Asosiy mazmunga o‘tish

IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA NAMANGAN VILOYATIDA SANITARIYA VA EPIDEMIOLOGIYA XIZMATI

Gulshoda Umidjon kizi BotirjonovaNamangan Davlat Universiteti O‘zbekiston tarixi yo‘nalishi tayanch doktaranti2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 137–143

Annotatsiya

Ushbu tezisda Ikkinchi jahon urushi yillarida Namangan viloyati tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati, sanitariya va epidemiologiya xizmatining qanday tashkil etilganligi xususida so‘z yuritiladi. Sobiq ittifoq urush maydonlariga aylangan hududlaridan mamlakatimizga, xususan, Namangan viloyatiga tibbiyot muassasalarining ko‘chirilishi, evakogospitallar barpo etilishi va bu jarayonlarning viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta‘siri haqida mulohaza yuritiladi.

Boshqa tillarda

ruschaОРГАНИЗАЦИЯ САНИТАРНО-ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКОЙ РАБОТЫ В НАМАНГАНСКОЙ ОБЛАСТИ В ГОДЫ ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЫ

В данной дипломной работе рассказывается о самоотверженной работе медицинских работников Наманганской области в годы Второй мировой войны, о том, как была организована санитарно-эпидемиологическая служба. Рассмотрены перевод медицинских учреждений с территорий бывшего Советского Союза в зоны боевых действий, в частности в Намангскую область, создание эвакогоспиталей, а также влияние этих процессов на социально-экономическую жизнь региона.

inglizchaORGANIZATION OF SANITARY AND EPIDEMIOLOGICAL WORK IN THE NAMANGAN REGION DURING WORLD WAR II

This thesis discusses the selfless work of medical workers in the Namangan region during the Second World War, how the sanitary and epidemiological service was organized. The relocation of medical institutions from the war-torn territories of the former Soviet Union to our country, in particular to the Namangan region, the establishment of evacuation hospitals, and the impact of these processes on the socio-economic life of the region are discussed.

Kalit so‘zlar

  • Sanitariya
  • epidemiologiya
  • gospital
  • evakogospital
  • tibbiyot xodimlari
  • profilaktik chora-tadbirlar
  • vaksina
  • umumiy emlash
  • epidemiyalarga qarshi kurash

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA NAMANGAN VILOYATIDA SANITARIYA VA EPIDEMIOLOGIYA XIZMATI

ОРГАНИЗАЦИЯ САНИТАРНО-ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКОЙ РАБОТЫ В НАМАНГАНСКОЙ ОБЛАСТИ В ГОДЫ ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЫ

ORGANIZATION OF SANITARY AND EPIDEMIOLOGICAL WORK IN THE NAMANGAN REGION DURING WORLD WAR II

Gulshoda Umidjon qizi Botirjonova Namangan Davlat Universiteti O‘zbekiston tarixi yo‘nalishi tayanch doktaranti e-mail: gulshodabotirjonova@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan] Anotatsiya Ushbu tezisda Ikkinchi jahon urushi yillarida Namangan viloyati tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati, sanitariya va epidemiologiya xizmatining qanday tashkil etilganligi xususida so‘z yuritiladi. Sobiq ittifoq urush maydonlariga aylangan hududlaridan mamlakatimizga, xususan, Namangan viloyatiga tibbiyot muassasalarining ko‘chirilishi, evakogospitallar barpo etilishi va bu jarayonlarning viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri haqida mulohaza yuritiladi. Aннотация В данной дипломной работе рассказывается о самоотверженной работе медицинских работников Наманганской области в годы Второй мировой войны, о том, как была организована санитарно-эпидемиологическая служба. Рассмотрены перевод медицинских учреждений с территорий бывшего Советского Союза в зоны боевых действий, в частности в Намангскую область, создание эвакогоспиталей, а также влияние этих процессов на социально-экономическую жизнь региона. Abstract This thesis discusses the selfless work of medical workers in the Namangan region during the Second World War, how the sanitary and epidemiological service was organized. The relocation of medical institutions from the war-torn territories of the former Soviet Union to our country, in particular to the Namangan region, the establishment of evacuation hospitals, and the impact of these processes on the socio-economic life of the region are discussed. Kalit so‘zlar Sanitariya, epidemiologiya, gospital, evakogospital, tibbiyot xodimlari, profilaktik choratadbirlar, vaksina, umumiy emlash, epidemiyalarga qarshi kurash. Ключевые слова Cанитария, эпидемиология, госпиталь, эвакогоспиталь, медицинский персонал, профилактические мероприятия, вакцина, общая вакцинация, борьба с эпидемиями. Keywords Sanitation, epidemiology, hospital, evacuation hospital, medical personnel, preventive measures, vaccine, general vaccination, fight against epidemics.

