Asosiy mazmunga o‘tish

URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARINING FAOLIYATI

Irodakhon Rasulovna TishabayevaToshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, PhD2025

Konferensiyalar“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallariJild 1Son 2Sahifa 132–137

Annotatsiya

Ushbu maqolada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalari tarixi ilmiy, tarixiy adabiyotlar va manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, hududiy farqlar, aholi joylashuvi yoki mahalliy hokimiyat tomonidan bolalar bog‘chalariga e‘tibor haqidagi ma‘lumotlar tadqiqot doirasiga tortilgan. Bundan tashqari, qishloq joylaridagi maktabgacha tarbiya muassasalarini kengaytirish masalalari ham bayon qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ДОШКОЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ В ПОСЛЕВОЕННЫЕ ГОДЫ

В данной статье на основе научной, исторической литературы и источников освещена история дошкольных учреждений в Узбекистане в годы после Второй мировой войны. Кроме того, информация о территориальных различиях, населении или внимании к детским садам со стороны местных властей была взвешена в рамках исследования. Кроме того, были затронуты вопросы расширения дошкольных учреждений в сельской местности.

inglizchaACTIVITIES OF PRESCHOOL INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN IN THE POST-WAR YEARS

This article covers the history of preschool institutions in Uzbekistan in the years after World War II on the basis of scientific, historical literature and sources. Also, information about territorial differences, settlement or attention to kindergartens by local authorities has been drawn into the scope of research. In addition, issues of expanding preschool institutions in rural areas are also described.

Kalit so‘zlar

  • kolxoz
  • inspektor
  • tahlil
  • bolalar bog‘chalari
  • qishloq
  • bolalar maydonchasi
  • muassasa
  • tarbiyalanuvchi
  • lavozim
  • dala yasli-bog‘cha

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

URUSHDAN KEYINGI YILLARDA O‘ZBEKISTONDA MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARINING FAOLIYATI

ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ДОШКОЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ В ПОСЛЕВОЕННЫЕ ГОДЫ

ACTIVITIES OF PRESCHOOL INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN IN THE POST-WAR YEARS

Irodaxon Rasulovna Tishabayeva Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, PhD e-mail: tishabayevairodahon@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan] Annotatsiya: Ushbu maqolada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalari tarixi ilmiy, tarixiy adabiyotlar va manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, hududiy farqlar, aholi joylashuvi yoki mahalliy hokimiyat tomonidan bolalar bog‘chalariga e’tibor haqidagi ma’lumotlar tadqiqot doirasiga tortilgan. Bundan tashqari, qishloq joylaridagi maktabgacha tarbiya muassasalarini kengaytirish masalalari ham bayon qilingan. Аннотация: В данной статье на основе научной, исторической литературы и источников освещена история дошкольных учреждений в Узбекистане в годы после Второй мировой войны. Кроме того, информация о территориальных различиях, населении или внимании к детским садам со стороны местных властей была взвешена в рамках исследования. Кроме того, были затронуты вопросы расширения дошкольных учреждений в сельской местности. Annotation: This article covers the history of preschool institutions in Uzbekistan in the years after World War II on the basis of scientific, historical literature and sources. Also, information about territorial differences, settlement or attention to kindergartens by local authorities has been drawn into the scope of research. In addition, issues of expanding preschool institutions in rural areas are also described. Kalit so‘zlar: kolxoz, inspektor, tahlil, bolalar bog‘chalari, qishloq, bolalar maydonchasi, muassasa, tarbiyalanuvchi, lavozim, dala yasli-bog‘cha. Ключевые слова: колхоз, инспектор, анализ, детские сады, поселок, детская площадка, учреждение, воспитанник, должность, поле ясли-сад. Keywords: collective farm, inspector, analysis, kindergartens, village, playground, institution, educator, position, field-kindergarten.

