Asosiy mazmunga o‘tish

IJODKOR ZIYOLILAR VA MADANIY-MA‘RIFIY MUASSASALARNING DUSHMAN USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABAGA QO‘SHGAN HISSASI

Vakhobov Dostanbek Abdumannob o‘g‘liUniversity of Business and Science, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 165–170

Annotatsiya

Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida ijodkor ziyolilar va madaniy-ma‘rifiy muassasalarning front ortida olib borgan faoliyati yoritiladi. Jumladan, ularning xalq orasida ruhiy ko‘tarinkilikni saqlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash va dushmanga qarshi kurashda madaniy-ma‘naviy frontni mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Farg‘ona vodiysi shaharlaridagi ijodiy va ma‘rifiy hayot misolida bu jarayonning xususiyatlari ochib beriladi.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ ТВОРЧЕСКОЙ ИНТЕЛЛИГЕНЦИИ И КУЛЬТУРНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ В ДОСТИЖЕНИИ ПОБЕДЫ НАД ВРАГОМ

В данной статье освещается деятельность творческой интеллигенции и культурно-просветительных учреждений в тылу в годы Второй мировой войны. Особое внимание уделяется их роли в поддержании морального духа среди населения, укреплении патриотических чувств и культурно-духовного фронта в борьбе против врага. На примере городов Ферганской долины раскрываются особенности культурной и просветительской жизни в этот период.

inglizchaTHE ROLE OF CREATIVE INTELLECTUALS AND CULTURAL-EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN ACHIEVING VICTORY OVER THE ENEMY

This article explores the activities of creative intellectuals and cultural-educational institutions on the home front during World War II. It highlights their role in maintaining public morale, fostering patriotic sentiments, and strengthening the cultural and spiritual front in the struggle against the enemy. The study examines these dynamics through the example of cities in the Fergana Valley, revealing the specific features of cultural and educational life during the war period.

Kalit so‘zlar

  • Ijodkor ziyolilar
  • madaniy-ma‘rifiy muassasalar
  • Ikkinchi jahon urushi
  • Farg‘ona vodiysi
  • ruhiy ko‘tarinkilik
  • ma‘naviy front
  • vatanparvarlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

IJODKOR ZIYOLILAR VA MADANIY-MA’RIFIY MUASSASALARNING DUSHMAN USTIDAN QOZONILGAN GʻALABAGA QOʻSHGAN HISSASI

THE ROLE OF CREATIVE INTELLECTUALS AND CULTURALEDUCATIONAL INSTITUTIONS IN ACHIEVING VICTORY OVER THE ENEMY

РОЛЬ ТВОРЧЕСКОЙ ИНТЕЛЛИГЕНЦИИ И КУЛЬТУРНОПРОСВЕТИТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ В ДОСТИЖЕНИИ ПОБЕДЫ НАД ВРАГОМ

Vaxobov Dostanbek Abdumannob o‘g‘li University of Business and Science, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.

