Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IQLIM O‘ZGARISHI VA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA SHIMOLIY MINTAQALARDA ISTIQBOLLI SHOLI GENOTIPLARINI TANLASH ASOSLARI
Kamalov Miyirbek Murat oglu, Utambetov Duysenbay Usnatdinovich, Kalibaeva Aigerim Shaken‘s kizi, Tlewmbetova Shashsanem Mahmud kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida shimoliy mintaqalarda sholi seleksiyasini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqotda Qoraqalpog‘iston sharoitida kolleksiya ko‘chatzorida o‘rganilgan namunalarning xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilariga qiyosiy baho berildi. Natijalar Gulistan standart navi bilan solishtirildi. D-294(D-120)(D-30) namunasi bir o‘simlik mahsuldorligi (10,2 g), D-180, D-289, D-182 kombinatsiyasi esa ro‘vakdagi donlar soni (96 dona) va guruch shaffofligi (90 %) bo‘yicha ustunlik ko‘rsatdi. Ayrim genotiplar standart navdan yuqori hosildorlik komponentlariga ega ekanligi aniqlanib, keyingi bosqich seleksiya sinovlariga tavsiya etildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SUV TANQISLIGI SHAROITIDA G‘OZA DURAGAYLARIDA AYRIM BELGILARNING IRSIYLANISHI
Amanturdiev Alisher Balkibayevich, Nagimetov Oraqbay, Allamuratov Erbol Tursynbay son · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqola suv tanqisligi sharoitida g‘oza duragaylarda morfo-xo‘jalik belgilarning irsiylanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda turli genotiplarga mansub ota-ona shakllari hamda ularning F4 avlod duragaylari suv tanqisligi sharoitida morfo- xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholandi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ERTAKI MUDDATDA EKILGAN KARTOSHKA NAV NAMUNALARINING XO‘JALIK-QIMMATLI BELGILARINI TAVSIFLASH
Nizomov Rustam Akhrolovich, Khojamurotov Salamat Bekmuratovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada kartoshka nav namunalarining o‘sishi va rivojlanishi, kolleksiyani boyitish hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba dalalarida 2025-yilda o‘tkazildi. Hozirgi kunda kartoshka dunyoning 160 dan ortiq mamlakatlarida 22 million gektardan ortiq maydonda ekilib, har yili 356 million tonnadan ortiq hosil yetishtirilmoqda.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KO‘P YILLIK BUG‘DOY NAV VA NAMUNALARINING DON SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA HAVO HARORATINING TA‘SIRI
Nortojiyev Sunnatillo Farhod oglu, Amanov Amir Amanovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Janubiy mintaqada ilk bor ko‘p yillik bug‘doy nav va namunalari ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Maqolada ko‘p yillik bug‘doyning don tarkibidagi kleykovina miqdori o‘rganilganda o‘rtacha 24,7-33,4 % ni tashkil etganligi olib borilgan laboratoriya tahlil natijalarida kuzatildi. Kleykovina miqdori eng yuqori ko‘rsatkichga ega 4 ta namuna borligi aniqlanib andoza navlarga nisbatan 1,8-5,5 % ga yuqori ko‘rsatkichni namoyon etdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YUMSHOQ BUG‘DOYNING F1 DURAGAY AVLODIDA ASOSIY BOSHOQDAGI DONLAR SONINING IRSIYLANISHI
