MULLA SHAMSIDDIN SHAVQIY VA UNING TARIXIY ASARLARI –TARIXCHILAR NIGOHIDA
Kholmirzayev Khairullo Lutfillojon ogluNamangan davlat universiteti tayanch doktoranti2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 143–147
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qo‘qon xonligi davridagi taniqli namoyondalaridan biri Mulla Shamsiddin Shavqiy asarlari boshqa tarixchi va olimlarning u haqidagi fikrlari misolida muhokama qilingan. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik g‘oyalarining rivojlantirishda tarix fanini o‘rni qisqacha tahlil qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaМУЛЛА ШАМСИДДИН ШАВКИЙ И ЕГО ИСТОРИЧЕСКИЕ ТРУДЫ – ГЛАЗАМИ ИСТОРИКОВ
В данной статье рассматривается творчество одного из выдающихся представителей Кокандского ханства — Муллы Шамсиддина Шавкии Намангани. Его произведения и исторические взгляды анализируются на основе мнений других историков и ученых. Также кратко рассмотрена роль исторической науки в формировании патриотических идей среди молодежи.
inglizchaMULLA SHAMSIDDIN SHAVQIY AND HIS HISTORICAL WORKS – THROUGH THE EYES OF HISTORIANS
This article explores the works of Mulla Shamsiddin Shavqiy Namangani, one of the prominent figures of the Kokand Khanate period. His writings and historical perspectives are analyzed through the views of other historians and scholars. The paper also briefly examines the role of historical science in fostering patriotic ideas among youth.
Kalit so‘zlar
- Shavqiy Namanganoniy
- Qo‘qon xonligi
- Jome‘ ul-havodis
- qipchoqlar
- Musulmonqul
- belletristik asarlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
MULLA SHAMSIDDIN SHAVQIY VA UNING TARIXIY ASARLARI –TARIXCHILAR NIGOHIDA
МУЛЛА ШАМСИДДИН ШАВКИЙ И ЕГО ИСТОРИЧЕСКИЕ ТРУДЫ — ГЛАЗАМИ ИСТОРИКОВ
MULLA SHAMSIDDIN SHAVQIY AND HIS HISTORICAL WORKS – THROUGH THE EYES OF HISTORIANS
Xolmirzayev Xayrullo Lutfillojon o‘g‘li Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti e:mail: xayrullohxolmirzayev93@gmail.com Telefon: [telefon raqami yashirilgan]
ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Qo‘qon xonligi davridagi taniqli namoyondalaridan biri Mulla Shamsiddin Shavqiy asarlari boshqa tarixchi va olimlarning u haqidagi fikrlari misolida muhokama qilingan. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik g‘oyalarining rivojlantirishda tarix fanini o‘rni qisqacha tahlil qilingan. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается творчество одного из выдающихся представителей Кокандского ханства — Муллы Шамсиддина Шавкии Намангани. Его произведения и исторические взгляды анализируются на основе мнений других историков и ученых. Также кратко рассмотрена роль исторической науки в формировании патриотических идей среди молодежи. ABSTRACT This article explores the works of Mulla Shamsiddin Shavqiy Namangani, one of the prominent figures of the Kokand Khanate period. His writings and historical perspectives are analyzed through the views of other historians and scholars. The paper also briefly examines the role of historical science in fostering patriotic ideas among youth. KALIT SO‘Z Shavqiy Namanganoniy, Qo‘qon xonligi, Jomeʼ ul-havodis, qipchoqlar, Musulmonqul, belletristik asarlar. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА Шавкий Намангани, Кокандское ханство, Джами уль-хавадис, кипчаки, Мусульманкул, беллетристические произведения. KEYWORDS Shavqiy Namangani, Kokand Khanate, Jome‘ ul-havodis, Qipchaqs, Musulmonqul, belletristic works.