Urush boshqa ittifoqdosh respublikalar kabi, O‘zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga katta zarar etkazdi. Boshqa sohalar bilan bir qatorda, maktabgacha ta’lim tizimida ham qator muammolarlardan biri qamrov darajasi urushdan oldingi holatdan pasayib ketdi. Mazkur ma’lumotlar 1946-yilda O‘zbekistonda maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olish holati va uning 1940-yilga nisbatan o‘zgarishini tahlil qilishda yordam beradi. 1940-yilda Qoraqalpog‘iston

ASSR da urushdan oldin 1033 nafar bolalar tarbiyalangan bo‘lsa, 1946-yilda bu ko‘rsatkich 794 nafarni tashkil etib, 25 foizga kamaydi. Bu kabi kamayish Surxondaryo oblastida ham kuzatilgan. Ushbu oblastda 1940-yilda 493 nafar bola maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalangan bo‘lsa, 1946-yilda bu raqam 421 nafargacha kamaygan [4.250.]. Bu holat 16,2 foizga qisqarish demakdir. Bunday xolat boshqa hududlarda ham qayd etilgan. Shunga qaramay, ayrim hududlarda aksincha, qamrov ortganligini arxiv manbalarida qayd etilgan. Masalan, Xorazm oblastida, 1940-yil - 47 nafar bola maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalangan bo‘lsa, 1946-yilda - bu ko‘rsatkich 388 nafarga yetgan, ya’ni 17,6 foizlik o‘sish kuzatilgan [4.250.]. Buning sabablari hududiy farqlar, aholi joylashuvi yoki mahalliy hokimiyatning bolalar bog‘chalariga ko‘proq e’tibor qaratishi bilan bog'liq. 1948-yilda ham bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga jalb qilish talab darajasida boʻlmagan. Respublika boʻyicha vodiy oblastlarida bolalarning doimiy bolalar bogʻchalariga qatnov koʻrsatkichi boshqa oblastlarga nisbatan ancha yuqori edi, shunga qaramay maktabgacha yoshdagi bolalar umumiy soniga nisbatan hisoblaganda, foiz koʻrsatkichlari juda past edi. Xususan, Andijon oblastida jami maktabgacha yoshdagi bolalar 11379 nafarni tashkil etgan boʻlsa-da, 2 ta bolalar bogʻchasi qurilgan va unga 145 nafar bola qatnagan xolos (1,27 foiz), Namangan oblastida 1 ta bolalar bogʻchasi foydalanishga topshirilgan va una 10 ming nafar bolalarning 140 nafari jalb etilgan (1,4 foiz), Fargʻona oblastida 8944 nafar bolalarning 180 nafari 1 ta doimiy bolalar bogʻchasiga qamrab olingan (2,0 foiz). Bu holat boshqa viloyatlar va shaharlar bilan qiyosiy tahlil qilinganda quyidagi holat ko‘zga tashlanadi, jumladan, Toshkent shahrida 2 ta doimiy maktabgacha taʼlim muassasasiga 500 nafar bolalar jalb qilingan (10,2 foiz), Samarqand oblastida 1 ta bolalar bogʻchasida 120 nafar bolalar qamralgan (4,6 foiz), Buxoro oblastida 2 ta bolalar bogʻchasida 260 nafar bolalar tarbiyalangan (11,9 foiz) ) [5.27.]. 1948-1949-yillarda Qashqadaryo oblast Koson rayoni markazida 2 ta yasli, 3 ta bolalar bog‘chalari, 58 ta mavsumiy bolalar bo‘g‘chalari tashkillangan [2.92.]. Urushdan keyingi yillarda respublika qishloq joylaridagi maktabgacha tarbiya muassasalarini kengaytirish masalalari ham eʼtibordan chetda qolmadi. Bu nafaqat oʻsib kelayotgan yosh avlodning taʼlim-tarbiya manfaatlari uchun, balki mehnat kuchiga talab ancha kuchli boʻlgan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan. Paxta dalalari va chorvachilik fermalarida asosiy mehnat ayollar, yaʼni onalar tomonidan bajarilgan. Xotin-qizlarni ishlab chiqarish va ommaviy-siyosiy ishlarda yanada faol qatnashishlarini taʼminlashda bolalar yaslisi hamda bogʻchalarining roli katta edi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti tomonidan 1948-yil 16-martda «Kolxoz bolalar maydonchalari ahvolini yaxshilash toʻgʻrisida»gi va 1949-yil 25-fevralda «Ekin ekish davrida kolxozchilarga madaniy, tibbiy-sanitar xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorlari qabul qilingan [1.93.]. Bu qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida kolxozlarda mavjud bolalar maydonchalarini obodonlashtirish va yangi bolalar bogʻchalarini barpo etish ishlari jadal boshlab yuborilgan. Statistik maʼlumotlar bu kabi bogʻchalar qancha bolalarni qamrab olganligi haqida aniq raqamlar beradi. 1948-yilda Samarqand oblastida 22 ta rayon bo‘lib, har

