Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NAMANGANDAGI MULLA QIRG‘IZ MADRASASI TARIXI
El‘Youssef Azmeks shocked them. · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Namangan shahrining Chorsu maydonida joylashgan Mulla Qirg‘iz madrasasining tarixiy va me‘moriy ahamiyati yoritib berilgan. Mazkur madrasa 1910–1912-yillar oralig‘ida mahalliy homiy va me‘mor Mulla Qirg‘iz Mashrabboy o‘g‘li tomonidan o‘z mablag‘i hisobiga barpo etilgan. Maqolada madrasaning qurilishi, arxitekturasi hamda mintaqaning ma‘naviy hayotida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu obidaning tarixiy meros sifatidagi ahamiyati va uni asrash masalalariga ham e‘tibor qaratilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
1953–1990 YILLARDA FARG‘ONA VODIYSI SHAHARLARIDA IJTIMOIY VA IQTISODIY VA MADANIY O‘ZGARISHLAR
Abdurakhmonov Adhamjon Saxodilla oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
1953–1990 yillarda Farg‘ona vodiysi Sovet Ittifoqining iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlaridan chuqur ta‘sirlandi. Ushbu maqolada Farg‘ona, Andijon, Namangan va boshqa shaharlarda iqtisodiy rivojlanish, sanoatlashuv, qishloq xo‘jaligi modernizatsiyasi va ichki migratsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Sovet siyosatining, ayniqsa paxta ishlab chiqarishga oid siyosatning ijtimoiy va ekologik oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Farg‘ona vodiysidagi millatlararo totuvlik, ta‘lim va madaniyat sohasidagi o‘zgarishlar, diniy qadriyatlar va jamiyatning shakllanishi hamda shaharlardagi ijtimoiy tengsizlik masalalari tahlil etiladi. Maqola Sovet Ittifoqi davridagi murakkab jarayonlarning Farg‘ona vodiysi shaharlariga ta‘sirini yoritadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
NAMANGANDA 1916-YIL QO‘ZG‘OLONI
Abdullayev Ilhomjon Ikromjonovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
1916-yilgi Namangan qo‘zg‘oloni, o‘zbek xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashidagi muhim voqealardan biridir. Rossiya imperiyasining Turkistondagi ishchi kuchlarini majburiy tarzda mardikorlikka safarbar etish qaroriga qarshi o‘tkazilgan bu isyon, Namangan shahridagi aholi tomonidan keng miqyosda qo‘llab-quvvatlandi. Maqola ushbu qo‘zg‘olonning sabablari, rivojlanishi, isyonchilarning aksilimperialistik kurashi, shuningdek, Chor hukumatining bu voqeaga nisbatan ko‘rsatgan javob choralari va xalqning milliy ozodlikka bo‘lgan intilishlarini o‘rganadi. Namangan qo‘zg‘oloni, nafaqat Turkiston, balki butun Rossiya imperiyasida keng tarqalgan qashshoqlik va mustamlakachilikka qarshi kurashning bir qismi sifatida tarixda muhim o‘rin tutadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEKISTONDA SOVET DAVRIDA YUQUMLI KASALLIKLARNI KELTIRIB CHIQARGAN OMILLAR
Nuritdinov Azizkhan Usmanovich. · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Jahon sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasining rivojlanishiga muayyan hududning iqlimi, tabiiy sharoiti, ekologiyasi, sifatli kommunal xizmatlar ko‘lami, toza ichimlik suvi va kanalizatsiya omillari jiddiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. Bularga , sanitariya-epidemiya ta‘minot holati , inson salomatligining 17-20 foizi iqlim va tabiiy sharoit bilan bog‘liq. Shaharlar sonining ko‘payishi kabi omillar, sanoat sektorining rivojlanishi, shuningdek, avtomobillar sonining ko‘payishi atrof-muhit havosining ifloslanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IJODKOR ZIYOLILAR VA MADANIY-MA‘RIFIY MUASSASALARNING DUSHMAN USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABAGA QO‘SHGAN HISSASI
Vakhobov Dostanbek Abdumannob o‘g‘li · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida ijodkor ziyolilar va madaniy-ma‘rifiy muassasalarning front ortida olib borgan faoliyati yoritiladi. Jumladan, ularning xalq orasida ruhiy ko‘tarinkilikni saqlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash va dushmanga qarshi kurashda madaniy-ma‘naviy frontni mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Farg‘ona vodiysi shaharlaridagi ijodiy va ma‘rifiy hayot misolida bu jarayonning xususiyatlari ochib beriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SAYD MUHAMMED XUDIYARXON "OQ UYLIK" DAVRIDA ORENBURGNI TARK ETISHI: ERKINLIKKA INTILGAN MA‘NAVIY MARDLIK NAMUNASI.
