Asosiy mazmunga o‘tish

IS‘HOQXON IBRAT MA‘RIFAT FIDOIYSI

Khaydarov Zakhriddinbobir UmarovichNamangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 80–84

Annotatsiya

Ushbu maqolada nafaqat Farg‘ona vodiysi, balki butun O‘rta Osiyo mintaqasidagi ma‘rifatparvarlik harakatining buyuk namoyondalaridan biri Is‘hoqxon Ibratning tarjimai holi hamda ta‘lim, matbuot, adabiyot sohalaridagi salmoqli faoliyati bayon qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaИСХАКХАН ИБРАТ ПРИВЕРЖЕНЕЦ ПРОСВЕЩЕНИЯ

В этой статье рассказывается о биографии Исхак-хана Ибрата, одного из великих деятелей просветительского движения не только Ферганской долины, но и всего Среднеазиатского региона, а также о его плодотворной деятельности в области образования, печати, литературы.

inglizchaIS‘HOQXON IBRAT THE GOD OF ENLIGHTENMENT

This article describes the biography of one of the great exponents of the Enlightenment movement not only in the Fergana Valley, but throughout the Central Asian region, Isahak Khan Ibrat, as well as his significant work in the fields of Education, press, literature.

Kalit so‘zlar

  • Is‘hoqxon to‘ra Ibrat
  • jadidchilik
  • ma‘rifatparvarlik
  • namanganlik jadidlar
  • “Kutubxonai Is‘hoqiya”
  • usuli savtiya maktabi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

Xaydarov Zaxriddinbobir Umarovich Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi E-mail: zaxriddinbobirxajdarov@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya. Ushbu maqolada nafaqat Farg’ona vodiysi, balki butun O’rta Osiyo mintaqasidagi ma’rifatparvarlik harakatining buyuk namoyondalaridan biri Is’hoqxon Ibratning tarjimai holi hamda ta’lim, matbuot, adabiyot sohalaridagi salmoqli faoliyati bayon qilingan. Abstract. This article describes the biography of one of the great exponents of the Enlightenment movement not only in the Fergana Valley, but throughout the Central Asian region, Isahak Khan Ibrat, as well as his significant work in the fields of Education, press, literature. Аннотация. В этой статье рассказывается о биографии Исхак-хана Ибрата, одного из великих деятелей просветительского движения не только Ферганской долины, но и всего Среднеазиатского региона, а также о его плодотворной деятельности в области образования, печати, литературы. Kalit so‘zlar. Is’hoqxon to’ra Ibrat, jadidchilik, ma’rifatparvarlik, namanganlik jadidlar, “Kutubxonai Is’hoqiya”, usuli savtiya maktabi. Keywords. Is'hoq Khan Tora Ibrat, jadidism, enlightenment, Namangan jadids, “Librariai is'hoqiya”, usuli savtiya school. Ключевые слова. Исхак Хан Тора Ибрат, джадидизм, просвещение, джадиды Намангана, “библиотека Исхакия", методическая школа.

Is’hoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan ma’rifatparvar shoir, tarixshunos olim, ilk o‘zbek matbaatchilaridan biri, sayyoh, mohir naqqosh, otashin notiq va muallimdir. … Milliy uyg’onish davrining yetuk nomoyondalaridan biri, vatan va xalq istiqboli uchun jonini fido qilgan ulug’bobomiz Isxoqxon Ibrat 1862-yilda Qo‘qon xonligi kasabalaridan biri bo‘lgan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanining markazida tug‘ildi.[1, 74] U shajara jihatidan Ahmad Yassaviy avlodlaridan hisoblanadi. Ibratning o‘z qo‘li bilan go‘zal va chiroyli qilib, yirik xatlada yozilgan avlodlar shajarasining uzunligi bir qulochdan ortiqroq, eni esa 30- 35 sm. hajmda. Shajaraning boshlang‘ich qismi jimjimador mayda o‘simliksimon naqshlar bilan rangdor qilib ziynatlangan. To‘rt yoniga boshdan-oyoq oltin halli yo‘g‘on chiziqlar tortilgan, rom shakli hosil qilingan hamda ular orasida qora rangda xat yozish uchun ingichka chiziqlar mavjud.[2, 56]