Ochilov Zafar Abdullayevich, Juraev Mamatkul Abdurakhmonovich, Mamarakhimov Bunyod Ikromovich. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Bila opredelena stepen dominirovaniya otobrannix roditelskix form v nasledovanii kolichestva zeren v glavnom kolose v gibridnom pokolenii F1 obiknovennoy pshenitsi, i rekomendovani sorta i linii s visokim indeksom dominirovaniya dlya ispolzovaniya v kachestve roditelskix form pri sozdanii visokourojaynix sortov obiknovennoy pshenitsi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QATTIQ BUG‘DOYNING FAKUL‘TATIV KUZGI NAMUNALARINI HOSILDORLIGI BO‘YICHA BAHOLASH NATIJALARI
Karshiboyev Hasan Kholbazarovich, Amirova Muhayyo Sabir kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada qattiq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasining namunalar tajriba maydonida o‘rganilgan fakul‘tativ kuzgi lalmi qattiq bug‘doy namunalarining hosildorligini tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan ikki yillik tadqiqot natijalari keltirilgan. Olib borilgan ikki yillik tahlil natijalariga ko‘ra hosildorligi andoza navdan yuqori bo‘lgan lalmi qattiq bug‘doyning namunalari tanlab olinganligi bo‘yicha tahlil natijalari bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
“O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI UCHUN QISHLOQ XO‘JALIGINING TRANSFORMATSIYASI: DIVERSIFIKATSIYA, YERDAN FOYDALANISH VA SIYOSIY CHORALAR”
PRIMOV Abdulla · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu tezisda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining transformatsiyasi va uning oziq-ovqat xavfsizligiga qo‘shgan hissasi diversifikatsiya, yerdan foydalanishdagi o‘zgarishlar hamda asosiy siyosiy aralashuvlar prizmasi orqali ko‘rib chiqilgan. Rasmiy statistika, siyosiy hujjatlar va nashr etilgan tadqiqotlar kabi ikkilamchi manbalarga tayangan holda, tezis ekinlar va chorvachilik tendensiyalarini umumlashtiradi, ekin ishlab chiqarishning hududiy holatlarini ko‘rsatadi hamda 2014–2023 yillarda qishloq xo‘jaligi yerlarining taqsimlanishini tahlil qiladi. Dalillar paxta maydonlarining bosqichma-bosqich qisqarib, don ekinlari va yuqori qiymatli ekinlar ulushining ortganini ko‘rsatadi; chorvachilik esa ishlab chiqarishning muhim manbai bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, yem-xashak va unumdorlik bo‘yicha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Tezis davlatning yer va ijaraga berish islohotlari, sug‘orishni modernizatsiya qilish, subsidiyalar va imtiyozli moliyalashtirish, raqamli platformalar hamda AKIS kabi choralarini birlashtiradi. Xulosa shuki, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha erishilgan yutuqlarni barqaror qilish uchun iqlimga mos suv boshqaruvini kengaytirish, qiymat zanjirlarini mustahkamlash va fermerlarning texnologiya, maslahat xizmatlari hamda bozorlarga kirishini yaxshilash zarur.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA BAHORGI BUG‘DOYNING SHO‘RGA CHIDAMLI VA TEZPISHAR NAVLARINI YARATISHNING ILMIY ASOSLARI
Tursymuratova Gozzal Muratbaevna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan va qurg‘oqchil tuproq-iqlim sharoitida bahorgi bug‘doy seleksiyasining dolzarb masalalari yoritilgan. Boshlang‘ich seleksiya materiallarini tanlash, ularni baholash va yuqori hosildor, sho‘rga chidamli hamda tezpishar navlar yaratishda dunyo tajribasidan foydalanish yo‘llari tahlil qilindi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MOSH O‘SIMLIGIDA QURUQ MASSA TO‘PLANISHIGA URUG‘ EKISH MUDDATLARI HAMDA EKISH ME‘YORLARINI TA‘SIRI.