Annotatsiya. Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida ijodkor ziyolilar va madaniy-ma’rifiy muassasalarning front ortida olib borgan faoliyati yoritiladi. Jumladan, ularning xalq orasida ruhiy ko‘tarinkilikni saqlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash va dushmanga qarshi kurashda madaniy-ma’naviy frontni mustahkamlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Farg‘ona vodiysi shaharlaridagi ijodiy va ma’rifiy hayot misolida bu jarayonning xususiyatlari ochib beriladi. Kalit so‘zlar. Ijodkor ziyolilar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, Ikkinchi jahon urushi, Farg‘ona vodiysi, ruhiy ko‘tarinkilik, ma’naviy front, vatanparvarlik. Аннотация. В данной статье освещается деятельность творческой интеллигенции и культурнопросветительных учреждений в тылу в годы Второй мировой войны. Особое внимание уделяется их роли в поддержании морального духа среди населения, укреплении патриотических чувств и культурно-духовного фронта в борьбе против врага. На примере городов Ферганской долины раскрываются особенности культурной и просветительской жизни в этот период. Ключевые слова. Творческая интеллигенция, культурно-просветительные учреждения, Вторая мировая война, Ферганская долина, моральный дух, духовный фронт, патриотизм. Annotation. This article explores the activities of creative intellectuals and cultural-educational institutions on the home front during World War II. It highlights their role in maintaining public morale, fostering patriotic sentiments, and strengthening the cultural and spiritual front in the struggle against the enemy. The study examines these dynamics through the example of cities in the Fergana Valley, revealing the specific features of cultural and educational life during the war period. Keywords. Creative intellectuals, cultural and educational institutions, World War II, Fergana Valley, public morale, spiritual front, patriotism. Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng mudhish va halokatli urushlardan biri sifatida nafaqat harbiy, balki siyosiy, iqtisodiy va madaniy jabhalarda ham keng qamrovli ta’sirga ega bo‘lgan. Urush maydonlaridagi g‘alabani ta’minlashda front orqasidagi mehnatkashlar, ziyolilar va madaniy-ma’rifiy muassasalarning tutgan

oʻrni alohida ahamiyatga ega. Xususan, Oʻzbekistonda, jumladan Fargʻona viloyatida madaniyat va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan faoliyatlar urush sharoitida jamiyat ongini shakllantirish, aholi ruhiyatini koʻtarish va umummilliy birdamlikni ta’minlashda muhim omil boʻlib xizmat qilgan. Mazkur maqolada Fargʻona viloyati misolida urush davridagi madaniyma’rifiy jarayonlar, xususan adabiyot, teatr, tasviriy san’at, kutubxona va kino ishi, ommaviy axborot vositalari hamda madaniy muassasalarning ijtimoiy-psixologik va g’oyaviy vazifalarni qanday amalga oshirganligi ilmiy tahlil etiladi. Shu bilan birga, evakuatsiya qilingan ijodkorlar va mahalliy ziyolilar oʻrtasidagi ijodiy hamkorlik, ularning ma’naviy-madaniy frontdagi ishtiroki koʻrib chiqiladi. Urush yillarida Oʻzbekistonda oʻzbek yozuvchilari va shoirlarining ijodiy salohiyati toʻla kuch bilan namoyon boʻldi. Hamid Alimjon, Sabir Abdulla, Gʻafur Gʻulom, Aibek, Uyghun, A. Qahhor, M. Shayxzoda, P. Tursun, Zulfiyа kabi koʻplab iste’dod sohiblari milliy adabiyot xazinasiga munosib hissa qoʻshdilar. Urush davrida turli millat vakillaridan iborat yozuvchilar oʻrtasidagi ijodiy hamkorlik yanada mustahkamlandi. Farg‘ona viloyatida urush yillarida adabiyotga ancha yillar avval kirib kelgan bir qator sovet yozuvchilari faoliyat olib borgandilar. Ular qatorida filologiya fanlari doktori, G‘arb Yevropa adabiyoti tarixi bo‘yicha mutaxassis Abarbanel, shoir va tarjimon Bobrov kabi adiblar bor edi [1. 13]. Farg‘ona viloyati yozuvchi va shoirlari Qizil Armiya askarlarining qahramonliklariga bag‘ishlangan asarlar yaratib, vatanga muhabbat va dushmanga nisbatan nafrat ruhini targ‘ib qildilar. 1942-yil may oyining ikkinchi yarmida Farg‘onada yozuvchilarning tashkilotchilik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda ijodiy rejalar muhokama qilindi [2. 24]. Buyuk vatan urushi voqealari yozuvchilarga ilhom manbai bo‘lib xizmat qildi. Ikkinchi jahon urushi o‘zbek adabiyotining yetishganlik darajasini sinovdan o‘tkazdi. O‘zbek yozuvchilari ushbu sinovni sharaf bilan engib o‘tdilar. Yozuvchilar faqatgina urush voqealarini aks ettiruvchi asarlar yaratish bilan cheklanib qolmadilar. Ular mehnatkashlarni tarbiyalash, adabiy kechalar uyushtirish, ishchilar, kolxozchilar va ziyolilar oldida ma’ruzalar qilish orqali ham faol ish olib bordilar. Aholi o‘rtasidagi tashviqot va targ‘ibot ishlarida rassomlar ham muhim o‘rin tutdilar. Bu davrda viloyatda 15 nafar rassom faoliyat yuritgan [3. 7]. Urush yillarida Farg‘onada Sovet Ittifoqining taniqli rassomlari — V.I. Kozlinskiy, M.S. Rodionov, E.M. Rodionova, E.V. Ausberg, M.M. Knore, N.S. Birmanlar faoliyat ko‘rsatgan [4. 13]. Urush davrida Farg’ona viloyati tumanlarida 7 ta rassomlar brigadasi ishlab, qizil choyxonalar va targ’ibotpunktlarni bezash bilan shug‘ullangan [5. 24]. Viloyat rassomlar uyushmasi tuzilgan, 2300 ta plakat nashr etilgan, sanoat va qishloq xo‘jaligining ilg‘or namoyandalari portretlari va urush mavzusidagi ko‘rgazmalar tashkil etilgan [6. 14]. Farg‘ona viloyat tarixiy-o’lkashunoslik muzeyida rassomlar faol ishtiroki asosida urushlar tarixiga bag‘ishlangan maxsus stend-vitrena tashkil etildi. Shuningdek, “Farg‘ona viloyati Buyuk Vatan urushi davrida” nomli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmaning 6-bo‘limi sanoat va qishloq xo‘jaligi faoliyati, shuningdek,

