FARG‘ONA VODIYSI VILOYATLARINING II JAHON URUSHI YILLARIDAGI TARIXINI YORITISHDA MATBUOT MATERIALLARINING AHAMIYATI
Akbarov Rakhmatillo Murtozali ogluNamangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, Tarix fanlari bo‘yicha PhD2025
Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 76–80
Annotatsiya
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysida 1941 – 1945-yillarda nashr qilingan gazetalarning Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining urush yillaridagi tarixini yoritishdagi manbaviy ahamiyati tahlil qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaЗНАЧЕНИЕ МАТЕРИАЛОВ ПЕЧАТИ В ОСВЕЩЕНИИ ИСТОРИИ РЕГИОНОВ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ В ГОДЫ ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЫ
В статье анализируется источниковедческая ценность газет, издававшихся в Ферганской долине в 1941-1945 годах, в освещении истории Ферганской, Андижанской и Наманганской областей в годы войны.
inglizchaTHE IMPORTANCE OF PRESS MATERIALS IN COVERING THE HISTORY OF THE FERGANA VALLEY REGIONS DURING WORLD WAR II
This article analyzes the source value of newspapers published in the Fergana Valley between 1941 and 1945 in covering the history of the Fergana, Andijan, and Namangan regions during the war years.
Kalit so‘zlar
- Ikkinchi jahon urushi
- Ikkinchi jahon urushi matbuoti
- Kommuna gazetasi
- Kommunist gazetasi
- Stalin haqiqati gazetasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
FARG‘ONA VODIYSI VILOYATLARINING II JAHON URUSHI YILLARIDAGI TARIXINI YORITISHDA MATBUOT MATERIALLARINING AHAMIYATI
THE IMPORTANCE OF PRESS MATERIALS IN COVERING THE HISTORY OF THE FERGANA VALLEY REGIONS IN THE YEARS OF WORLD WAR II
ЗНАЧЕНИЕ МАТЕРИАЛОВ ПРЕССЫ В ОСВЕЩЕНИИ ИСТОРИИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ В ГОДЫ ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЫ
Akbarov Raxmatillo Murtozali o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, Tarix fanlari bo‘yicha PhD E-mail: Saidakbar01@mail.ru Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya. Mazkur maqolada Farg’ona vodiysida 1941 – 1945-yillarda nashr qilingan gazetalarning Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlarining urush yillaridagi tarixini yoritishdagi manbaviy ahamiyati tahlil qilingan. Abstract. This article analyzes the source importance of newspapers published in the Fergana Valley from 1941 to 1945 in covering the history of the Fergana, Andijan and Namangan regions in the war years. Аннотация. В данной статье анализируется ресурсное значение газет, издававшихся в Ферганской долине в 1941-1945 гг. в освещении истории Ферганской, Андижанской и Наманганской областей в годы войны. Kalit so‘zlar. Ikkinchi jahon urushi, Ikkinchi jahon urushi matbuoti, Kommuna gazetasi, Kommunist gazetasi, Stalin haqiqati gazetasi. Keywords. World War II, World War II press, Commune newspaper, Communist newspaper, Stalin Truth newspaper. Ключевые слова. Вторая мировая война, пресса Второй мировой войны, газета "Коммуна", газета "Коммунист", газета "сталинская правда".
Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli va keng ko‘lamli harbiy to‘qnashuvlardan biri bo‘lib, uning ta’siri butun dunyo bo‘ylab haligacha sezilmoqda. Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada butun O‘zbekiston, xususan, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining salmoqli hissasi bor. Mazkur viloyatlarning front va frontortidagi jang va mehnat sohasida ko‘rsatgan qahramonlik tarixini chuqur o‘rganishda matbuot materiallari bebaho manba sifatida xizmat qiladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Farg‘ona oblastida “Kommunizm”, Andijon oblastida “Kommuna”, Namangan oblastida “Stalin haqiqati” gazetalari faoliyat
yuritgan. Bundan tashqari mazkur viloyatlarda rayon gazetalari ham faoliyat yuritgan. Jumladan: Farg‘ona oblasti bo‘yicha: Oltiariqda – “Ilgariga”, Bog‘dotda – “Avangard”, Kaganovich (hozirgi O‘zbekiston tumani)da – “G‘alaba”, Qo‘qonda – “Yangi Farg‘ona”, Kirov (hozirgi Beshariq)da – “Kommunizm yo‘li”, Quvada – “Lenin yo‘li”, Kuybishev (hozirgi Rishton)da – “Paxta uchun”, Marg‘ilonda – “Marg‘ilon haqiqati”, Molotov (hozirgi Uchko‘prik)da – “Kolxoz udarnigi”, Toshloqda – “Sovet paxtachisi”, Frunze (hozirgi Dang‘ara)da – “Kommunizm yo‘li” [1]; Andijon oblasti bo‘yicha: Oyim rayonida – “Bolshevik kolxozlar uchun”, Baliqchida – “Paxta g‘alabasi”, Oltinko‘lda – “Bolshevik kolxozlar uchun”, Voroshilov (hozirgi Qo‘rg‘ontepa)da – “Paxta uchun kurash”, Jalaquduqda – “Uchqun”, Izboskanda – “Bolshevik”, Lenin rayoni (hozirgi Asaka)da – “Leninchi”, Marhamatda – “Stalinchilar ovozi”, Paxtaobodda – “Bolshevik surati”, Stalin rayoni (hozirgi Shahrixon)da – “Stalinchi”, Xo‘jabodda – “Bolshevik kolxozlar uchun” [2]; Namangan oblasti bo‘yicha: Kosonsoyda – “Stalinchi”, Norinda – “Paxtachi”, Popda – “Kolxoz yo‘li”, To‘raqo‘rg‘onda – “Xosilot uchun”, Uychida – “Sotsializm uchun”, Uchqo‘rg‘onda – “Stalin yo‘li”, Chustda – “Stalin yo‘li”, Yangiqo‘rg‘onda – “Lenin yo‘lidan”[3] nomida rayon gazetalari nashr qilingan. Namangan oblasti Kosonsoy rayonidagi O‘rta To‘qay (Kosonsoy) suv ombori qurilishining markaziy agitatsiya punkti ham qurilishda ming sentnerchilar harakatini rivojlantirish uchun “Stalincha qurilish” nomli devoriy gazetani muntazam ravishda chiqarib turgan [4]. Namangan oblastida paxtachilik ishidagi kamchiliklarni tugatish uchun “Stalin haqiqati” tahririyati tomonidan 1945-yil boshida “Paxta uchun” nomli sayyor gazeta tashkil etilgan. Gazetaning birinchi soni dala ishlarida ortda qolayotgan Uchqo‘rg‘on rayonida chiqarilgan. Unda ayrim orqada qolayotgan brigadalarni tanqid qilingan, unumli ishlayotgan eng yaxshi taraktorchilarning ish tajribalari yoritilgan [5]. Respublikadagi barcha gazetalarning hammasi ham ijobiy faoliyat yuritmagan. Urush davrida gazetaning qon tomiri deya e’tirof etilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari bir xil darajada yo‘lga qo‘yilmagan. Ayniqsa, bu jarayon rayon gazetalarida ko‘zga tashlangan. Xususan, “Stalin haqiqati” gazetasining 1943-yil 14-yanvar sonida Namangan oblastidagi Yangiqo‘rg‘on rayonidan K. To‘raboyev muharrirligida chiqadigan “Lenin yo‘lidan” gazetasida targ‘ibot va tashviqot ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi ta’kidlanadi. Gazetada 1942-yil davomida targ‘ibot va tashviqot ishlariga bag‘ishlangan 2 ta oddiy