Khoshimov Ibrokhim Nabievich, Rahmonov Shukhratjon Husanboevich, Khudoyberdiyeva Shakhnoza Davlatovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada mosh o‘simligida quruq massa to‘plashga urug‘ ekish muddatlari va ekish sxemasining ta‘siri atroflicha keng o‘rganildi. Tadqiqotlar Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasida 2022-yilda olib borilgan tajribalar asosida, 3 urug‘ ekish muddatlari va 6 ta ekish sxemasi bo‘yicha jami 18 variantda sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, birinchi muddatda, ayniqsa 76x15-1 sxemada ekilgan variantda 1 tup o‘simlikda quruq massa miqdori barcha rivojlanish fazalarida ortib borib, pishish fazasiga kelib eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Ushbu variant ikkinchi va uchinchi muddatlarda 76x15-1 sxemada ekilgan variantlarga nisbatan pishish fazasida 1,83-5,34 g.ga yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUZGI BUG‘DOYNING YANGI YARATILGAN «AQMANG‘IT» NAVI HOSILDORLIGIGA EKISH MUDDATLARINING TA‘SIRI
Abyllaev Urazbai, Abdullaev Bahadir Urazbaevich, Mambetnazarov Tilepbay Orynbay uly, Abyllaeva Umida Urazbaevna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi yaratilgan mahalliy «Aqmang‘it» navini turli ekish muddatlarida azot elementi bilan ta‘minlanish darajasining hosildorlik va don sifati ko‘rsatkichlariga ta‘siri tahlil qilinadi va baholanadi. Olingan natijalarga ko‘ra eng yuqori hosildorlik 93,4 s/ga bo‘lib, 20-sentabr ekish muddatida va 200 kg/ga azot me‘yoridagi variantda olindi. Ekish muddati 10-oktabrgacha kechiktirilganda hosildorlik 73,1–83,3 s/ga oralig‘ida bo‘lib, optimal muddatga nisbatan 10,1–19,3 s/ga kamayishi aniqlandi. Yangi yaratilgan mahalliy «Aqmang‘it» navining yuqori biologik potensialidan to‘liq foydalanish uchun optimal ekish muddati va azot elementi me‘yori ilmiy asosda dalillangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MANDARIN DURAGAYLARINING C VITAMINI MIQDORINING BOSHQA QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI BILAN BOG‘LIQLIKLARI
Khurramov Asilbek Abdusamat oglu, Mirsoliyeva Shahlo Mirodil qizi, Baltabayeva Sholpan Seytmurat kizi, Ismanova Aziza Shermurod qizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Qishloq xo‘jaligi ekinlarida seleksiya jarayonini qisqartirish hamda yangi boshlang‘ich ashyolar, navlar asosiy belgilari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi uchun o‘simliklar avlodini to‘liq o‘rganish va belgilarni bosqichma-bosqich tartibda ajratish hamda turli duragaylari natijasida yaratilgan kombinatsiyalarini kamaytirish maqsadga muvofiqdir. Belgilarning bog‘liqligi ikki xil bo‘ladi, ya‘ni tekis tizimli va noteks tizimli. Tekis tizimli korrelyasiyada bir belgining ko‘rsatkichlarining oshishi yoki pasayishiga olib keladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MANDARIN DURAGAYLARINING PO‘STIDAN ETINING AJRALISHI, HOSILGA KIRISH MUDDATI KO‘RSATKICHLARI.
Khurramov Asilbek Abdusamat oglu, Bakhshullayev Shohruh Boymurod oglu, Rahmatova Mavluda Imamali qizi, Nodirov Salim Soat oglu · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Sitrus mevalarda po‘stidan ajralishi ham asosiy belgilardan hisoblanadi. Chungki is‘temolchilar ushbu belgisiga ko‘ra ham tanlab is‘temol qiladi. Ajralishini qiyin, oson va juda oson shakllarda bo‘lib andozada bu oson archilishi aniqlandi, Unshiu x Toshkent F1 va Unshiu x F2 Yubileyniy duragaylarining po‘sti meva etidan juda oson ajraladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QASHQADARYO VILOYATI SHAROYITIDA TRITIKALE NAV VA GENOTIPLARINING BIOMETRIK KO‘RSATGISHLARINI BAHOLASH
