XIX ASRDA BUYUK BRITANIYANING BUXORO AMIRLIGIDAGI SIYOSIY HARAKATLARI VA UNING STRATEGIK AHAMIYATI.
Tojiyev Bobur ToshpoyonovichO‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-bosqich tayanch doktoranti.2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 147–152
Annotatsiya
Mazkur maqolada XIX asrda Buyuk Britaniyaning Buxoro amirligida olib borgan siyosiy faoliyati, elchilik aloqalari,amirlikni o‘z tasarrufiga olishga bo‘lgan harakatlari muhokama qilingan. Buxoro amirligining inglizlar bilan olib borgan munosabatlar haqida fikrlar keltirib o‘tilgan
Boshqa tillarda
ruschaПОЛИТИЧЕСКИЕ ДЕЙСТВИЯ ВЕЛИКОБРИТАНИИ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ В XIX ВЕКЕ И ИХ СТРАТЕГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ.
В статье рассматривается политическая деятельность Великобритании в Бухарском эмирате в XIX веке, ее дипломатические отношения и попытки взять под контроль эмират. Рассуждается об отношениях Бухарского эмирата с англичанами.
inglizchaTHE POLITICAL ACTIONS OF GREAT BRITAIN IN THE BUKHARA EMIRATE IN THE 19TH CENTURY AND ITS STRATEGIC IMPORTANCE.
This article discusses the political activities of Great Britain in the Bukhara Emirate in the 19th century, its diplomatic relations, and its attempts to take control of the emirate. It also discusses the relations of the Bukhara Emirate with the British.
Kalit so‘zlar
- Hindiston
- Amudaryo
- U.Murkfort
- Zotli otlar
- Amir Nasrulloh
- Qo‘shbegi
- Ark
- Rossiya
- Xiva
- Qo‘qon
- Xudayorxon
- Aleksandr Byorns
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
XIX ASRDA BUYUK BRITANIYANING BUXORO AMIRLIGIDAGI SIYOSIY HARAKATLARI VA UNING STRATEGIK AHAMIYATI.
THE POLITICAL ACTIONS OF GREAT BRITAIN IN THE BUKHARA EMIRATE IN THE 19TH CENTURY AND ITS STRATEGIC IMPORTANCE.
ПОЛИТИЧЕСКИЕ ДЕЙСТВИЯ ВЕЛИКОБРИТАНИИ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ В XIX ВЕКЕ И ИХ СТРАТЕГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ.
Tojiyev Bobur Toshpoyonovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-bosqich tayanch doktoranti. e.mail: bobur_tojiyev@bk.ru Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya. Mazkur maqolada XIX asrda Buyuk Britaniyaning Buxoro amirligida olib borgan siyosiy faoliyati, elchilik aloqalari,amirlikni o‘z tasarrufiga olishga bo‘lgan harakatlari muhokama qilingan. Buxoro amirligining inglizlar bilan olib borgan munosabatlar haqida fikrlar keltirib o‘tilgan Abstract. This article discusses the political activities of Great Britain in the Bukhara Emirate in the 19th century, its diplomatic relations, and its attempts to take control of the emirate. It also discusses the relations of the Bukhara Emirate with the British. Аннотация. В статье рассматривается политическая деятельность Великобритании в Бухарском эмирате в XIX веке, ее дипломатические отношения и попытки взять под контроль эмират. Рассуждается об отношениях Бухарского эмирата с англичанами. Kalit so‘zlar. Hindiston, Amudaryo, U.Murkfort, Zotli otlar, Amir Nasrulloh, Qo‘shbegi, Ark, Rossiya, Xiva, Qo‘qon, Xudayorxon, Aleksandr Byorns. Keywords. India, Amu Darya, W. Murkfort, Thoroughbred horses, Amir Nasrullah, Qoshbegi, Ark, Russia, Khiva, Kokand, Khudayorkhan, Alexander Burns. Ключевые слова. Индия, Амударья, В. Муркфорт, Чистокровные лошади, Амир Насрулла, Кошбеги, Арк, Россия, Хива, Коканд, Худаёрхан, Александр Бернс.