Ikkinchi jahon urushining boshlanishi Sovet ittifoqi mamlakatlarida davlat va jamiyat hayotini keskin burilishiga olib keldi. Mamlakat hayoti harbiy izga o‘ta boshladi. Ishlab chiqarish front uchun xizmat qila boshladi. Bu davrda front uchun eng muhim jabhalardan biri bu tibbiyot sohasi bo‘ldi va O‘zbekistonda 120 dan ortiq gospitallar faoliyat ko‘rsatdi. Harbiy gospitallarda 1942-yil oktyabrdan 1945-yil iyulgacha 164 ming 382 nafar yarador askar va ofitserlar davolangan [8,13]. Tibbiy

yordamni tashkil etish urush davrining asosiy vazifalaridan biri bo‘ldi. Buning uchun yetarli tibbiyot xodimlari bazasini shakllantirish lozim edi. Urush davrida tibbiyot kurslari ko‘paytirildi, ularda o‘qish muddati qisqartirildi. Kurslar bitiruvchilari turli jarohatlar uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, harbiy harakatlarda jabrlanganlarni tashish, og’ir bemorlarni parvarish qilish kabilar bo‘yicha o‘qitildi. O‘z davrining siyosiy tuzumi talablaridan kelib chiqqan mehnatkash xalqimiz frontga otlandilar. Jang maydonlarida qahramonliklar ko‘rsatib, o‘z xalqi, yurti, oilasi tinchligi uchun dushman bilan jon olib jon berib kurashdilar [5,120]. O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi davrida shifokorlar fidokorona mehnat qildilar, ayniqsa frontdagi tibbiyot xodimlari kuch va jonini ayamay yordam ko‘rsatdilar, yarador askarlarning jonini saqlab qoldilar. Shu bilan birga, shifokorlar frontga turli yuqumli kasalliklar va infeksiyalarning tarqalishini oldini olish maqsadida joylarda ko‘plab muhim ishlarni amalga oshirdilar. Namangan viloyatining butun tibbiyot xodimlari jamoasi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashga safarbar etildilar. Urush yillari mamlakatimiz sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari uchun juda muhim davr bo‘ldi. Soha xodimlari o‘z faoliyatini butunlay o‘zgartirishi lozim bo‘ldi [3,11]. Ikkinchi jahon urushi davrida, O'zbekiston, shu jumladan Namangan viloyati, turli xil ijtimoiy va iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keldi. Sanitariya va epidemiologiya xizmati bu davrda juda muhim ro‘l o'ynadi, chunki urush davrida epidemiyalar va kasalliklarning tarqalishi tahdid solgan. Namangan viloyatida sanitariya va epidemiologiya xizmati oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, sanitariyani yaxshilash bo'yicha ishlash bilan birga, urushga mobilizatsiya qilingan aholi orasida kasalliklarning oldini olishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqqan. Sog'liqni saqlash muassasalari, shifokorlar va sanitariya xodimlari infeksiyalarga qarshi kurashish va ularni kamaytirish uchun tinimsiz mehnat qildilar [4,12]. Epidemiya xavfi ostida bo'lgan sharoitda, vaksinalar va profilaktik chora-tadbirlar ham muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bunday sharoitlarda, insonlarning salomatligini saqlab qolish, sanitariya-gigiyena qoidalarini bajarish juda muhim edi. Bu vaqt ichida, urush sharoitidagi qiyinchiliklarga qaramay, sanitariya va epidemiologiya xizmati xodimlari aholi salomatligini saqlab qolishga, kasalliklarning tarqalishini oldini olishga harakat qildilar [4,2]. Sobiq Ittifoq Davlat Mudofaa Qo‘mitasi qarori bilan 1941-yil oxirlaridan boshlab hududlarimizga evakogospitallar tarmoqlari joylashtirila boshlandi. Eng sara binolar ajratilib, askarlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun minglab o‘rinlar yaratildi. Bu shifoxonalarda minglab insonlar hayoti saqlab qolindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida, ko'plab shaharlar va viloyatlar hududida evakuatsiya kasalxonalari, yoki evakogospitallar tashkil etildi. Bu yerda bemorlar har jihatdan e’tiborda bo‘ldilar, hattoki ovqatlanish jarayonlari ham imkon qadar sifatli bo‘lishi uchun harakat qilingan. Taniqli sovet gigiyenisti G.V. Xlopin uning ahamiyatini quyidagicha ta'riflagan: "To'g'ri ovqatlanish aholi salomatligining asosidir, chunki u organizmning patogen ta'sirlarga chidamliligini oshiradi va odamlarning aqliy va jismoniy rivojlanishi, mehnat qobiliyati va jangovar kuchi bunga bog'liqdir" [2,39].