Jalgasbaev is the son of Arziwbay Biysenbay, Rakhimov Jamshid Khayitmurodovich, Oybek Anvarovich Omonov, Azizov Bekzod Gayrat oglu · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Qashqadaryo viloyati osh tusli bo‘z tuproqlar sharoyitida yetishtirilayotgan tritikale nav va genotiplarining biometrik ko‘rsatkishlari bo‘yicha tadqiqot natijalari ma‘lumotlari keltirilgan. Izlanishlardan ma‘lum bo‘ldikiy, biometrik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tritikalening raqobat ko‘chatzorida o‘rganilgan 20 ta nav va tizmalar orasida o‘simlik bo‘yi uzunligi bo‘yicha 11 ta tizmalarda andoza nav(118 sm)dan uzun bo‘lganligi (3-14 sm gacha) aniqlandi. Oxirgi bo‘g‘in uzunligi bo‘yicha 16 ta tizma (38-49 sm) yuqori ko‘rsatkichga ega ekanligi tadqiqot natijalarida kuzatildi. Boshoq uzunligi bo‘yicha 13 ta tizma (13-16 sm), boshoqchalar soni bo‘yicha 12 ta tizma (30-36 dona) va 16 ta tizmada (9 ball) yotib qolishga chidamliligi bo‘yicha andoza navdan yuqori bo‘lgan ekanligi tadqiqot natijalarida aniqlandi va seleksiyaning keyingi bosqichlariga o‘tkazildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ARPANI SIFAT KO‘RSATKICHLARI YUQORI BO‘LGAN NAV VA GENOTIPLARINI TANLASH
Akbarov Akramjon Kahramonovich, Quyliev is the son of Nurislam Davron · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati iqlim sharoitida yetishtirilgan arpaning 20 ta nav va genotiplarida don sifati ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida arpaning 1000 dona don vazni, don naturasi va don oqsili kabi muhim sifat belgilari tahlil qilindi. Tadqiqot ob‘ekti sifatida 3 ta andoza “Voxa”, “Qizilqo‘rg‘on” va “Ixtiyor” navlari va 17 ta tizmalar olindi. Tadqiqotda natijalar asosida nav va genotiplarning mahsuldorlik va don sifati bo‘yicha farqlari aniqlanib, hudud sharoitiga mos va istiqbolli namunalar tanlab olindi, yaniy 1000 dona don vazni va oqsil miqdori bo‘yicha KR19_SEL50-26, KR17BRaqYT-P-29 (Osiyo), KR18_IBYT-1, Kr_Arpa_2016-4_(Sulton), KR18_IBYT-3 va KR19_SEL50-23 genotiplari andoza navlarda yuqori ekanligi taxlillar natijasida aniqlandi. Tadqiqot natijalari arpa selektsiyasi va yuqori sifatli don yetishtirishda ilmiy asos sifatida xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ХОЗЯЙСТВЕННО ЦЕННЫЕ ПРИЗНАКИ САФЛОРА В УСЛОВИЯХ БОГАРЫ УЗБЕКИСТАНА
Oripov Sherali Khalbaevich, Yusupov Nuriddin Khasanovich, Muslimov Furkat Mamarakhimovich · СБОРНИК МАТЕРИАЛОВ Республиканской научно-практической конференции “АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА В СЕВЕРНЫХ РЕГИОНАХ И ИХ ИННОВАЦИОННЫЕ РЕШЕНИЯ” · 2026
Hozirgi kunda respublikada ekin maydonlarini kengaytirish va moyli urug‘lar ishlab chiqarishni ko‘paytirish dolzarb masala hisoblanadi. Biroq, bizning mamlakatimizda hosildorlik boshqa mamlakatlarga nisbatan pastligicha qolmoqda. Selektsiya muvaffaqiyatining asosiy omili bu hududlarda selektsiya jarayonida ishlatiladigan manba materialining xilma-xilligidir. Shu maqsadda O‘zbekistonda qurg‘oqchil sharoitlarda yetishtiriladigan moyli urug‘lar navlarining hosildorligi va boshqa xususiyatlarini qiyosiy baholash o‘tkazildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON IQLIM SHAROITIDA G‘O‘ZANING XITOY VA MAHALLIY NAVLARIDAN OLINGAN F1 DURAGAYLARNING O‘SISHI VA RIVOJLANISHI
