Asosiy mazmunga o‘tish

O‘ZBEKISTONDA SOVET DAVRIDA YUQUMLI KASALLIKLARNI KELTIRIB CHIQARGAN OMILLAR

Nuritdinov Azizkhan Usmanovich.Uneversity of Business and Sciance ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 174–179

Annotatsiya

Jahon sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasining rivojlanishiga muayyan hududning iqlimi, tabiiy sharoiti, ekologiyasi, sifatli kommunal xizmatlar ko‘lami, toza ichimlik suvi va kanalizatsiya omillari jiddiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. Bularga , sanitariya-epidemiya ta‘minot holati , inson salomatligining 17-20 foizi iqlim va tabiiy sharoit bilan bog‘liq. Shaharlar sonining ko‘payishi kabi omillar, sanoat sektorining rivojlanishi, shuningdek, avtomobillar sonining ko‘payishi atrof-muhit havosining ifloslanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Boshqa tillarda

ruschaФАКТОРЫ ИНФЕКЦИОННЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ В СОВЕТСКИЙ ПЕРИОД

На развитие мирового здравоохранения и медицины существенное влияние оказывают такие факторы, как климат, природные условия, экология, объем качественных государственных услуг, чистая питьевая вода и санитария конкретного региона. К ним относится состояние санитарно-эпидемиологической безопасности, а здоровье человека на 17–20 процентов связано с климатом и природными условиями. Такие факторы, как рост числа городов, развитие промышленного сектора, а также увеличение количества автомобилей, оказывают негативное влияние на загрязнение атмосферного воздуха.

inglizchaFACTORS OF INFECTIOUS DISEASES IN UZBEKISTAN IN THE SOVIET PERIOD

The development of global health and medicine is significantly influenced by the climate, natural conditions, ecology of a particular region, the scope of quality public utilities, clean drinking water and sanitation. These include the state of sanitary and epidemiological security, 17-20% of human health is associated with climate and natural conditions. Factors such as the increase in the number of cities, the development of the industrial sector, as well as the increase in the number of cars have a negative impact on ambient air pollution.

Kalit so‘zlar

  • Atrof-muhit
  • sanitariya
  • ekologiya
  • zaharli pestitsidlar
  • mineral o‘g‘itlar
  • yuqumli kasalliklar
  • grbitsidlar
  • paxta monopoliyasi
  • axoli salomatligi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

O‘ZBEKISTONDA SOVET DAVRIDA YUQUMLI KASALLIKLARNI KELTIRIB CHIQARGAN OMILLAR

FACTORS OF INFECTIOUS DISEASES IN UZBEKISTAN IN THE SOVIET PERIOD

ФАКТОРЫ ИНФЕКЦИОННЫХ ЗАБОЛЕВАНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ В СОВЕТСКИЙ ПЕРИОД

Nuritdinov Azizxon Usmanovich. Uneversity of Business and Sciance ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi e-mail: nuritdinov2025@mail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya. Jahon sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasining rivojlanishiga muayyan hududning iqlimi, tabiiy sharoiti, ekologiyasi, sifatli kommunal xizmatlar ko‘lami, toza ichimlik suvi va kanalizatsiya omillari jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bularga , sanitariya-epidemiya ta’minot holati , inson salomatligining 17-20 foizi iqlim va tabiiy sharoit bilan bog‘liq. Shaharlar sonining ko‘payishi kabi omillar, sanoat sektorining rivojlanishi, shuningdek, avtomobillar sonining ko‘payishi atrofmuhit havosining ifloslanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Abstract. The development of global health and medicine is significantly influenced by the climate, natural conditions, ecology of a particular region, the scope of quality public utilities, clean drinking water and sanitation. These include the state of sanitary and epidemiological security, 17-20% of human health is associated with climate and natural conditions. Factors such as the increase in the number of cities, the development of the industrial sector, as well as the increase in the number of cars have a negative impact on ambient air pollution. Аннотация. На развитие мирового здравоохранения и медицины существенное влияние оказывают такие факторы, как климат, природные условия, экология, объем качественных государственных услуг, чистая питьевая вода и санитария конкретного региона. К ним относится состояние санитарно-эпидемиологической безопасности, а здоровье человека на 17–20 процентов связано с климатом и природными условиями. Такие факторы, как рост числа городов, развитие промышленного сектора, а также увеличение количества автомобилей, оказывают негативное влияние на загрязнение атмосферного воздуха. Kalit so‘zlar Atrof-muhit, sanitariya, ekologiya, zaharli pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar, yuqumli kasalliklar, ekologiya, grbitsidlar, paxta monopoliyasi, axoli salomatligi. Keywords. Environment, sanitation, ecology, toxic pesticides, mineral fertilizers, infectious diseases, ecology, herbicides, cotton monopoly, public health. Ключевые слова. Окружающая среда, санитария, экология, токсичные пестициды, минеральные удобрения, инфекционные заболевания, экология, гербициды, хлопковая монополия, общественное здравоохранение.