XIX asrda Yevropaning industrial davlatlari tomonidan bosib olingan mustamlakalarda mustahkamlanib olish va yangi mustamlakalar egallab olish uchun kurash yanada avj olib ketdi. Yevropaning: Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya, Belgiya va Rossiya kabi yirik mustamlakachi davlatlari o‘zlarining mustamlakalari va ta’sir doiralarini zo‘r berib himoya qila boshladi. Bu davlatlarning manfaatlari savdo yo‘llari, dunyoning boy mintaqalarida to‘qnash keldi. Bu siyosiy kurash ba’zan diplomatik, ba’zida urush yo‘li bilan hal etildi. Ana shunday yirik manfaatlar to‘qnashuvlaridan biri Buyuk Britaniya va Rossiya imperiyalari o‘rtasida O‘rta Osiyo xonliklarini o‘z ta‘sir doiralariga kiritish uchun kurash bo‘ldi. Bu kurash ko‘plab siyosiy bahsmunozaralarga sabab bo‘ldi. Rossiya imperiyasining maqsadi O‘rta Osiyo davlatlari:
Buxoroi Sharif, Xiva va Qo‘qon xonliklarini o‘zining mustamlakasiga aylantirib, Hindiston hududiga ham ega chiqmoqchi edi. “Rossiya imperatori Aleksandr I 1807- yilda Fransiya imperatori Napaleon I bilan imzolagan “Tilzat” shartnomasida G‘arbiy Yevropa Fransiyaga, Hindiston esa Rossiyaga tegishi kerakligi kelishib qo‘ygan edi”. [1, 33] “Tilzat” shartnomasining yashirin bandalaridan inglizlar ham tez orada xabar topadi. 1830-yillarda Peterburg Xiva xonligini bosib olish uchun harbiy harakat boshlaydi va bu muvafaqqiyatsizlikka uchraydi. Rossiya imperiyasi tomonidan amalga oshirilgan bu harakatlar inglizlarni jiddiy tashvishga solib qo‘ydi agarda O‘rta Osiyo xonliklari Rossiya tomonidan bosib olinsa ruslar uchun Hindistonga yo‘l ochilar edi. Afsonaviy boyliklar yurti deb ta’riflangan Hindistonni Buyuk Britaniya aslo qo‘ldan chiqarishni xohlamas edi. Inglizlar Hindistonda mustahkam o‘rnashib olgan va u yerdan juda kata daromad ko‘rayotgan edi. Inglizlar nima qilib bo‘lsa ham Hindistonning dahlsizligini saqlab qolish va rus bosqinining oldini olishga qaratilgan harakatlarini boshlab yubordi. Ularning asosiy maqsadi Buxoroi Sharif, Xiva va Qo‘qon xonliklari ittifoqini tuzib, Rossiyaga qarshi qo‘yish orqali ruslarni O‘rta Osiyoning shimoliy chegaralari bo‘ylab ushlab turishdan iborat edi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ingliz savdogarlari va josuslari O‘rta Osiyo davlatlari haqida ma’lumotlar to‘plash uchun xonliklarda faoliyat olib boradi va ayrimlari hukumdorlar bilan uchrashishga ham muvaffaq bo‘ladi. Buyuk Britaniya bu davlatlarning ittifoqini yuzaga keltirish uchun asosiy e’tiborini Buxoroi Sharif davlatiga qaratadi. Chunki Buxoroi Sharif Xiva va Qo‘qon xonliklariga qaraganda harbiy, siyosiy jihatdan ustun va inglizlar uchun strategik ahamiyatga ega edi. Inglizlar Hindistondagi hukumatlari orqali o‘z vakillarini Buxoroi Sharifga yubora boshladi. Dastlab 1819-1825-yillarda Hindistondan Buxoroga Britaniya hukumati tomonidan maxsus topshiriqlar bilan Uilyam Murkroft va Jorj Trebek ekspeditsiyasi yuboriladi. Ekspeditsiyaning rasmiy maqsadi Ost-Indiya kompaniyasining otliq askarlari uchun “zotli otlar axtarishdan” iborat edi. Haqiqatda esa, u Amudaryo