bir rayonda bolalar bog‘chalari tashkillangan. Arxiv hujjatlarida 1946-yil 1-yanvar holatiga 96 ta bog‘chalari mavjudligi hamda 6181 nafar bolalar qamrab olinganligi haqidagi ma’lumotlar berilgan. Oblast kolxozlarida 800 ta bolalar bog‘chalari bo‘lib, 25000 nafar bolalar jalb qilingan. Bu davrda maktabgacha tarbiya inspektor lavozimi faqat oblastdagi boshqarmada bo‘lgan. Shahar va rayon Xalq ta’limi bo‘limlarida bu lavozim bo‘lmagan [3.1.]. 1950-yil 7-aprelda Oʻzbekiston SSR Maorif Ministrligi tomonidan 328-son «Kolxozchi ayollarga madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish uchun kolxozlarda bolalar muassasalari tarmogʻini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Bu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda yangi maktabgacha tarbiya muassasalari tashkil etilgan. Xususan, 1950-yilda Namangan oblasti shaharlarida 466 ta, qishloqlarida 316 ta, jami 782 ta maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyat olib borgan. Andijon oblastida shaharlarda 349 ta, qishloqlarida 331 ta, jami 680 ta bolalar bogʻchalari va yaslilari boʻlgan. Fargʻona oblastida esa shu yili shaharlarda 730 ta, qishloqlarda 314 ta, jami 1044 ta maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyat yuritgan. Shu yili mavsumiy bolalar bogʻchalari va yaslilari Namanganda 77 ta, Fargʻonada 50 tani tashkil etgan. Sanatoriy tipdagi bogʻchalar Andijonda 65 ta, Namanganda 77 ta, Fargʻonada 130 ta boʻlgan. Bundan tashqari, Fargʻona oblastida 25 ta, Namanganda 77 ta kechayu-kunduz ishlaydigan bolalar bogʻchalari faoliyat olib borgan. Andijon oblastida mavsumiy va kechayu-kunduz ishlaydigan bolalar bogʻchalari boʻlmagan [6.16.]. XX asrning 50-yillarida Fargʻona vodiysi kolxozlarida deyarli bir xil sharoit boʻlgan. Shunga qaramay, Andijon oblastida mavsumiy maktabgacha tarbiya muassasalari tashkillanganligi haqida ma’lumotlar berilmagan. Chunki, har bir kolxoz eng kamida 10 ta brigadalardan tashkil topgan boʻlib, bu brigadalarning har birida eng kamida 30 nafar ayol ishlagan. Bu ayollarning farzandlari brigadalarga qarashli shiyponlarda tashkil qilingan bolalar mavsumiy bogʻchalari va yaslilarida tarbiyalangan. Kolxozchi ayollar shiyponlardan uzoqroq yerlarga ishlagani borganda ularning bolalari uchun brigada yaslilari tashkillangan. Bu yaslilar dalalar chetidagi tutqatorlarga osilgan belanchaklardan iborat boʻlgan. 1950-yilda Fargʻona vodiysi kolxozlarida bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olish jarayoni nisbatan yaxshilandi. Jumladan, 1950-yilda Fargʻona oblastida 50 ta doimiy kolxoz bolalar bogʻchalari boʻlib, ularda 1410 nafar bola tarbiyalangan. Andijon oblastida 75 ta doimiy bolalar bogʻchalari boʻlib, ularga 1954 nafar bolalar qatnagan. Namangan oblastida 68 ta bolalar bogʻchalari boʻlib, 1289 nafar bolalar qamrab olingan [7.145.]. Bunday bogʻchalar tashkil etilishining eng yuqori koʻrsatkichlari Fargʻona vodiysi oblastlarida kuzatilsa-da, bu boradagi reja oʻz vaqtida bajarilmagan. Bu davrda qishloqlarda xotin-qizlarni dala ishlariga yanada koʻproq jalb etish maqsadida yasli va bogʻchalar zoʻr berib koʻpaytirilgan. 1950-yili Namangan oblastining barcha kolxozlarida maktabgacha tarbiya muassasalari mavjud boʻlib, 13 ta kolxozdagi bolalar bogʻcha va yaslilari namunali deb topilgan. Shu yili 3360 nafar kolxozchi ayollarning bolalari yasli va bogʻchalarga joylashtirilgan, onalar yalpi paxta yigʻim-terimiga jalb etilgan [8. 16.]. Uychi rayonida reja boʻyicha 51 ta bolalar maydonchalari 1635 nafar bolalarni qamrab olishi koʻzda tutilib, amalda 35