1941-1945- olovli urush yillarida butun mamlakatimiz va viloyatimiz xalqi fidokorlik ko‘rsatib, tun-u kun tinim bilmay mehnat qilib, yaradorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatdilar hamda ularning o‘ksigan ko‘ngillariga taskin bergan tibbiyot xodimlarining hududimizga joylashtirilgan harbiy evakogospitallarda ko‘rsatgan jasoratlari avlodlar xotirasida mangu qolajak. Namangan viloyati ham bu jarayonda o'ziga xos ahamiyatga ega bo'ldi, chunki urush sababli frontlardan evakuatsiya qilingan harbiylar va aholi uchun tibbiy yordam ko'rsatish zarurati tug'ildi. Namangan viloyati hududida qurilgan evakogospitallar asosan mahalliy maktablar, madaniyat markazlari va boshqa jamoat binolarida tashkil etildi. Bu yerda harbiy xizmatchilar uchun shifoxonalar, operatsiya xonalari va yotoq joylari yaratildi. Tibbiy yordam, dori-darmon yetkazib berilishi va shifokorlarning tayinlanishi orqali, ko'plab harbiy xodimlar va fuqarolar yordam oldi. Evakogospitallarni tashkil etish jarayoni urush davomida qiyinchiliklarga to'la edi. Biroq, ushbu kasalxonalarning samaradorligi va ularning aholi va harbiylar salomatligi uchun ahamiyati katta bo'ldi [5,231]. Tarixga nazar tashlasak, urush davrlarida ko‘plab yuqumli kasalliklar avj olgani, minglab insonlar yostig’ini quritgani ma’lum. Asosan vabo, o‘lat, keyingi davrlarda tifo-paratifoz, virusli gepatit, dizenteriy, ulardan keyingi o'rinlarda toshmali va qaytalama tif, zoonoz kasalliklar, tabiiy-o'choqli infeksiyalar, iqlimgeografik o'zgarishlar natijasida kelib chiquvchi kasalliklar, nihoyat, oxirgi o'rinda aerozol antroponoz va boshqa kasalliklar turibdi. Urushning alohida davrlarida ba'zi qo'shinlarda o‘ta xavfli infeksiyalar va gripp (Birinchi jahon urushi vaqtida “ispan” pandemiyasi), Rossiyadagi Fuqarolar urushi davrida parazitar tifar, ba'zi tabiiy o'choqli infeksiya va parazitozlar epidemiologik ahamiyatga ega bo'lgan. 1943-yilda G'arbiy frontda kechgan sovet va nemis jangchilari o'rtasidagi urush vaqtida tulyaremiya kuzatilgan. 1944-yilda Belorussiyada esa, nemis jangchilari orasida paydo bo'lgan toshmali tif infeksiyasining harbiy asirlar tomonidan rus qo'shinlariga kirib kelishi va buning natijasida rus qo'shinlarida ham toshmali tif kasalligi tarqalganligi aniqlangan [4,122].Oxirgi o'n yillikdagi statistik tadqiqotlar, 1941- 1943-yillarda bo‘lib o‘tgan urushning ilk yillarida toshmali tif, vabo, gemorragikisitma, leptospiroz va boshqa turdagi o'ta xavfli infeksiyalarning epidemiyasi kuzatilganligi bilan bog’liq bo'lgan ma'lumotlarni inkor qilishga imkon bermadi. Shuningdek, urush vaqtida anaerob infeksiyalar (qoqshol, gazli gangrena) va jarohatlanganda kuzatiluvchi yiringli-septik asoratlarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Ikkinchi jahon urushi vaqtida qoqsholga qarshi emlash choralari ko'rilganligi samara berganligi bu infeksiya tibbiyotda asosiy muammoligini yo‘qotganligiga qaramay, boshqa turdagi infeksiyalar hatto bugungi kunda ham jarrohlik shifoxonalari uchun jiddiy muammo bo‘lib qolgan [2,13-15]. Epidemiyalar doimo mahalliy urushlar va yirik harbiy qarama-qarshiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan, ularning asosiy qismini lkkinchi Jahon Urushi va undan keyingi davr misolida kuzatish mumkin. Urushning dastlabki kunlaridanoq SSSR Sog’liqni saqlash xalq komissarligi yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun favqulodda choralar koʻrdi. 1941-yilning 30-iyunidayoq Temir yo‘l xalq komissarligi bilan birgalikda “Xavf ostidagi hududlardan evakuatsiya qilingan aholiga tibbiy-sanitariya xizmati koʻrsatish toʻgʻrisida Nizom” eʼlon qilindi. Unda

