Asosiy mazmunga o‘tish

SHAMSIDDIN SOMIYNING “QOMUS UL-A‘LOM” ENSIKLOPEDIYASIDA FARG‘ONA VODIYSINING XIX ASRGA OID MA‘LUMOTLAR TAHLILI

Mansurov Isroiljon Gafur ogluTuran International University Gumanitar fanlar va pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 152–157

Annotatsiya

Tadqiqotda “Qomus ul-a‘lom” ensiklopediya orqali Farg‘ona vodiysida joylashgan shaharlarning XIX asrdagi hududi hamda ijtimoiy hayoti haqida ma‘lumotlar taqdim etadi. Shu bilan birga bu davrdagi iqlim holati, aholisi haqida ham tahlillar mavjud.

Boshqa tillarda

ruschaАНАЛИЗ СВЕДЕНИЙ О ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ XIX В. В ЭНЦИКЛОПЕДИИ ШАМСИДДИНА СОМИЯ «КОМУС УЛ-АЛОМ»

В исследовании представлены сведения о территории и общественной жизни городов, расположенных в Ферганской долине в XIX веке посредством энциклопедии «Комус ул-Аълом». В то же время проводится анализ климата и населения в этот период.

inglizchaANALYSIS OF INFORMATION ABOUT THE FERGANA VALLEY IN THE 19TH CENTURY IN SHAMSIDDIN SOMIY‘S ENCYCLOPEDIA "QOMUS UL-A‘LOM"

The study provides information about the territory and social life of cities located in the Fergana Valley in the 19th century through the encyclopedia "Qomus ul-A‘lom". At the same time, there is an analysis of the climate and population of this period.

Kalit so‘zlar

  • Farg‘ona viloyati
  • Andijon
  • Qo‘qon
  • Marg‘ilon
  • Namangan
  • Sayhun

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

SHAMSIDDIN SOMIYNING “QOMUS UL-A’LOM” ENSIKLOPEDIYASIDA FARG‘ONA VODIYSINING XIX ASRGA OID MA’LUMOTLAR TAHLILI

ANALYSIS OF INFORMATION ABOUT THE FERGANA VALLEY IN THE 19TH CENTURY IN SHAMSIDDIN SOMIY'S ENCYCLOPEDIA "QOMUS UL-A'LOM"

АНАЛИЗ СВЕДЕНИЙ О ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ XIX В. В ЭНЦИКЛОПЕДИИ ШАМСИДДИНА СОМИЯ «КОМУС УЛ-АЛОМ»

Mansurov Isroiljon G‘ofur o‘g‘li Turan International University Gumanitar fanlar va pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi e-mail: isroilmansurov12@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya. Tadqiqotda “Qomus ul-a’lom” ensiklopediya orqali Farg‘ona vodiysida joylashgan shaharlarning XIX asrdagi hududi hamda ijtimoiy hayoti haqida ma’lumotlar taqdim etadi. Shu bilan birga bu davrdagi iqlim holati, aholisi haqida ham tahlillar mavjud. Abstract The study provides information about the territory and social life of cities located in the Fergana Valley in the 19th century through the encyclopedia "Qomus ul-A'lom". At the same time, there is an analysis of the climate and population of this period. Аннотация В исследовании представлены сведения о территории и общественной жизни городов, расположенных в Ферганской долине в XIX веке посредством энциклопедии «Комус ул-Аълом». В то же время проводится анализ климата и населения в этот период. Kalit so‘zlar Farg‘ona viloyati, Andijon, Qo‘qon, Marg‘ilon, Namangan, Sayhun. Keywords Fergana region, Andijan, Kokand, Margilan, Namangan, Sayhun. Ключевые слова Ферганская область, Андижан, Коканд, Маргилан, Наманган, Сайхун.