mehnatkashlarning Qizil Armiya bilan bog‘liq vatanparvarlik g‘amxo‘rligini yoritib berdi [7. 1]. Urush yillarida tasviriy san’at va badiiy adabiyot bilan bir qatorda teatr san’ati ham katta rivoj topdi. Urush boshlangan paytda viloyatda 5 ta teatr truppasi faoliyat yuritgan. Ularning 2 tasi shahar teatri, 2 tasi qishloq teatri va 1 tasi esa bolalar teatri bo’lgan [8. 12]. Urushning dastlabki davrida viloyatga evakuatsiya qilingan teatr jamoalari keltirilgan. Farg‘ona shaxriga — Taras Shevchenko nomidagi Ukraina dramatik teatri va Moskva teatri, Qo‘qon shaxrigaga — Maksim Gor‘kiy nomidagi Rostov teatri hamda K.S. Stanislavskiy nomidagi davlat opera-dramatik studiyasi joylashtirildi [9. 66]. Mazkur teatr jamoalari mehnatkashlar va mahalliy ziyolilar tomonidan samimiy va iliq qabul qilindi [10. 27]. Teatrlarning kelishi viloyatning madaniy hayotida muhim siyosiy ahamiyatga ega voqea bo‘ldi va unda tub o‘zgarishlarni boshlab berdi. Teatr jamoalari o‘z faoliyatlarini urush sharoitiga mos ravishda qayta qurdi va asosiy mavzular sifatida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishlarini tanladilar. Ular tomonidan K. Yashinning “Nemis bosqinchilariga o‘lim”, S. Abdulllaning “Qo‘chqor Turdiyev”, Uyqunning “Jazo” asarlari sahnalashtirildi. Farg‘ona viloyatining A.M. Gor‘kiy nomidagi teatri repertuarini o‘zbek tiliga tarjima qilingan bir qator asarlar bilan boyitdi. Jumladan, Bender va Yusupovning “Leytenantlar”, K. Trenevning “Muhabbat Yarovaya” asarlari va boshqa pyesalar sahnalashtirildi [11. 31]. Teatr jamoalari ko'plab chiqishlar bilan qishloq xo'jaligi hududlariga, dalalardagi stansiyalarga borib, aholi ongiga va qalbiga kuchli ta'sir ko'rsata oldilar. Bu davrda viloatda 5 ta kontsert-estrada jamoasi tashkil etildi [12. 8]. 1943-yil davomida Farg'ona va Qo'qon teatrlari jami 1034 ta spektakl namoyish etdilar [13. 65]. Farg'ona viloyatida madaniy-ma'rifiy ishlarning samarali tashkil etilishida kutubxonalar, klublar, madaniyat uylar va qizil choyxonalar muhim o'rin tutgan. 1944-yilda viloyatda 3 ta madaniyat uyi, 17 ta klub, 21 ta tuman va 82 ta qishloq kutubxonasi, 12 ta sayyor o'qish xonalari, 7 ta “qizil burchak”, 316 ta qizil choyhona, 7 ta shahar kutubxonasi faoliyat yuritar edi [14. 8]. Ushbu muassasalarda 6,5 mingdan ortiq tashviqotchilardan iborat 831 ta jamoa tashkil qilingan bo'lib, ular rejali va tizimli ishlar olib borishgan. Shuningdek, 18 ta ko'chma kutubxona aholi xizmatiga ko'rsatilgan [15. 21]. Viloyatdagi yirik madaniy markazlardan biri — Farg'ona viloyat kutubxonasi bo’lgan. Kutubxona 300 mingdan ortiq kitob fondga ega bo'lib, urush mavzusiga bag'ishlangan kitob-illlyustrativ ko'rgazmalar tashkil etgan. Shu bilan birga “Jangovar maydon — yagona front”, “Fashizm — madaniyat dushmani”, “Front qahramonlari” kabi mavzularda foto asarlar yaratildi. Kutubxonaning o'qish zalida har kuni siyosiy axborotlar, maslahatlashuvlar o'tkazilib, “Fashizmga qarshi kurashda partizanlar”, “Ayollar — Vatan urushida”, “Front she'riyati”, “Harbiy xizmatchilar oilalariga yordam” kabi mavzularda albom va to'plamlar tayyorlangan. Jihozlangan kutubxonalar, qizil choyxonalar, klublar mehnatkashlar tomonidan faol ravishda tashrif etilar edi. 1943-yilning birinchi yarmida viloyat kutubxonasi

