«Ветоспорин-Ж» probiotikining asalarilar nozematoziga profilaktik samaradorligi
Azimova D.I., Nasimov Sh.N., Karilova M.F., Teshayeva R.O.Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://ror.org/03gc295492026
KonferensiyalarParazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlariJild 1Son 5Sahifa 196–201
Annotatsiya
Ushbu maqolada asalarichilikda jiddiy iqtisodiy zarar keltiruvchi nozematoz kasalligining oldini olishda biologik preparat — «Ветоспорин-Ж» probiotigining profilaktik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu probiotik asalarilarning umumiy fiziologik holatini yaxshilash, oshqozon-ichak trakti mikroflorasini barqarorlashtirish hamda kasallikka qarshi chidamliligini oshirishda yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. Maqolada preparatni amalda qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПрофилактическая эффективность пробиотика «Ветоспорин-Ж» при нозематозе пчел
В данной статье изучена профилактическая эффективность биологического препарата — пробиотика «Ветоспорин-Ж» в предотвращении нозематоза пчел, наносящего серьезный экономический ущерб пчеловодству. По результатам исследований данный пробиотик показал высокую эффективность в улучшении общего физиологического состояния пчел, стабилизации микрофлоры желудочно-кишечного тракта и повышении их устойчивости к заболеванию. В статье представлены научно обоснованные рекомендации по практическому применению препарата.
inglizchaProphylactic efficacy of the probiotic “Vetosporin-Zh” against nosemosis of honey bees
This article examines the prophylactic efficacy of a biological preparation, the probiotic “Vetosporin-Zh”, in preventing nosemosis, a disease that causes serious economic losses in beekeeping. According to the results of the study, this probiotic proved highly effective in improving the overall physiological condition of honey bees, stabilizing the microflora of the gastrointestinal tract and increasing their resistance to the disease. The article provides scientifically based recommendations for the practical use of the preparation.
Kalit so‘zlar
- asalari
- asalarichilik
- probiotik
- mikrobiota
- ichak mikroflorasi
- foydali bakteriyalar
- immunitet
- oziqlanish
- patogen mikroorganizmlar
- asalari oilasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
“PARAZITAR KASALLIKLAR DIAGNOSTIKASIDA MOLEKULYAR GENETIK USULLARNI QO‘LLASH, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY JIHATLARI”
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA · SAMARQAND, 2026-YIL 9–10-OKTYABR
O‘zbek tilida UDK: 638.1:577.16 B. 196–201
«ВЕТОСПОРИН-Ж» PROBIOTIKINING ASALARILAR NOZEMATOZIGA PROFILAKTIK SAMARADORLIGI
Azimova. D.I., Nasimov. Sh.N., Karilova M.F., Teshayeva R.O.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
DOI https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260929
I QT I B O S U C H U N · Д Л Я Ц И Т И Р О В А Н И Я · FO R C I TAT I O N
Azimova. D.I., Nasimov. Sh.N., Karilova M.F., Teshayeva R.O. «Ветоспорин-Ж» probiotikining asalarilar nozematoziga profilaktik samaradorligi // Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Samarqand, 9–10-oktyabr 2026-y.). – Samarqand, 2026. – B. 196–201. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260929
Research Focus xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida Research Focus International Scientific Journal · refocus.uz
