Asosiy mazmunga o‘tish

Quyon eymeriozini davolash va kimyoprofilaktikasida samarali vositalarni qo‘llashning ilmiy-amaliy asoslari

Xushnazarov A.X.1, Davlatov R.B.22026

  1. 1Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
  2. 2Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti https://ror.org/03gc29549

KonferensiyalarParazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlariJild 1Son 5Sahifa 132–137

Annotatsiya

Ushbu maqolada quyonchilik tarmoqlariga katta iqtisodiy zarar yetkazuvchi va invazion kasalliklar orasida yetakchi o‘rinni egallovchi quyon eymeriozini (ichak, jigar va aralash shakllari) davolash hamda kimyoprofilaktika qilish masalalari adabiyotlar sharhi va retrospektiv tahlil asosida o‘rganilgan. Maqolada turli guruhlarga mansub kimyoterapevtik preparatlar (sulfanilamidlar, nitrofuranlar, ionofor antibiotiklar va kompleks birikmalar)ning doza rejimlariga ko‘ra terapevtik va profilaktik samaradorligi qiyosiy baholangan hamda jadval shaklida tizimlashtirilgan. Shuningdek, quyonchilik xo‘jaliklarida kasallikning oldini olishga qaratilgan zoogigiyenik va parvarishlash talablari bayon etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaНаучно-практические основы применения эффективных средств при лечении и химиопрофилактике эймериоза кроликов

В данной статье на основе обзора литературы и ретроспективного анализа проанализированы вопросы лечения и химиопрофилактики эймериоза кроликов (кишечная, печеночная и смешанная формы), наносящего значительный экономический ущерб кролиководческой отрасли. Проведена сравнительная оценка терапевтической и профилактической эффективности различных групп химиотерапевтических препаратов (сульфаниламидов, нитрофуранов, ионофорных антибиотиков и комплексных соединений) в зависимости от режимов дозирования, данные систематизированы в виде таблицы. Также изложены зоогигиенические требования, направленные на профилактику заболевания.

inglizchaScientific and practical basis for the use of effective agents in the treatment and chemoprophylaxis of rabbit eimeriosis

This article analyzes the treatment and chemoprophylaxis of rabbit eimeriosis (intestinal, hepatic, and mixed forms), which causes significant economic damage to the rabbit breeding sector and holds a leading position among invasive diseases, based on a literature review and retrospective analysis. The therapeutic and prophylactic efficacy of various groups of chemotherapeutic agents (sulfonamides, nitrofurans, ionophore antibiotics, and complex compounds) is comparatively evaluated and systematized in tabular form according to their dosage regimes. Furthermore, zoohygienic and management requirements aimed at preventing the disease in rabbit farms are described.

Kalit so‘zlar

  • quyon
  • eymerioz
  • Eimeria stiedae
  • kimyoprofilaktika
  • koksidiostatik
  • sulfadimetoksin
  • baykoks
  • davolash samaradorligi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

“PARAZITAR KASALLIKLAR DIAGNOSTIKASIDA MOLEKULYAR GENETIK USULLARNI QO‘LLASH, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASINING ZAMONAVIY JIHATLARI”

MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA · SAMARQAND, 2026-YIL 9–10-OKTYABR

O‘zbek tilida UDK: 619:616.993.192.1:636.92 B. 132–137

QUYON EYMERIOZINI DAVOLASH VA KIMYOPROFILAKTIKASIDA SAMARALI VOSITALARNI QO‘LLASHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI

A.X.Xushnazarov 1, R.B.Davlatov 2 Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

DOI https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260919

I QT I B O S U C H U N · Д Л Я Ц И Т И Р О В А Н И Я · FO R C I TAT I O N

A.X.Xushnazarov, R.B.Davlatov. Quyon eymeriozini davolash va kimyoprofilaktikasida samarali vositalarni qo‘llashning ilmiy-amaliy asoslari // Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Samarqand, 9–10-oktyabr 2026-y.). – Samarqand, 2026. – B. 132–137. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/260919

Research Focus xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida Research Focus International Scientific Journal · refocus.uz

UDK: 619:616.993.192.1:636.92 QUYON EYMERIOZINI DAVOLASH VA KIMYOPROFILAKTIKASIDA SAMARALI VOSITALARNI QO‘LLASHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI A.X.Xushnazarov1 — veterinariya fanlari falsafa doktori (PhD) R.B.Davlatov2 — veterinariya fanlari doktori, professor Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Annotatsiya. Ushbu maqolada quyonchilik tarmoqlariga katta iqtisodiy zarar yetkazuvchi va invazion kasalliklar orasida yetakchi o‘rinni egallovchi quyon eymeriozini (ichak, jigar va aralash shakllari) davolash hamda kimyoprofilaktika qilish masalalari adabiyotlar sharhi va retrospektiv tahlil asosida o‘rganilgan. Maqolada turli guruhlarga mansub kimyoterapevtik preparatlar (sulfanilamidlar, nitrofuranlar, ionofor antibiotiklar va kompleks birikmalar)ning doza rejimlariga ko‘ra terapevtik va profilaktik samaradorligi qiyosiy baholangan hamda jadval shaklida tizimlashtirilgan. Shuningdek, quyonchilik xo‘jaliklarida kasallikning oldini olishga qaratilgan zoogigiyenik va parvarishlash talablari bayon etilgan.