Is’hoqxon Ibrat mazkur shajarada avlodlarining Turkiston tomonlaridan kelib, Namangan, To‘raqo‘rg‘on tumanlari hududida o‘rnashib qolish haqida mufassal ma’lumotlar beradi. Ibrat o‘z avlodlari shajarasini Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sallallohu alayhi vasallamdan boshlaydi. Chunki bu avlod vakillari Hazrati Alini Rum malikasi Bibi Hanifadan tug‘ilgan og‘illari, hazrat imom Muhammadga borib taqaladi. Shuning uchun ular janob Payg‘ambarimiz (s.a.v) avlodlaridan bo‘lishadi”.[3] Ibratning otasi Junaydullaxo‘ja Sunnatullaxo‘ja o‘g‘illlari ancha bilimli, o‘qimishli, sohibkor bog‘bonlardan bo‘lgan. Junaydullaxo‘ja adabiyotga, ayniqsa she’riyatga ancha ixlos qo‘ygan va “Xodim” taxallusi bilan she’rlar ham yozgan. Is’hoqxonning onasi Hurbibi o‘z davrining o‘qimishli, oqila ayollaridan bo‘lib, o‘z uyida qishloq qizlarini o‘qitar edi. Otadan yosh qolgan Is’hoqxon dastlabki ma’lumotni onasidan oladi. Shuning uchun ham Is’hoqxon onasini ko‘p o‘rinlarda ustozi sifatida hurmat bilan tilga oladi. U yoshlik yillarida ayniqsa xusnixatga qiziqadi, bo‘sh vaqtini bu san’at sirlarini o‘rganishga bag‘ishlaydi. Adabiyot va san’atga zo‘r muhabbat qo‘ygan Is’hoqxon ancha mukammal savodga ega bo‘lgach, o‘qishni davom ettirish uchun uni Qo‘qonga yubordilar. U XIX asr boshlarida barpo etilgan Muhammad Siddiq Tunqator madrasasiga 1878-yilda o‘qishga kiradi.[4, 192] Is’hoqxonnig Qo‘qon madrasasida taxsil ko‘rgan yillari (1878-1886) ijtimoiy va madaniy hayotda, maorifda tub sifat o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan davrga to‘g‘ri keladi. Uning bu adaby-madaniy hayotdan bahramand bo‘lganligi shubhasiz. Is’hoqxon Ibratni yaqindan bilgan, Qo‘qon va Namanganda uyushtirilgan ko‘p adabiy yig‘ilishlarda, mushoira va munozaralarda u bilan birga bo‘lgan shogirdi Iskandar domla Abduvahob o‘g‘li (1880-1972) ning aytishiga qaraganda, Is’hoqxon Qo‘qonda o‘qib yurgan vaqtidayoq bu adabiy muhit bilan va uning yirik namoyondalari Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Nodim, Haziniylar bilan yaqin aloqada bo‘lgan, adabiy mushoiralarda ishtirok etgan. Is’hoqxon Ibrat 1886-yilda madrasani tugatib o‘z qishlog‘i To‘raqo‘rg‘onga qaytadi va o‘z ijodini qishloqqa ma’rifat tarqatish bilan boshlaydi. Isxoqxon Ibrat 1886-yilda eski maktablarga nisbatan bir muncha ilg‘or bo‘lgan maktablardan butunlay farq qilgan, qishloq kambag‘al bolalari uchun bepul yangi usuli savtiya maktabi ochdi.[5, 168] Is’hoqxon Ibrat o‘z maktabida darslik va qo‘llanmalar sifatida o‘zining “Lug‘ati-sitta al-sina”, “San’ati Ibrat qalami Mirrajab Bandiy” asarlaridan, Turkistonda rus-tuzem maktablar darsliklarining asoschisi va bunday maktablar darsliklarining muallifi S.M.Gramenskiyning uch qismdan iborat “Книга для чтения” (O‘qish kitobi), rus-tuzem maktablarining birinchi o‘zbek o‘qituvchisi va bu maktablar uchun maktablar uchun birinchi darslik yaratgan Saidrasul Saidazizovning “Ustozi avval”, M. Abdurashidxonovning “Adabi avval”, Ali Asg‘ar Ibn Bayramali Kaleninning “Muallimi-Soniy”, Namangan rus-tuzem maktabining o‘qituvchisi M.M.Oraqulovning 1887-yilda nashr qilingan “Самоучитель русского яазика для русско-мусулманских школ” kabi qo‘llanma va darsliklar “Kutubxonai Is’hoqiya” da bir necha nusxalarda saqlanar edi. Is’hoqxon Ibrat ilg‘or maktablaridan biri sifatida haftalik dars jadvalini joriy qildi. U ilg‘or pedagog sifatida bolalarni maktabdan bezdiruvchi, ularda o‘qituvchilarga hurmat emas,