hududiy sog’liqni saqlash organlari va tibbiy-sanitariya transport xizmati tomonidan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning butun majmuasi ko‘zda tutilgan [2,123- 124]. Nizomga ko‘ra, yirik shaharlar aholisi va chaqiruv kontingentlarini o‘tkir ichak infektsiyalariga qarshi universal emlashni amalga oshirish, yuqumli kasalliklarga chalinganlarni o‘z vaqtida tashxislash va tezkor kasalxonaga yotqizish ko‘zda tutilgan edi. Shu maqsadda ko‘chma epidemiologik otryadlar tashkil etish, tuman sog’liqni saqlash bo‘limlari huzurida sog’liqni saqlash bo‘yicha instruktorlar institutini tashkil etish taklif etildi. Farmonda mahalliy kengashlar raislari, Sog’liqni saqlash xalq komissarligi, Ichki ishlar xalq komissarligi, garnizonning harbiy boshqaruv organlari, armiya sanitariya xizmati va partiya organlari vakillaridan iborat favqulodda epidemiyaga qarshi komissiyalar tuzish belgilandi [11,202]. Urush yillarida Ukraina va Belorussiya kabi respublikalardan mamlakatimizga minglab aholi evakuatsiya qilingan. Harbiy akademiyalar ko‘chirib olib kelingan. Bularning barchasini uy-joy bilan ta’minlash, tibbiy-sanitariya xizmat ko‘rsatish, kiyim-kechak yetkazib berish kabi murakkab vazifalar jamoatchiligimiz va aholining faol ishtirokida o‘z yechimini topgan edi [2,144]. Urush yillarida viloyatlarimizda bezgak kasalligi bilan kasallanish o‘zining yuqori nuqtasigacha ko‘tarilib, Respublika sog’liqni saqlash Xalq Komissarligidan bu borada shoshilinch choralar ko‘rishni tibbiyot xodimlari talab qilgan edi. Kasallangan bemorlar orasida tropik bezgak kasalligining og’ir, ko‘pincha o‘lim bilan tugaydigan shaklining ko‘payishi hukumatni ularning oldini olish uchun bir qator tashkiliy choralar ko‘rishga majbur etdi. Jumladan, bemorlarni yotqizib davolash, epidemiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish zaruriyati shifoxonalar va ulardagi o‘rinlar sonini ko‘paytirishni taqozo qilar edi. Ko‘rilgan shoshilinch chora-tadbirlar natijasida va tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnatlari tufayli epidemik kasalliklarning oldini olish imkoniyati yaratildi. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda emlash katta ro‘l o'ynadi [8,15-19]. Urush yillarida ichak infeksiyalarining oldini olish uchun formol vaksinasi bog'langan dori (trivaktsin - tif, paratif A va B yoki pentovatsin - ikkita dizenteriya antijeni bilan birgalikda bir xil komponentlar) shaklida ishlatilgan va 1941-yilda N.I. Aleksandrov va N.E. Gefen kimyoviy vaksinasi bilan bog'liq. 1942-yilda N. A. Gayskiy va B. Ya. Elbert tulyaremiyaga qarshi jonli vaksina tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqdi. Kasallangan oq sichqonlarning o‘pkasidan tayyorlangan tifga qarshi emlash (M.M.Mayevskiy va M.K.Krontovskaya), kuydirgiga jonli vaksina (N.N. Ginsburg), vaboga qarshi jonli vaksina (N.N.Jukov-Verejnikov, M.P.Pokrovskaya, Fakrovskaya, M.M.Ich va b.) ishlatilgan [2,154]. Urush yillarida sanitariyaepidemiologiya xizmati mutaxassislari mamlakatning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlashga katta hissa qo'shdilar. Urush yillarida mamlakatda aholi salomatligini muhofaza qilishni sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan ta'minlashda harbiy tibbiyot xizmati alohida o'rin tutgan bo'lib, u tibbiy ish bilan bir qatorda sanitariya-epidemiologiya tadbirlarini amalga oshirish bilan ham shug'ullanishi kerak edi. Shunday qilib, urush davomida harbiy gigiyenistlar qo'shinlarning oziq-ovqat va suv bilan ta'minlanishini, qo'shinlarni aholi punktlarida va dala sharoitida joylashtirishni nazorat qildilar. Aholi punktlarida sanitariya

