and declining irrigation efficiency. The article proposes a concept for assessing water quantity, water quality, return water, irrigation technology and water productivity within a single management system.
Kalit so‘zlar
- Zarafshon daryosi
- suv resurslari
- integrallashgan boshqaruv
- suv tejamkor sug‘orish
- mineralizatsiya
- kollektor-drenaj suvlari
- suv mahsuldorligi
- ekologik barqarorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
1 -S H O ‘ B A SUVDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Nukus · 16.10.2026
Zarafshon daryosi suv resurslarini integrallashgan boshqarish
1 -S H O ‘ B A va suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini ilmiy asoslash Inoyatov Ikrom Shaxrilloyevich doktoranti Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (GREEN UNIVERSITY) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti i.ikrom197531@gmail.com
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610019 Iqtibos uchun: Inoyatov Ikrom Shaxrilloyevich. Zarafshon daryosi suv resurslarini integrallashgan boshqarish va suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini ilmiy asoslash // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 84–87. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610019
Annotatsiya. Maqolada Zarafshon daryosi suv resurslaridan samarali va ekologik barqaror foydalanishning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy e’tibori suv resurslarini boshqarishda suv miqdori bilan bir qatorda uning sifat ko‘rsatkichlari, mineralizatsiya darajasi, kollektor-drenaj va qaytma suvlar, qishloq xo‘jaligining suv talabi hamda suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini yagona tizimda hisobga olish zaruratiga qaratilgan. Mavjud ilmiy tadqiqotlar Zarafshon daryosining quyi oqimida suv sifatining yomonlashuvi va mineralizatsiyaning ortishini, shuningdek, kollektor-drenaj suvlarining hajmi va tuz yuklamasi o‘zgarib borayotganini ko‘rsatmoqda. Shu asosda suv resurslarini integrallashgan boshqarish mexanizmini takomillashtirish suv tanqisligi, suv sifati yomonlashuvi va sug‘orish samaradorligining pasayishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni kamaytirishning muhim yo‘nalishi sifatida asoslanadi. Maqolada suv miqdori, suv sifati, qaytma suvlar, sug‘orish texnologiyasi va suv mahsuldorligini yagona boshqaruv tizimida baholash konsepsiyasi taklif etilgan. Kalit so‘zlar: Zarafshon daryosi, suv resurslari, integrallashgan boshqaruv, suv tejamkor sug‘orish, mineralizatsiya, kollektor-drenaj suvlari, suv mahsuldorligi, ekologik barqarorlik.
Kirish Bugungi kunda suv resurslaridan samarali foydalanish Markaziy Osiyoda ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi suv resurslarining asosiy iste’molchisi bo‘lgan sharoitda suv taqchilligini kamaytirish, mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv sifatini saqlab qolish o‘zaro bog‘liq masalalar sifatida qaralishi lozim. Zarafshon daryosi O‘zbekistonning muhim suv manbalaridan biri bo‘lib, uning suv resurslaridan qishloq xo‘jaligi, sanoat, kommunal xo‘jalik va boshqa tarmoqlarda keng foydalaniladi. Khaydarov (2020) Zarafshon daryosi havzasida suv resurslaridan foydalanish holatini tahlil qilib, suv resurslarining katta qismi qishloq xo‘jaligida ishlatilishini va suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy etish orqali sezilarli miqdorda suv tejash imkoniyati mavjudligini ko‘rsatgan. Muallif hisob-kitoblariga ko‘ra, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini keng qo‘llash natijasida qishloq xo‘jaligida katta hajmdagi suv resurslarini tejash imkoniyati mavjud. Biroq suv resurslarini faqat suv miqdorini kamaytirish yoki sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish orqali boshqarish yetarli emas. Suvning kimyoviy tarkibi va mineralizatsiyasi ham qishloq xo‘jaligi uchun muhim ekologik omil hisoblanadi. Kulmatov va hammualliflarning Zarafshon havzasiga oid tadqiqotlarida daryo suvining sifati va antropogen ta’sirlar o‘rganilgan. Tadqiqotlarda qaytma kollektor-drenaj suvlarining daryoga qayta tushishi suv sifatining yomonlashuviga olib keluvchi omillardan biri sifatida qayd etilgan. Shuningdek, daryo bo‘ylab quyi oqimga qarab mineralizatsiyaning ortishi kuzatilgan. Gapporov, Kulmatov va Opp (2025) tomonidan 2013–2023-yillar ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan kompleks tadqiqotda Zarafshon daryosi havzasining suv resurslari miqdor va sifat jihatidan baholangan. Mualliflar kollektor-drenaj suvlarining o‘rtacha yillik hajmi 2,787 mlrd