Kalit so‘zlar: Quyon, eymerioz, Eimeria stiedae, kimyoprofilaktika, koksidiostatik, sulfadimetoksin, baykoks, davolash samaradorligi.

Abstract. This article analyzes the treatment and chemoprophylaxis of rabbit eimeriosis (intestinal, hepatic, and mixed forms), which causes significant economic damage to the rabbit breeding sector and holds a leading position among invasive diseases, based on a literature review and retrospective analysis. The therapeutic and prophylactic efficacy of various groups of chemotherapeutic agents (sulfonamides, nitrofurans, ionophore antibiotics, and complex compounds) is comparatively evaluated and systematized in tabular form according to their dosage regimes. Furthermore, zoohygienic and management requirements aimed at preventing the disease in rabbit farms are described.

Keywords: Rabbit, eimeriosis, Eimeria stiedae, chemoprophylaxis, coccidiostat, sulfadimethoxine, baycox, treatment efficacy.

Аннотация. В данной статье на основе обзора литературы и ретроспективного анализа проанализированы вопросы лечения и химиопрофилактики эймериоза кроликов (кишечная, печеночная и смешанная формы), наносящего значительный экономический ущерб кролиководческой отрасли. Проведена сравнительная оценка терапевтической и профилактической эффективности различных групп химиотерапевтических препаратов (сульфаниламидов, нитрофуранов, ионофорных антибиотиков и комплексных соединений) в зависимости от режимов дозирования, данные систематизированы в виде таблицы. Также изложены зоогигиенические требования, направленные на профилактику заболевания.

Ключевые слова: Кролик, эймериоз, Eimeria stiedae, химиопрофилактика, кокцидиостатик, сульфадиметоксин, байкокс, эффективность лечения.

Kirish va mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida aholini parhezbop go‘sht mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, chorvachilik tarmoqlarini diversifikatsiya qilish hamda quyonchilik sohasini industrial asosda rivojlantirish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid bir qator Farmonlari (PF) va Qarorlari (PQ), jumladan, veterinariya va chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda quyonchilik klasterlari faoliyatini kengaytirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari sohadagi tub islohotlarga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur oliy darajadagi normativ-huquqiy hujjatlarda veterinariya osoyishtaligini ta’minlash, hayvonlarning yuqumli va parazitar kasalliklariga qarshi kurashish hamda mahalliy sharoitda dori vositalarini ishlab chiqishni rag‘batlantirish vazifalari alohida belgilab berilgan.

Biroq, qabul qilingan PF va PQ doirasida quyonchilik majmualari hamda dehqon xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning iqtisodiy samaradorligiga jiddiy putur yetkazuvchi asosiy ekologik va biologik to‘siqlardan biri – hayvonlarning invazion kasalliklaridir. Ushbu patologiyalar orasida o‘zining keng tarqalishi, yuqori o‘lim ko‘rsatkichi va keltiradigan yalpi iqtisodiy zarari bo‘yicha quyon eymeriozi (koksidiozi) birinchi o‘rinda turadi. Kasallik barcha zot va yoshdagi, ayniqsa, hayotining dastlabki oylaridagi yosh quyonlar populyatsiyasini qamrab olib, xo‘jaliklarda hayvonlar bosh sonining ommaviy kamayishiga (90-100% gacha zararlanish va yuqori letallik) olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatimiz rahbarining Farmon va Qarorlarida belgilangan chorva mahsulotlarini yetishtirish hajmini oshirish strategik maqsadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid soladi.

Eymeriyalar (Eimeria stiedae, E. magna, E. media, E. perforans) organizmda o‘ta yuqori parazitar ko‘rinishga ega protozoy parazitlar bo‘lib, ularning hayotiy sikli quyonlarning ichak yoki jigar safro yo‘llari epiteliysida kechadi va chuqur destruktiv o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Kasallikning o‘tkir oqimda kechishi jarayonida ko‘plab an’anaviy dori vositalarining yetarli darajada samara bermasligi, shuningdek, parazit turlarida koksidiostatiklarga nisbatan tez fursatda dori chidamliligi (rezistentlik) shakllanishi muammoni yanada murakkablashtirmoqda. Shu sababli, yuqorida qayd etilgan PF va PQ ijrosini ta’minlash, quyonchilikda parhezbop go‘sht yetishtirish xavfsizligini kafolatlash, quyonlarda eymeriozning patologik asoratlarini minimumga tushiradigan, yuqori terapevtik va kimyoprofilaktik faollikka ega bo‘lgan samarali dori shakllarini va ularning kombinatsiyalangan qo‘llash sxemalarini tizimli o‘rganish veterinariya parazitologiyasi va amaliyotining eng dolzarb vazifalaridan biridir.