Bugungi globallashuv jarayoni kuchaygan bir davrda millat ruhini, milliy ma’naviy boylikni asrab qolish muammoga aylandi. Mazkur muammoga yechim topish uchun talaba-yoshlar o‘rtasida yurtimiz tarixiga bo‘lgan qiziqishni oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash asasiy vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu masalani dolzarbligini hozirgi kunga kelib yurtimiz tarixini o‘rganishni hukumat darajasiga ko‘tarilganligini ham misol qilish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi “2022– 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni[8]ning 73-maqsadida: “Buyuk ajdodlarimizning
boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish”, 77-maqsadda esa “O‘zbekiston tarixini o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish” vazifasi qo‘yilgan. Bu bejiz emas! Chunki tarix darslari talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda noyob imkoniyatga ega. Prezidentimizning 2021-yil 19- yanvar kungi nutqlarida ham aynan yoshlar o‘rtasida o‘z yurti tarixini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va bu sohani yanada rivojlantirish ta’kidlab o‘tilgan. Xususan, yurtboshimiz “Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur”[7] deb ta’kidlagan edilar. Tarix darslarida bevosita o‘rganilayotgan davr manbalari orqali berilayotgan ma’lumotlar to‘ldirilib borilsa tinglovchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishi bir necha barobar ortishi hamda fanga bo‘lgan munosabati o‘zgarishiga olib keladi. Tariximizni o‘rganish jarayonida ma’lum bir davrga ajratilgan holda o‘rganish albatta tabiiy holat hisoblanadi. Ajratib olingan tarixiy davrni o‘rganishda esa bevosita ushbu davrda yaratilgan tarixiy adabiyotlarga murojaat qilinishi esa o‘rganilayotgan davrni yanada to‘liqroq ochib berishga imkon beradi. Tarixiy davrni o‘qitishda foydalaniladigan badiiy adabiyotlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: – o‘rganilayotgan davrning adabiy yodgorliklari; – tarixiy belletristik asarlar. Adabiy yodgorliklariga tarixiy hodisa va voqealarni o‘z zamondoshlari yozib qoldirgan asarlar kiradi. Bu guruhga kirgan asarlar tarix fani uchun o‘tmishning o‘ziga xos manbai bo‘lib xizmat qiladi. Badiiy adabiyot yodgorliklari yozib olingan og‘zaki ijodiyot asarlarini: afsonalar, dostonlar, qo‘shiqlar, masallar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Bunday asarlarning juda ko‘pida voqelik qayta-qayta ishlangan, xalq fantaziyasi bilan boyitilgan va bezatilgan bo‘ladi. Belletristik asarlarga tarixiy romanlar, tarixiy mavzularda yozilgan povestlar, o‘rganiladigan davr haqidagi badiiy asarlar, hikoyalar kiradi. Bunday asarlar tarixiy manbalar, memuarlar va hujjatlar, ilmiy tekshirish ishlari va monografiyalarni o‘rganish asosida yozilgan bo‘lib, ularda o‘tmish voqealari badiiy tasvirlar va badiiy obrazlar orqali ifodalanadi. Belletristika tarix fani uchun hujjatli manba bo‘la olmasada, o‘quvchilarga o‘tmishni aniq tushuntirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tarixiy roman va povestlarni o‘qish natijasida o‘quvchilarda tarixga qiziqish uyg‘onadi [3]. Ko‘pchilik tarixchilar turg‘unlik davri yoki boshqa izohlar bilan atovchi so‘ngi o‘rta asrlar davri tarixshunosligi ancha yaxshi o‘rganilgan bo‘lsa ham haligacha o‘rganilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar yetarlicha. Xususan Qo‘qon xonligi va uning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi ham hali to‘liq ochib berilmagan. Shuning uchun ham ushbu davrni o‘rganish haligacha o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Mavzuni o‘rganish uchun esa albatta ushbu davrda yozilgan tarixiy asarlarni tadqiq etish muhim hisoblanadi. Chunki, ushbu davr tarixiga oid tarixiy asarlar o‘zining xilma-xilligi hamda nisbatan arxiv hujjatlari bilan taqqoslab o‘rganish imkoni mavjudligi bilan ham ajralib turadi. Masalan, Qo‘qon tarixnavislik maktabiga mansub asarlar sheʼriy yoki qisman sheʼriy yo‘lda yozilganligi bilan ajralib turadi. Bunday asarlar qo‘qonlik
tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilganliklaridan dalolat beradi. Shunday adiblardan biri arab, fors, o‘zbek tillarini mukammal bilgan tarixchi va shoir Mulla Shamsiddin Shavqiydir.Uning asarlari o‘zining realistik g‘oyalari va saroy shoirlariga nisbatan hayotni aniqroq yoritganligi bilan ajralib turadi, bu esa tarixchilarga davr tarixini o‘rganishda katta yordam beradi. Mulla Shamsiddin Shavqiy asarlariga qiziqishning yuqoriligini uning asarlarini XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida tuzilgan majmua va to‘plamlarning aksariyat qismida kiritilganligi uning naqadar mashhur bo‘lganligidan dalolat beradi.Olimning hayot yo‘li va ijodini o‘rganish jarayonida bunga yana bir bora amin bo‘lish mumkin. Mulla Shamsiddin Shavqiy va uning asarlarini Is’hoqxon Ibrat, V. P. Nalivkin, Charlz Аmbrouz Stori, Zaki Validiy To‘g‘on, G‘. Karimov, F. Аhmadjonova, А. Xalilbekov, R. Nabiyev, Sh. Vohidov, H. Bobobekov, B. Bobojonov, O. Nosirov, N. Аbdulahatov, Sh. Qoʼldoshev, S. Jo‘raboyeva kabi olimlar o‘z asarlari va maqolalarida keltirib o‘tishgan. 2021-yilga kelib, Nodirjon Аbdulahatov va Sherali Qoʼldoshevlar muallifligida “Mulla Shamsiddin Shavqiy” deb nomlangan kitob chop etildi. Ushbu kitobda olimning hayot yo‘li va ijodi batafsil bayon etildi. Mulla Shamsiddin Shavqiy Qo‘qon xonligi hamda mustamlaka davrida yashab ijod qildi. Keng qamrovli ijodiy faoliyati bilan ushbu ikki davr o‘zbek adabiyotini bir-biriga bog‘ladi. 1840–1842-, 1845–1858- va 1868–1876- yillarda Qo‘qon xonlaridan Muhammad Alixon (1806–1842, hukmronlik davri 1822–1842) va Xudoyorxon (1830–1881, hukmronlik davri 1844–1858, 1862–1863, 1865– 1875) saroyida xizmat qilgan paytida Qo‘qon xonligi adabiy muhitiga anchagina yaqin va aloqador bo‘lganligi uning asarlarini tarixiy ahamiyatini yanada oshiradi [6.17]. Mulla Shamsiddin Shavqiyning tarixiy asarlarining yurtimiz tarixini yoritishda muhim manbalardan biri ekanligini uning birgina “Jomeʼ ul-havodis” dostoni misolida ko‘radigan bo‘lsak: ushbu asarda Qo‘qon xonligini Amir Nasrullo boshliq buxoroliklar bosqini va qo‘qonliklarning ozodlik uchun kurashi, mustaqillik tiklangandan so‘ng boshlanib ketgan ichki kurashlar va ularda Musulmonqul boshchiligidagi qipchoq zodagonlarining g‘olib chiqishi, mahalliy zodagonlarning muxolifatga birlashib amalga oshirgan ishlari kabi ma’lumotlar katta mahorat bilan tasvirlanganini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek adibning asarlaridan yurtimiz tarixini o‘rganishda o‘z asarlari bilan katta hissa qo‘shgan chet ellik olimlarni ham katta qiziqishiga sabab bo‘lgan. Masalan, V. P. Nalivkin o‘zining “Qo‘qon xonligini qisqacha tarixi” nomli mashhur asarini yozishda Shavqiyning ikki asaridan foydalanganligini taʼkidlaydi: Birinchisi: “Shohnoma” dostoni, Qo‘qon xonligi tarixini Xudoyorxonni taxtga chiqishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Farg‘ona viloyati Chust uyezdining Kalvak qishlog‘idagi istiqomat qiluvchi Mulla Shavqiy taxallusi bilan ijod qilgan Mulla Shamsning asaridir. Doston turk tilida Xudoyorxonning buyrug‘iga binoan yozma manbalar asosida yozilgan. Ikkinchisi: “Jangnoma” dostoni, Sheralixon va Xudoyorxon davrida yuz bergan qipchoqlar qo‘zg‘olonlari tarixiga bag‘ishlangan. Rus sharqshunosi V. P. Nalivkinda Mulla Shams Shavqiyning asarlari shu qadar katta taʼsurot qoldirganki, u o‘z asarida “Shohnoma” dostonidan parchalar keltirgan:
Аlar ketdi tashlab dil abgor bo‘lib, Qolib bu o‘g‘ul giryada zor bo‘lub [4. 49.]. Shavqiyning tarixiy asarlari mashhur ingliz sharqshunosi Charlz Аmbrouz Stori (1888–1967)ning 1935- yida Аngliyada chop etilgan “Fors adabiyoti” nomli bibliografik asarida ham qayd etilgan. Charlz Stori Shavqiyning yana bir asari haqida maʼlumot beradi. “Tarixi Shavqiy” asari hijriy 1291-, milodiy 1874–1875- yilda yozilgan bo‘lib, Farg‘ona hududining ruslar tomonidan bosib olinishi voqealariga bag‘ishlangan. Ushbu asarning aynan shu Ch. Stori tavsiflagan qo‘lyozma nusxasi jahonga maʼlum va mashhur boshqird sharqshunosi Zaki Validiy To‘g‘on (1890–1970) qo‘lida bo‘lgan. 1915-yilda Petrogradda chop etilgan “Farg‘ona viloyatidagi sharq qo‘lyozmalari” nomli maqolasida Zaki Validiy To‘g‘on “Tarixi Shavqiy” asariga izoh berar ekan Shavqiyni Chor Russiyasi bosqinchilariga nafrat bilan qaraganligini bayon etadi [5. 45]. Aynan ushbu asarni tadqiq qilinganda uning fikrlari o‘z tasdig‘ini topdi. Is’hoqxon Ibrat ham o‘zining “Tarixi Farg‘ona” asarida Shamsiddin Shavqiy asarlaridan bevosita foydalanganligini ta’kidlab o‘tadi. U Shavqiy bilan bevosita tanish bo‘lib u bilan madrasada o‘qib yurgan paytlarida uchrashgan. Bu haqida K.Vohidova o‘zining “Ih’hoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat va uning tarixiy-ilmiy merosi” nomli tadqiqot ishida shunday yozadi: “Mulla Yo‘ldosh To‘robboy o‘g‘li Xilvatiy, Is’hoqxon Ibrat, Mulla Shams Shavqiy Namangoniy, Muhammad Sharif So‘fizoda kabi qalamkashlar va Nizomxon, Abdulla Taroq kabi sozanda va xonandalar ko‘pincha Nodim uyida to‘planganlar” [1. 26] deb ta’kidlaydi. Shuningdek Is’hoqxon Ibratning “Tarixi Farg‘ona” asarida Mallaxon va Xudoyorxon munosabatlarini yoritishda Shavqiyning “Pandnoma” asaridan foydalanganini ta’kidlab ushbu asardan bir parchani keltiradi. [2. 18–20] Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Mulla Shamsiddin Shavqiy o‘zining zamondosh tarixchi va shoirlari kabi voqealarni real tasvirlashga harakat qilganligi uning asarlari qiymatini tarixiy manba sifatida yanada oshiradi. Buning isboti sifatida uning asarlaridan ko‘plab olim va tarixchilar o‘z asarlarida foydalanganliklarini keltirishimiz mumkin. Mazkur asarlar shoirning xalq, adabiyot tarixi va taraqqiyoti uchun qilgan katta xizmatlaridir.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Воҳидова К. А. Исҳоқхон Жунайдуллахўжа ўғли Ибрат ва унинг тарихий-илмий мероси. Тарих фан. номзоди дисс. – Тошкент, 2002. – Б. 26. 2. Исҳоқхон Тўра Ибрат. Тарихи Фарғона / Нашрга тайёрловчилар, изоҳ муаллифлари: У. Долимов, Н. Жабборов. – Тошкент: Маънавият, 2005. – Б. 18. 3. Mirfayozov M. Tarix fanini o‘qitishda tarixiy-badiiy adabiyotlardan foydalanishning mazmuni va mohiyati. Academic research in educational sciences. 2020. 4. Наливкин В. Н. Краткая история Кокандского ханства. – Казань, 1886. – С. 49. 5. Кулдашев Ш. Т. Тарихи Шавки – важное произведение о Кокандском ханстве // Вестник ОшГПУ. – 2022. – №2 (20). – C. 45.
6. Qo‘ldoshev Sh. Qo‘qon xonligi tarixi ilmiy manbalarda. – Toshkent: Akademnashr, 2016. – B. 17. 7. https://lex.uz/docs/5841063. 8. https://daryo.uz/2021/01/20/shavkat-mirziyoyev-ijtimoiy-gumanitarfanlar-rivoji-zamondan-ortda-qolmoqda.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Воҳидова К. А. Исҳоқхон Жунайдуллахўжа ўғли Ибрат ва унинг тарихий-илмий мероси. Тарих фан. номзоди дисс. – Тошкент, 2002. – Б. 26.
- Исҳоқхон Тўра Ибрат. Тарихи Фарғона / Нашрга тайёрловчилар, изоҳ муаллифлари: У. Долимов, Н. Жабборов. – Тошкент: Маънавият, 2005. – Б. 18.
- Mirfayozov M. Tarix fanini o‘qitishda tarixiy-badiiy adabiyotlardan foydalanishning mazmuni va mohiyati. Academic research in educational sciences. 2020.
- Наливкин В. Н. Краткая история Кокандского ханства. – Казань, 1886. – С. 49.
- Кулдашев Ш. Т. Тарихи Шавки – важное произведение о Кокандском ханстве // Вестник ОшГПУ. – 2022. – №2 (20). – C. 45.10.56122/..v2i2.29
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011168
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/145
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 143–147
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25