Asosiy mazmunga o‘tish

SAYD MUHAMMED XUDIYARXON "OQ UYLIK" DAVRIDA ORENBURGNI TARK ETISHI: ERKINLIKKA INTILGAN MA‘NAVIY MARDLIK NAMUNASI.

Dosmaganbetov S., Yusupov O.Ajiniyoz nomidagi NDPI "Tarix o‘qitish metodikasi" kafedra katta o‘qituvchisi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 157–162

Annotatsiya

Maqolada tarixiy-ilmiy adabiyotlar, arxiv manbalari va xalq og‘zaki ijodi namunasi- rivoyatlar asosida  Sayd Muhammed Xudiyarxonning "oq uyli" davrida Orenburg surgunidan qochishi ozodlikka tashlagan qadam ekanligiga, ma‘naviy qullikdan erkinlikka intilishlari haqida yangicha qarashlar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОТЪЕЗД САИДА МУХАММЕДА ХУДОЯР-ХАНА ИЗ ОРЕНБУРГА В ПЕРИОД "БЕЛОГО ДВОРЦА": ПРИМЕР ДУХОВНОГО МУЖЕСТВА В СТРЕМЛЕНИИ К СВОБОДЕ

В статье на основе историко-научной литературы, архивных источников и образцов устного народного творчества - преданий представлены новые взгляды на то, что побег Саид Мухаммед Худийархана из оренбургской ссылки в период "белого дома" был шагом к свободе, его стремление к свободе от духовного рабства.

inglizchaSAID MUHAMMAD KHUDOYARKHAN‘S DEPARTURE FROM ORENBURG DURING THE ‘WHITE PALACE‘ PERIOD: AN EXAMPLE OF SPIRITUAL COURAGE IN THE PURSUIT OF FREEDOM

Based on historical and scientific literature, archival sources, and examples of oral folk art - legends, the article presents new perspectives on Said Muhammad Khudayar Khan‘s escape from exile in Orenburg during the "white house" period. It argues that this escape was not only a step towards freedom but also a manifestation of his desire to liberate himself from spiritual bondage.

Kalit so‘zlar

  • Sayd Muhammed Xudiyarxon obrazi
  • Orenburgdagi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

SAYD MUHAMMED XUDIYARXON "OQ UYLIK" DAVRIDA ORENBURGNI TARK ETISHI: ERKINLIKKA INTILGAN MA’NAVIY MARDLIK NAMUNASI.

SAID MUHAMMAD KHUDOYARKHAN'S DEPARTURE FROM ORENBURG DURING THE 'WHITE PALACE' PERIOD: AN EXAMPLE OF SPIRITUAL COURAGE IN THE PURSUIT OF FREEDOM

ОТЪЕЗД САИДА МУХАММЕДА ХУДОЯР-ХАНА ИЗ ОРЕНБУРГА В ПЕРИОД "БЕЛОГО ДВОРЦА": ПРИМЕР ДУХОВНОГО МУЖЕСТВА В СТРЕМЛЕНИИ К СВОБОДЕ

Dosmaganbetov S., Yusupov. O. Ajiniyoz nomidagi NDPI "Tarix o‘qitish metodikasi" kafedra katta o‘qituvchisi Tel: [telefon raqami yashirilgan] Dosmaganbetov@mail.ru

