Asosiy mazmunga o‘tish

Samarqand viloyatining tog‘oldi-tog‘ hududlarida echkilarning anaplotsefalyatozlari tarqalishi

Raxmonov Sh.O., Taylakov T.I.Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://ror.org/03gc295492026

KonferensiyalarParazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlariJild 1Son 5Sahifa 191–195

Annotatsiya

Maqolada Samarqand viloyatining tog‘oldi-tog‘ (Urgut va Nurobod) tumanlari hududlarida boqilayotgan echkilar orasida anoplotsefaliyatozlarning tarqalishi va ularning tur tarkibi yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРаспространение аноплоцефалятозов коз в предгорно-горных районах Самаркандской области

В статье освещены распространение аноплоцефалятозов и видовой состав их возбудителей среди коз, содержащихся на территории предгорно-горных (Ургутского и Нурабадского) районов Самаркандской области.

inglizchaPrevalence of anoplocephalatoses in goats in the foothill and mountain areas of the Samarkand region

The article describes the prevalence of anoplocephalatoses and the species composition of their causative agents among goats kept in the foothill and mountain districts (Urgut and Nurobod) of the Samarkand region.

Kalit so‘zlar

  • echki
  • anoplotsefaliyatoz
  • sestod
  • Moniezia benedeni
  • Moniezia expansa
  • Thysaniezia giardi
  • gelmintokoprologiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

“PARAZITAR KASALLIKLAR DIAGNOSTIKASIDA MOLEKULYAR GENETIK USULLARNI QO‘LLASH, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY JIHATLARI”

MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA · SAMARQAND, 2026-YIL 9–10-OKTYABR

O‘zbek tilida UDK: 619:636.3:576.895 B. 191–195

SAMARQAND VILOYATINING TOG‘OLDI-TOG‘ HUDUDLARIDA ECHKILARNING ANAPLOTSEFALYATOZLARI TARQALISHI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

DOI https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260928

I QT I B O S U C H U N · Д Л Я Ц И Т И Р О В А Н И Я · FO R C I TAT I O N

Sh.O. Raxmonov, T.I. Taylakov. Samarqand viloyatining tog‘oldi-tog‘ hududlarida echkilarning anaplotsefalyatozlari tarqalishi // Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Samarqand, 9–10-oktyabr 2026-y.). – Samarqand, 2026. – B. 191–195. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260928

Research Focus xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida Research Focus International Scientific Journal · refocus.uz

UDK: 619:636.3:576.895 SAMARQAND VILOYATINING TOG‘OLDI-TOG‘ HUDUDLARIDA ECHKILARNING ANAPLOTSEFALYATOZLARI TARQALISHI Sh.O. Raxmonov, tayanch doktorant T.I. Taylakov, v.f.d. professor v.b., Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Annotatsiya. Maqolada Samarqand viloyatining tog‘oldi-tog‘ (Urgut va Nurobod) tumanlari hududlarida boqilayotgan echkilar orasida anoplotsefaliyatozlarning tarqalishi va ularning tur tarkibi yoritilgan.

