NAMANGANDAGI MULLA QIRG‘IZ MADRASASI TARIXI
El‘Youssef Azmeks shocked them.University of Business and Science oliy ta‘lim muassasasi tadqiqotchisi.2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 191–195
Annotatsiya
Ushbu maqolada Namangan shahrining Chorsu maydonida joylashgan Mulla Qirg‘iz madrasasining tarixiy va me‘moriy ahamiyati yoritib berilgan. Mazkur madrasa 1910–1912-yillar oralig‘ida mahalliy homiy va me‘mor Mulla Qirg‘iz Mashrabboy o‘g‘li tomonidan o‘z mablag‘i hisobiga barpo etilgan. Maqolada madrasaning qurilishi, arxitekturasi hamda mintaqaning ma‘naviy hayotida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu obidaning tarixiy meros sifatidagi ahamiyati va uni asrash masalalariga ham e‘tibor qaratilgan.
Boshqa tillarda
ruschaИСТОРИЯ МЕДРЕСЕ МУЛЛА-КИРГИЗ В НАМАНГАНЕ
В данной статье освещается историческое и архитектурное значение медресе Мулла-Киргиз, расположенного на площади Чорсу в городе Наманган. Это медресе было построено в 1910–1912 годах на средства местного мецената и зодчего Муллы Киргиза Машраббоя угли. В статье рассматриваются история строительства, архитектурные особенности медресе, а также его роль в духовной жизни региона. Особое внимание уделяется значимости объекта как историко-культурного наследия и вопросам его сохранения.
inglizchaTHE HISTORY OF THE MULLA QIRG‘IZ MADRASA IN NAMANGAN
This article explores the historical and architectural significance of the Mulla Qirg‘iz madrasa, located in the Chorsu square of Namangan city. The madrasa was constructed between 1910 and 1912 with the personal funds of local patron and architect Mulla Qirg‘iz Mashrabboy ogli. The article examines the construction history, architectural features, and the role of the madrasa in the spiritual life of the region. Special attention is given to its value as a historical heritage site and issues related to its preservation.
Kalit so‘zlar
- Mulla Qirg‘iz madrasasi
- Namangan
- Chorsu maydoni
- me‘moriy obida
- Mulla Qirg‘iz Mashrabboy o‘g‘li
- tarixiy meros
- arxitektura
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
NAMANGANDAGI MULLA QIRG’IZ MADRASASI TARIXI Il’yosov A’zamxon Saidmahmudovich. University of Business and Science oliy ta’lim muassasasi tadqiqotchisi.
Annotatsiya. Ushbu maqolada Namangan shahrining Chorsu maydonida joylashgan Mulla Qirg'iz madrasasining tarixiy va me’moriy ahamiyati yoritib berilgan. Mazkur madrasa 1910–1912-yillar oralig‘ida mahalliy homiy va me’mor Mulla Qirg'iz Mashrabboy o‘g‘li tomonidan o‘z mablag‘i hisobiga barpo etilgan. Maqolada madrasaning qurilishi, arxitekturasi hamda mintaqaning ma’naviy hayotida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu obidaning tarixiy meros sifatidagi ahamiyati va uni asrash masalalariga ham e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar. Mulla Qirg'iz madrasasi, Namangan, Chorsu maydoni, me’moriy obida, Mulla Qirg'iz Mashrabboy o‘g‘li, tarixiy meros, arxitektura.
ИСТОРИЯ МЕДРЕСЕ МУЛЛА-КИРГИЗ В НАМАНГАНЕ Аннотация. В данной статье освещается историческое и архитектурное значение медресе Мулла-Киргиз, расположенного на площади Чорсу в городе Наманган. Это медресе было построено в 1910–1912 годах на средства местного мецената и зодчего Муллы Киргиза Машраббоя угли. В статье рассматриваются история строительства, архитектурные особенности медресе, а также его роль в духовной жизни региона. Особое внимание уделяется значимости объекта как историко-культурного наследия и вопросам его сохранения. Ключевые слова. Медресе Мулла-Киргиз, Наманган, площадь Чорсу, архитектурный памятник, Мулла Киргиз Машраббой угли, историческое наследие, архитектура.
THE HISTORY OF THE MULLA QIRG'IZ MADRASA IN NAMANGAN Abstract. This article explores the historical and architectural significance of the Mulla Qirg'iz madrasa, located in the Chorsu square of Namangan city. The madrasa was constructed between 1910 and 1912 with the personal funds of local patron and architect Mulla Qirg'iz Mashrabboy ogli. The article examines the construction history, architectural features, and the role of the madrasa in the spiritual life of the region. Special attention is given to its value as a historical heritage site and issues related to its preservation. Keywords. Mulla Qirg'iz madrasa, Namangan, Chorsu square, architectural monument, Mulla Qirg'iz Mashrabboy ogli, historical heritage, architecture.