Ekologik muammolar va tabiatning ifloslanishi axoli salomatligini saqlash rivojiga kata to‘siq bo‘ldi. XVII- asrdan boshlab atrof-muxitda keng ko‘lamli salbiy o‘zgarishlar boshlangan bo‘lsa XX- asrga kelib ekologik tizimlarning 20 % vayron qilingan. XX- sarning II-yarmiga kelib koinot tizimining 63% qisman va to‘liq shikastlangan. Nufuzli xalqaro tashkilotlar bunday muammolarga qarshi kurashish uchun xarakat qilishdi. Stokgolmda 1972 yil 5 iyun kuni atmosfera havosi muammosiga bag‘ishlangan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon konferensiyasida 113 davlat vakillari ishtirok etdi. Konferensiyada ekologik yo‘naltirilgan ijtimoiy- iqtisodiy g‘oyalar ilgari surildi. Ushbu anjumanda 5- iyun Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni deb e‘lon qilindi. 1978 yil BMT Bosh Assambleyasida Jahon tabiatnimuhofaza qilish strategiyasi qabul qilindi. BMT tomonidan 1982-yilda Tabiatni muhofaza qilishning Umumjahon Xartiyasi qabul qilindi. Bu xartiyada tabiatni muhofaza qilish tamoyillari va uzoq yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlar belgilab berilgan edi. Rivojlangan gʻarb mamlakatlarida atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kuchli jamoatchilik harakatlarini yoʻlga qoʻydi, avvalo ekologik qonunlar qabul qilindi, ekologiya va rivojlanish masalalari bilan shugʻullanuvchi mingga yaqin tashkilotlar tuzildi. XXasrda global iqlim isishi inson hayoti uchun eng jiddiy tahdidlardan biriga aylandi. Dengiz sathi 17 dan ko‘proq pasaydi[1] XX asrning II-yarmidan boshlab Markaziy Osiyoda ekologik vaziyat yildanyilga yomonlashdi. Sovet hukumatining qoʻriq yerlarni oʻzlashtirish, paxta yakkahokimligini kuchaytirish borasidagi siyosati tufayli Oʻzbekiston tabiatida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Orol dengizining qurishi XX-asrning 60-yillarida boshlangan bo‘lib Irlandiya hududichalik qurigan yerdan millionlab tonna tuz, qum va chang ko‘tarilib, 500-700 km atrofga tarqab mintaqani zaharladi. Bu esa sog‘liqni saqlash sohasiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Paxta monopoliyasi yakkahokimligi siyosatidan keyin paxta maydonlari yildan yilga miqdori ortib bordi. Masalan, 1966-yilda O‘zbekistonda 1625 ming gektar paxta ekilgan bo‘lsa, 1980-yilda bu ko‘rsatkich 1969 ming gektarni tashkil qildi [2]. XX-asrning 60-yillaridan boshlab “Biz tabiat talablariga boʻysunmaymiz, maqsadimiz uni yengish” shiorlari bilan paxta yakkahokimligiga keng yoʻl ochildi. 1954 yildagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, SSSRda yetishtirilgan paxta xomashyosining 63 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelgan [3]. Sobiq Sovet Ittifoqi KP MKning 1956 yil 6 avgustdagi “Oʻzbekiston SSR va Qozogʻiston SSRda paxta yetishtirishni koʻpaytirish uchun Mirzachoʻl qoʻriq yerlarini sugʻorish va oʻzlashtirish toʻgʻrisida” va SSSR Ministrlar Sovetining Mirzacho‘lni o‘zlashtirish to‘g‘risida”gi 1958 yildagi qarori, [4] “Oʻzbekiston SSR, Qozogʻiston SSR va Tojikiston SSRda sugʻorishni yanada kengaytirish va choʻllarni oʻzlashtirishni jadallashtirish” to‘g‘risida qarorlari natijasida yangi yerlar 1960- yillarda 300 ming gektar qoʻriq yer oʻzlashtirildi.[5] Shuningdek, paxta yakkahokimligi siyosati natijasida Markaziy Fargʻona, Qarshi va Sherobod choʻllari yerlari oʻzlashtirildi [6]. SSSR Vazirlar Soveti va O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1963-yil 1-avgustdagi 431-sonli “Muhofaza etiladigan yerlarni o‘zlashtirish va sug‘orish to‘g‘risida”gi qarori va