Farg‘ona viloyati Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyodagi kichik bir hududi bo‘lib, ruslar ta’siridan oldin Qo‘qon xonligi hududi bo‘lgan. Farg‘ona viloyati shimoli-sharqiy tarafdan Semirichensk bilan, shimoli-g‘arbiy tarafdan Sirdaryo yohud yarim Turkiston viloyatlari bilan, g‘arbi-janubiy tarafdan Buxoro xonligi bilan, janubdan Pomir mustaqil yerlari bilan, janubi-sharqiy tarafdan esa Xitoyga qarashli Sharqiy Turkiston viloyati bilan ya’ni eski Qoshg‘ar xonligi bilan o‘ralib chegaralangandir. Umumiy maydoni 73.113 kv.km [1, 3393]. Farg‘onaning yerlari balandlik bo‘lib, shimol va janub tarafdan katta Oloy tizmasi ulangan ikkita tizma tog‘lar davom etadi, shimoldagisi Chutkal hozirgi Chotqol tog‘i va janub tarafdagi Oloy tog‘lari. Ikkinchisining balandliklari 5000 metrdan yuqori. Bu ikki tizma tog‘larning orasidagi Sayhun vodiysi bo‘lib, u yerlarda Norin nomi olgan bu irmoq Farg‘onani sharqdan g‘arbga o‘tib, o‘ng va chapidan bir qancha soylar qo‘shilib, ancha kattalashgandan so‘ng Farg‘onadan

chiqib Toshkent tekislariga tushar. Farg‘ona ichidan o‘ngdan asosiy quyiluvchilar: Uzun Ahmad va Qozonsuv, chapdan Tar, Qorakulcha, Yassi soylaridan iborat Qoradaryo. Oqbo‘ri, Iskijan, Isfriyon, Shohmardon, So‘x va Isfara daryolaridir. Bulardan ko‘pchiligining suvlari faqat qishda Sirdaryo(Sayhun)ga ulanib, yozda aholi tomonidan kanallar bilan yerlani sug‘orishda foydalaniladi. Bu suvlar bilan mamlakatning qumloq yerlari ekin maydonlari bilan bog‘lar holatiga keladi. Alalxusus, Sayhun(Sirdaryo) bilan Qoradaryo orasida bir joy bo‘lib, ikki suv orasi nomini olgan boshqacha bog‘ko‘rinishadadir. Isfara bilan So‘x daryolarining orasida bir ikkinchi qism yer tashkil etilgan. Birinchisidek go‘zal bo‘lmasa-da, obhavosi mo‘tadil, ekinlar va hayvonlar yetishtirish uchun qulayroq. Obod yerning uchinchi qismi ham bor. Shimol, sharq va janub tomoni togʻetaklaridan iborat boʻlib, yaylov va oʻrmonlarga toʻla. Bir-biridan qumli va toshloq unumsiz joylar bilan ajralib turadigan bu uch qismda uch millatli aholi yashaydi. Birinchi qismda o‘zbeklar, ikkinchi qismda tojiklar, uchinchi qismda qora qirg‘izlar. Qora qalpoqlar, lo‘lilar, turk qabilalari va boshqa ba’zi ko'chmanchilar ham Sayhun qirg‘oqlarida va boshqa joylarda o‘z chodirlarini quradilar [2, 3393]. Farg‘onaning havosi xilma-xil bo‘lib, tog‘lari qishda qorli va bahorda va yozda yomg‘irlarning ko‘pligidan uzun o‘tlar bilan qoplangan bo‘lib, bu yerlarning havosi doimo biroz sovuk, shamollari shiddatlidir. Tekislik va chuqurlik yerlarida, shuningdek Sayhun(Sirdayo) vodiysida yoz issig‘i juda yuqori bo‘lib, havo harorati 40 ºCgacha chiqqani kabi, qishi ham juda sovuq va shamollar bilan esar, havo harorati -15 ºC va ba’zan -20 va -25 ºCgacha tushar. Qo‘qonda bu davrda barobar havo juda quruq. Tus shaharchasida yozning issiq shamoli qum zarralarini olib kelib, bir necha kunlar davomida quyosh ko‘rinmay qoladi. Faqat tog‘etaklarida, shamollar ta’sirida qolgan vodiy va tog‘yonbag‘irlarida yozda ham, qishda ham havo mo‘tadil bo‘lib, bular mamlakatning eng go‘zal va obod joylaridir. Sayhun(Sirdaryo) vodiysi baland bo‘yli o‘tlar va qamishlar bilan qoplangan bo‘lib, boshqa taraflarining pasttekisliklarida va tekis yerlarida terak, tol, chinor, qayrag‘och va boshqa daraxtlar bilan olma, nok, shaftoli, oʻrik, pista, bodom, anjir, anor va mevali daraxtlari juda ko‘p. O‘n olti navdagi shirin uzum bilan juda katta va totli qovunlar ham hosil berar. Bug‘doy, arpa va boshqa boshoqli ekinlardan sholi, paxta, beda va boshqalar ham ko‘p yetishtiriladi. Hatto shirin donalarni chiqaradigan supurgining bir turi ham shunchalik ko‘p o‘sadiki, otliq unga berkinadigan darajada uzun. Shimol tarafidagi tog‘larda uzun qarag‘ay o‘rmonlari bor. Ham ko‘p. Hayvonlari ko‘p va turlari chiroyli bo‘lib, qo‘y, echki, sigirlari katta. Sutlari xushta’m va lazzatli. Qorabayir deb nomlangan zotli baland otlari tekisliklarga, kichik jismga ega bo‘lgan qirg‘iz otlari tog‘ga mos keladi. Qo‘ylari katta va dumli, ya’ni bizning karaman deb atalgan zotimizga mansub. Qushlari va yovvoyi hayvonlarining turlari ko‘p bo‘lib, suv qushlari ham ko‘pdir. Tog‘larda kiyiklarning turlari ko‘p. Farg‘ona tog‘larida temir, qoʻrgʻoshin, kumush, oltingugurt, koʻmir, billur va boshqa foydali qazilmalar bor. Andijon shahrida juda yaxshi neft quduqlari va issiq mineral suvlar mavjud. Ruslar eski Marg‘ilon shaharchasidan 15 kilometrlik masofada Yangi Marg‘ilon nomli bir shaharcha ta’sis etib, viloyat markazi etib belgilandi. Farg‘onani 7 ta tuman yoki sanjoqqa boʻlishdi: Qo‘qon, Marg‘ilon, Vodil, O‘sh, Andijon,