Kalit so‘zlar: echki, anoplotsefaliyatoz, sestod, Moniezia benedeni, Moniezia expansa, Thysaniezia giardi, gelmintokoprologiya. Mavzuning dolzarbligi Respublikamizda echkichilik tarmog‘i, ayniqsa tog‘oldi, dasht va cho‘l hududlarida aholi daromadining muhim manbai bo‘lib qolmoqda. Ammo echkilar orasida keng tarqalgan ichak sestodozlari, xususan anoplotsefaliyatozlar hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishini susaytirib, sut, go‘sht va jun mahsuldorligini kamaytiradi hamda katta iqtisodiy zarar keltiradi. Kasallikning tarqalishi hududning tabiiy-geografik sharoiti, o‘simlik qoplami va oribatid oraliq xo‘jayinlarning mavjudligi bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli echkilar anoplotsefaliyatozlarining turli ekologik hududlardagi epizootologik holatini o‘rganish dolzarb ilmiy-amaliy masala hisoblanadi. Gelmintozlarning hududiy tarqalishini baholashda geografik joylashuv, iqlim va tabiiy sharoitlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, parazitlarning rivojlanish siklida ishtirok etuvchi asosiy va oraliq xo‘jayinlarning mavjudligi kasallikning tarqalish darajasiga ta‘sir ko‘rsatadi. Invazion vaziyatni aniqlashda veterinariya xizmatlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik va davolash tadbirlarining samaradorligi ham hisobga olinadi. Hududning ekologik hamda epizootologik xususiyatlarini o‘rganish gelmintozlarga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. [1] Anoplotsefaliyatozlarning hayvonlar orasida tarqalishi ularning yoshlariga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa 1,5–8 oylik qo‘zi, uloq hamda buzoqlarda ko‘p uchraydi. Masalan, bir yoshli mayda shoxli mollarning 59% i zararlangan bo‘lsa, bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lganlari 31% va ikki yoshdan oshgan mollarning atigi 15% i moniezioz bilan zararlanganligi aniqlangan. Katta yoshli mollar moniezioz bilan kam kasallanib, ularda nisbatan M. benedeni ko‘proq uchraydi. Moniezioz O‘zbekiston sharoitida keng tarqalgan kasallik bo‘lib, unga asosan yosh mollar chalinadi. Monieziozning yengil toksinli klinik ko‘rinishi esa yosh mollarda va ertangi qo‘zilarda kuzatilib, ular lohaslanadi, oriqlab ketadi, tezagi esa suyuq bo‘lib qoladi. Monieziy bo‘g‘inlari 20–30 kun davomida ajralib, organizm barcha sestodlardan xalos bo‘lgandan keyin hayvonning ahvoli yengillashishi mumkin. Agar hayvon ichakning o‘tkir yuqumli kasalliklari bilan ham zararlanib qolsa, uning ahvoli yanada yomonlashib, moniezioz ham avj oladi. 2–4 oylik qo ‘zilar orasida ichakning bekilib qolishi (obturatsion) kasalligi ham uchraydi, bu holat bahor va yoz faslining birinchi yarmida ko‘proq kuzatiladi. Kasal hayvon to‘satdan gir aylanib yiqiladi va oyoqlari bilan tepina boshlaydi. Hayvon ana shunday tutqanoqlardan birida ichakning bekilib qolishi natijasida o‘z-o‘zidan zaharlanib (intoksikatsiya) o‘ladi. [1,3] Anoplotsefalyatozlar (Anoplocephalatoses) – kavsh qaytaruvchi hayvonlarning ichak sestodozlari guruhiga kiruvchi kasalliklar bo‘lib, ularning qo‘zg‘atuvchilari yassi chuvalchanglar – Plathelminthes tipining Cestoda sinfi, Cyclophyllidea turkumiga mansub hisoblanadi. Ushbu parazitlar asosan qoramollar va boshqa kavshovchi juft tuyoqli hayvonlarning ichagida voyaga yetgan holda parazitlik qiladi.Anoplotsefalyatozlarni qo‘zg‘atuvchi sestodalar Anoplocephalata kenja turkumiga mansub bo‘lib, ular ikki asosiy oilaga bo‘linadi: 1.Anoplocephalidae oilasi – ushbu oilaga Moniezia avlodiga mansub quyidagi turlar kiradi: Moniezia expansa, Moniezia benedeni va Moniezia autumnalia. Avitellinidae oilasi – mazkur oilaga quyidagi avlod va turlar kiradi: Thysaniezia giardi, Avitellina centripunctata hamda Stilesia globipunctata. Mazkur sestodalar kavsh qaytaruvchi hayvonlarning ichagida parazitlik qilib, ularning hazm qilish tizimiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi va iqtisodiy jihatdan muhim zarar keltiruvchi invazion kasalliklar guruhini shakllantiradi. [1,2,3] Dunyo miqyosida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, moniezioz qo‘zg‘atuvchilarining 14 turi va avitellinoz qo‘zg‘atuvchilarining 13 turi aniqlangan bo‘lib, ular barcha kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilarda, jumladan, yovvoyi turlarida ham uchrashi qayd etilgan. Jahon olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, ichak sestodozlari kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilar orasida keng tarqalgan bo‘lib, kasallik qo‘zg‘atuvchilari ham yovvoyi, ham uy hayvonlarida qayd etilgan. Adabiyotlarda moniezioz qo‘zg‘atuvchilarining 14 turi va avitellinoz qo‘zg‘atuvchilarining 13 turi ta’riflangani, ular turli ekologik sharoitda yashaydigan kavsh qaytaruvchilarda uchrashi ko‘rsatilgan. O‘zbekiston sharoitida yirik va mayda shoxli hayvonlar orasida ichak sestodozlari – moniezioz, tizaniezioz, avitellinozlar va ularning qo‘zg‘atuvchilarining tarqalish darajasi, ularni diagnostika qilish, davolash masalalari 1975 yildan beri o‘rganilmasdan kelinmoqda. Faunistik tadqiqotlar bo‘yicha 1974 yilgacha qo‘y, echki va qoramollarda 3 tur moniezioz qo‘zg‘atuvchilari – Moniezia expansa (Rudolphi, 1810), Moniezia benedeni (Moniez, 1879), Moniezia autumnalia Kuznetsov, 1967, bir tur tizaniezioz qo‘zg‘atuvchisi – Thysaniezia giardi (Moniez, 1879), bir tur avitellinoz qo‘zg‘atuvchisi – Avitellina centripunctata (Rivolta, 1874) ning uchrashi qayd qilingan. Ushbu ma’lumotlar mamlakatimizda kavsh qaytaruvchi hayvonlar sestodalarining tur tarkibi va tarqalishini o‘rganishda muhim ilmiy manba hisoblanadi hamda zamonaviy sharoitlarda ularning epizootologik holatini qayta baholash zaruratini ko‘rsatadi. [4,5,6] Keyingi yillardagi echkilar anoplotsefaliyatozlari ustida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari echkilarda moniezioz Moniezia expansa, Moniezia benedeni, Avitellina centripunctata lardan tashqari ularning yangi turlarining uchrashi aniqlanayotganligini ko‘rsatmoqda. Bularning barchasi fanda echkilarning ichak sestodozlari qo‘zg‘atuvchilarining epizootologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etadi. [7,8,9,10] Tekshirish uslublari. Ilmiy tadqiqot ishlari Samarqand viloyatining Urgut, Nurobod tumanlari (tog‘oldi -tog‘ hududi) hududlaridagi aholi echkilarida hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Parazitologiya” kafedrasi qoshidagi ilmiy laboratoriyada olib borildi.