UDK: 638.1:577.16 ВЕТОСПОРИН-Ж PROBIOTIKINING ASALARILAR NOZEMATOZIGA PROFILAKTIK SAMARADORLIGI Azimova. D.I., v.f.f.d., (PhD) Nasimov. Sh.N., v.f.n., dotsent Karilova M.F., magistrant Teshayeva R.O., magistrant Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Annotatsiya. Ushbu maqolada asalarichilikda jiddiy iqtisodiy zarar keltiruvchi nozematoz kasalligining oldini olishda biologik preparat — «Ветоспорин-Ж» probiotigining profilaktik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu probiotik asalarilarning umumiy fiziologik holatini yaxshilash, oshqozon-ichak trakti mikroflorasini barqarorlashtirish hamda kasallikka qarshi chidamliligini oshirishda yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. Maqolada preparatni amalda qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan. Аннотация. В данной статье изучена профилактическая эффективность биологического препарата — пробиотика «Ветоспорин-Ж» в предотвращении нозематоза пчел, наносящего серьезный экономический ущерб пчеловодству. По результатам исследований данный пробиотик показал высокую эффективность в улучшении общего физиологического состояния пчел, стабилизации микрофлоры желудочно-кишечного тракта и повышении их устойчивости к заболеванию. В статье представлены научно обоснованные рекомендации по практическому применению препарата. Kalit so‘zlar: asalari, asalarichilik, probiotik, mikrobiota, ichak mikroflorasi, foydali bakteriyalar, immunitet, oziqlanish, patogen mikroorganizmlar, asalari oilasi. Kirish. Bugungi kunda jahon miqyosida qishloq xo‘jaligining strategik tarmoqlaridan biri bo‘lgan asalarichilikni rivojlantirish, shuningdek, asal va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirib, ularning sifatini kafolatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-sonli “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022–2026- yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilib, sohada tub o‘zgarishlarni boshlab berdi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, asalarichilik tarmog‘ini barqaror rivojlantirish va uning eksport salohiyatini yuksaltirish zamonaviy ilm-fan yutuqlarini, xususan, biotexnologik usullarni va samarali profilaktik tadbirlarni ishlab chiqarishga keng joriy etishni talab qiladi. Kasalliklarga qarshi immunoprofilaktika va molekulyardiagnostik yondashuvlarni qo‘llash asalari oilalarining patogenlarga nisbatan chidamliligini oshiradi. Bu esa, o‘z navbatida, ekologik toza va xavfsiz mahsulotlar olish imkonini berib, sohaning iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Shunga qaramay, asalari oilalari mahsuldorligiga jiddiy xavf soluvchi, ularning ommaviy nobud bo‘lishi hamda iqtisodiy zarar ko‘rishiga sabab bo‘ladigan invazion va infeksion kasalliklarga qarshi samarali kurashish hamda ularni davolash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.[1]
Nozematoz — asalarilarning oshqozon-ichak traktining infeksion kasalligi bo‘lib, uni Nosema apis (va boshqa turlari) qo‘zg‘atadi. Kasallik asalarilarning umumiy fiziologik holatini yomonlashtiradi, harakat faolligini pasaytiradi, qishlash davrida oilalarning kuchsizlanishiga va hatto to‘liq nobud bo‘lishiga olib keladi. An’anaviy usulda ushbu kasallikka qarshi kurashishda turli kimyoviy preparatlar va antibiotiklardan foydalanish ma’lum natija bersa-da, ular asalarilar organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, olingan mahsulotlarda (asal, mum, gulchang) kimyoviy qoldiqlar to‘planishiga sabab bo‘ladi. Bu esa ekologik xavfsiz va tabiiy profilaktika vositalarini yaratishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda veterinariya va asalarichilik amaliyotida yuqori samarali, ekologik xavfsiz biologik preparatlar, xususan, foydali mikroorganizmlarga asoslangan probiotiklarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday zamonaviy va samarali vositalardan biri “Ветоспорин-Ж” probiotigi hisoblanadi. Mazkur preparat asalarilarning hazm qilish trakti mikroflorasini tiklash, immun tizimini rag‘batlantirish hamda patogen mikroorganizmlarga qarshi biologik to‘siq hosil qilish xususiyatiga ega. Shuni hisobga olgan holda, asalarilar nozematozining profilaktikasida “Ветоспорин-Ж” probiotigining ta’sirini o‘rganish, uning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.