qabul qilindi. Qarshi choʻlining jadal oʻzlashtirilishi va yangi yerlarning oʻzlashtirilishi 1966-yilda 1965-yilga nisbatan 1172 gektar koʻproq yerga paxta ekish imkonini berdi [7]. Amudaryo va Sirdaryodan Orol hududlaridagi yangi oʻzlashtirilayotgan paxta maydonlarini sugʻorish uchun 50 km3 suv olindi [8]. Sovet hokimiyatining soʻnggi yillarida Oʻzbekistonda sugʻoriladigan maydonlar 1970-yilga nisbatan 56 foizga koʻpaydi.Bu jarayonlar qoʻshni respublikalarda ham davom etdi. Amudaryo va Sirdaryo suvlari Orol dengizigacha yildan yilga kamayib bordi [9]. Yo‘riqnomada zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llashda maxsus kiyim kiyish va qo‘llash sohalarini aniqlash zarurligi ta’kidlangan [10]. Ammo bu qoidalar faqat qog‘ozda qoldi. Mineral o‘g‘itlar va zaharli pestitsidlar ochiq havoda saqlangan saqlash qoidalari buzilgan, respublikadagi mineral o‘g‘itlar va zaharli pestitsidlar saqlanadigan 993 ta omborning atigi 336 tasi yoki 40 foizi sanitariya talablariga javob bergan [11]. Aholi salomatligini muhofaza qilish va atrof-muhitni pestitsidlarning zararli ta’siridan himoya qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usulini ishlab chiqish va joriy etishdir. 1981 yilda 1993,6 ming gektar biologik usulda ishlov berildi. 1982 yil 1981 yilga nisbatan pestitsidlar 1877,3 tonnaga kamaydi va 1 ga maydonga 10 kg pestitsidlar ishlatilgan, ekin maydoni (ilgari 25 kg edi). Amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli tuproq va o‘simlik mahsulotlarining pestitsidlarning qoldiq miqdori bilan ifloslanish darajasi 1980 yilga nisbatan qisman kamaydi. Viloyatlarda yirik oʻgʻit omborlari boʻlgan. Masalan, Toshkent viloyati kolxozlarida 1270 tonna namunaviy mineral o‘g‘itlar ombori va 10 ta biologik laboratoriya, 7 ta 4270 tonnalik omborxona (rejada 4 ta 2 ming tonnalik omborxona), 7 ta chiziqli biologik laboratoriya foydalanishga topshirildi. 107 ta namuna bor edi Viloyatda 90,5 ming tonnalik omborlar, 94,5 ming tonnalik 33 ta, 65,8 ming tonnalik 128 ta shiypon, 77 ta namunaviy zaharli o‘g‘itlar saqlash omborlari mavjud. [12]. Qoraqalpog‘iston ASSR Oliy Soveti va Vazirlar Soveti 1988 yilda “Amudaryoning ikki tomonida suvni muhofaza qilish zonalarini tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bunday tadbirlar bog‘larning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi. Lekin bu yerlar yangi ekin maydonlari sifatida ajratilgan. G‘o‘za hosildorligini oshirishda mineral o‘g‘itlardan foydalanishga e’tibor qaratildi. Masalan, 1951 yilda respublikada 0,9 million tonna mineral o‘g‘it ishlatilgan bo‘lsa, 1980 yilda uning miqdori 5 million tonnadan oshdi. G‘o‘za barglarini to‘kish va zararkunandalarga qarshi kurashda kuchli zaharli kimyoviy moddalar qo‘llanildi. Mineral o‘g‘itlar miqdori yildan-yilga ko‘payib bormoqda yildan yilga aholi salomatligiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbekistonda har gektar yerga 600 kg gacha kimyoviy moddalar ishlatilgan. Bu dunyoda qabul qilingan me'yorlardan 20-30 baravar yuqori edi [13]. O‘zbekiston hukumati zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash bo‘yicha 1963- 1964 yillarda bir qancha qarorlar qabul qildi.. 1965-yil 15-yanvarda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi kollegiyasi bu masalani muhokama qildi. 1967-yil 10- aprelda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Vazirlar Sovetining 156- sonli Oʻzbekiston SSR “Havoda pestitsidlardan foydalangan holda mehnat qilishda