vodiysiga inglizlarning kirishi mumkinligini aniqlash uchun yuborilgan ekspeditsiya boʻlgan. Ingliz vakillarini Oʻrta Osiyoning hech qanday “zotli otlar”i emas, balki uning bozorlarida mutlaq Angliya hukmronligini oʻrnatish masalasi qiziqtirardi. [2, 52] Murkfort boshchiligida ekspeditsiya 1824-yil Hindistondan chiqib, 1825-yil fevral oyida Buxoroga yetib keladi. Ekspeditsiya tarkibida 70 kishi boʻlib, ular olib kelgan 80 sandiqdan ortiq turli mollar qoʻshbegiga taqdim etilgan. Inglizlar Buxoro xonligini har tomonlama oʻrganishga mahalliy hukmdorlar orasida inglizlarga tarafdor guruhni shakllantirishga muvaffaq boʻldi. [3, 360] Murkfort otryadi Oʻrta Osiyoga kelishdan oldin yaxshi tayyorgarlik koʻrib kelgan. Jumladan uning ekspeditsiyasining tarkibida yaxshi qurollangan qoʻshin hamda 2 ta pushka ham bor edi. 1825-yil dastlabki ekspeditsiyasi natijasida Buxorodan tashqari Hisor, Qorategin, Shahrisabz Oʻratepa kabi shaharlarda boʻladi. 1831-1833-yillarda Hindistondan Aleksandr Byorns Buxoroga yuboriladi. A. Byornsga harbiy va geografik maʼlumotlar toʻplash va Kobul hamda Buxoro hukumron doiralari bilan savdo va diplomatik aloqalar bogʻlash topshiriladi. U o`zini arman savdogari deb tanitdi. Qo`lida hind va afg`on savdogarlarining tavsiyanomalari bo`lgan bu “tadbirkor” Buxoro Sharif qo`shbegisi bilan aloqa bog`laydi.[4, 135] Aleksandr Byorns mamlakat hududida
qimmatli razvedka ma`lumotlarini ham to`play olgan. U o‘zidan “Travels into Bukhara” nomli asar qoldiradi. Britaniya hukumati 1838-yilda tobora yaqinlashib kelayotgan rus tahdidiga qarshi ehtiyot choralarini ko'rishga qaror qildi. Britaniya tashqi ishlar vaziri Lord Palmerston, Buyuk Britaniyaning Tehrondagi elchisi Ser Joh Mak Nilga 1838-yil 18-mayda xat yubordi. Xatda Buxoro davlati ahvolini tekshirish uchun ishonchli odam yuborish va o‘zlarning rejalari haqida Buxoro amirini ogohlantirish kerakligi haqida ko‘rsatma beradi. [5,201] Ser Jon Mak Nil polkovnik Charlz Stoddartni Buxoroga yubordi. Stoddartdan Buxoro va boshqa Turkiston xonliklari oʻrtasida yaxshi munosabatlar oʻrnatish soʻralgan. Polkovnik Stoddartning Buxorodagi vazifalari orasida Rossiyaning xavfidan Buxoroni ogohlantirish ham bor edi. Amir Nasrulloga (1827-1860) bosqinchilik rejasi haqida xabar berish va xavfning oldini olish uchun rus mahbuslarining ozod etilishini ta'minlash. Undan amirga bu masalada rahbarlik qilish, Turkiston xonliklari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilishda vositachilik qilish, harbiy masalalar bo‘yicha ma’lumot yoki ta’lim berish talab qilinsa, bunga yordam berishi kerakligi ham bor edi. Bularga qo'shimcha ravishda Amirga Britaniya tomonidan Buxoroi Sharifga tahdidi yo'q ekanligi, Angliyaning amir va uning xalqiga xayrixohligi va Angliyaning Rossiya tajovuziga qarshi Buxoro tomonida ekanligi lekin Buxoro amiriga harbiy harakatlarda yordam berishi haqida hech qanday ishora qilmasligi haqida ko‘rsatma berildi. Qoʻqon tarixchisi Mulla Olim Mahdum Hojining “Tarixi turkiston” asarida bayon qilishicha, Buxoroga ular elchi