Abdullaev Elmurat Erkinbaevich, Seytbaev Rao‘aj Sarsenbaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan “XinLuZhoang-52”g‘uza navi va mahalliy navlar ishtiroqida olingan F1 duragaylarning morfobiologik hamda fenologik hususiyatlari qiyosiy o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra duragaylarda unib chiqishdan pishishgacha bo‘lgan davr 114-122 kunni tashqil etdi. Ayrim kombinatsiyalar tezpisharlik va fenologik barqarorlik jihatidan ustunlik qildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA KUNGABOQARNING G‘4 DURAGAY OILALARIDA TEZPISHARLIK BELGISINING VARIATSION TAHLILI
Aytjanov Bakhytjan Uzakbaevich, Seytbaev Rao‘aj Sarsenbaevich, Aytjanov Uzagbay Eshchanovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada kungaboqarning G‘4 duragay oilalarida tezpisharlik belgisining variatsion tahlili keltirilgan. Bunda tadqiqotlar natijasida turli xil selektsion tanlashlar asosida kungaboqarni G‘4 oddiy va murakkab duragay oilalarini tezpisharlik belgisi ijobiy bo‘lgan oilalar boshlang‘ich ashyolar sifatida keyingi ko‘chatzorga o‘tkazish maqsadida tanlab olingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTONDA G‘O‘ZANING NAV NAMUNALARIDA URUQ VAZNINING BOSH POYA BALANDLIGI BILAN BOG‘LIQLIGINI O‘RGANISH
Ramazanov is the son of Daniyar Bakhitbay, Ziuatdinova Munysaxon Zhalgasbaevna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur tadqiqotda Qoraqalpog‘iston sharoitida g‘ozaning turli nav namunalari urug‘ vazni bilan bosh poya balandligi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, navlar va takrorlanishlar bo‘yicha urug‘ vazni bosh poya balandligiga har doim ham aniq ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi. Ba‘zi navlarda urug‘ vazni ortishi bilan bosh poya biroz oshgan bo‘lsa, boshqa navlarda bu bog‘liqlik kuzatilmagan yoki teskari ta‘sir ko‘rsatgan. Olingan natijalar g‘oza seleksiyasida nav tanlash va hosildorlik belgilarini baholash jarayonida muhim ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTONDA G‘O‘ZANING F2 DURAGAYLARINING BITTA KO‘SAKDAGI PAXTANING VAZNI BELGISINING O‘ZGARUVCHANLIGI
Ramazanov is the son of Daniyar Bakhitbay, Norimmatova Laylo Boranbek kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida yetishtirilgan g‘o‘zaning F₂ duragay avlodlarida ayrim morfoxo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi va ularning genetik tahlili o‘rganildi. Tadqiqot davomida o‘simlik bo‘yi, birinchi hosil shoxining joylashish balandligi, ko‘sak soni, ko‘sak vazni, hosildorlik va tola bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar bo‘yicha fenotipik tafovutlar aniqlanib, ularning variatsiya darajasi statistik usullar asosida baholandi. Olingan natijalar Qoraqalpog‘istonning tuproq-iqlim sharoitida moslashuvchan, yuqori hosildor va sifat ko‘rsatkichlari barqaror navlarni yaratishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
THE EFFECT OF BIOMETRIC INDICATORS OF MUNG BEAN VARIETIES AND LINES GROWN IN SOUTHERN REGIONS ON YIELD
Shermurodov Sardor Zakir ogli, Maxmanazarova Baxrigul Ilhom Kizi · GOLLECTION OF MATERIALS of the Republican Scientific and Practical Conference “CURRENT ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NORTHERN REGIONS AND THEIR INNOVATIVE SOLUTIONS” · 2026
Maqolada o‘simlik balandligi, dukkakli uzunligi va har bir o‘simlikdagi dukkaklilar soni kabi biometrik ko‘rsatkichlarning janubiy mintaqalarning iqlim sharoitida yetishtiriladigan mosh dukkakli navlari va liniyalarining mahsuldorligi va hosildorligiga ta‘siri tahlil qilinadi va tavsiflanadi.