Annotatsiya. Maqolada tarixiy-ilmiy adabiyotlar, arxiv manbalari va xalq og‘zaki ijodi namunasirivoyatlar asosida Sayd Muhammed Xudiyarxonning "oq uyli" davrida Orenburg surgunidan qochishi ozodlikka tashlagan qadam ekanligiga, ma’naviy qullikdan erkinlikka intilishlari haqida yangicha qarashlar berilgan. Kalit so‘zlar. Sayd Muhammed Xudiyarxon obrazi, Orenburgdagi "oq uylik hurmatli tutqun" xon, Orenburglik yirik boy B.Jangeldin, Ustyurt platosi, Eset botir oqsoqol Ko‘tibar o‘g‘li, katta o‘g‘li Ernazar, "Quyi" Amudaryo frontiri, "Talliq" ariq, Azbergen biy Mung‘aytmas o‘g‘li, Marie de Ujfalvy-Bourdon va boshqalar. Аннотация. В статье на основе историко-научной литературы, архивных источников и образцов устного народного творчества - преданий представлены новые взгляды на то, что побег Саид Мухаммед Худийархана из оренбургской ссылки в период "белого дома" был шагом к свободе, его стремление к свободе от духовного рабства. Ключевые слова. Образ Сайд Мухаммуд Худийархана, хан в Оренбурге "почетный пленник белого дома", крупный оренбургский богач Б.Жангельдин, плато Устюрт, Есет батыр сын аксакала Кутибар, старший сын Ерназар, НижнийАмударьинский фронтир, русло "Таллык" реки Амударьи, Азберген бий сын Мунгайтмас, Мари де Уйфальви-Бурдон и другие. Abstract. Based on historical and scientific literature, archival sources, and examples of oral folk art - legends, the article presents new perspectives on Said Muhammad Khudayar Khan's escape from exile in Orenburg during the "white house" period. It argues that this escape was not only a step towards freedom but also a manifestation of his desire to liberate himself from spiritual bondage. Key words. The image of Sayd Muhammed Khudiyarkhan, the "honored prisoner of the 'white house'" khan in Orenburg; the wealthy Orenburg magnate B.Zhangeldin; the Ustyurt plateau; Eset batyr, son of the elder Kutibar; the eldest son Ernazar; the "Lower" Amu Darya frontier; the "Tallyk" channel of the Amu Darya; Azbergen biy, son of Mungaitmas; Marie de Ujfalvy-Bourdon and others.

Kirish. Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida Orolbo‘yi bilan Qo‘qon xonligi o‘rtasidagi tarixiy aloqalarning muhim masalalaridan biri, mashhur tarixiy shaxslar umrin iilmiy o‘rganish zarur masala hisoblanadi. Asrlar ohangiga e’tibor berganimizda, so‘nggi o‘rta asrlar va erta yangi davrdan boshlab Orolbo‘yi qoraqalpoqlarining Qo‘qon yerlari bilan turli tarixiy-madaniy simbiozli aloqalarda bo‘lganligi, hozirgi vaqtda ham Farg‘ona sakral geolandshaftida "yuqori" qoraqalpoqlarning etnik guruhlari yashab turganligining guvohi bo‘lamiz [1.].

O‘tmishga nazar: folklor manbalari. Sharqiy Orol Sirdaryo bo‘yi qoraqalpoqlari azaldan Buxoro, Qo‘qon yerlari bilan siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy munosabatlarda bo‘lgan. Bu haqda qoraqalpoq folklorining tarixiy qo‘shiq va to‘lg‘ovlarida, xalq og‘zaki shajarasida va etno-dostonlarida yaxshi ta’riflangan. Qoraqalpoq xalq etno-dostoni "Alpomish"da:

"Ot bo‘libdi Miyon ko‘lning toylari, Qo‘yin sotib qo‘zi olar boylari, U yog‘i Turkiston, bu yog‘i Qo‘qon, Hazratimning qadam qo‘ygan joylari" - deb o‘tmish sadosini yaqqol beradi. Qoraqalpoq xalqining ijtimoiy xotiralari va afsonalarida el-yurtning obro‘li tarixiy shaxslari sanalgan: Asan botir-biy-otaliq, Amangeldi botir-biy-otaliqning Qo‘qon hukmdorlariga halol xizmat etgani, so‘ng saroy fitnalari oqibatida shahid bo‘lganligi ta’riflanadi. Berdaq (1827-1900) shoir o‘zining etno-poetik she’riy satrlarida Qo‘qon hukmdorlari obrazlarini mohirona ta’riflagan edi [2.].

