Karpsimon baliqlar psevdomonozining oldini olishda profilaktik va dezinfeksiya tadbirlarining samaradorligi
Xayritdinov Mirjahon Jo‘rabek o‘g‘li, Nasimov Shuhrat Naimovich, Kurbanov Feruz Enatillayevich, Muxammadiyev O‘tkirxon Ikromxon o‘g‘li, Jahongirov Sardor SaidahmadovichSamarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://ror.org/03gc295492026
KonferensiyalarParazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlariJild 1Son 5Sahifa 108–113
Annotatsiya
Ushbu maqolada karpsimon baliqlarda uchraydigan psevdomonoz kasalligining profilaktikasi haqida yoritilgan. Psevdomonoz baliqchilik xo‘jaliklarida iqtisodiy zarar keltirib chiqaruvchi bakterial kasalliklardan biri bo‘lib, uning rivojlanishida suvning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarining buzilishi, organik moddalar miqdorining ortishi, baliqlarning zich joylashtirilishi, oziqlanishdagi kamchiliklar va stress omillari muhim ahamiyatga ega. Maqolada kasallik profilaktikasida suv sifatini muntazam nazorat qilish, hovuzlarni sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq saqlash, baliqlarni me‘yorida oziqlantirish, xo‘jalikka yangi keltirilgan baliqlarni muntazam kuzatib borish.
Boshqa tillarda
ruschaЭффективность профилактических и дезинфекционных мероприятий в предупреждении псевдомоноза у карповых рыб
В статье рассматриваются вопросы профилактики псевдомоноза у карповых рыб. Псевдомоноз — это бактериальное заболевание, наносящее экономический ущерб рыбным хозяйствам; существенную роль в его развитии играют такие факторы, как нарушение физико-химических показателей воды, повышенное содержание органических веществ, высокая плотность посадки, несбалансированное питание и стресс. Особое внимание уделяется ключевым мерам профилактики, включая регулярный контроль качества воды, содержание прудов в соответствии с санитарно-гигиеническими нормами, обеспечение полноценного питания рыбы и тщательный контроль за вновь вселяемыми особями.
inglizchaEffectiveness of prophylactic and disinfection measures in the prevention of pseudomonosis in cyprinid fish
This article discusses the prevention of pseudomonosis in cyprinid fish. Pseudomonosis is a bacterial disease that causes economic losses in fish farms; factors such as imbalances in the physicochemical properties of water, elevated levels of organic matter, high stocking densities, nutritional deficiencies, and stress play a significant role in its development. The article highlights key preventive measures, including regular water quality monitoring, maintaining ponds in accordance with sanitary-hygienic requirements, feeding fish at recommended rates, and regular observation of fish newly introduced to the farm.
Kalit so‘zlar
- psevdomonoz
- profilaktika
- bakteriya
- organik moddalar
- fizik-kimyoviy
- stress
- sanitariya-gigiyena
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
“PARAZITAR KASALLIKLAR DIAGNOSTIKASIDA MOLEKULYAR GENETIK USULLARNI QO‘LLASH, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY JIHATLARI”
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA · SAMARQAND, 2026-YIL 9–10-OKTYABR
O‘zbek tilida UDK: 619:639.309 B. 108–113
KARPSIMON BALIQLAR PSEVDOMONOZINING OLDINI OLISHDA PROFILAKTIK VA DEZINFEKSIYA TADBIRLARINING SAMARADORLIGI
Xayritdinov Mirjahon Jo‘rabek o‘g‘li, Nasimov Shuhrat Naimovich, Kurbanov Feruz Enatillayevich, Muxammadiyev O‘tkirxon Ikromxon o‘g‘li, Jahongirov Sardor Saidahmadovich