tekshiruvlarini o'tkazdilar va qo'shinlarning turli transport turlarida (temir yo'l, avtomobil, suv) harakatlanishini sanitariya qoidalariga muvofiq tashkil etdilar, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishini nazorat qildilar. Harbiy sanitariyagigiyena xizmati tomonidan front ortidagi aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi [2,145-149]. 1942-yil boshida Sog'liqni saqlash xalq komissarligining buyrug'i bilan barcha ittifoq va avtonom respublikalarning Sog'liqni saqlash xalq komissarlari, viloyat va hududiy sog'liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari o'n kun ichida sanitariyaepidemiologiya ishlarini kuchaytirish bo'yicha eng shoshilinch choralarni ko'rishlari shart etib belgilandi. O‘zbekistonning boshqa hududlari singari Namanganda ham tibbiyot xodimlari bu qarorlar ijrosini bajarishda bor kuchlarini safarbar etdi. Shuningdek, sog’liqni saqlash organlari qochoqlar ko‘p harakatlanadigan yirik temir yo‘l vokzallarida yuqumli kasalliklar mavjudligini ogohlik bilan kuzatib borish, aholini ommaviy yuqumli oshqozon-ichak kasalliklariga qarshi immunizatsiya qilish vazifasini yukladi [11,186]. Temir yo‘l xalq komissarligining sanitariya xizmatiga ham xuddi shunday ko‘rsatmalar berildi, unga yuqumli kasallarni aniqlash bo‘yicha hududiy sog’liqni saqlash organlari bilan birgalikda yirik temir yo‘l vokzallarida sanitariya nazorati punktlarini tashkil etish taklif qilindi. SSSR Sog'liqni saqlash xalq komissarligining 1942-yil 22-maydagi buyrug'i barcha hududlarimizda, xususan Namangan viloyatida har bir poliklinikada 10 kunlik muddat ichida bosh shifokorning epidemiologik ishlar bo'yicha o'rinbosari lavozimi joriy etildi. Uyma-uy yurib, barcha isitmasi ko‘tarilgan bemorlarni kasalxonaga yotqizish, yuqumli kasalliklar o‘choqlarida dezinfeksiya ishlarini olib borish bo‘yicha faollar – sanitar inspektorlar o‘quv mashg’ulotlari tashkil etildi. Bularning barchasi askarlarning sog'lig'ini himoya qilish va ularning jangovar samaradorligini oshirishda muhim ro‘l o'ynadi [2,138-140]. Armiyadagi sanitariya-gigiyena tadbirlarining ro‘li shunchalik katta ediki, urush boshida doimiy gigiyena tashkiloti tuzildi va urushning ikkinchi yilida front va armiya sanitariya inspektorlarigigiyenistlari lavozimlari joriy etildi. Buning uchun dala sharoitida suvni tozalash va zararsizlantirishning barcha ma'lum usullari va vositalarini, uning sifati va iste'mol me'yorlariga qo'yiladigan gigiyenik talablarni bilish, ulardagi suv sifatini baholash bilan suv manbalarining sanitariya holatini dastlabki tekshirish, quduqlardagi suvni dezinfeksiya qilish, shuningdek, individual suv ta'minotini dezinfeksiya qilish kerak edi. Bu masalani hal etish harbiy sanitar shifokorlar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklagan bo‘lib, ular oziq-ovqat zaharli infeksiyalarining oldini olish maqsadida oziq-ovqatning kaloriyaliligi, uning vitaminli qiymati, shuningdek, mahsulotlarni qayta ishlash jarayonlarini har kuni nazorat qilishlari kerak edi. Bu masalalarning barchasi 1942-yil noyabr oyida armiyada tashkil etilgan sanitariya inspektor- lari institutining diqqat markazida edi [11,2]. Armiya tibbiy xizmatining eng muhim vazifasi qo'shinlarning sanitariyaepidemiologik osoyishtaligini ta'minlash bo'lib qoldi. Bu vazifa muvaffaqiyatli bajarildi. Qo'shinlarning epidemiologik farovonligi shundan dalolat beradiki, yuqumli kasalliklar umumiy kasallanishning atigi 9,0% ni, jumladan dizenteriya - 4,4%, tif - 2,7%, tif va paratif - 0,6% ni tashkil qildi. Bularning barchasi armiyada olib borilgan barcha profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar yuqori