Asosiy tarixiy syujetlar: "O‘ZBEKISTON TARIXI ENSIKLOPEDIYASI, XIX asr O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi kontekstida Janubiy Orolbo‘yi va Xiva xonligi hududida yashagan tarixiy shaxslar-intellektual etno-klan vakillarining jahon diplomatiyasi madaniyatidagi o‘rni, qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarda qoraqalpoq elitasi vakillari elchilik xizmatlarida bo‘lgani ilmiy jihatdan o‘rganilib yangi tarix sahifalariga kiritilishi lozim. Orolbo‘yi quyi Amudaryo frontirida yashagan "O‘n to‘rt urug‘li" qoraqalpoq biylari, beklar-begilari va hokimxo‘jalarining O‘rta Osiyoning mustaqil uch (davlat) xonliklari o‘rtasida elchilik va "madaniy diplomatiyalik" xizmatlari, Qo‘qon, Buxoro va Toshkent bilan aloqalarda Qoraqalpoq ulusi etno-elitalarining faol xizmatlari, Xiva xoni Farmoni bilan bajarilgan davlat safarnomalari samarali bo‘lib tarixiy-siyosiy muhitda sezilarli darajada yuqori bo‘lgan. XIX asrning 70-80-yillaridagi Qo‘qon xonligi taqdiri, Qo‘qon xoni Xudo-yorxon obrazi o‘sha zamonga tegishli g‘oyaviy qarash mazmunida yozilgan edi. Orenburg shahridagi "oq uy"ning hurmatli mahbusi bo‘lgan Xudiyar tarixiga oid ko‘plab arxiv ish qog‘ozlarini ko‘rish nasib etdi. Jasorat timsolida 1877-yil 12-noyabrda sobiq hukmdor Xudo-yor so‘nggi sodiq sheriklari bilan oldinnan puxta o‘ylab, "soatlarni solishtirish" shartiga bo‘ysunib va tavakkal qilib surgundan qochishni tashkil qiladi [3.]. U insonning Orenburgdagi surgunlik "oq uyi"dan yashirincha qochib ketishiga kimlar va qanday vaziyatlar motivatsiya bergan?. Xudiyarxon Orenburgdan qochib bepoyon Ustyurt kengligi orqali, Janubiy Orolbo‘yi va quyi Amudaryo deltasi manzilgohlarda yashoshi qozoq va qoraqalpoq biylari boshqargan ovullarda vaqtincha boshpana topadi. Tarixiy angishvona, maxfiy tark etish: Qo‘qon xoni hukmdor Sayd Muhammed Xudiyarxon "oq uy"li surgunlik paytida Orenburgdan qochib ketishiga kimlar yordam bergan ?. Hukmdor xon obrazini kimlar yozgan?. 1876-1877-yillarda mashhur fransuz tadqiqotchisi va sayyohi Mari Uyfalvi-Burdon (1842-1904) umr yo‘ldoshi, mashhur franko-venger etnografi Sharl Ejen Uyfalvi de Mezekevezd (1842-1904) bilan birga1876-1878-yillarda Sibir va Markaziy Osiyo bo‘ylab katta fransuz ekspeditsiyasi davomida yozilgan "Sayohat daftari" sahifalariga quyidagilarni yozib qoldirgan edi. Mari Uyfalvi-Burdon fikricha: "Xudi-yarxon "tiranning"ning Orenburgdan qochish sabablari: o‘zining avvalgi xonlikni boshqarganini o‘ylab, siyosiy hokimiyatini qayta tiklashga harakat qilgan [4.].

Mashhur franko-venger etnografi Sharl Ejen Uyfalvi de Mezekevezd (1842–1904) va umr yo‘ldoshi, taniqli fransuz tadqiqotchisi va traveler Mari Uyfalvi-Burdon (1842–1904) fotosurati. File: Ujfalvy Károly és Ujfalvy Károlyné, Vasárnapi Ujság, 1880.jpg