1 -S H O ‘ B A m³ dan 3,418 mlrd m³ gacha oshganini hamda suv bilan bog‘liq tuz yuklamasida sezilarli o‘zgarishlar mavjudligini ko‘rsatgan. Tadqiqotda daryo suvining mineralizatsiyasi ham yuqori va quyi nuqtalar bo‘yicha tahlil qilingan. Mazkur tadqiqotlar Zarafshon havzasida suv resurslarini boshqarish masalasi faqat suv miqdorini taqsimlash bilan cheklanmasligini ko‘rsatadi. Suv miqdori, suv sifati, kollektor-drenaj suvlari, qishloq xo‘jaligi ehtiyoji va suvdan foydalanish texnologiyalari o‘zaro bog‘liq holda boshqarilishi zarur. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi Zarafshon daryosi suv resurslarini integrallashgan boshqarish mexanizmini takomillashtirish va suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini ushbu boshqaruv tizimining tarkibiy qismi sifatida ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqot vazifalari Belgilangan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi: 1. Zarafshon daryosi suv resurslarining miqdoriy holati va undan foydalanish tendensiyalarini tahlil qilish; 2. Daryo suvining mineralizatsiyasi va boshqa sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarish xususiyatlarini aniqlash; 3. Kollektor-drenaj va qaytma suvlarning daryo suvining sifatiga ta’sirini baholash; 4. Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlash; 5. Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarining suv sarfi va qishloq xo‘jaligi mahsuldorligiga ta’sirini baholash; 6. Suv miqdori va sifatini sug‘orish texnologiyalari bilan bog‘lovchi integrallashgan boshqaruv mexanizmini ishlab chiqish; 7. Taklif etilayotgan boshqaruv mexanizmining suvni tejash, ekologik xavflarni kamaytirish va suv mahsuldorligini oshirishdagi samaradorligini baholash. Tadqiqot metodologiyasi Tadqiqotda gidrologik, gidrokimyoviy, statistik, matematik va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Suv resurslarini integrallashgan boshqarishda quyidagi asosiy komponentlarni o‘zaro bog‘lash taklif etiladi: suv miqdori → suv sifati → qaytma suvlar → ekinlarning suv talabi → sug‘orish texnologiyasi → suv mahsuldorligi → ekologik va iqtisodiy samaradorlik. Suv tejamkor texnologiyalar samaradorligini baholashda faqat sarflangan suv hajmi emas, balki suv birligiga to‘g‘ri keladigan hosil miqdorini ifodalovchi suv mahsuldorligi ko‘rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiq. Suv mahsuldorligi quyidagicha aniqlanishi mumkin: WP = Y / W bu yerda: WP — suv mahsuldorligi, kg/m³ yoki t/m³; Y — olingan hosil miqdori; W — sarflangan sug‘orish suvi hajmi. Bunday yondashuv sug‘orish texnologiyalarini «qancha suv tejandi?» mezoni bilan bir qatorda «bir birlik suv hisobiga qancha mahsulot olindi?» mezoni bo‘yicha ham baholash imkonini beradi.
Zarafshon havzasida mavjud ilmiy yondashuvlar tahlili Avvalgi tadqiqotlar Zarafshon havzasida suv resurslaridan foydalanishning bir qator muammolarini aniqlagan. Khaydarov (2020) suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha analitik sharhida Zarafshon havzasida suvning asosiy qismi qishloq xo‘jaligida ishlatilishini ko‘rsatgan va suv tejamkor texnologiyalarni, xususan tomchilatib sug‘orishni, joriy etish hisobiga katta miqdorda
1 -S H O ‘ B A suv tejash mumkinligini hisoblab chiqqan. Ushbu tadqiqot suv tejamkor texnologiyalarni suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirishning muhim vositasi sifatida ko‘rsatadi. Biroq ushbu yondashuvni yanada rivojlantirish zarur. Chunki sug‘orish texnologiyasining samaradorligi faqat suv sarfi bilan belgilanmaydi. Suvning sifati, mineralizatsiya darajasi, tuproqning meliorativ holati, qaytma suvlar va ekin mahsuldorligi ham yakuniy natijaga ta’sir ko‘rsatadi. Gapporov, Kulmatov va Opp (2025) tomonidan olib borilgan tadqiqot aynan suv miqdori va sifat ko‘rsatkichlarini birgalikda baholash zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda 2013–2023-yillar davomida Zarafshon daryosining suv sifati, umumiy mineralizatsiyasi, kollektor-drenaj suvlarining hajmi va ayrim og‘ir metallarning o‘zgarishi o‘rganilgan. Shuningdek, Zarafshon daryosining suv sifati bo‘yicha tadqiqotlarda qishloq xo‘jaligidan qaytadigan kollektor-drenaj suvlarining daryoga tushishi ikkilamchi antropogen ifloslanish manbalaridan biri sifatida ko‘rsatilgan. Demak, mavjud ilmiy tadqiqotlarni umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, Zarafshon havzasida suv resurslarini boshqarishning ayrim tarkibiy qismlari alohida o‘rganilgan bo‘lsa-da, suv miqdori, suv sifati, qaytma suvlar, sug‘orish texnologiyasi, suv mahsuldorligi va ekologik-iqtisodiy samaradorlikni yagona boshqaruv mexanizmida birlashtirish masalasi yanada chuqur ilmiy asoslashni talab qiladi. Taklif etilayotgan integrallashgan boshqaruv mexanizmi Tadqiqot doirasida Zarafshon daryosi suv resurslarini boshqarishning quyidagi konseptual modeli taklif etiladi:
Suv miqdorini prognozlash va suv balansini shakllantirish
Suv sifatini va mineralizatsiyani baholash
Kollektor-drenaj va qaytma suvlarni hisobga olish
Hudud va ekin turiga mos suv tejamkor sug‘orish texnologiyasini tanlash
Ekologik va iqtisodiy samaradorlikni baholash
Optimal suv taqsimoti bo‘yicha boshqaruv qarorini shakllantirish
1-rasm. Zarafshon daryosi suv resurslarini boshqarishning konseptual modeli.