sifatida kelganligi va yomon maqsadda kelmay, balki Rossiyaning bu yerga qasd va tajovuzi haqida aytish uchun kelganligini aytib oʻtadi. “Elchi boʻlub kelgon Sutud Doratning maslak va muddaosi inglislar tarafidin biror turlik yomon niyat va yo zarar kelturmaslikga amirni ishonturub, boshqa davlatning, yaʼni Rusiyaning bu mamlakatlarga qasd va tajovuzidin saqlamoq va mudofaa etmakni xohlagandin iborat edi. Muning ila barobar, agar amir xohish qilib, munosib koʻrsa, Buxoro askarini jadid va tezotar toʻplar ila silohlanturmak va askariy muallimlar bermak va Rusiyaning xufya harakat muddaosidin Buxoro hukumatini xabardor etmak edi. Amir Nasrulloh inglis elchisini ikki martaba huzuriga qabul qilib, yaxshi muomala koʻrsatib, baʼd ul yaxshi muomalasini tabdil qildi. Polkovnik Sutud Dorat mirzoxona va kotibxona tarbiyasidin olgan yumshoq siyosiyunlarda boʻlmay, askariy tarbiya olmish toʻgʻri, jasur, qattigʻva oʻtkur bir odam edi. Muning uchun Buxoroning eski usuli rusumlariga ortuq darajada diqqat qilib, zehn solmagan edi. Doimo elchixonadin chiqib, Buxoro bozorlarini tomosho qilur edi. Aksar otliq yurub, Arki oliy maydonidin, yaʼni Registondin oʻtar vaqtda ahli shahar odati boʻyincha otdin tushmas edi. Vaholanki, amir turadigan Arki oliy oldidin oʻtarda amirga eʼzoz yuzasidin otdin tushub oʻtar edilar. Inglis askari maʼmuri Buxoroning bu tarifa eski odatlaridin gʻofil boʻlur edi va yoki bu tartiblarga lozim darajada ahamiyat bermas edi. Har nima boʻlub amir Nasrulloh elchiga gʻazablanib, zindonga solmoqga farmon berdi. Amir Nasrulloh shul darajada qahru gʻazablik edikim, hech bir vazir roʻbaroʻsiga kelib ishning nomaʼqulini aytolmas edi. Ul vaqtlarda Buxaro umarolari orasida Rusiyaning va inglisning va ahvoli olamning nima ekanligini bilgan kishi yoʻq edi. Balki inglis elchisining hibs boʻlganiga xursand boʻlub “bizim amir shul tarifa ulugʻdurkim, bu tariqa shavkatlu inglis elchisini zindonga band qildi”. [6, 249]
Ular oʻzlarini ismini oʻzgartirib, yashirincha kelmaganliklari maʼlum. Lekin ular oʻzlarini Buxoro amiriga yaxshilab, Buyuk Britaniya va Buxoro orasidagi munosabatlarni mustahkamlash ekanligini aytib, Rossiya bilan munosabatlarini yomonlashtirib, asta-sekinlik bilan Angliya taʼsiriga, yaʼni qaram davlatga aylantirish niyatlari borligini sezdirmaslikka harakat qilganlar. Haqiqatda esa, Stoddartning asosiy vazifasi Buxoroning hokim amaldorlari bilan Rossiyaga qarshi birgalikda kurash olib borish uchun shartnoma tuzishdan iborat edi. U oʻzining maxfiy rejalarini sir saqlashga harakat qilgan. Keyingi uchrashuvda u Amirga harbiy koʻmak taklifini bildiradi. Amir buni oʻz shaxsiga nisbatan haqorat deb hisoblaydi. Uchrashuvlar chogʻida ingliz polkovnigi hudud taomiliga koʻra muzokaralarini tiz choʻkmay olib boradi. Bu esa uning taqdirini hal qiluvchi bahonalarini koʻpaytiradi. Shu sabab Amir Nasrullo uni zindonband etishga hukm qiladi. Artur Konolli va uning “Kundaligida Britaniya josusi kasbi yuzasidan turli davlatlarda boʻlganligi qayd qilingan. U oʻz kundaligida Qoʻqon yaqinida faoliyat