Tadqiqotda Urgut tumani hududidan 30 bosh echkilardan, Nurobod tumani hududidan 32 bosh echkilardan tezak namunalari olinib makrogelmintoskopiya usulidan ketma-ket yuvish va Fyulleborn usuli yordamida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tadqiqot natijalari. Samarqand viloyatining Urgut, Nurobod tumanlarining tog‘oldi-tog‘ hududlaridagi echkilarning anaplotsefalyatozlar bilan zararlanish darajasini o‘rganish natijalari 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval. Samarqand viloyati sharoitida echkilarning anaplotsefalyatozlar bilan zararlanganlik darajasi Tumanlar Hayvonlar Gelmint bo‘g‘inlari va tuxumlari topildi T/r soni M. expansa M.benedeni Th. giardi A.centri punctata soni foizi soni foizi soni foizi soni foizi 1 Urgut 30 bosh echki 4 13,3 5 16,6 1 3,3 2 6,6 2 Nurobod 32 bosh echki 5 15,6 6 18,7 2 6,2 3 9,3 3 Tumanlar 62 bosh 9 14,5 11 17,7 3 4,8 5 8,1 bo‘yicha Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Urgut tumanining tog‘li hududlari aholi echkilarining tezaklari yig‘ib olinib gelmintokoprologik tekshiruv usullaridan ketma-ket yuvish va Fyulleborn usullarida tekshirilganda 30 bosh echkilarning 4 boshida Moniezia expansa bo‘g‘inlari topildi, zararlanish darajasi 13,3 foizni tashkil etdi. 5 bosh echkining tezagida Moniezia benedeni bo‘g‘inlari borligi qayd etildi, zararlanish darajasi 16,6 foizni tashkil etdi. Thysaniezia giardi bo‘g‘inlari 1 bosh echkida topildi, zararlanish darajasi 3,3 foizni tashkil etdi. Avitellina centripunctata bo‘g‘inlari 2 bosh echkining tezagida topilib, gelmintlar bilan zararlanish darajasi 6,6 foizni tashkil etdi.

Nurobod tumanining tog‘li hududlari aholi echkilarining tezaklari tekshirilganda 32 bosh echkilarning 5 boshida M. expansa bo‘g‘inlari topildi, zararlanish darajasi 15,6 foizni tashkil etdi. 6 bosh echkining tezagida M.benedeni bo‘g‘inlari borligi qayd etildi, zararlanish darajasi 18,7 foizni tashkil etdi. Th. giardi bo‘g‘inlari 2 bosh echkida topildi, zararlanish darajasi 6,2 foizni tashkil etdi.

A.centripunctata bo‘g‘inlari 3 bosh echkining tezagida topilib, gelmintlar bilan zararlanish darajasi 9,3 foizni tashkil etdi.