[2,4,5] Tadqiqot obyekti. Tadqiqotlar Samarqand viloyati Toyloq tumani Sochak MFYda joylashgan “Orzu, Olim, Dimurod asallari” asalarichilik kompleksida o‘tkazildi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Asalarichilik xo‘jaligida, asalari oilasini tanlash va baholashda mahalliy zotli asalari oilalari birma-bir, sifatli baholandi. Oila mahsuldorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida, tashkil etilgan asalarizor jurnalidagi ko‘p yillik yozuvlarga alohida e’tibor berildi. Shuningdek, asalari oilasining asal va mum mahsuldorligi, ko‘ch ajratish xususiyatlari, ona asalarining kunlik tuxum qo‘yish darajasi, asalari oilasining sovuqqa va kasalliklarga chidamliligi kabi barcha ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Bularning barchasi mazkur xo‘jalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun barcha sharoit mavjudligini ifodaladi. Asalari oilasini tanlash va baholashda, birinchi navbatda, mahsuldorligiga baho berildi, ikkinchi navbatda esa ana shu tanlangan asalari oilalaridagi ona asalariga baho berildi, oila kuchi, romkalar soni, ozuqa miqdori va uning sarfi aniqlandi. Shuningdek, mazkur xo‘jalikda tajriba o‘tkazish davrida asalari oilasining barcha xo‘jalik–foydali xususiyatlari bevosita o‘rganib chiqildi hamda zootexnikaviy ma’lumotlar asosida tahlil qilindi, naslchilik qiymati aniqlandi va tegishli sinfiy toifalar belgilandi. Ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, tajriba guruhlarida mahalliy asalari zotli asalarilar asal mahsuldorligi bo‘yicha 54,5 kg asal to‘plab 5 ball, oilaning kuchi bo‘yicha 15 ta rom oralig‘ida tirik asalari mavjud 5 ball, qishda nobud bo‘lgan asalarilar chiqimi 6,5 % va 5 ball to‘plab toifasi 1-sinfga baholandi. Bu har ikkala ko‘rsatkichlar ushbu xo‘jalikda ilmiy-tadqiqotlarni o‘tkazishda asos bo‘ldi. Bularning hammasi asalari oilasini tanlash va baholashda ko‘zda tutilgan asosiy maqsadning amalga oshirilganligini hamda tadqiqot ishlarini o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib beradi.
Tadqiqot uchun 6 ta asalari uyasi tanlab olindi hamda asalari oilalarida arilar soni (oila kuchi), ona arining kelib chiqishi bilan yoshi, uyadagi uglevodli oziqa zaxirasi barcha tajriba va nazorat guruhlarida bir xil qilib olindi. Har bir tajriba guruhidagi o‘lchami 435х300 mm bo‘lgan standart mumkatak romdan 5 tadan joylashtirildi. Shuningdek, tajriba o‘tkazilayotgan vaqtda ishchi asalarilar tomonidan perga yig‘ish me’yori o‘rtacha, har bir tajriba guruhiga 2025-yilning aprel oyida yangilangan ona ari joylashtirildi. Tashkil etilgan tajriba guruhlarida 3 tadan oilalar ajratib olindi va tajriba guruhlariga Ветоспорин-Ж probiotigi 4 ml (1x108 KHB) va 1 litr siropga qo‘shib probiotikli siropdan tanlab olingan tajriba guruhidagi asalari oilalariga 250 ml miqdorida oziqlantirish ishlari olib borildi. Nazorat guruhida esa xo‘jalikda mavjud shakarli sirop oziqasi bilan oziqlantirildi (1- jadval).
1-jadval. Ветоспорин-Ж probiotigining asalari oilalariga qo‘llanilishi Guruhlar Oila soni Berilgan oziqa nomi miqdori Qo‘llash miqdori vaqti n=3 Tajriba 3 4 g Ветоспорин-Ж probiotigi+ 1 l 250 ml kechki payt shakarli sirop Nazorat 3 Shakarli sirop 250 ml shakarli sirop kechki payt Jadvalda ko‘rsatilgan tartibda asalari oilalari oziqlantirildi. Tajriba guruhidagi asalarilarga probiotik qo‘shilgan sirop tayyorlab 7 kun, 1 kunlik interval bilan oziqlantirildi. Tajribalar davomida tajriba guruhidagi oilalarda mehnat unumdorligi yaxshilanganligi, uya atrofida o‘lgan asalarilarning soni kamayganligi aniqlanildi. Tajribaning samaradorligi ishchi arilarning faoliyati, mahsuldorlikning oshishi va ona arining tuxum qo‘yishiga qarab aniqlandi.