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
DOI https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260915
I QT I B O S U C H U N · Д Л Я Ц И Т И Р О В А Н И Я · FO R C I TAT I O N
Xayritdinov Mirjahon Jo‘rabek o‘g‘li, Nasimov Shuhrat Naimovich, Kurbanov Feruz Enatillayevich, Muxammadiyev O‘tkirxon Ikromxon o‘g‘li, Jahongirov Sardor Saidahmadovich. Karpsimon baliqlar psevdomonozining oldini olishda profilaktik va dezinfeksiya tadbirlarining samaradorligi // Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Samarqand, 9–10-oktyabr 2026-y.). – Samarqand, 2026. – B. 108–113. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260915
Research Focus xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida Research Focus International Scientific Journal · refocus.uz
UDK: 619:639.309 KARPSIMON BALIQLAR PSEVDOMONOZINING OLDINI OLISHDA PROFILAKTIK VA DEZINFEKSIYA TADBIRLARINING SAMARADORLIGI Xayritdinov Mirjahon Jo‘rabek o‘g‘li, magistrant Nasimov Shuhrat Naimovich, ilmiy rahbar v.f.n.dotsent, Kurbanov Feruz Enatillayevich, v.f.d. dotsent Muxammadiyev O‘tkirxon Ikromxon o‘g‘li, magistr Jahongirov Sardor Saidahmadovich, doktorant Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Annotatsiya. Ushbu maqolada karpsimon baliqlarda uchraydigan psevdomonoz kasalligining profilaktikasi haqida yoritilgan. Psevdomonoz baliqchilik xo‘jaliklarida iqtisodiy zarar keltirib chiqaruvchi bakterial kasalliklardan biri bo‘lib, uning rivojlanishida suvning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarining buzilishi, organik moddalar miqdorining ortishi, baliqlarning zich joylashtirilishi, oziqlanishdagi kamchiliklar va stress omillari muhim ahamiyatga ega. Maqolada kasallik profilaktikasida suv sifatini muntazam nazorat qilish, hovuzlarni sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq saqlash, baliqlarni me’yorida oziqlantirish, xo‘jalikka yangi keltirilgan baliqlarni muntazam kuzatib borish.
Аннотация. В статье рассматриваются вопросы профилактики псевдомоноза у карповых рыб. Псевдомоноз — это бактериальное заболевание, наносящее экономический ущерб рыбным хозяйствам; существенную роль в его развитии играют такие факторы, как нарушение физико-химических показателей воды, повышенное содержание органических веществ, высокая плотность посадки, несбалансированное питание и стресс. Особое внимание уделяется ключевым мерам профилактики, включая регулярный контроль качества воды, содержание прудов в соответствии с санитарно-гигиеническими нормами, обеспечение полноценного питания рыбы и тщательный контроль за вновь вселяемыми особями.
Abstract. This article discusses the prevention of pseudomonosis in cyprinid fish. Pseudomonosis is a bacterial disease that causes economic losses in fish farms; factors such as imbalances in the physicochemical properties of water, elevated levels of organic matter, high stocking densities, nutritional deficiencies, and stress play a significant role in its development. The article highlights key preventive measures, including regular water quality monitoring, maintaining ponds in accordance with sanitary-hygienic fish.
Kalit so‘zlar: Psevdomonoz, profilaktika, bakteriya, organik moddalar, fizik-kimyoviy, stress, sanitariya-gigiyena.
Ключевые слова: Псевдомоноз, профилактика, бактериальный, органические вещества, физико-химические, стресс, санитарно-гигиенические.
Keywords: Pseudomonas, prophylaxis, bacterial, organic matter, physicochemical, stress, sanitary-hygienic.