ta bolalar maydonchalari tashkil etilgan va 1140 nafar bola jalb etilgan, xolos [9.2.]. Pop rayonida esa klub, teatr kabi madaniy-maishiy binolar bilan bir qatorda bogʻcha, maktab binolari ham yetishmagan, sogʻliqni saqlash idoralarining faoliyati aholi ehtiyojini qondira olmagan [10.73.]. Koʻp hollarda kolxoz maʼmuriyatlari maktabgacha tarbiya muassasalari uchun binolar ajratishda masʼuliyatsizlik bilan yondashgan. Aksariyat bogʻchalar foydalanishga yaroqsiz binolarda, bir-ikki xonali moslashtirilgan binolarda joylashgan edi. Xususan, Fargʻona oblastidagi maktabgacha tarbiya muassasalari joylashgan 271 ta binosidan faqat 13 tasida 5 ta xona boʻlgan, xolos. Natijada bogʻcha tarbiyalanuvchilari tarbiyachilar, oshpazlar yoki kolxozchilarning uylarida tarbiyalangan. Bogʻcha uchun ajratilgan binolar kolxoz raislari tomonidan boshqa maqsadlarda – omborlar, pilla saqlash xonalari kabilarda ishlatilgan. Masalan, 1950- yilda Fargʻona oblasti Quva rayonidagi «Kaganovich» nomli kolxoz bolalar bogʻchasi binosida ipak qurti boqilgani uchun bolalar maʼlum vaqt koʻchada tarbiyalangan. Vodil rayoni «Hosilot» kolxozining bolalar bogʻchasi esa otxona hovlisida joylashgan. Fargʻona oblasti Kuybishev rayonidagi «Kirov» nomli kolxoz hamda Qoʻqon rayonidagi «Stalin» nomli kolxoz bolalar bogʻchalari kolxozchilarning uyida, Andijon oblasti Lenin rayonidagi «Stalin» nomli kolxoz bolalar bogʻchasi oshpazning uyida, Namangan oblast Toʻraqoʻrgʻon rayonidagi «Kalinin» nomli kolxozning bolalar bogʻchasi kolxoz hisobchisining uyida tashkil etilgan edi. Andijon shahridagi 8-bolalar bogʻchasi podvalli binoda joylashgan, podval yonuvchi mahsulotlarga toʻla boʻlganligi bois, bino yongʻin xavfsizligi qoidalariga javob bermagan [11.39.]. Fargʻona oblasti Frunze rayonidagi bolalar bogʻchasi bitta xonadan iborat boʻlgan, xolos. Oxunboboyev rayonidagi bolalar bogʻchasi hududida esa begona shaxslar ham yashagan [12.3.]. Bu kabi bogʻchalar keyingi yillarda ham faoliyat koʻrsatishda davom etgan. 1960-1970-yillarda Andijon oblast Qoʻrgʻontepa rayonidagi «Kuybishev» nomli kolxozda bolalar bogʻchasi qurilgandan soʻng, yarim yil davomida shifoxona faoliyat olib borgan, keyin ipak qurti boqiladigan binoga aylantirilgan. 1970-yilga kelib bino taʼmirga muhtoj boʻlganda, unda 50 oʻrinli mavsumiy bolalar bogʻchasi joylashtirilgan. «Oyim» sovxozi, «Navoiy», «Pobeda», «Ilich», «Qahramon», «Toʻqtagul» kabi kolxozlarda ham ahvol shu tarzda edi [13.19.]. 1950-yilda Namangan shahrida 9 ta doimiy va 1 ta sanatoriy tipdagi maktabgacha tarbiya muassasalari boʻlgan. Ularga jami 539 nafar bolalar qatnagan. Bu maktabgacha tarbiya muassasalarida 1 tadan 4 tagacha guruhlar faoliyat yuritib, umumiy hisobda bitta guruhda 25 nafar tarbiyalanuvchi boʻlgan [14.16.]. Shuningdek, boshqa tashkilotlar qoshida 8 ta doimiy bolalar bogʻchalari boʻlib, ular 310 nafar bolalarni qamrab olgan. 14 ta rayonning har birida 1 tadan doimiy bolalar bogʻchalari boʻlib, ularda 396 nafar bolalar tarbiyalangan. Shu yili Fargʻona oblastining Fargʻona shahrida 4 ta doimiy bolalar bogʻchasida 250 nafar bola, Margʻilon shahridagi 6 ta doimiy bolalar bogʻchasida 235 nafar bola, Qoʻqon shahrida 3 ta doimiy bolalar bogʻchasida 225 nafar bola tarbiyalangan. Gorchakov (Margʻilon shahrining tarkibiy qismi) posyolkasida 1 ta doimiy bolalar bogʻchasi boʻlib, unda 20 nafar bola tarbiyalangan. Fargʻona oblasti rayonlarida esa 17 ta