maqola chiqarilgan xolos [6]. Kolxozchilarning tajribalari ommalashtirishga qaratilgan bitta ham maqola chop etilmagan. Ikkinchi jahon urushi yillarida nashr qilingan gazetalarda berilgan materiallarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: – sovet informatsion byurosi xabarlari – dushman ustidan qozonilgan g‘alaba yohud mag‘lubiyat, egallangan hudud, o‘lja qilib olingan qurol-aslaha, buyumlar, asirlar soni va boshqalar haqidagi xabarlar; – Oliy bosh qo‘mondon buyruqlari, qonunlar va hukumat qarorlari; – Xorijiy mamlakatlarda yuz berayotgan voqealar;
– qishloq xo‘jaligidagi yutuq va kamchiliklar – urush ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari paxta, qand lavlagi, g‘alla, tamaki va boshqa ekinlarni yetishtirishdagi erishilayotgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar haqidagi tanqidiy maqolalar; – mahalliy resurslardan foydalanish masalasi – urush sharoitlari tufayli O‘zbekistonga keltiriladigan mahsulotlarni to‘xtab qolishi, oziq-ovqat resurslarini Qizil Armiya uchun qaratilishi natijasida sanoatda yetishmayotgan mahsulotlar va oziq-ovqat bazasini ko‘paytirish uchun mahalliy imkoniyatlardan unumli foydalanish borasidagi xabarlar; – gazetalar sahifalarida harbiy sohaga oid ma’lumotlar va jangohlardagi qahramonliklarga alohida o‘rin ajratilgan. Xususan, bevosita harbiy qurollarni ishlatish va ularning jangovar imkoniyatlari, tankga qarshi jang olib borish taktikasi va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, jangchilar tili bilan yozilgan jang tajribalari; – qishloq xo‘jaligiga oid bilimlar: ekinlarni ekish vaqti, unga ishlov berish, xosildorligini oshirishga qaratilgan bilimlar qishloq xo‘jaligi olimlari, ilmiy xodimlar va mutaxassis agronomlarning ilmiy xulosalari; – sanoatlashtirishga oid xabarlar – O‘zbekistonda qurilgan yangi sanoat korxonalar, belgilangan rejalarning bajara olmayotgan yoki oshirib bajargan korxonalar haqidagi ma’lumotlar; – madaniy hayotga oid xabarlar – respublikadagi teatr jamoalarining faoliyati va repertuarlari, g‘alaba uchun xizmat qiladigan hikoya va Felyetonlar, she’rlar; – har xil e’lonlar va reklamalar. Ikkinchi jahon urushi yillaridagi gazetalarda davlat muassasalari va aholining mudofa fondini mustahkamlash uchun ko‘rsatgan moddiy ko‘magi to‘g‘risida ko‘plab materiallar chop etilgan. Xususan, “Stalin haqiqati” gazetasining 1941-yil 5-avgustdagi “Mudofaa fondiga”, 6-avgustdagi “Xalq tashabbusi”, “Zayom pullari tez to‘lanmoqda”, “Bizni maqsadimiz – dushman ustidan g‘alaba qozonishdir”, 13- avgustdagi “Mudofaa fondiga”, “Vatanparvarlik namunasi”, “Kolxozchilarning birdamligi”, “Armiyamiz qudratini oshiramiz”, 17-avgustdagi “Vatanparvarlar” va shu kabi maqolalar shular jumlasiga kiradi. Urush yillaridagi gazeta materiallarining yana bir muhim jihati qishloq xo‘jaligi, sanoat va xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xotin-qizlarning salmog‘i va rolini yoritishning muhim o‘rin egallashidir. Misol uchun, “Stalin haqiqati” gazetasining 1941-yil 185-sonida “Qizjuvonlardan mehanizatsiya kadrlari tayyorlanmoqda” sarlavhali maqolada Namangan oblastidan frontga ketgan traktorchi erkaklar o‘rnini xotin-qizlar hisobiga to‘ldirish masalasi haqida muhim ma’lumotlar beriladi. Bunnga ko‘ra, urush boshlanganidan so‘ng ilgari traktorchi bo‘lib ishlagan Qumrixon