nafrat uyg‘otuvchi tan jazosiga birinchilardan bo‘lib qarshi chiqdi. Is’hoqxon faqat maktabda emas, oilada ham bolani kaltaklab tarbiyalash o‘ta noto‘g‘ri usul ekanligini alohida ta’kidlaydi. Qishloqda ochgan maktabi mahalla maktablaridan ancha farq qilar edi. U maktabiga nisbatan ilg‘or bo‘lgan usuli savtiya, ya’ni tovush usulini tatbiq etadi, buni usuli qadimiya tarafdorlaridan himoya qiladi. Lekin u o‘z maktabida uzoq ishlay olmadi. Ba’zi bir johil ulamolar, mutaassib ruhoniylar uning maktabini “kofirlar maktabi” deb e’lon qildilar, xalq bolalarini bu maktabdan qaytarishga harakat qildilar va chor hukumati amaldorlarining yordamda yoptirdilar. Bu Is’hoqxonning qora guruhlar hamda chor hukumati amaldorlari bilan birinchi to‘qnashuvi edi. 1887-yilda 25 yoshli Ibrat onasining iltimosiga ko‘ra, u bilan birga haj safariga chiqadi. Safarda Hurbibi ona Jidda shahrida vafot etadi. Is’hoqxon onasini Jidda shahriga dafn etib, Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab sayohatini davom ettiradi. Sayohat vaqtida Is’hoqxon o‘zi borib ko‘rgan mamlakatlar, xalqlarning hayoti va madaniyati bilan, bu mamlakatlardagi Ovropa tipida qurilgan shaharlar hamda ularda yashayotgan ovropaliklar ilmiy-madaniy hayoti bilan yaqindan tanishadi. XX asr o‘zbek xalq ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida buyuk o‘zgarishlar, istiqlol, milliy mustaqillik uchun kurash asri bo‘lib kirib keldi. Istiqlol, mamlakat, xalq istiqboli qayg‘usi ta’lim-tarbiyaning tub mohiyatini belgilab berdi. O‘z ijodini XIX asrning so‘nggi o‘n yillarida boshlagan. XX asr boshlari ijtimoiysiyosiy, ma’naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan istiqlol fidoyilari avlodi yetishib chiqdi. Jadidchilik harakati deb nom olgan, mamlakat, xalq mustaqilligi uchun kurashgan bu mutafakkirlar, birinchi navbatda maorifni tubdan o‘zgartirish, millatni maorif sari, istiqlol sari undash shiori bilan chiqdilar. Mutafakkir Is’hoqxon Ibrat faoliyat ko‘lamining kengligi , Vatan, xalq istiqboli uchun jon fidoiyligi bilan nomlari tilga olinganlar orasida e’tiborli o‘rinni olishga loyiq edi. Is’hoqxon Ibrat publisistika janrida qalam tebratdi va hajm, mazmun, mavzu e’tibori bilan diqqatga sazovor publisistik maqolalar, she’rlar yaratdi. Uning maqolalari 45 dan ortiq bo‘lib, shulardan 35 tasi “Turkiston viloyatining gazetasi” sahifalarida bosilgan. Is’hoqxon Ibrat publisistikaning asosini ma’rifatparvarlik g‘oyalari tashkil qiladi. U dastlabki maqolalaridan boshlab mehnatkash xalq boshidagi og‘ir mustamlaka zulmini fosh etishga, xalqni ma’nan uyg‘otishga harakat qildi. Shuning uchun ham har bir “usuli savtiya”, “usuli jadid” maktablarining ochilishi va bu maktablar uchun darsliklar va qo‘llanmalar yaratilishi buyuk fidoyilik na’munasi edi. Ilg‘or pedagoglar XIX asr oxiri XXasr boshlariga kelib zamon talablariga javob bera oladigan, davrning ilg‘or fan yutuqlari bilan qurollangan “usuli savtiya”-“usuli jadid” maktablarini vujudga keltira boshladilar, xotin-qizlarni ma’rifat nuridan bahramand qilsih g‘oyalari bilan chiqdilar, bu g‘oyalarni o‘z amaliy faoliyatlatlariga ham tadbiq qildilar. Davr o‘tishi bilan ma’rifatparvarlik g‘oyasining doirasi kengaydi, yangi-yangi fikrlar kashf etdi. Ma’rifatparvar pedagog Is’hoqxon Ibrat “usuli savtiya” maktablarini olqishlabgina qolmay, ularni eski ta’lim tarbiya “usuli qadim” tizimi tarafdorlaridan,