aholi salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qabul qilindi. SSSR Bosh sanitariya shifokori 1965 yil 10 iyulda saqlash, tashish va foydalanish bo‘yicha maxsus qoidalarni qabul qildi va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zaharli kimyoviy moddalarning miqdori shu munosabat bilan hududlarda qishloq xo‘jaligi kimyoviy moddalari va mineral o‘g‘itlardan foydalanishni joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. 1967-yil aprel oyida O‘zbekiston SSR Vazirlar Sovetining bo‘lib o‘tgan majlisida qishloq xo‘jaligi rayonlarida zaharli kimyoviy moddalarning ko‘payishi munosabati bilan aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choratadbirlar qoniqarsiz deb topildi. Natijada 1983 yilda pestitsidlarni saqlash, tashish va ulardan foydalanishda sanitariya me’yorlari va qoidalarini buzganlik uchun 614 ta jarima undirildi, 126 ta ob’ekt ishga tushirildi, 396 nafar shaxs ishdan chetlashtirildi, 9 ta ish tergov organlariga topshirildi. 87 ta omborga pestitsidlarni olib kirish taqiqlandi. Bunday ekanligi chora-tadbirlar qisman rost bo‘lsa-da, ekin maydonlarining ekologik xavfsizligini ta’minlashga xizmat qildi. Ammo shu davrda ham Oʻzbekiston paxta dalalarida zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishning davom etishi natijasida aholi oʻrtasida turli kasalliklarning koʻpayishi kuzatildi [15]. Sovet hokimiyatining so‘nggi yillarida O‘zbekiston havo ifloslanishi bo‘yicha mamlakatda birinchi o‘rinda edi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi sanoat korxonalaridan chiqayotgan zaharli havo kasalliklarning tarqalishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Respublikadagi sanoat korxonalarining atigi 1,4 foizi ekologik talablarga javob berdi. Sanoat korxonalari atmosferaga 1,3 million tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqargan. Toshkent, Angren, Olmaliq, Andijon, Qo‘qon, Navoiy, Farg‘ona, Chirchiq, Qarshi, Muborak, Nishon kabi tuman va shaharlarda havoning ifloslanish darajasi sanitariya me’yorlariga umuman javob bermadi. O‘zbekistonda tabiatni asrashga va atrof-muhit tozaligiga jiddiy ahamiyat berilmagan. Faqat 1988 yilga kelibgina Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tuzilgan edi. [16] Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tadqiqotlar natijasiga ko‘ra O‘zbekistonda yuqumli kasalliklar tarqalishining asosiy omili iqlim, ekologiya, kommunal xizmatlar sifati va sog‘liqni saqlash sohasidagi kamchiliklar bo‘lgan. Sanitariya-epidemiya xizmati va tibbiy madaniyatning past darajasi O‘zbekiston sobiq ittifoqdagi eng yirik epidemiya markazlaridan biriga aylandi. XX-asrning 80-yillariga kelib, biologik usullsrdan foydalanish tufayli zaharli kimyoviy moddalar o‘rniga tuproq va o‘simlik mahsulotlarining pestitsidlarning qoldiq miqdori bilan ifloslanish darajasi bir oz pasaytirishga erishildi, biroq bu davrda O‘zbekistonda zaharli havo chiqaradigan sanoat korxonalari ham kasallikning tarqalishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni eng yuqori ko‘rsatkichga aylantirdi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar20 ta adabiyot