Dosmaganbetov S., Yusupov O. · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Maqolada tarixiy-ilmiy adabiyotlar, arxiv manbalari va xalq og‘zaki ijodi namunasi- rivoyatlar asosida Sayd Muhammed Xudiyarxonning "oq uyli" davrida Orenburg surgunidan qochishi ozodlikka tashlagan qadam ekanligiga, ma‘naviy qullikdan erkinlikka intilishlari haqida yangicha qarashlar berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHAMSIDDIN SOMIYNING “QOMUS UL-A‘LOM” ENSIKLOPEDIYASIDA FARG‘ONA VODIYSINING XIX ASRGA OID MA‘LUMOTLAR TAHLILI
Mansurov Isroiljon Gafur oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Tadqiqotda “Qomus ul-a‘lom” ensiklopediya orqali Farg‘ona vodiysida joylashgan shaharlarning XIX asrdagi hududi hamda ijtimoiy hayoti haqida ma‘lumotlar taqdim etadi. Shu bilan birga bu davrdagi iqlim holati, aholisi haqida ham tahlillar mavjud.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XIX ASRDA BUYUK BRITANIYANING BUXORO AMIRLIGIDAGI SIYOSIY HARAKATLARI VA UNING STRATEGIK AHAMIYATI.
Tojiyev Bobur Toshpoyonovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada XIX asrda Buyuk Britaniyaning Buxoro amirligida olib borgan siyosiy faoliyati, elchilik aloqalari,amirlikni o‘z tasarrufiga olishga bo‘lgan harakatlari muhokama qilingan. Buxoro amirligining inglizlar bilan olib borgan munosabatlar haqida fikrlar keltirib o‘tilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MULLA SHAMSIDDIN SHAVQIY VA UNING TARIXIY ASARLARI –TARIXCHILAR NIGOHIDA
Kholmirzayev Khairullo Lutfillojon oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Qo‘qon xonligi davridagi taniqli namoyondalaridan biri Mulla Shamsiddin Shavqiy asarlari boshqa tarixchi va olimlarning u haqidagi fikrlari misolida muhokama qilingan. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik g‘oyalarining rivojlantirishda tarix fanini o‘rni qisqacha tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA NAMANGAN VILOYATIDA SANITARIYA VA EPIDEMIOLOGIYA XIZMATI
Gulshoda Umidjon kizi Botirjonova · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu tezisda Ikkinchi jahon urushi yillarida Namangan viloyati tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati, sanitariya va epidemiologiya xizmatining qanday tashkil etilganligi xususida so‘z yuritiladi. Sobiq ittifoq urush maydonlariga aylangan hududlaridan mamlakatimizga, xususan, Namangan viloyatiga tibbiyot muassasalarining ko‘chirilishi, evakogospitallar barpo etilishi va bu jarayonlarning viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta‘siri haqida mulohaza yuritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARINING FAOLIYATI
Irodakhon Rasulovna Tishabayeva · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalari tarixi ilmiy, tarixiy adabiyotlar va manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, hududiy farqlar, aholi joylashuvi yoki mahalliy hokimiyat tomonidan bolalar bog‘chalariga e‘tibor haqidagi ma‘lumotlar tadqiqot doirasiga tortilgan. Bundan tashqari, qishloq joylaridagi maktabgacha tarbiya muassasalarini kengaytirish masalalari ham bayon qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
JADIDCHILIK G‘OYALARINI YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITLARIGA UYG‘UNLASHTIRISH TAJRIBASI VA ISTIQBOLLARI
Khaydarova Dilorom Abdukhamidovna · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada O‘zbekistonda mustaqillikdan keyingi davrda amalga oshirilgan islohotlar va yangilanishlar kontekstida jadidchilik g‘oyalarini zamonaviy sharoitga moslashtirish tajribasini tahlil qiladi. Tadqiqot jadidchilik g‘oyalarining asosiy tamoyillari, ularning zamonaviy O‘zbekiston rivojlanishida tutgan o‘rni, shuningdek, jadidchilik g‘oyalarini davlat siyosati, ta‘lim, madaniyat va ijtimoiy hayotga tatbiq etishning istiqbollari haqida fikr yuritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSIDAGI IRRIGATSIYA MASALASI.