mutaassiblardan qattiq turib himoya qildi. Is’hoqxon Ibrat jamiyatning ravnaqi, istiqbolini belgilovchi kasb sifatida muallimlar faoliyatiga butun ma’naviy hayotini, umrini bag‘ishladi. 1902-yilda To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida rus-tuzem maktabi ochildi. Lekin bu maktabdan cho‘chigan yerli aholi o‘z farzandlarini o‘qishga bermaydi. Mana shunday sharoitda Is’hoqxon Ibrat ma’rifat kuychisi sifatida birinchilar qatori o‘z o‘g‘li Abbosxonni rus-tuzem maktabiga o‘qishga berdi. Is’hoqxon Ibrat ilg‘or pedagoglar guruhi orasida birinchi bo‘lib 1914-yilda To‘raqo‘rg‘onda rus maktabi ochdi va uni “Учитель” nomi bilan atadi.[6, 99] Bu maktabda To‘raqo‘rg‘onda va qo‘shni qishloqlardan 30 nafar o‘quvchi 1916- yilgacha tahsil ko‘rdi. Ibrat bu maktabga rus o‘qituvchilarini ham jalb qildi. Maktab 1916-yilda general-gubernatorlik ma’muriyati ruxsatisiz ochilgani uchun yopildi. Is’hoqxon Ibrat o‘zining ilg‘or g‘oyalaridan, maslagidan bir qadam ham chekinmadi. Har qanday og‘ir sharoitda ham o‘zining ma’rifatparvarlik faoliyatini davom ettirdi. Zamondoshi Ibrohim Davron guvohlik berishicha, Is’hoqxon Ibrat aqli komil inson sifatida, “dunyoning sonsiz mehnat va anduhlarindin va guruhi kajraftor ta’nalaridin bir zarra qadar o‘lsada, ranjish hosil etmadi”[7]. Is’hoqxon Ibrat ilmiy-adabiy va amaliy faoliyatida yetakchi g‘oya ma’rifatparvarlikdir. Is’hoqxon ma’rifatparvarligining tub mag‘zi shundaki, uning xoh ilm ma’rifatga chorlovchi she’rlarida, xoh publisistik, xoh ilmiy asarlarida, xoh amaliy faoliyatida bo‘lsin, inson taqdiri birinchi o‘rinda turadi. Yuqorida amalga oshirilgan tadqiqot natijalaridan kelib chiqib quyidagi xulosalarga kelish mumkin: – Is’hoqxon xalqni ilm ma’rifatli, madaniyatli qilishda gazetaga alohida ahamiyat berdi. U o‘zi yashab turgan ijtimoiy hayotda yuz berayotgan eng dolzarb, muhim masalalarni ko‘tarib chiqdi. – Dunyoning ijtimoiy voqea-hodisalarining, fan-texnikaning rivojlanish manbai sifatida dunyoviy fan va madaniyatni tushundi. – U o‘z xalqining farovon hayotga, vatanning yuksak taraqqiyotiga erishishini chin qalbdan orzu qildi. Ibrat ma’rifatparvarligining yuksak g‘oyalar bilan sug‘orilgan xalqining, vataning porloq kelajagiga zo‘r ishonch bilan qaradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –Toshkent: O’zbekiston, 2017.
  2. A.Ubaydulloh va boshqalar. Namangan tumanining o‘tmishi va buguni. Toshkent: Universitet, 1996.
  3. Mirzaliyev E. Matbaai Is’hoqiya // Xalq irodasi. -1998.-29 iyun.
  4. Xalilbekov A. Namangan adabiy gulshani. Namangan, 2007.
  5. Qosimov B. va boshqalar. Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Ma’naviyat, 2004.
  6. Hasanboyeva O. Pedagogika tarixidan xrestomaniya. – Toshkent: O‘qituvchi, 1993.
  7. Dolimov U. Istiqlol fidoyilari. – Toshkent: Sharq, 1994.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011160
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/137
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
80–84
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25