yuritgani chunki bu davrda Afgʻonistonda qoʻzgʻolonlar avj olgan bir paytda Buxoroga yaqinlashmaslik buyrugʻini olgan edi. 1841-yilda Stoddartni qutqarish uchun yangi umid paydo bo'ldi. 1841-yilda Xivada o‘z missiyasini muvaffaqiyatli yakunlagan kapitan Artur Konnoli Qo‘qonga yo‘l oldi. Ayni paytda unga polkovnik Stoddartni amir Nasrullo qamoqqa tashlanganligi haqida xabar yetib keldi. Yo'lda qandaydir tarzda Stoddart bilan bog'lanishga muvaffaq bo'lgan Konolli agar Buxoroga kelsa, amir uni qabul qiladi, degan xabar oladi. Kapitan Konolli bu xabarga olgach, Stoddartni qutqarish uchun Buxoroga qarab yo‘lga chiqadi. Amir Nasrullo Konollining xonliklardagi faoliyatidan boshidanoq xabardor edi. Biroq bu zobit haqidagi ba’zi ma’lumotlar amirga noto‘g‘ri yetkazilgan. Razvedka maʼlumotlariga koʻra, Konolli uni taxtdan tushirish uchun Xiva va Qoʻqon xonlari bilan hamkorlik qilishga kelishgan. Shuning uchun ham Nasrullo uning Buxoroga kelishini qo‘llab-quvvatlab, majlis o‘tkazdi. [7, 140, 152] Uzoq safardan so'ng Artur Konolli 1841-yil 9-noyabrda Buxoroga yetib keldi. 1841-yilning dekabrida amir Stoddart bilan Konollini saroyga chaqirib, Konolliga murojaat qildi. U o'z hukumatidan hech qanday xat olib kelmaganini va shuning uchun ular josus ekanligini aytdi. Bundan tashqari Britaniyaning Kobuldagi falokati amirda yomon taassurot qoldirdi. Bu zobitlar taqdirida muhim omil bo'ldi, Amir Nasrulla Angliya endi uning uchun xavf tug‘dirmaydi degan xulosaga keldi va ikki zobitni hibsga oldi. Bu zobitlarni Buxoro amiri qamoqqa olishi inglizlarni juda ranjitdi va jahlini chiqardi. Britaniya hukumati Xiva xoni orqali zobitlarini qutqarmoqchi bo‘lib ko‘rdi ammo bu muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Usmonli hukumatiga murojaat qildilar. Usmonli hukumati Buxoro amiriga ikkita maktub yozib, ingliz zobitlaridan qanday maqsadni ko‘zlayotganini so‘radi. Shuningdek, u do'st mamlakat vakillarini qamoqqa olish xalqaro nizolarga sabab bo'lishini ta'kidlab, xalqaro qonunlarga rioya qilishligini tushuntirib, zobitlarni ozod qilishni so‘ragan. Bu xatlarga qaramay, Nasrulloxon ingliz zobitlarini ozod etishdan bosh tortdi. [5, 206] Konolli va Stoddart 1842-yil iyun oyida Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan qatl ettiriladi. 1843-yilda Stoddart va Konollini taqdirini aniqlash uchun Oʻrta Osiyoga inglizlar Jozef Volf ismli vakillarini joʻnatadilar. Jozef Volf “Wolf J. Narrative of a mission to Bokhara in the years 1843-1845 to ascertain the fate of Colonel Stoddart and Capitann Connolly” deb nomlangan asarida oʻz faoliyati va
Oʻrta Osiyo haqida maʼlumotlarni yozib qoldirgan. Unga ma’lumotlarni to‘plashda Buxoroning kuchli qo‘mondalaridan biri yordam beradi. O‘zining maktubida u qo‘mondonni Britaniya xalqining samimiy va ajoyib do‘sti va yordami uchun undan Britaniya xalqi nomidan minnatdor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi. U bu xatni Kapitan Groverga yuboradi va o‘z yurtiga qaytib ketishi uchun izn so‘raydi. Ser, men bu xatni Noyib samitchan uyida yozyapman. Stoddart