Yuqorida keltirilgan (suspenziya tayyorlash) usuli yordamida laboratoriyada o‘zida nosema sporasi mavjud o‘lik asalarilarning 45 tasini ezib suspenziya tayyorlandi. Ezilgan massa ustiga 300 ml shakarli sirop qo‘shildi. Har bir guruhdagi oziqa oxurchalariga 50 ml dan sporali sirop solindi. Tajribaning 4-5 kunida nazorat guruhidagi asalari uyalaridagi asalarilarda nozematozning dastlabki klinik belgilari namoyon bo‘ldi. Kasallangan asalari oilalarida asalarilarning qorinchasi shishgan, ayrimlarining ichi o‘tgan, uyadagi asalarilarda bezovtalik, rom atrofida o‘rmalab harakatlanish, uyalarda shovqinli tovushlar kabi belgilar kuzatildi (2-jadval). Eksperimental zararlantirilgan guruhlardan laboratoriyaga tekshirish uchun namunalar olindi. [3]
2-jadval. Tajriba va nazorat guruhidagi asalarilarning nosema sporalari bilan zararlanish darajasi Guruh Asalari Uyalardagi Berilgan Olingan Tekshirish oila asalarilar sporali namunalar soni natijasi Soni o‘rtacha soni siropning (4 ballik tizim M miqdori ml asosida) n=3
Laboratoriya natijasiga ko‘ra Ветоспорин-Ж probiotikli sirop bilan oziqlantirilgan tajriba guruhidagi asalari oilalarida nosema qo‘zg‘atuvchisining sporalari topilmadi, nazorat guruhidagi asalari oilalarida nosema sporalari borligi 4 ballik tizim asosida baholandi. Mikroskopik tekshirishlarda MC D30 trinokulyar mikroskopining WF 10 x 100/1,25 marta kattalashtirish yordamida aniqlanildi. Nazorat guruhidagi asalarilarga oddiy shakarli sirop berilganligi uchun asalari organizmida immun sistemasining pastligi, kasalliklarga beriluvchanligi hisobidan nosema bilan zararlanish holati o‘rtacha kuchli (+++) darajada ekanligi olingan namunalarda 1000 tadan ko‘p spora borligi sanaldi. Asalarilarning nozematoz kasalligining profilaktikasida bahor mavsumida Ветоспорин-Ж probiotikini (1 l shakarli siropga 4 ml 108 KHB probiotik) 250 g miqdorida asalarilari oziqasiga qo‘shib oziqlantirilsa uyalarda nasl miqdori, o‘sishi yaxshilanishi hamda nosema sporalariga qarshi ta’sir ko‘rsata olishi tajribalarda aniqlandi. Tadqiqotlar davomida olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, bahor faslining dastlabki kunlarida asalari oziqasiga Ветоспорин-Ж probiotik berib oziqlantirilsa, Bacillus subtilisning tirik sporasi, asalari organizmiga kirganda, ular patogen bakteriya faoliyatini cheklaydi va shu bilan oshqozon-ichak traktida tabiiy tirik foydali mikroorganizmlarni tiklashga yordam beradi va foydali fermentlarni ishlab chiqaradi. Saxaroza va glyukozani fruktozaga osonroq va tezroq aylantirishda faol qatnashadi. Probiotik foydali moddalarni ishlab chiqarishda: vitaminlar, fermentlar, aminokislotalar, ular ozuqa moddalarining so‘rilishi va parchalanishiga, butun tananing tez tiklanishiga yordam beradi. Organizmning fiziologik va immun reaktsiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi nozematoz kasalligining profilaktikasida samarali ekanligi tajribalarda aniqlandi. Xulosa. Asalarichilik xo‘jaliklarida nozematoz kasalligining oldini olish hamda oilalarning mahsuldorligini oshirish uchun bahorgi mavsumda “Ветоспорин-Ж” probiotigini tavsiya etilgan me’yorda qo‘llash yuqori ilmiy-amaliy natija beradi va veterinariya-sanitariya talablariga to‘la javob beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120- son “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
- Azimova D.I. Asalari nozematozi // Veterinariya meditsinasi. – Samarqand, 2023. – № 2. – B. 27–29.
- Azimova D.I. Quchqorova S.Q., // Mahalliy probiotikning asalarilar uchun samarali maqbul dozasini aniqlash. Veterinariya meditsinasi jurnali (11-son 2022-yil) (29-30-b)
- Nasimov Sh.N., Gerasimchik V.A., Mamatova Z.B., Xabibov F.A. Asalari kasalliklari va zararkunandalari: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2021.
- Садовникова Е.Ф., Кузмин Е.Е., Герасимчик В.А., Дунец Е.Н. Сравнительная эффективность лечебно-профилактических мероприятий при нозематозе пчел. – 2014.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014182
- Nashr sanasi
- 2026-10-10
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari
- Jild
- 1
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/260929
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 196–201
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-11-01 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-27