Kirish. Baliqchilik xo‘jaliklarida karpsimon baliqlarni yetishtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlash hamda suvning biologik resurslaridan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Biroq baliqlarni sun’iy va tabiiy suv havzalarida zich saqlash, suv sifatining yomonlashuvi, organik moddalar miqdorining ortishi, harorat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi baliqlarning tabiiy rezistentligini pasaytirib, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sharoit yaratadi. Karpsimon baliqlarda uchraydigan bakterial kasalliklar orasida psevdomonoz alohida ahamiyatga ega. Kasallik Pseudomonas avlodiga mansub bakteriyalar tomonidan qo‘zg‘atilishi bilan xarakterlanadi.Baliqlarning umumiy holatining yomonlashuvi, harakatchanligining pasayishi, tana yuzasida qon quyilishlar, yaralar va suzgichlarning yemirilishi kabi klinik belgilar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Og‘ir kechgan hollarda ichki a’zolarda ham patologik o‘zgarishlar kuzatilib baliqlarning nobud bo‘lishi va xo‘jaliklarda iqtisodiy zarar yuzaga kelishi mumkin. Psevdomonozning rivojlanishida qo‘zg‘atuvchining mavjudligi bilan bir qatorda suv havzasining sanitariya holati, suvning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari, baliqlarni oziqlantirish va saqlash sharoitlari, zichlikning ortishi hamda stress omillari muhim epidemiologik ahamiyatga ega. Shu sababli kasallik bilan kurashishda faqat davolash choralariga tayanib emas, balki kasallikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish kerak. Psevdomonoz profilaktikasida suv havzalarining veterinariya-sanitariya holatini nazorat qilish, suv sifatini muntazam tekshirish, baliqlarni optimal zichlikda saqlash, sifatli va muvozanatlangan oziqa bilan ta’minlash, yangi keltirilgan baliqlarni karantinda saqlash, kasal shubhali baliqlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda xo‘jaliklarda dezinfeksiya tadbirlarini tashkil etish muhim o‘rin tutadi. Bu tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa kasallikning tarqalishini cheklash, baliqlarning saqlanish darajasini oshirish va xo‘jalikning iqtisodiy samaradorligini ko‘paytirgan bo‘ladi.
Tadqiqotning maqsadi. Ushbu tadqiqot maqsadi karpsimon baliqlar psevdomonoz kasalligining tarqalishi, kelib chiqishi ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, shuningdek Durmonsoy baliqchilik xo‘jaligida kasallikning oldini olishga qaratilgan samarali profilaktik va veterinariya-sanitariya chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat. Tadqiqot davomida suvning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari, baliqlarni saqlash va oziqlantirish sharoitlari, hovuzlarning sanitariya holatlari baholandi va psevdomonoz kasalligining oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Materiallar va usullar. Karpsimon baliqlar psevdomonoz kasalligining oldini olish va profilaktika qilish uchun. Psevdomonozning profilaktikasi samaradorligini baholashda veterinariya-sanitariya tadbirlari, hovuzlarni tozalash va dezinfeksiya qilish, baliqlarni me’yorida oziqlantirish, suv sifatini nazorat qilish.
1-rasm. Pastdarg‘om tumani Durmonsoy baliqlari fermer xo‘jaligida karpsimon baliqlarda psevdomonoz kasalligining oldini olish va u kasallikka qarshi kurash chora-tadbirlari va profilaktik ishlar olib borildi. Profilaktik ishlar davomida xo‘jalikdagi hovuzlarga dezinfeksiya ishlari olib borildi. 15sotixli hovuzlarga so‘ndirilgan 30kg ohakni suvga eritilgan holatda barchasiga sepib chiqildi, undan keyin esa hovuzlarga kiradigan suv quvurlarining kirish qismiga begona va yot moddalardan saqlash maqsadida mayda to‘rli qoplar o‘rnatildi. Yoz mavsumi bo‘lganligi uchun baliqlarga kislorod me’yorini oshirish va kislorod bilan ta’minlash maqsadida hovuzlarga aeratsiya moslamalari o‘rnatildi.
2-rasm. Xo‘jalikdagi hovuzlardan baliqlar yig‘ib sotuvga chiqarilgandan so‘ng hovuzlarning barchasining suvlari chiqarib yuborildi. Undan keyin hovuzlarning barchasi quritildi, suvlarning chiqarib yuborilishi quritilishining sababi baliqchilik xo‘jaliklaridagi hovuzlarga kirib qolgan begona baliqlar, begona va mayda mavjudotlardan bartaraf etish maqsadida quritildi.
3-rasm. Hovuzlardagi suvlar chiqarib yuborilgandan keyin bir hafta davomida hovuzlar quyoshda quritildi va hovuzlardagi barcha yot jismlar. Hayvon suyaklari, ko‘p miqdorda chig‘anoqlar, shisha bo‘laklari, daraxt shoxlari va temir jismlaridan tozalanib chiqildi.