Mulla Qirg'iz madrasasi Namangan shahrining Chorsu maydonidagi me`morchilik obidasi bo`lib, u 1910-1912- yillarda usta Mulla Qirg'iz Mashrabboy o`g'li mablag'i hisobiga barpo etilgan [1. 71]. Madrasa binosi tarxda notekis besh qirrali ko`rinishga ega bo`lib, uning bunday shaklda loyihalanishiga u joylashgan er maydoni notekisligi sabab bo`lgan. Yodgorlikning bosh fasadi ikki qavatli, qolgan qismi esa bir qavatli qilib qurilgan. Hovliga kirilgach, o`ng tomonida gumbazli darsxona hamda masjid joylashgan. Madrasa binosini bezatishda asosiy e`tibor bosh fasadga qaratilib, u ikki qavatli qilib, o`rtasida baland va ko`rkam peshtoq, uning ikki yonida ikki qavatli ravoqli hujralar, burchagida esa aylana shaklidagi guldastalar tartibli joylashtirilgan. Peshtoq timpani, yarim sakkiz qirrali ravoq ichi, guldastalari turli rangdagi koshinlar bilan bezatilgan. Peshtoq ravog'i ichiga esa: “Zabarjat toqu zag oltin bila bu xat yozilmishdir. Karam ahlining ehsonidan o`zga qolmagay boqiy”. Ya`ni, “Har kim o`zi ketsa ham, uning ehsoni abadiy qoladi”. Uning yoniga esa: “Boniy Mulla Qirg'iz ibn Mashrabboy tijoriy. Usta Mulla Qirg'iz ibn Ibroximboy me`moriy” ya`ni Mulla Qirg'iz Mashrabboy savdogar o`g'li. Usta Mulla Qirg'iz Ibroximboy me`morning o`g'li” deb, madrasani qurdirgan odamning nomi hamda me`mori qayd etilgan. Peshtoq yuzasi hamda uning ichiga choksiz qilib terilgan sirkorlik usuli qo`llanilgan bo`lib, u Farg'ona vodiysi yodgorliklariga xos bo`lgan oq, zangori, havorang, sariq, ko`k va och ko`k rangdagi koshinlarni tashkil etadi [2. 75]. Ayniqsa, madrasaning o`ng tomonida joylashgan darsxona hamda masjidning qurilish usuli, tashqi hamda ichki me`moriy ko`rinishi diqqatga sazovordir. Ular ustiga bahaybat gumbazlar ishlanib, gumbazlar ustiga esa, xona ichkarisiga yorug'lik tushib turishi uchun hashtaklar o`rnatilgan. Ularni hovli fasad devorlari yuqorisiga hamda gumbaztag ostiga g'ishtlardan bo`rttirib arabiy yozuvda Qur'on oyatlari kufiy uslubda bitilgan [3. 59]. Mulla Qirg'iz madrasasining tiklanishida Mirzadadavoy va Toshboltaboy degan ustalar tomonidan tayyorlangan to`g'ri burchak shaklidagi g'ishtlar ishlatilgan bo`lsa, madrasa peshtoqiga yopishtirilgan barcha koshinlarni Mulla Mamasidiq,
Abdurahmon, Abduqahhor va Mamadali kulollar yodgorlik hovlisida xumdon qurib pishirib tayyorlaganlar. Tarixiy manbalarga, arxiv fotosuratlariga, nuroniy qariyalarning bergan ma`lumotlariga qaraganda, o`z davrida madrasa tevarak-atrofida ko`plab me`moriy inshootlar: madrasa, masjid, karvonsaroy, hammom, minora, savdo rastalari, hovuz, maqbara va boshqa ko`plab obidalar mavjud bo`lgan. XX asrning 30- yillarida boshlangan yodgorliklarga qarshi kurash, mamlakatdagi siyosiy ahvol shaharni qayta tiklash, zilzilalar va boshqa turli sabablarga ko`ra, Mulla Qirg'iz madrasasi ro`parasidagi ko`p gumbazli mahobatli madrasa binosi butkul buzib tashlandi. Keyinchalik esa, madrasa binosiga qarashli va unga tutash bo`lgan vaqf hovli, hammom, hovuz, minora, masjidlar turli idora va tashkilotlarga foydalanish uchun berib yuborildi. Ulardan to`g'ri foydalanmaslik, o`zboshimchalik bilan qo`shimcha qurilishlar, o`zgartirishlar qilish uzoq vaqt mobaynida qarovsiz holda yotishi natijasida yaroqsiz holga kelib qolgan bu yodgorliklarning ba`zilari buzib tashlandi, qolganlari esa yarim vayrona holga keldi. Madrasa hovlisidagi sardoba esa shu yillari buzib tashlandi [4. 