bogʻchalar boʻlib, ularda 370 nafar bola tarbiyalangan. Oblast boʻyicha jami 47 ta doimiy bogʻchalar boʻlib, ular 1100 nafar tarbiyalanuvchilarni qamrab olgan [7.6.].

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar14 ta adabiyot

  1. Ишанходжаева О. Педагогические основы становления и развития общественного дошкольного воспитания в Узбекской ССР (1924-1980 гг.) Дисс. на соиск. уч. степ. докт. пед. наук. – Ташкент, 1990.
  2. QVDAning Qarshi filiali, 31-fond, 1-ro‘yxat, 271-ish, 92-varaq.
  3. O‘zMA, 2591-fond, 1-ro‘yxat, 109-ish, 1-varaq.
  4. O‘zMA, 94-fond, 5-ro‘yxat, 4781-ish, 250-varaq.
  5. Oʻz MA, R.94-fond, 5-roʻyxat, 5117-ish, 27–37-varaq.
  6. Oʻz MA, R.94-fond, 8-roʻyxat, 5-ish, 16-varaq.
  7. Oʻz MA, R.94-fond, 5-roʻyxat, 5497-ish, 6, 107,145-varaq.
  8. Турсунмуҳамедова А. Болалар муассасалари ишларини йўлга қўйиш мўл ҳосил гаровидир //Ўзбекистон хотин-қизлари. 1951. – №6.
  9. Oʻz MA, R.94-fond, 5-roʻyxat, 5500-ish, 2-varaq.
  10. Namangan VDA, 275-fond, 1-roʻyxat, 580-ish, 73-varaq.
  11. Andijon VDA, 505-fond, 1-roʻyxat, 291-ish, 39-varaq.
  12. Oʻz MA, R.94-fond, 5-roʻyxat, 5491-ish, 3-varaq.
  13. Andijon VDA, 505-fond, 1-roʻyxat, 501-ish, 19-varaq.
  14. Namangan VDA, 12-fond, 2-roʻyxat, 47-ish, 16-varaq.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011166
Nashr sanasi
2025-09-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“FARG‘ONA VODIYSI TARIXINING DOLZARB MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
Jild
1
Son
2
DOI
10.66073/refocus-conf/143
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
132–137
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25