samaradorlikdan dalolat berdi. Yaradorlar va bemorlarning hayotini saqlab qolish, salomatligini tiklash uchun kurashda sezilarli natijalarga erishildi. Urush yillarida yaradorlarning 72,3%, kasallarning 90% dan ortigʻi xizmatga qaytarildi. Buning uchun mahalliy tibbiyot ilmining hissasi bor. N.N. Burdenkoning ta'kidlashicha, o'tmishda ham, hozir ham dunyoning hech bir armiyasida bunchalik ko'p olimlar bevosita frontda ishlamagan. Yangi ilmiy tadqiqotlar yaradorlar va bemorlarni davolash samaradorligini oshirish, yuqumli kasalliklar epidemiyasining oldini olish, sanitariya-gigiyena ta'minotining bir qator masalalarini hal qilishga qaratilgan edi. 1944-yilda tibbiyot fanini yanada muvaffaqiyatli rivojlantirish maqsadida hukumat mamlakatning yetakchi olimlarini birlashtirgan SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasini tashkil etishga qaror qildi. Uning birinchi prezidenti N.N. Burdenko edi [2,135-138]. Umuman olganda, Ikkinchi jahon urushi davrida Namangan viloyatidagi sanitariya va epidemiologiya xizmati sog'liqni saqlash tizimini yanada mustahkamlashga, kasalliklar va epidemiyalarga qarshi kurashishga qaratilgan sa'yharakatlar bilan muhim xizmat ko'rsatdi.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR (REFERENCES) 1. Mamatkulov B.M. Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish. Ilm-ziyo. Toshkent, 2013y. 576 b. 2. Mirtazayev O.M, Matnazarova G.S, Zuyeva L.P. Harbiy epidemiologiya. Toshkent. “Ijod-Press” nashriyoti. 2019y. 160 b. 3. Namangan viloyat arxivi. 125-fond, 1-ro‘yxat, 19-yig’ma jild, varaq-11, 12, 17, 18, 19, 20 4. Namangan viloyat arxivi. 561-fond, 1-ro‘yxat, 4-yig’ma jild, varaq-2, 3, 4, 5, 6, 18 5. Shadmanova S.B. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda gospitallar faoliyati. / Ikkinchi jahon urushi va O‘zbekiston xalqi: tadqiqotlar. Ilmiy maqolalar to‘plami. 2-jild. –T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. 240 b 6. Shamsutdinov R. Ikkinchi jahon urushi va front gazetalari. 2-kitob. –T.: Akadem. nashr, 2017. 196 b 7. Xodjayev N.I, Aminov Z.Z. Tibbiyotda islohotlarning yangi davri. SamarqandDTI. Samarqand. 2021y. 300 b. 8. Xodjayev N.I, Bulayev Z.K. Davlat sanitariya va epidemiolgiya xizmati mustaqillik yillarida. Samarqand. “Turon nashriyoti”, 2022. 120 b 9. Безгакка қарши кураш чоралари ҳақида // Сталин ҳақиқати –№ 66 (3317). 1945, 24 апрель. 4 б 10. Белый В.А. Влияние демографических факторов на формирование социальных конфликтов (на примере Ферганской долины) // Актуальные проблемы гуманитарных и социально- экономических наук, 2017. № 3. 388 c 11. Наманган шаҳрида юқумли касалликларга қарши кураш тадбирлари ҳақида Наманган шаҳар совети ижрокомининг мажбурий фармойиши. //Сталин ҳақиқати. –№.291 (2430). 1942, 18 декабр. 4 б 12. Тепкили терлама ва унга карши кураш чоралари. //Сталин ҳақиқати. – №.3 (4024). 1948, 3 январь. 4 б