4-rasm. Xo‘jalikdagi hovuzlar yot narsalardan tozalab bo‘lgandan so‘ng barcha hovuzlarga yana ohakni maydalab 15sotixli har bir hovuzga 30kg ohak sepib chiqildi Tadqiqot natijalari. Olib borilgan ishlar natijasida karpsimon baliqlar psevdomonozining oldini olishda xo‘jalikdagi sanitariya-gigiyena holati, suvning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, baliqlarni me’yorida zichlikda saqlash, hovuzlarni dezinfeksiya qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Profilaktik kuzatuvlar davomida hovuzlarda suvning sifat ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish, o‘lik va kasallikka gumon qilingan baliqlarni ajratib olish va hovuzlardan chiqarib tashlash muhim ahamiyatga ega. Dezinfeksiya tadbirlarini tashkil etishda hovuz tubini, suv chiqarish va kiritish qismlarini, oziqlantirish joylarini, ovlash va tashish joylarini sanitariya ishlov berish muhim ahamiyatga ega. Hovuzlarni dezinfeksiya qilishdan oldin imkon qadar suv chiqarilib, organik qoldiqlar, loyqa va o‘simlik qoldiqlari tozalanadi. Xulosa. Olib borilgan ishlar natijasida karpsimon baliqlar psevdomonozining oldini olishda kompleks veterinariya-sanitariya va profilaktik tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Kasallikning kelib chiqishi va tarqalishiga suv sifatining yomonlashuvi, organik moddalar to‘planishi, baliqlarning haddan tashqari zich saqlanishi, oziqlanishdagi kamchiliklar hamda stress omillari ta’sir qilishi mumkin.Shuningdek, psevdomonozning oldini olishda faqat dezinfeksiya tadbirlariga tayanib qolmasdan, profilaktik choralarni doimiy ravishda olib borish, kasallikni erta aniqlash, shubhali baliqlarni ajratish va veterinariya nazoratini kuchaytirish zarur.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- Mirziyoyev SH.M. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil, 8-fevraldagi PQ- 120- son qarori, “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 -2026-yillarga mo‘ljallangan DASTUR”.
- Каротова Д.М. Балиқларда бактериал касалликларнинг патоморфологияси. – Автореф. дисс. канд. вет. фан. – Тошкент, 2012. – 24 б.
- Safarov.A.A., G‘allavanov.B.SH.Baliq kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari.Samarqand,2010.-156 B.
- Даминов А.С.,Насимов Ш.Н.,Маматова З.Б.,Курбанов Ф.И.,Ибрагимов.З/ Заразные болезни рыб.Диагностика, симптомы и лечение, методические рекомендации.Самарканд-2020, стр. -4-8.
- Daminov A.S., Nasimov SH.N.,Gerasimchik V.A.,Eshburiyev S.B., Kurbanov F.I., / Baliq kasalliklari O‘quv qo‘llanma. Navro‘z nashriyoti. Toshkent-2020; 42-44 b.
- Shakarboev A.SH.,O‘zbekistonda baliqlarning inseksion kasalliklar,-Toshkent, 2005.- 180 b
- Umumiy ixtiologiya (Ixtiopatologiya).O‘quv qo‘llanma/P.S. Haqberdiyev; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi.-.:<<IQTISODIYOT-MOLIYA>>,2013, 71-b
- Niyozov D.S., Baliq bitmas boylik:(Tadbirkorlar uchun ommabop ko‘llanma) -T.: “Dizayn -Press”, 2013. 27-B
- Рыбоводство. Рецензент: Кафедра ихтиологии и рыбоводства УО<<Белорусская государственная сельскохозяйственная академия>>(заведующий кафедрой кандидат сельскохозяйственных наук, доцент Н.В.Барулин)Минск ИВЦ Минфина 2016. 237-б
- Baliq va asalari kasalliklari., Kurbanov F.I., Sattorov J.M., Samarqand 2024. 24-b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014168
- Nashr sanasi
- 2026-10-10
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari
- Jild
- 1
- Son
- 5
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/260915
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 108–113
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-27