Ravshankulov Firdavs Mashraf oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu Maqolada Farg‘ona vodiysi suv resurslarining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish, yer osti suvlarining joylashuvi, chuchuk suv muammosi va uni bartaraf etish masalalari hamda Farg‘ona vodiysida sug‘orish va sug‘orishning boy tarixi, uni o‘rganishda qiziqarli tarixiy faktlar bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QO‘QON XONLIGI HUDUDLARINING ROSSIYA TASARRUFIGA O‘TISHI TARIXIDAN
Tursunov Bekzot Yandashevich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada Rossiya harbiy kuchlari tomonidan xonlik hududini bosqichma bosqich bosib olinishi, Qo‘qon xonligi hukumdorlari va harbiy hamda ma‘muriy boshqaruvda faoliyat yuritgan amaldorlarning ma‘suliyatsizligi natijasida davlatning rasman tugatilisi haqida so‘z yuritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XIX – ASRDA ROSSIYA VA QO‘QON XONLIGI O‘RTASIDA SAVDO ALOQALARINING TARIXIY AHAMIYATI.
Jumayev Abror Muzaffarovich, Khalilova Sabrina Obid kizi · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu tadqiqotda XIX-asrda Qo‘qon xonligi bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo aloqalari haqida ma‘lumot berilgan. Bundan tashqari, mintaqaning iqtisodiy qiymati muhokama qilindi va Rossiyaning mintaqada hukmronlik qilish harakatlari ko‘rib chiqildi. XIX-asrda bu ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiqni va bu savdo natijasida yuzaga kelgan ijobiy va salbiy omillarni o‘rganishni maqsad qilganimiz sababli, kirish qismida ozgina bo‘lsada savdoga ta‘sir qilgan siyosiy o‘zgarishlar haqida cheklangan tahlillar qilish zarurligini his qildik. Qo‘qon shahri o‘zining geosiyosiy va geostrategik ahamiyati tufayli ko‘plab kurashlarga sahna bo‘lgan. Qo‘qon xonligi muhim savdo yo‘llarini ham nazorat qilgan. Qo‘qon xonligi Sharqiy va G‘arbiy Osiyo o‘rtasidagi savdo yo‘llari chorrahasida, Yaqin Sharq, Hindiston va Xitoyni bog‘lovchi Ipak yo‘lida joylashgani uchun nafaqat tarixiy o‘tmishi, balki geosiyosiy joylashuvi bilan ham muhim ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
DEPORTATSIYA QILINGAN XALQLARNING MAXSUS MANZILGOHLARDAGI HUQUQIY HOLATI.
Shavkatbek Mahamadyunusov · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urishi yillarida SSSRda deportatsiya qilingan xalqlar joylashtirilgan maxsus manzilgohlarni tashkil etish xususiyatlari va ularni boshqaruv-nazorati, Sovet davlatining jazo tizimi tomonidan deportatsiya qilingan xalqlar huquq va erkinliklarining cheklanishi, majburiy ko‘chirilganlarga nisbatan maxsus komendaturalar tomonidan o‘rnatilgan ma‘muriy to‘siq va cheklovlarning og‘ir oqibatlari masalalari tahlil etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IS‘HOQXON IBRAT MA‘RIFAT FIDOIYSI
Khaydarov Zakhriddinbobir Umarovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Ushbu maqolada nafaqat Farg‘ona vodiysi, balki butun O‘rta Osiyo mintaqasidagi ma‘rifatparvarlik harakatining buyuk namoyondalaridan biri Is‘hoqxon Ibratning tarjimai holi hamda ta‘lim, matbuot, adabiyot sohalaridagi salmoqli faoliyati bayon qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
FARG‘ONA VODIYSI VILOYATLARINING II JAHON URUSHI YILLARIDAGI TARIXINI YORITISHDA MATBUOT MATERIALLARINING AHAMIYATI
Akbarov Rakhmatillo Murtozali oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysida 1941 – 1945-yillarda nashr qilingan gazetalarning Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining urush yillaridagi tarixini yoritishdagi manbaviy ahamiyati tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LUTFULLA OLIMIYNING “OLIYA” MADRASASIDAGI IJODIY FAOLIYATIGA DOIR
Yoldashev Abduvali Abdumutalibovich · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Maqola Turkiston jadidchilik harakatining yirik vakili namanganlik Lutfulla Olimiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Unda Lutfulla Olimiyning “Oliya” madrasasidagi ta‘limi davrida matbuotda nashr qilingan maqolalari tahlilga tortilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
RUS GENERALI G.A.KOLPAKOVSKIYNING QO‘QON XONLIGIDAN YIG‘IB OLGAN QO‘LYOZMA KITOBLARI XUSUSIDA
Abdullayev Ravshanjon Inomjon oglu · “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari · 2025
Mazkur maqolada Rossiya imperiyasining Qo‘qon xonligi hududlarini egallashi arafasida qo‘lga kiritgan qo‘lyozma kitoblar to‘plami haqida ma‘lumotlar keltirilgan bo‘lib, bu borada genral G.A.Kolpakovskiyning faoliyatiga e‘tibor qaratilgan.