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar12 ta adabiyot

  1. Mamatkulov B.M. Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish. Ilm-ziyo. Toshkent, 2013y. 576 b.
  2. Mirtazayev O.M, Matnazarova G.S, Zuyeva L.P. Harbiy epidemiologiya. Toshkent. “Ijod-Press” nashriyoti. 2019y. 160 b.
  3. Namangan viloyat arxivi. 125-fond, 1-ro‘yxat, 19-yig’ma jild, varaq-11, 12, 17, 18, 19, 20
  4. Namangan viloyat arxivi. 561-fond, 1-ro‘yxat, 4-yig’ma jild, varaq-2, 3, 4, 5, 6, 18
  5. Shadmanova S.B. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonda gospitallar faoliyati. / Ikkinchi jahon urushi va O‘zbekiston xalqi: tadqiqotlar. Ilmiy maqolalar to‘plami. 2-jild. ¬–T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. 240 b
  6. Shamsutdinov R. Ikkinchi jahon urushi va front gazetalari. 2-kitob. –T.: Akadem. nashr, 2017. 196 b
  7. Xodjayev N.I, Aminov Z.Z. Tibbiyotda islohotlarning yangi davri. SamarqandDTI. Samarqand. 2021y. 300 b.
  8. Xodjayev N.I, Bulayev Z.K. Davlat sanitariya va epidemiolgiya xizmati mustaqillik yillarida. Samarqand. “Turon nashriyoti”, 2022. 120 b
  9. Безгакка қарши кураш чоралари ҳақида // Сталин ҳақиқати –№ 66 (3317). 1945, 24 апрель. 4 б
  10. Белый В.А. Влияние демографических факторов на формирование социальных конфликтов (на примере Ферганской долины) // Актуальные проблемы гуманитарных и социально- экономических наук, 2017. № 3. 388 c
  11. Наманган шаҳрида юқумли касалликларга қарши кураш тадбирлари ҳақида Наманган шаҳар совети ижрокомининг мажбурий фармойиши. //Сталин ҳақиқати. –№.291 (2430). 1942, 18 декабр. 4 б
  12. Тепкили терлама ва унга карши кураш чоралари. //Сталин ҳақиқати. –№.3 (4024). 1948, 3 январь. 4 б

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011167
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/144
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
137–143
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25