G‘oyibova, Mamadaliyeva, Badalova singari 45 nafar xotin-qizlar traktorchilikka qaytarilgan. Xotin-qizlar asosiy ishlaridan ajralmagan holda MTSlarda tashkil etilgan 3 oylik kurslarda o‘qitilgan. Chustdagi mehanizatsiya maktabida ochilgan 2 oylik kursda 102 nafar, 6 oylik kursda 63 nafar xotin-qiz jalb etilgani, Namangan qishloq xo‘jaligi texnukumida esa 2 oylik traktorchilar tayyorlangani xabari beriladi [7]. Gazetaning 1941-yil 8-avgustdagi “Xotin-qizlardan malakali kadrlar”, 9-avgustdagi “Ayollar tayyorligi” kabi maqolalarda ham shu kabi muhim ma’lumotlar uchraydi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida amalga oshirilgan irrigatsiya va melioratsiya ishlari to‘g‘risida ham gazeta sahifalarida ko‘plab materiallar uchraydi. 1941-yil 24- avgust sonida “Momoxon kollektor qurilishi”, 1-noyabr sonida Kosonsoy tumanidagi O‘rta to‘qay suv ombori to‘g‘risidagi “Qurilish kolxozchilari o‘rtasida ko‘tarilish” kabi maqolalar shular jumlasidandir. Amalga oshirilgan tadqiqot natijalaridan kelib chiqib quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Ikkinchi jahon urushi yillarida matbuot tizimida front gazetalari vujudga keldi hamda front orti matbuoti urush ehtiyojlaridan kelib chiqib qayta tashkil etildi. Urush yillarida bir tomondan fashistlarning kuchli g‘oyaviy kurashiga qarshi tura olish, ikkinchi tomondan sovet hukumatidan hafsalasi pir bo‘lgan Ittifoq xalqlarini dushmanga qarshi birlashtirish uchun kuchli matbuot tizimini yarata oldi. Bu borada o‘zbek matbuoti ham katta o‘rin tutdi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- Ўз МА, Р-1619-фонд, 11-рўйхат, 883-иш, 2 – 3-варақлар.
- Ўз МА, Р-1619-фонд, 11-рўйхат, 883-иш, 4 – 5-варақлар.
- Ўз МА, Р-1619-фонд, 11-рўйхат, 883-иш, 3 – 4-варақлар.
- Маҳмудов Б. Сув омбори қурилишида сиёсий агитация // Сталин ҳақиқати. – №.1 (2140). 1942, 1 январь.
- “Сталин ҳақиқати” редакцияси “Пахта учун” деган сайёр газета ташкил этди // Сталин ҳақиқати. – №.70 (3321). 1945, 7 апрель.
- Агитация ишларини унутган газета // Сталин ҳақиқати. – №.11 (2452). 1943, 14 январь.
- Хайров А. Қиз-жувонлардан меҳанизация кадрлари тайёрланмоқда // Сталин ҳақиқати. – №. 185 (2012), 1941, 6 август.
- Akbarov Rahmatillo Murtozali O‘G‘Li, . (2023). COVERAGE OF THEATER ACTIVITIES IN UZBEK NATIONAL PRESS DURING WORLD WAR II. International Journal Of History And Political Sciences, 3(06), 21–28. https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue06-0510.37547/ijhps/volume03issue06-05
- Акбаров, Р. (2023). Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek milliy matbuotida sog‘liqni saqlash masalasi. История и культура центральной Азии, 1(1), 485–490. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-culture/article/view/17209
- Акбаров, Р. (2023). Вопрос электрификации Узбекистана в годы Второй мировой войны (по данным узбекской национальной прессы). Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 443–455. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16527
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011159
- Nashr sanasi
- 2025-09-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
- Jild
- 1
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/136
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 76–80
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25