79]. Andijon temir yo`li qurilishi munosabati bilan Namangan viloyatida mahsulot bozorini kengaytirish maqsadida Paxta tozalash zavodlari qurilishi keskin ko`payib bordi. 1903- yilga kelib, Namangan va uning atrofidagi tumanlarda 16 ta paxta tozalash zavodlari qurildi. Shunday zavodlardan birining xo`jayini Mulla Qirg'iz Mashrabboy o`g'li bo`lgan. O`sha paytlarda badavlat kishilar, katta mulk egalari, amaldorlar, savdogarlar o`z mablag'lariga masjid, madrasa, ko`prik kabi turli-tuman binolar bunyod ettirganlar. Mulla Qirg'iz Mashrabboy o`g'li aslida O`sh viloyati, Aravon tumanidan Namanganga kelib qolgan bo`lib, o`sha yillari Namanganda yirik paxta tozalash zavodi xo`jayini va shu bilan birga, katta er hamda mulk egasiga aylangan edi. U savobli ish qilishni mahalliy xalq orasida katta hurmatga, obro`- e`tiborga erishishni niyat qilib biron bir ko`zga ko`rinarli ish qilish maqsadida o`ziga yaqin kishilardan bo`lmish Mullaboy hoji, Mulla Qozoqoxun, Qozoqboyvachcha, Otakarvon va Mulla Madamin Oxunlar bilan yig'ilishib, maslahat tarzida kengash
o`tkazib, madrasa qurmoqchi ekanligini aytadi. Ma`lumki, bu fikr o`z yaqinlariga ma`qul bo`ladi. Madrasa shaxsan usta Mulla Qirg'izning chizgan loyihasiga asosan qurilgan bo`lib, Chorsu maydonidagi hozir buzib tashlangan “Ayritosh-(t)” masjidi yonida qo`sh ko`rinishida joylashadi. Madrasani qurgan me`mor usta Mulla Qirg'iz Namangan shahrining Mag'zum eshon mahallasidagi xonadonlardan birida usta Ibrohim oilasida 1846- yilda tug'ilgan. Ungacha tug'ilgan farzandlarining hammasi nobud bo`lavergach, ota-onasi unga ko`z tegmasin degan maqsadda Qirg'iz deb ism qo`yishadi. Usta Qirg'izning bobosi va otasi ham taniqli ustalar bo`lishiga qaramay, Qirg'izboyni Ismatullo Oxund degan taniqli me`morga shogirdlikka beradilar. Qirg'izboy yoshligidanoq bir so`zlik, serg'ayrat edi. 15-16 yoshlaridanoq binokorlik kasbi sirlarini o`rganish bilan diniy va dunyoviy ilmlarni ham o`zlashtirgan. Mulla Qirg'iz me`mor Ismatullo Oxund bilan turli imoratlar qurishda qatnashib, xalq me`morlari asrlar davomida erishgan yutuqlari, ajoyib me`moriy obidalarni qurilish uslubini qunt bilan o`rgandi. U ko`pchilik o`zbek ustalari kabi quriladigan bino tarhini chizib, shu asosda zarur qurilish materiallari va qancha ishchi kuchi zarurligini hisoblab aniqlar, binokorlik chizmalarini yaxshi bilgani uchun osonlik bilan murakkab me`moriy obidalar loyihasini yaratar edi. U qurgan gumbazli binolar odatda qulay, mustahkam, ko`rkam va arzon, ichkari xonalari esa yorug'hamda qulay bo`lgan. Bunday binolar qurish san`atini uning shogirdlari hamon davom ettirib kelmoqdalar. Shuning uchun ham usta qo`li bilan qad ko`targan arxitektura yodgorliklari hamon xal-qimizga xizmat qilib kelmoqda. Usta Mulla Qirg'iz charxi gumbaz, balxi gumbaz, chortark gumbaz, chorkunjak qobirg'ali, “Mirzoy”, “Shalg'amiy” kabi gumbazlarning tuzilish konstruktiv xususiyatlarini, gumbaz ostidagi ravoq, gajak va hoshiyalarning o`rni va turlarini amalda qo`llagan [5. 78]. U Farg'ona vodiysidagi me`morchilik uslubining eng yirik vakillaridan biri, me`mor san`atining murakkab qurilish texnika sirlarini X1X asr oxiri XX asr