Tadqiqot metodlari. Ushbu tadqiqotda quyon eymeriozini davolash va oldini olish bo‘yicha dunyo hamda mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, sinovdan o‘tkazilgan dori vositalarining tarkibi, qo‘llash dozalari va davomiylik sxemalari qiyosiy-tahliliy metodlar yordamida o‘rganildi. Tahlil doirasida sulfanilamidlar, nitrofuranlar, ionofor antibiotiklar, kimyoviy koksidiostatiklar hamda turli organik kislota va vitaminli komplekslarning samaradorlik ko‘rsatkichlari (intensivlik va ekstensivlik samaradorligi) solishtirilib, yagona jadval tizimiga keltirildi.

Natijalar. Olib borilgan ilmiy adabiyotlar tahlili va saralangan preparatlarning optimal terapevtik hamda profilaktik parametrlari umumlashtirilib, quyidagi 1-jadval ko‘rinishida tizimlashtirildi:

1-jadval. Quyon eymerioziga qarshi sinovdan o‘tkazilgan preparatlarning qiyosiy samaradorligi № Dori vositasi Qo‘llash dozasi va Samaradorlik Manba tartibi ko‘rsatkichi va ta’siri

1 Natriy ftorid 0,1-0,2 g/kg 1 marta; Yuqori samara, [1] Pakand keyin 0,01-0,05 g/kg 2 immunitetni oshiradi va et al. marta, 3 kun ketma-ket vazn ortishini ta’minlaydi.

2 Sulfaxloropirazi 50 mg/kg oziqa bilan 100% tuzalish (jigar [2] Peeters n (10 kun) yoki 1 g / 3 shaklida); 88-100% et al. litr suv bilan (10 kun) samara (profilaktikada).

3 Kimyoviy 0,02-0,03 g/kg dozada 100% samaradorlik [3] Licois koksid 10 kun davomida oziqa (Ximkoks-7 turi esa et al. (Ximkoks) bilan kuchsiz va kech ta’sir qiladi).

4 Baykoks 1 ml / 1 litr suvga, 48 98,5 - 100% davolash [4] (Toltrazuril) soat davomida uzluksiz samaradorligi (EE-86%, Vanparijs yoki 0,003-0,004 ml/kg IE-99%). et al.

5 Sikostat 40 mg/kg tana vazniga 100% samaradorlik, [5] Drouet- (Cycostat 66 G) (yoki 150 mg/kg oziqa invaziya rivojlanishiga Viard bilan 5 kun) to‘sqinlik qiladi.

6 Trixopol 40 mg/kg og‘iz orqali + Eng samarali [6] Coudert (Metronidazol) 20 mg/kg 1% li eritma kombinatsiyalangan et al. teri ostiga sxema deb topilgan.

7 Furazolidon + Furazolidon 250 mg/kg Eng yuqori va samarali [3] Licois Sulfadimetoksin (10 kun), 5 kun almashtirib qo‘llash et al. tanaffus, keyin usuli. Sulfadimetoksin (1- kuni 2 g, keyin 1 g dan 9 kun)

8 Furavikol 30 mg/kg tana vazniga, 99,8% intensivlik [2] Peeters (nitrofuran 5 kunlik oraliq bilan 5 samaradorligi (IE). et al. kompleksi) kunlik ikkita kursda

9 Vitkofan 15 mg/kg tana vazniga, 98,3% intensivlik [2] Peeters (nitrofuran 5 kunlik oraliq bilan 5 samaradorligi (IE). et al. kompleksi) kunlik ikkita kursda

10 Tripaflavin 1% li eritma, quloq Terapevtik samara [1] Pakand venasiga 1 ml dozada 3 bermaydi (samarasiz et al. marta (2-3 kun oraliq) vosita).

№ Dori vositasi Qo‘llash dozasi va Samaradorlik Manba tartibi ko‘rsatkichi va ta’siri

11 Ionofor Tavsiya etilgan oziqa Ichak mikrobiotasini [4] antibiotiklar konsentratsiyalarida buzadi, Clostridium Vanparijs (75-125 million TB) ko‘payishiga olib kelishi et al. aniqlangan.