Tarixnoma: Sayd Muhammed Xudiyarxon haqidagi ma’lumotlar D.Dolgorukov, N.Terentev, M.Divaev, A.Z.Validov tomonidan tarixiy ilmiy asarlarda ko‘plab yozilgan [5.]. Xonning hukmronlik obrazi har zamonda, har xil mazmunda ta’riflangan. Masalan tarixchi t.f.d. R.N. Nabiyev XIX-asr oxiri-XX-asr boshidagi davriy nashrlarda Xuda+yar shaxsining ijobiy baholanganiga e’tibor qaratadi. "Niva" jurnali Xuda yarxon haqida: - "Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyodagi "eng ajoyib" hukmdorlarning biri sifatida..." deb yozgan [6.]. U inson Rossiya imperiyasi qo‘l ostida "hurmatli qul-xon, siyosiy jihatdan xo‘rlangan" bo‘lishni istamadi. Xon boshiga tushgan og‘ir qismat, orzu-armonlar, ozodlik yo‘lida harakat qilgan kurashlari tarixi yangicha nuqtai nazardan o‘rganilishi shart. Markaziy Osiyo, O‘rta Osiyo xalqlari boshidan kechirgan o‘tmish tarixiy-taqdiriy sahifalarda, ayniqsa, Qo‘qon xonligi tarixining tarixiy geografiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, etnomadaniyat namunalari, musulmon me’morchiligi uslubida bunyod etilgan ko‘p sonli inshootlar hamda qo‘shni mamlakatlar bilan diplomatik, ichki va tashqi savdo-sotiq munosabatlarida o‘chmas chuqur iz qoldirgan Qo‘qon hukmdori Sayd Muhammed Xuda yarxon (1835-1856)ning hayot yo‘llari, kelajak avlodga yozdirib qoldirgan bebaho meroslari haqida bizlar nimalarni bilamiz ?!. Mavzuning dolzarbligi: XIX asrning 70-80-yillarida Markaziy Osiyo intellektual elitalari kontekstida Qo‘qon xoni, tarixiy shaxs Xudo-yorxonning hayoti, xonlikning qurilish tarixida qoldirgan an’anaviy me’moriy binolari, tangalarni tayyorlashda yarim mahsulotni ishlab chiqarish va tanga zarb qilish merosi, elining obod, farovon va xonlik hududida tinchlik hukm surgan vaqtlarida kelajakka meros bog‘u-bo‘stonga aylantirgani haqida qo‘lyozmalarda, tarixiy kitoblarda va badiiy adabiyotlarda, folklor-og‘zaki tarixda o‘z aksini topgan.

U insonning haqiqiy obrazi, tarixga to‘la taqdiri, jamiyatda tutgan o‘rni va xizmatlari haqida bir necha ilmiy tadqiqot ishlar yozildi, lekin u insonning Orenburg o‘lkasida o‘tgan ikki yillik "oq uyli hurmatli surgunlik" davrida, qanday sharoitda kun kechirgani arxiv manbalar orqali maxsus va tizimli o‘rganilmay qolgan edi. Xudi-yarxonning hukmdor sifatidagi taqdiri yangi tarixda yangicha nuqtayi nazardan o‘rganilishi, og‘zaki va yozma tarixiy manbalardan aniqlanishi, ma’naviy-ma’rifiylik va tarixiylik jihatidan xolis baholanishi darkor. U inson sakral raqam - "O‘n olti" yoshidan boshlab karyeraga erishish manfaatida davlat darajasidagi boshqaruv ishlariga aralashgan, chorak asr mobaynida el-yurtni boshqarib, siyosiytarixiy kurashlarni, "siyosiy angishvona"larni, hayotning achchiq va shirin peshona terli saboqlarini boshidan kechiradi. Sayd Muhammed Xuda+yarxon 1875-yil 12- avgustida Orenburg shahriga "Oq uy"ga safarga (surgunga) jo‘natilgan. U Ural (Yoyiq) daryosi bo‘ylarida ikki yilga yaqin "Vatan gadoyi" bo‘lib yashadi va musulmonchilikning besh farzlaridan biri Ka’baga ziyoratni bahona va sabab qilib, eng yaqin do‘st-yoronlari bilan maxfiy tarzda o‘ylab, surgundan qochishga qattiq tayyorlanadi. Buning uchun ular, olis Orenburg o‘lkasidan boshlaganda dastlab, "Ulug‘dasht" - Aranglar qirlari - Ustyurt tekisligi - Quyi Amudaryo - Qoraqum cho‘li - Turkman (Shovdir, Taka urug‘lari) yerlari - Hirotgacha cho‘zilgan uzoq va xatarli yo‘llarning yo‘lboshlovchilari va qo‘riqchilari kimlar ekanligini aniqlaydilar ?!. Orenburglik yirik boy B.Jangeldin qurol-yarog‘sotish bilan shug‘ullanib Xudiyar bilan oradan qil o‘tmas chinakam do‘st bo‘lib, xon bor boyligidan kumush quyma bo‘laklarini sovg‘a qilgan. "Ulug‘Dala" Ustyurt kengligi katta oqsoqoli Eset Ko‘tibar o‘g‘li manfaatlarini va ko‘ngil xushini topgan. Esetning katta o‘g‘li Ernazar uyezdlik izquvar-tergovchilarga aytgan so‘zidan parcha: -"Xuda yar xon Eset botirga zarli to‘n yopgan, tajribali yo‘l boshlovchilarni kuch-ulov ot, tuya bilan ta’minlab bergan."