va Konollining amir tomonidan o‘ldirilishiga sababni sizga ma’lum qilaman. Stoddart o‘ldirilishiga sabab, Buxoro amiriga hurmatsizlik qilganligi, Musulmon dinini qabul qilib, yana xristian diniga o‘tganligi, Angliyaga yashirin maktublar yuborib turganligi sababli, Konolli Xiva va Qo‘qon xonliklarini Buxoroga hujum qilishga undaganligi uchun ular qatl qilingan. Volf aniqlagan sabablar hammasi haqiqat edi. 1869-yilgacha Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi O'rta Osiyoda rus armiyasi va ta'sirining rivojlanishi haqida hech qanday tashvish bildirmagan edi. 1836-1841- yillarda Buyuk Britaniyaning Afg'onistonni Hindistonning tub joy hududlari kabi o‘zining vassaliga aylantirishiga bo'lgan muvaffaqiyatsiz urinishidan soʻng, Londonning siyosati Hind vodiysidan tashqaridagi yerlarga aralashmaslikdan iborat edi. 1864-yildan Hindiston noibi va aralashmaslik siyosatining ashaddiy himoyachisi ser Jon Lourens 1864-1867- yillarda bir necha bor Xudoyorxon va amir Muzaffarning Ruslarga qarshi harbiy yordam so‘rashlarini rad etdi. Buyuk Britaniyaning asosiy maqsadi Afg'onistonni mustaqil chegara davlat sifatida saqlab qolish edi. 1869-1873-yillardagi AngliyaRossiya muzokaralari natijasida Buxoro va Afgʻoniston oʻrtasidagi chegara toʻgʻrisida kelishuvga erishildi va bu ikki davlat oʻz taʼsiridan – Rossiyaning Buxoroga va Angliyaning Afgʻonistonga taʼsiridan bu chegarani har ikki tomonning buzilishidan himoya qilish uchun foydalanishi toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Har bir kuch Amudaryoning narigi qirg‘og‘idan boshlab bir-birining ta’sir doirasini amalda tan oldi. Shu tariqa Angliya Rossiyaning Afg‘oniston chegarasini kesib o‘tmaslik haqidagi vadasini oldi, Rossiya esa uning Buxoro va Qo‘qonga ta’sirini Markaziy Osiyodan manfaatdor yagona imperialistik davlat tomonidan tan olinishiga erishdi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Peter Hopkirk “The Great Game” – London. 1990.
- Moorcrroft and G. Trebeak. Travels is Himalayan provinces of Hindustan and the Panjab; in Ladakh and Kashmir; in Peshawar, Kabul, Kunduz and Bokhara from 1819 to 1825. Volume I. — London, 1841.
- Z.A.Ilhomov. “O‘zbekiston tarixi” o‘quv qo‘llanma. – T. 2020.
- G.B.To‘rayeva, X.G.Elmurodova XVII-XIX asrlarda O`rta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati. БУХОРО ТАРИХИ МАСАЛАЛАРИ мавзусидаги Республика илмий-амалий (онлайн) конференция. –Buxoro, 2021.
- ÇELİK, Muhammed Bilal. 1800-1865 Yılları Arasında Buhara Emirliği.
- Basılmamış Doktora Tezi, Sakarya Üniversitesi, Sakarya. - Istanbul 2009.
- Мирзо Олим Маҳдум ҳожи. Тарихи Туркистон. – Т.: Янги аср авлоди, 2009.
- ÇELİK, M. Bilal, YAZICI, Serkan. (2013). Büyük Oyunun İki Aktörü ve Osmanlı Devleti. Ümit Ekin (Ed.). Prof. Dr. Özer Ergenç’e Armağan. İstanbul: Bilgi Kültür Sanat Yayınları.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011169
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/146
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 147–152
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25