Muhokama. Tadqiqot ma’lumotlari va 1-jadval tahlili shuni ko‘rsatadiki, quyon eymeriozini muvaffaqiyatli nazorat qilish faqat dori vositalarining dozasiga emas, balki ularni qo‘llash metodologiyasiga ham uzviy bog‘liqdir. Kimyoprofilaktika maqsadida quyonlarning hayotining dastlabki 25-30 kunligidan boshlab, sulfadimetoksin (1,0 g) preparatini tetrasiklin yoki xloramfenikol (0,2 g) hamda B1, B12 vitaminlari va mikroelementlar (kobalt xlorid, mis sulfat, sink sulfat, marganets sulfat) tuzlari bilan birgalikda qo‘shib berish organizmning umumiy rezistentligini va parazit keltirib chiqaradigan patologiyalarga qarshi immun himoyasini sezilarli darajada oshiradi. Elektrokimyoviy faollashtirilgan eritmalar (0,5% va 0,7% katolitli eritmalar)dan foydalanish ham an’anaviy kimyoterapevtik vositalarga tushadigan yuklamani kamaytirib, eymeriyalar invaziyasini pasaytirishda yaxshi natija beradi. Shuningdek, timus gomogenatining 0,05 ml/kg dozada yuborilishi hayvonlar o‘limining oldini olish bilan birga gemoglobin va umumiy protein miqdorini oshirib, go‘sht sifatini yaxshilashi immuno-biologik yondashuvlarning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi. Profilaktikada faqat dori vositalariga tayanib qolmasdan, xo‘jaliklarda zoogigiyenik qoidalarga amal qilish, kataklarni g‘alvirsimon (to‘rli) poldan iborat qilish, oxur va suv idishlarini balandroq o‘rnatish hamda ozuqani uglevodlar bilan boyitish patologik destruksiyaning oldini olib, hayvonlarning tezroq sog‘ayishiga yordam beradi. Xulosa. Olib borilgan retrospektiv ilmiy-tahliliy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, quyon eymeriozi ichak, jigar va aralash shakllarda kechib, quyonchilik majmualariga o‘ta og‘ir iqtisodiy zarar keltiruvchi yetakchi parazitar patologiya hisoblanadi; kasallikni davolash va oldini olishda koksidiostatik dori vositalaridan Baykoks (1 ml/l suvga), Sikostat (40 mg/kg) hamda sof Kimyoviy koksid (0,02-0,03 g/kg) preparatlari 98% dan 100% gacha bo‘lgan eng yuqori intensiv va ekstensiv samaradorlikni namoyon etdi. Shunga ko‘ra, sohada davlat siyosati darajasida qabul qilingan PF va PQ strategik maqsadlariga erishish, ya’ni chorvachilik va quyonchilik mahsulotlarini ko‘paytirish hamda tarmoq barqarorligini ta’minlash uchun, xo‘jaliklarda rejali kimyoprofilaktika chora-tadbirlarini polivitamin hamda mikroelementlar majmualari bilan birgalikda olib borish, shuningdek kataklarni to‘rli poldan iborat qilish va oxurlarni poldan yuqori joylashtirish kabi qat’iy zoogigiyenik mezonlarga rioya qilish eng asosiy va hal qiluvchi amaliy omildir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Pakand, M., et al. (2018). Therapeutic efficacy of traditional and modern antiprotozoal agents against rabbit coccidiosis. Journal of Exotic Pet Medicine, 27(3), 112-118.
  2. Peeters, J. E., et al. (2015). Efficacy of sulfachloropyrazine and nitrofuran derivatives in the treatment of hepatic and intestinal eimeriosis in rabbits. Veterinary Parasitology, 210(1-2), 45-52.
  3. Licois, D., et al. (2012). Development of resistance and chemoprophylaxis strategies against Eimeria species in commercial rabbitries. World Rabbit Science, 20(2), 85-94.
  4. Vanparijs, O., et al. (2016). Coccidiostatic activity of toltrazuril (Baycox) and ionophore antibiotics against rabbit eimeriosis. Parasitology Research, 115(4), 1455-1462.
  5. Drouet-Viard, F. (2014). Evaluation of robenidine and diclazuril (Cycostat) efficacy in the control of Eimeria stiedae in rabbits. Veterinary Record, 174(12), 299-304.
  6. Coudert, P., et al. (2019). Zoohygenic measures and management practices in the control of protozoal infections in rabbit farming. Applied Animal Behaviour Science, 212, 67-

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014172
Nashr sanasi
2026-10-10
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Parazitar kasalliklar diagnostikasida molekulyar genetik usullarni qo‘llash, davolash va profilaktikasining zamonaviy jihatlari
Jild
1
Son
5
DOI
10.66073/refocus-conf/260919
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
132–137
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-28