Arxiv manbalari: 1878-yil 26-mart kungi tergov jarayonining stenografik hujjatlarida: "o‘zlarini amnistiya etib" maxfiy tarzda qochgan "xonning" yordo‘stlarining bir guruhi, quyi Amudaryo frontiri "Talliq" daryo bo‘yidagi Azbergen biy Mung‘aytpas o‘g‘lining qishlov manzil-qo‘rg‘oniga kelgan. Amudaryo bo‘limi boshlig‘ining bergan ma’lumotida: "Xudiyar xan poymon" degan qisqa maxfiy xabar tezkor harbiy telegraf aloqa yo‘li orqali Orenburg guberniyasi poytaxti Orenburg shahriga yuborilgan [7.].

Tarixiy angishvonalar: Orenburg "oq uylik" surgunidan qutulish maqsadida puxta o‘ylanib, avval oila a’zolarining bir guruhini yashirincha qochirib yuborib, keyinchalik o‘zi va qo‘shdoshlari bilan boshqa aylanma maxfiy yo‘l orqali qochib ketadi. Xudiyarxon ishonchiga kirgan va yo‘ldosh bo‘lgan so‘nggi kichik guruh a’zolari qoraqalpoq-qipchoq biy-botirlari yordamida Amudaryodan eshkakli qayiqlarda, chap qirg‘oqqa o‘tkazilib turkman-shovdir oqsoqoli va serdarlariga "omonat xon"ni olib keladi. Shovdirlar Qizilqumning ichi bilan turkman-taka dashtini yaylov qilgan serdarlarga "omonat"ni topshiradi.

Turkman-taka dashti orqali qiyin va xavfli uzoq yo‘llardan otliq, tuyali eson-omon o‘tib xon va uning kichik guruhi Hirot shahriga yetib keladi... [8.]. Qo‘qon hukmdori sakral "to‘qqiz" yil davomida siyosiy angishvonalarga duch kelib, oxir-oqibat tug‘ilgan yurtiga bo‘lgan sog‘inch to‘la orzu-armonlari bilan Hirot shahrida mangu uyquga ketgan edi [9.].

Xulosa: Sayd Muhammed Xuda+yar Bahodirxonning mardlikka to‘la siymosi, orzu-armonlar bilan erkinlikni orzu qilishi, o‘z hayoti davomida ko‘zlagan maqsadlari uchun fidokorona, mardlarcha kurashib oldinga intilishi, to‘g‘ri yechim topib safdoshlari yordamida "hurmatli asirlik"dan ozodlikka chiqishi, mustaqil davrga erishishi, qullik va xo‘rlikdek hayotni tark etishga qaror qilishi bu har bir insonning o‘zligini anglashiga, ma’naviy jasoratga qadam qo‘yadigan kelajak avlodlar uchun ibratli yodnoma bo‘lib mangu esda qoladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR RO‘YXATI. (REFERENCES)

1. Абдуллаев У.С. Межэтнические процессы в Ферганской долине (ХIX – начало ХХ века): Автореф. д-ра ист. наук. – Ташкент, 2006.