  1. . “Nature and Resources” – «Природа и ресурсы».”. – 1999 yil. –№2.
  2. Shayxov E.T. va boshqalar. Paxtachilik. – Toshkent: “Mehnat”, 1990. – B.189.
  3. Shleyxer A.I. Paxtachilik. 1-qism. – Toshkent: O‘zbekiston SSR davlati nashriyoti, 1958. – B.44.
  4. Kurbanov Sh.S. Из истории создания материально-технической базы для орошения и освоения земель голодной степи (1956-1961 годы). // O'zbekistonda ijtimoiy fanlar. -T.: O'zSSR FA nashriyoti, 1964. - №1. -.19
  5. Об орошении освоении Голодной степи // Сборник материалов. - Ташкент : Госиздат У36зССР, 1956. С. 9-10.
  6. Постановление ЦК КПСС и Совета Министров СССР, 6 августа 1956 г. Об орошении и освоении целинных земель Голодной степи в Узбекской ССР и Казахской ССР для увеличения производства хлопка/ Решения партии и правительства по хозяйственным вопросам. В 5 т.: Сб. док. за 50 лет. Т. 4. 1953- 1961 гг. – М.: Политиздат, 1968. (92)
  7. Jo‘rayev N. O‘zbekistonda xotin-qizlarga munosabat (XX asrning 20-80-yillari misolida). –Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2013. – B.201
  8. Jabborova I.X. Qashqadaryo vohasida yangi yerlarning o‘zlashtirilishi va sug‘orish tizimi tarixi (XX asrning 50-80-yillari misolida).: Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss.avtoreferati. – Qarshi, 2023.– B.15-18.(55)
  9. Камалов С.К.Аральский кризис и некоторые проблемы социальноэкономического развития Каракалпакстана//Сб.Медико-экологические проблемы Приаралья и здоровье населения.- Нукус,1991.– С.3.
  10. Трешкин С.Е. Аметов М.Б. Современная состояние тугаев
  11. Каракалпакстана и их охрана. – Нукус: Каракалпакстан, 1994.– С. 6.
  12. Буркацкая С.И. Гигиена труда женщин при работе с ядохимикатами. – Москва: Медицина,1980.–С.24.
  13. Shodmetova Y.Ijtimoiy ekologiyaga kirish.– Toshkent:
  14. O‘qituvchi,1994.–B.172.
  15. O‘z ITTH MA, R-837-fond, 41-ro‘yxat, 5950-ish, 30-varaq.
  16. O‘z ITTH MA, R-837-fond, 41-ro‘yxat, 6238-ish, 1-varaq.
  17. Аметов М.Б. Деградация природной среды низовьев Амударьи и пути её преодоления // Вестник ККО АН РУ, №3, 2001. С. 5.
  18. Murtazayeva R. O‘zbekiston tarixi. II – jild (XIX asr II yarmi – 1991 yil avgust). – Т.: O‘zMU, 2015. –B.363
  19. Маматқулов А. Региональная экономическая политика Советского
  20. Союза в 60-80 года ХХ века и роль Узбекистана в ней // Вестник науки и образования. – М., 2017. –№ 10(34). – С.14.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011173
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/150
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
174–179
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25