Tumanlar bo‘yicha jami 62 bosh echkilarning tezak namunalari tekshirilganda M. expansaning bo‘g‘inlari 9 ta tezak namunalarida topildi. Echkilarning M. expansa bilan zararlanish darajasi 14,5 foizni tashkil etdi. M.benedeni qo‘zg‘atuvchilarining bo‘g‘inlari 11 ta tezak namunasida qayd etildi, zararlanish darajasi 17,7 foizni tashkil etdi. Th. giardi bo‘g‘inlari 3 bosh echkida topildi, zararlanish darajasi 4,8 foizni tashkil etdi. A.centripunctata bo‘g‘inlari 5 bosh echkining tezagida topilib, gelmintlar bilan zararlanish darajasi 8,1 foizni tashkil etdi. Xulosa. Samarqand viloyatining Urgut, Nurobod tumanlarining tog‘oldi-tog‘ hududlaridagi echkilarning anaplotsefalyatozlar bilan zararlanish darajasini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, echkilar anoplotsefalyatozlarining tarqalishida birinchi o‘rinda Moniezia benedeni 17,7 foiz, ikkinchi o‘rinda Moniezia expansa 14,5 foiz, uchinchi o‘rinda Avitellina centripunctata 8,1 foiz, to‘rtinchi o‘rinda Thysaniezia giardi 4,8 foizda tarqalganligi aniqlandi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Azimov DJ. A., Yatusevich A. I., Yunusov X. B va boshqalar “Parazitologiya va invazion kasalliklar” Darslik. Тoshkent - 2024 “Fan ziyosi” 141 bet.
  2. Салимов Б., Тайлаков Т., Қурбонов Ш. Эчкиларнинг ичак цестодозлари қўзғатувчилари тўғрисида баъзи янги маълумотлар. Ҳайвонлар ва паррандаларда ўта хавфли касалликларнинг тарқалиши ва уларга қарши курашиш чоралари мавзусидаги бешинчи халқаро конференция маърузалари материаллари тўплами. ВИТИ, Қашқадарё, 2016. 362–365 б.
  3. Salimov B.S., va boshqalar. “Mayda shoxli hayvonlar monieziozining diagnostikasi va unga qarshi kurash choralari” // Tavsiyanoma –Tosh kent. 2018 yil. 28 bet.
  4. Х.Б. Юнусов, Ш.О. Эшматов, Т.И.Тайлаков – Қашқадарё вилояти тоғолди-тоғ ҳудудларида эчкиларнинг анаплоцефалятозларини тарқалиши. ‘‘Veterinariya meditsinasi’’ – jurnali. “Zamonaviy parazitologiyaning dolzarb muammolari va ularning yechimiga innovatsion yondashuv” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 28-29-may.
  5. Салимов Б., Тайлоков Т., Қурбонов Ш. Авителлиноз қўзғатувчилари. // Қишлоқ хўжалигида инновatsiон технологияларни ишлаб чиқиш ва жорий этишнинг натижалари ҳамда истиқболдаги вазифалар. Профессор-ўқитувчиларнинг илмий мақолалар тўплами. Самарқанд, 2017.
  6. Тайлаков Т.И. Эчкиларнинг анаплоцефалятозларига қарши янги антгельминтикларнинг самарадорлигини ўрганиш. // Қишлоқ хўжалигида таълим, фан ва ишлаб чиқариш интегрatsiяси. Профессор-ўқитувчилар ва ёш олимлар илмий-амалий конференциясининг мақолалар тўплами. Қашқадарё, 2018. 21–23 б.
  7. Тайлаков Т.И. Эчкиларнинг ичак цестодозларини даволашда антельминтикларни синовдан ўтказиш. // Ветеринария медицинасии журнали. Тошкент, 2018. №12. 18–20 б.
  8. Юнусов Х.Б., Тайлаков Т.И. Эчкилар мониезиозини даволашда антельминтикли минерал тузли яламани қўллаш. // Ветеринария медицинасии. Тошкент, 2022. №8. 12–13 б.
  9. Юнусов Х.Б., Тайлаков Т.И. Тоғ ва тоғолди ҳудудларида эчкилар мониезиозини тарқалиши. // Ветеринария медицинасии. Тошкент, 2022. №9. 12–13 б.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014181
Nashr sanasi
2026-10-10
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari
Jild
1
Son
5
DOI
10.66073/refocus-conf/260928
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
191–195
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-11-01 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-27