o'qish zaliga 16 mingdan ortiq kishi tashrif buyurib, 28,6 mingta gazeta va 17,2 mingta kitob hamda jurnal mutoala qilingan [16. 67]. Bu davrda aholini kino xizmatlari bilan ta'minlash borasida ham keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Kino – ommabop va ta'sirchan san'at turi sifatida kolxoz, sovxozlar, dala ishlari payti va sanoat korxonalariyada ko'chma kinoapparatlar orqali namoyish etilgan. Viloyatdagi kinoteatrlar uzluksiz ishlab turgan. 1943-yilning 9 oyida ularga 1,2 milliondan ziyod tomoshabin tashrif etgan, shundan 197,5 ming nafari qishloq aholisi bo'lgan [17. 67]. Barcha kinoteatrlar va kinoapparatlar frontdagi qahramonliklar va orqa fonddagi mehnat ko'tarinkiligini aks ettiruvchi shiorlar, plakatlar, fotoko’razmalar bilan bezatilgan. Madaniy-ma'rifiy ishlarning umumiy tizimida radio va gazeta ham katta o'rin egallagan. Ular mahalliy va markaziy yangiliklarni ommaga yetkazib, korxonalar, kolxoz va sovxozlardagi faoliyat, dam olish kunlaridagi hasharlari, mudofaa fondiga homiylik ishlari, frontdan kelgan xabarlarni muntazam yorıtib borishgan. Urush yillarida viloyatda 35 ta radioselektor stantsiyasi [18. 1], 7015 ta radionuqta faoliyat yuritgan, shundan 3247 tasi qishloq joylarda joylashgan edi [19. 11]. Jamoaviy radiotinglash nuqtalari ko'p bo'lib, ular markaziy radiotarqatuv bilan bog'langan edi. Viloyatda 14 ta gazeta chop etilgan bo’lib ularning 2 tasi viloyat, 2 tasi shahar va 10 tasi tuman gazetalari edi [20. 122]. Farg'ona viloyati misolida ko'rib chiqilgan Ikkinchi jahon urushi yillaridagi madaniy-ma'rifiy faoliyat tahlili shuni ko'rsatadiki, urush sharoitida madaniyat va ma'rifat soxasi jamiyatdagi ijtimoiy birdamlikni ta'minlash, vatanparvarlik g'oyalarini shakllantirish va aholını harbiy-siyosiy mobilizatsiyaga jalb etishda hal qiluvchi rol o'ynagan. Adabiyot, teatr, tasviriy san'at, kitobxonlik, kino va ommaviy axborot vositalari orqali targ'ibot-tashviqot ishlarining samarali yo'lga qo'yilishi mehnatkashlar ongida urush g'alabasiga bo'lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qilgan. Farg'ona viloýatidagi kutubxona, klub va teatrlar, shuningdek, qizil chayxonalar, front orqasida xalq ongini siyosiy va ma'naviy jihatdan safarbar etishda multifunktsional platforma sifatida faoliyat ko'rsatgan. Ziyo'lar va madaniyat arboblari nafaqat ijodiy faoliyat, balki ijtimoiy-ma'rifiy va tashviqot ishlarida ham ishtirok etib, jamiyatning ma'naviy barqarorligini ta'minlashda muhim omilga aylangan. Urush davrida viloýatda tashkil etilgan madaniy tadbirlar, ko'rgazmalar, teatr tomoshalari va radiodasturlar fuqaronı ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga jalb qilishning samarali vositasi sifatida namoyon bo'lgan. Shu tariqa, Farg'ona viloýatidagi madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyati Ikkinchi jahon urushi davridagi milliy ruhni mustahkamlash, jamiyatning ichki konsolidatsiyasi va milliy madaniyatning barqarorligini ta'minlashda strategik ahamiyatga ega bo'lgan. Bu tajriba jahón tarixi kontekstida madaniy siyosatning urush davridagi funksiyalari va imkoniyatlarini chuqur o'rganish uchun muhim empirik asos bo'lib xizmat qilgan.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar20 ta adabiyot