Namangan, Tus. Eng katta tuman Andijan, eng ahamiyatli tuman Marg‘ilon shaharchasidir. Viloyatning markazi bo‘lgan Marg‘ilon Toshkentdan 237 kilometr janubisharqda, Qoʻqondan 65 kilometr sharqi-janubda va ShohiMardan daryosi boʻyida joylashgan shahar. Havosi toza, goʻzal uzumzorlari va bogʻlari, tuya juni va nafis ipakdan tayyorlangan nafis matolar mavjud. U devorlar bilan o‘ralgan, 12 ta darvoza va bir qancha qadimiy yodgorliklarga ega[3, 3264]. Hukumat binolari va rus mahallalari shahardan 16 kilometr janubda tashkil etilgan bo‘lsa-da, bu yangi Marg‘inon va eski Marg‘inon o‘rtasidagi masofa binolar bilan to‘ldirilmoqda va oxir-oqibat ikkalasi birlashadi. Yevropaliklar tomonidan Marghilan nomi bilan atalganligi sababli, bu nomda tilga olingan bo‘lsa ham, uning to‘g‘ri imlosi Marg‘ilon[4, 3264]. Eng katta tuman bo‘lgan Andijon Qo‘qondan 40 kilometr sharqda va Sayhun(Sirdaryo) daryosi irmog‘ining chap sohilida joylashgan bo‘lib, zamonasida Farg‘onaning markazi bo‘lgan va Umarshayx Mirzo ibn Bobur tarafidan bir muddat poytaxt qilingan. Shahar atrofi ko‘p bog‘va bog‘chalar bilan o‘ralgan bo‘lib, mevalari mashhurdir. Sifatli ipak ko‘p chiqar va aholisi ba’zi paxta matolarini tayyorlashadi. Andijon tumaniga qarashli Asaka 5º9'8’’ sharqiy kenglik va 40º38'5’’ shimoliy uzunlikda joylashgan kichik bir shahar [5, 420]. Shaxrixon ham Andijon tumaniga qarashli bir shahar bo‘lib, Qo‘qondan 100 kilometr sharqi-shimoliy qismida bo‘lib, Sayhun(Sirdaryo) suv yo‘lidan 35 kilometr masofadadir. Shahrixon pasttekislikdagi shahar bo‘lib, bundan 1824-yillar Qo‘qon amiri Umarxon tarafidan zarur yerda tashkil etilgan. Qashg‘ar xitoylar tomonidan qo‘lga kiritilgandan so‘ng 80.000 Qoshg‘ar muhojiri kelib, vatan qilib, o‘z o‘zidan kengayib, rivojlanib ketgan[6, 2888]. Qo‘qon shahri Toshkentdan 167 kilometr janubi-sharqida va Sayhun(Sirdaryo)ga tegishli Qorasuv daryosi sohilida bo‘lib, 31º 38' shimoliy kenglik bilan 68º 26' 48'' sharqiy uzunlikda joylashgan. Eski shaharcha bo‘lsa-da, so‘nggi asrlarda markaz kasb etib, butun Farg‘onaning markazi va mustaqil bir xonlikning poytaxti bo‘ldi. 1292-hijriy yilda ruslar xonlarning oxiri bo‘lgan Xudoyorxonni mag‘lub etib, Farg‘ona o‘lkasi bilan barobar Qo‘qonni ham zabt etib, boshqa bir viloyat shaklida Farg‘onaga markaz qilishsa-da, undan so‘ng markazni Marg‘ilon shaharchasiga ko‘chirishdi. Qo‘qon go‘zal shahar bo‘lib, keng va toza ko‘chalari, mukammal bozori, go‘zal jome’larning sharifi bilan boshqa binolari, go‘zal ko‘prigi, qimmatli toshlari, kiyimlar va gazlamalar va ko‘p sanoat mollari bo‘lgan savdosi bor[7, 2066]. Viloyat tarkibiga kirgan yana bir shahar Namangan Qo‘qondan 80 kilometr shimol-sharqda bo‘lib, Sirdaryo vodiysining yuqori tomonidadir. Tuman markazi bu shahar mustahkam bo‘lib, yaqinlarida turli mevali daraxt bog‘lari, neft va ko‘mir madanlari bordir[8, 4600]. Namangan tumaniga qarashli Koson (yohud Kesan) Qo‘qondan 85 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Sayhun(Sirdaryo)ga quyiladigan Koson nomli bir soy atrofida joylashgan bir shahar bo‘lib, atrofida bir qal’asi, serhosil va go‘zal yerlari bor[9, 3808].