boshlarida keng ommaga tatbiq qilgan binokor usta, gumbazlar bog'lashda, ganchkor bezaklar ishlashda juda mashhur ijrochi bo`lgan. Mulla Qirg'iz yoshi ulg'aygan chog'ida ham ilm olish, izlanishni tark etmadi, mumtoz adabiyot sarchashmalaridan doim bahramand bo`lib, undan zavq-shavq ruhiy quvvat olib, kishilarni hayratga soladigan ulug'vor me`moriy obidalar yaratdi. Uzun qish kechalari usta tengdoshlari, qadrdonlari, ukalari, o`g'illari, shogirdlari hamda o`ziga yaqin kishilar bilan birga Firdavsiyning “Shohnoma” asarini mutolaa qilar, ul zotning mehmonxonalarida o`tadigan Mashrabxonlik, Bedilxonlik kechasiga yaqin atrof qishloq hamda shahardagi o`qimishli kishilar, shoirlar va mashhur ulamolar ham taklif qilinar edi. Mahalliy aholi orasida usta Mulla Qirg'izning mahorati haqida ko`pdan ko`p afsonalar yuradi. Shulardan biri madrasa qurilishi jarayonidagi tushlik paytida usta Mulla Qirg'iz choy ichib o`tirib, o`z shogirdlaridan birining devor ko`tarayotganini zimdan kuzata turib, shogird terayotgan g'ishtining joyini topaolmay qiynalayotganini darrov sezadi. Shogirdi terayotgan devordan ma`lum bir uzoqlikda o`tirgan usta, o`tirgan joyidan ko`tarilayotgan devor tarafga g'ishtini ustalik bilan otadi, g'isht esa to`ppa-to`g'ri borib o`z joyiga o`rnashib qoladi. Usta Qirg'iz o`z ishining mohir ustasi sifatida xalq orasida mehr hurmat va obro`ga ega bo`lgan. Uning yuksak ijod mahsuli bo`lgan Mulla Qirg'iz madrasasining ajralib turishi o`zining me`moriy tarh echimi, tashqi va ichki ko`rinishi bilan boshqa madrasalardan tubdan farq qilishidadir. Mulla Qirg'iz ayni kuchga to`lib, qurilish sir-asrorlarini egallagan o`sha davrda Farg'ona vodiysida qurilayotgan deyarli barcha madrasa, masjid, maqbara, minora, hammom va boshqa obidalar qurilishiga taklif etishar, maslahatlar olib, loyihalar chizdirishar edi. Uning ijod mahsuli hisoblanmish Namangan shahridagi “Atoulloxon” masjidi o`zining me`moriy tuzilishi, gumbazning umumiy hajmi, qurilish uslubi bilan boshqa shaharlardagi obidalardan aslo qolishmaydi. Usta yaratgan Namangandagi “Mulla Qirg'iz”, To`raqo`rg'ondagi “G'oyibnazar Qozi” madrasasi, Chust shahridagi “Mavlono Lutfillo” me`moriy ansambli tarkibiga kiruvchi minora, masjid va maqbaralari, Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi
“Otaqo`zi” madrasasi, unga yaqin erda joylashgan hammom binosi va boshqa biz o`rganmagan, bilgan va bilmagan ko`plab obidalarning har qaysisi o`z tarixiga ega. Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, shu kunlarda Mulla Qirg'iz madrasasi qurilish tarixini, me`morchilik uslubini o`rganishda bir qator tadqiqotchi olimlar samarali izlanishlar olib borishmoqdalar. Jumladan: Iskandar Azimovning “Farg'ona vodiysini arxitektura yodgorliklari”, Umarxon Samatovning “Usta Qirg'iz izlari, izdoshlari” nomli risolalarida obida haqida qimmatli va o`ta muhim ma`lumotlar berilgan. Mulla Qirg'iz madrasasining o`ta nafis did, hamda zo`r mahorat bilan milliy me`morchilik uslubida qurilganligi, uning an`anaviyligi bilan emas, balki bino o`rni, tabiiy sharoitga qarab loyihalanishi, tarx echimining o`ziga xosligi bilan diqqatga sazovorligi me`morning yuksak mahorat mahsuli desa bo`ladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- “Ўзбекистон: ислом обидалари”, Тошкент, “Ўзбекистон” нашриёти, 2002. – Б. 71.
- “Ўзбекистон: ислом обидалари”, Тошкент, “Ўзбекистон” нашриёти, 2002.- Б. 75.
- Нозилов Д. Халқ меъморчилиги. – Т., 1982. – Б. 59.
- “Ўзбекистон: ислом обидалари”, Тошкент, “Ўзбекистон” нашриёти, 2002. – Б. 79.
- “Ўзбекистон: ислом обидалари”, Тошкент, “Ўзбекистон” нашриёти, 2002. – Б. 78.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011176
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/153
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 191–195
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25