  1. Ферганская правда. 1942 год, 13 сентябр.
  2. Ферганская правда. 1942 год, 24 июня.
  3. ФВДА. 1-фонд, 99-рўйҳат, 43-иш, 7-варақ.
  4. ЎзР МА. 2087-фонд, 1-рўйҳат, 98-иш, 13-варақ.
  5. Ферганская правда. 1944 год, 24 апрел.
  6. Ферганская правда. 1944 год, 14 июля.
  7. Ферганская правда. 1944 год, 1 август.
  8. ФВДА. 121-фонд, 4-рўйҳат, 237-иш, 12-варақ.
  9. ФВДА. 121-фонд, 8-рўйҳат, 4-иш, 66-варақ.
  10. Правда Востока. 1942 год, 27 декабря.
  11. Ферганская правда. 1941 год, 31 август.
  12. ФВДА. 1-фонд, 99-рўйҳат, 43-иш, 8-варақ.
  13. Вавилов Ф.И. Ферганская область в Великой отечественной войны. – Ташкент: Фан, 1988. – С. 65.
  14. ФВДА. 1-фонд, 99-рўйҳат, 43-иш, 8-варақ.
  15. Ферганская правда. 1944 год, 21 июня.
  16. Вавилов Ф.И. Ферганская область в Великой отечественной войны. – Ташкент: Фан, 1988. – С. 67.
  17. Вавилов Ф.И.... – С. 67.
  18. ФВДА. 1-фонд, 99-рўйҳат, 60-иш, 1-варақ.
  19. ФВДА. 1-фонд, 122-рўйҳат, 50-иш, 11-варақ.
  20. Узбекистан в годы Великой Отечественной войны. – С. 122.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011172
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/149
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
165–170
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25