Farg‘ona viloyatining 800.000 aholisi bor. Aholisi o‘zbek, tojik, qirg‘iz, qoraqalpoq va lo‘lilardan tarkib topgan bo‘lib, rus, afg‘on, hind, qoshg‘ariy kabi ba’zi boshqa millat vakillari ham bor. Ko‘pchilik sartlar bo‘lib, o‘zbeklar bilan tojiklarning aralashuvi va nikohlaridan dunyoga kelganlardir. Hatto, ko‘chmanchilikdan o‘troqlashgan o‘zbek va qoraqirg‘izlarga ham bu nom beriladi. Tojiklar bilan nikohlanishdan mo‘g‘ul siymoli shaklini ham olgan. Tojiklar asl eroniyliklar bo‘lib, bir guruhlari mamlakatning qadimiy aholisidandir. Bularning ichida moviy ko‘zli , sariq sochli bo‘lib, asosan kashtan ranglilardir[10, 3394]. Tojiklarning bir qismi o‘zbeklar Erondan olib keltirilgan asirlarining avlodlari, bir qismi esa turli davrlarda mamlakatga kelib o‘rnashib qolgan eronlik muhojirlarning avlodlaridir. O‘zbeklarning bir qismi hozirgi vaqtda ko‘chmanchi bo‘lib, bir qismi o‘rnashib, dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlagan bo‘lsa-da, eski odatlarini unutmagan, bog‘-u dalalarida tikkan chodirlarida kun kechirmoqda. Qirg‘iz xalqi tog‘larda yolg‘izlikda yashab, cho‘ponlik va chorvachilik bilan mashg‘uldirlar. Ular faqat qishda pastroq joylarga tushishga majbur bo‘lishadi. Bular juda jasur va mohir otliqlardir. Qoraqalpoqlar tinch va osoyishta bo‘lib, Sirdaryo vodiysida istiqomat qilishadi[11, 3395]. Fargʻonaning asosiy shahar va shaharlari hamda uy-joylar, doʻkonlar, masjidlar, madrasalar va maktablar soni quyidagicha:

Jome’ va Madrasa va Shahar Xonadonlar Do‘konlar masjidlar maktablar Qo‘qon 10.000 2.000 300 140 Marg‘ilon 6.000 1.000 300 90 Andijon 4.000 1.000 200 66 Namangan 4.000 1.000 200 100 O‘zgand 1.000 100 10 24 Baliqchi 1.000 100 50 13 Marg‘ilonda 26 ming aholi istiqomat qilgan. Aholis savdo-sotiq hamda dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Ko‘pgina ulamolar va boshqa olimlarning kelib chiqishi shu yerdan bo‘lgan[12, 3264]. Katta shaharlaridan biri Qo‘qonning 35.000 aholisi bor. Katta bozori, go‘zal jome’larning binolari, go‘zal ko‘prigi, qimmatli toshlari, kiyimlar va gazlamalar va ko‘p sanoat mollari bo‘lgan savdosi bor. Viloyatning yana bir shahri hisoblangan Namangan shahrining 16000 aholisi, chorsuni o‘rab olgan 1000 ta do‘koni, paxta tola fabrikalari, yilliga 300000 dan oshiq qo‘ylar sotilgan gavjum hayvon bozori mavjud. Butun u taraf aholilarining tijorat markazi bo‘lib, mahalliy va sanoat mahsulotlarini daryoda kemalarga ortadilar. Ruslar tarafidan bosib olish asnosida, tub aholisi xonavayron bo‘lib, bir islom mahallasi binosi, zamonaviy bir rus mahallasi tashkil bo‘lmoqda. Namangan tumanining Koson shahrida esa 10.000 aholi istiqomat qiladi. Shaharda muhtasham masjidi, juda gavjum bozori, atrofida bir qal’asi, serhosil va go‘zal yerlari, Sad pir nomli mashhur ulamolarning xaroba mozori bor. Juda eski bir shahar bo‘lib, juda ko‘p mashhur ulamolarning vatani hisoblanadi. Yoqut Hamaviy o‘z zamonida turkiylar gʻalabasi bilan vayron boʻlganini aytganini hisobga olsak,

undan so‘ng qayta tiklangani tushuniladi. Uning hozirgi aholisi Eronning shimoliy tomondan kelib chiqqan tojik jinsiga mansub va ular fors tilini yaxshi bilishadi.

XULOSA Ensiklopediya XIX asr-XX asr boshlarida yozilishiga qaramay, Farg‘ona vodiysining ning XIX asr ikkinchi yarmi tarixi haqida ham atroflicha ma’lumot bergan. E’tiborli tarafi shundaki ma’lumotlarning qaytarilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Maqolalar birlashtirilsa umumiy bir tavsif taqdim etilgan. Shu bilan birga, ma’lumot qaytarilishi lozim bo‘lgan qismga avvalgi taqdim qilingan maqolaning nomi ilova sifatida yozib o‘tilgan. XIX asrda Farg‘ona hududida yuzaga kelgan ma’muriy birliklar ham alohida ta’kidlanib, bu haqida dastlabki umumiy ma’lumotlar ko‘rsatilgan. Aholi soni, etnik tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga oid ma’lumotlar aniq sonlar misolida berilgan.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar12 ta adabiyot

  1. Şemseddin Sami. Kâmûsu’l-alam. Istanbul: Mihran, 1896. V C.
  2. Şemseddin Sami. Kâmûsu’l-alam. Istanbul: Mihran, 1896. V C.
  3. Şemseddin Sami. Kâmûsu’l-alam. Istanbul: Mihran, 1896. V C.
  4. Şemseddin Sami. Kâmûsu’l-alam. Istanbul: Mihran, 1896. V C.
  5. Şemseddin Sami. Kâmûsu’l-alam. Istanbul: Mihran, 1889. I C.
  6. Şemseddin Sami. Kâmûsu’l-alam. Istanbul: Mihran, 1894. IV C.
  7. Şemseddin Sami. Kâmûsu’l-alam. Istanbul: Mihran, 1891. III C.
  8. Şemseddin Sami. Kâmûsu’l-alam. Istanbul: Mihran, 1894. VI C.
  9. Şemseddin Sami. Kâmûsu’l-alam. Istanbul: Mihran, 1894. IV C.
  10. Şemseddin Sami. Kâmûsu’l-alam. Istanbul: Mihran, 1896. V C.
  11. Şemseddin Sami. Kâmûsu’l-alam. Istanbul: Mihran, 1896. V C.
  12. Şemseddin Sami. Kâmûsu’l-alam. Istanbul: Mihran, 1896. V C.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011170
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/147
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
152–157
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25