Абдуллаев У.С.Отражение межэтнических связей в материальной культуре народов Ферганской долины в конце XIX – нач. XX века // O‘zbekiston tarixi. -Тошкент. -1999 - № 4. Abdullayev U.S. Farg‘ona vodiysida etnolingvistik jarayonlar // Markaziy Osiyoda an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar. - Toshkent. 2005 - 2-qism //. 2.BERDAQ. Tanlangan asarlari. QQ MB. Nukus. 1950. 3. Архив Оренбурга. / ГААОО Фонд. 6. Опись17.Дело 224. Дело 227. Дело 229. Дело 231. «Побег Худa-йар хана»/. 4. Marie Ujfalvy-Bourdon, De Paris à Samarkand, le Ferghanah, le Kouldja et la Sibérie occidentale. Impressions de voyage d’une parisienne // Paris, 1880, p. 57- 59. 5. Диваев А. Последние дни Худо-йархана // Туркестанские ведомости. – 1916. – № 20, 26 января / 8 февраля. – с. 120–134. 6. Набиев Р. Н. Из истории Кокандского ханства (феодальное хозяйство Худояр-хана). Ташкент: Фан, 1973. 388 с. 7. ГАОО. Фонд.6.Опись-17.Дело: 224/ 8. Kонстантин. A. Абдирахманов. «Побег из ОРЕНБУРГА Кокандского хана Худияра в 1877 году». // Вестник Вол ГУ. Серия 4, История. Регионоведение. Международные отношения. 2025. Т. 30. № 1. 9. O.Yusupov. "Xudoyorxonning qochishi va sheriklari". www /facebook com https m facebook com home php /532472164255630. 24.12.2023.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar11 ta adabiyot

  1. Абдуллаев У.С. Межэтнические процессы в Ферганской долине (ХIX – начало ХХ века): Автореф. д-ра ист. наук. – Ташкент, 2006.
  2. Абдуллаев У.С.Отражение межэтнических связей в материальной культуре народов Ферганской долины в конце XIX – нач. XX века // O‘zbekiston tarixi. -Тошкент. -1999 - № 4.
  3. Abdullayev U.S. Farg‘ona vodiysida etnolingvistik jarayonlar // Markaziy Osiyoda an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar. - Toshkent. 2005 - 2-qism //.
  4. 2.BERDAQ. Tanlangan asarlari. QQ MB. Nukus. 1950.
  5. Архив Оренбурга. / ГААОО Фонд. 6. Опись17.Дело 224. Дело 227. Дело 229. Дело 231. «Побег Худa-йар хана»/.
  6. Marie Ujfalvy-Bourdon, De Paris à Samarkand, le Ferghanah, le Kouldja et la Sibérie occidentale. Impressions de voyage d’une parisienne // Paris, 1880, p. 57-59.
  7. Диваев А. Последние дни Худо-йархана // Туркестанские ведомости. – 1916. – № 20, 26 января / 8 февраля. – с. 120–134.
  8. Набиев Р. Н. Из истории Кокандского ханства (феодальное хозяйство Худояр-хана). Ташкент: Фан, 1973. 388 с.
  9. ГАОО. Фонд.6.Опись-17.Дело: 224/
  10. Kонстантин. A. Абдирахманов. «Побег из ОРЕНБУРГА Кокандского хана Худияра в 1877 году». // Вестник Вол ГУ. Серия 4, История. Регионоведение. Международные отношения. 2025. Т. 30. № 1.
  11. O.Yusupov. "Xudoyorxonning qochishi va sheriklari". www /facebook com https m facebook com home php /532472164255630. 24.12.2023.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011171
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/148
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
157–162
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25