Mazkur mexanizmning asosiy afzalligi shundaki, suv resurslarini boshqarish qarori faqat mavjud suv hajmiga emas, balki suvning sifati, qishloq xo‘jaligi ehtiyoji va ekologik cheklovlarga ham asoslanadi.
Ilmiy yangilikning istiqbolli yo‘nalishi Tadqiqotning istiqbolli ilmiy yangiligi Zarafshon daryosi suv resurslarini boshqarishda suv miqdori va sifatini, kollektor-drenaj suvlarini, qishloq xo‘jaligining suv talabini, suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini va suv mahsuldorligini yagona tizimda baholovchi integrallashgan boshqaruv mexanizmini ilmiy asoslashdan iboratdir.
1 -S H O ‘ B A Bunda integrallashgan boshqaruvning afzalligi nazariy jihatdan emas, balki miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali isbotlanishi bilan ajralib turadi. Xususan, ikki xil boshqaruv ssenariysini taqqoslash mumkin: 1. Amaldagi boshqaruv ssenariysi; 2. Taklif etilayotgan integrallashgan boshqaruv ssenariysi. Ularning quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha farqi aniqlanadi: umumiy suv sarfi; 1 gektarga suv sarfi; 1 m³ suvga olingan hosil; qaytma suv hajmi; suv mineralizatsiyasi; hosildorlik; iqtisodiy samaradorlik; ekologik xavf. Shunday qilib, integrallashgan boshqaruv mexanizmining asosiy ilmiy va amaliy qiymati suv resurslaridan foydalanishning bir-biridan ajratilgan alohida tadbirlarini yagona qaror qabul qilish tizimiga birlashtirish imkoniyatidadir.
Xulosa Zarafshon daryosi havzasida suv resurslaridan foydalanish muammolari suv miqdorining cheklanganligi, suv sifatining o‘zgarishi, mineralizatsiyaning ortishi, kollektor-drenaj suvlarining shakllanishi va qishloq xo‘jaligining yuqori suv talabini o‘z ichiga olgan kompleks jarayon hisoblanadi. Mavjud tadqiqotlar Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarining miqdor va sifat jihatdan o‘zgarayotganini, kollektor-drenaj suvlarining muhim antropogen omil ekanligini va suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari orqali sezilarli suv tejash imkoniyati mavjudligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, mazkur tadqiqotlar natijalarini yagona tizimga birlashtirish asosida suv resurslarini integrallashgan boshqarish mexanizmini ishlab chiqish Zarafshon havzasida suvdan foydalanish samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Taklif etilayotgan yondashuvda suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi alohida texnologik tadbir sifatida emas, balki suv resurslarining miqdori va sifati, qaytma suvlar, ekinlarning suv talabi, hosildorlik va ekologik-iqtisodiy samaradorlik bilan bog‘langan yagona boshqaruv tizimining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Khaydarov A.R. Water Use in Uzbekistan’s Segment of the Zarafshan River: Analytical Review. Central Asian Journal of Water Research. 2020. Vol. 6(2). P. 89–105. DOI: 10.29258/CAJWR/2020- R1.v6-2/89-105.eng.
- Gapporov Kh., Kulmatov R., Opp Ch. Assessment of quantity and quality indicators of water resources in the Zarafshan River basin (within the territory of Uzbekistan). E3S Web of Conferences. 2025. Vol.
- Article 01010. DOI: 10.1051/e3sconf/202562301010.
- Kulmatov R., et al. Impact of agricultural development on water quality in Zarafshan River, Uzbekistan, Central Asia: Trends since 1960s. In: [source publication details to be completed according to the final bibliographic record].
- Zarafshan River Basin water-resource and water-quality studies cited in the above works, including research on return collector-drainage water, anthropogenic pollution and irrigation impacts.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014503
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610019
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 84–87
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03