Asosiy mazmunga o‘tish

MANDARIN DURAGAYLARINING C VITAMINI MIQDORINING BOSHQA QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI BILAN BOG‘LIQLIKLARI

Khurramov Asilbek Abdusamat oglu1, Mirsoliyeva Shahlo Mirodil qizi2, Baltabayeva Sholpan Seytmurat kizi, Ismanova Aziza Shermurod qizi2026

  1. 1Toshkent davlat agrar universiteti https://ror.org/05gr4mx33
  2. 2Bo‘ka tuman 2-son texnikumi

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 51–54

Annotatsiya

Qishloq xo‘jaligi ekinlarida seleksiya jarayonini qisqartirish hamda yangi boshlang‘ich ashyolar, navlar asosiy belgilari  bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi uchun o‘simliklar avlodini to‘liq o‘rganish va belgilarni bosqichma-bosqich tartibda ajratish hamda turli duragaylari natijasida yaratilgan kombinatsiyalarini kamaytirish maqsadga muvofiqdir. Belgilarning bog‘liqligi ikki xil bo‘ladi, ya‘ni tekis tizimli va noteks tizimli. Tekis tizimli korrelyasiyada bir belgining ko‘rsatkichlarining oshishi yoki pasayishiga olib keladi.

Boshqa tillarda

ruschaВзаимосвязь содержания витамина С в гибридах мандарина с другими ценными экономическими признаками.

Для упрощения процесса селекции сельскохозяйственных культур и обеспечения того, чтобы новые исходные материалы и сорта обладали высокими показателями основных характеристик, целесообразно всесторонне изучать родословную растений и постепенно разделять характеристики, сокращая комбинации, созданные в результате различных гибридов. Корреляция характеристик бывает двух типов: плоскосистемная и неплоскостная. При плоскосистемной корреляции увеличение или уменьшение показателей одной характеристики приводит к увеличению или уменьшению других.

inglizchaRELATIONSHIPS OF VITAMIN C CONTENT IN MANDARIN HYBRIDS WITH OTHER VALUABLE ECONOMIC TRAITS

In order to reduce the selection process in agricultural crops and to ensure that new starting materials and varieties have high indicators for the main characteristics, it is advisable to fully study the plant lineage and gradually separate the characteristics and reduce the combinations created as a result of various hybrids. The correlation of characteristics is of two types, namely, flat-system and non-flat-system. In flat-system correlation, an increase or decrease in the indicators of one characteristic leads to an increase or decrease.

Kalit so‘zlar

  • Vitamin C
  • qand miqdori
  • kislota miqdori
  • sharbat
  • murabbo
  • tezpisharlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK:634.3:631.5 MANDARIN DURAGAYLARINING C VITAMINI MIQDORINING BOSHQA QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI BILAN BOG‘LIQLIKLARI Xurramov Asilbek Abdusamat o‘g‘li Toshkent davlat agrar universiteti, assistent, ax35326@gmail.com Mirsoliyeva Shahlo Mirodil qizi Bo‘ka tuman 2-son texnikumi o‘qituvchisi shahlomirsolieva@gmail.com Baltabayeva Sholpan Seytmurat qizi Toshkent davlat agrar universiteti, talaba sholpanbaltabayeva3@gmail.com Ismanova Aziza Shermurod qizi Toshkent davlat agrar universiteti, talaba ismanovamubina701@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19234007 Anotatsiya.Qishloq xo‘jaligi ekinlarida seleksiya jarayonini qisqartirish hamda yangi boshlang‘ich ashyolar, navlar asosiy belgilari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi uchun o‘simliklar avlodini to‘liq o‘rganish va belgilarni bosqichma-bosqich tartibda ajratish hamda turli duragaylari natijasida yaratilgan kombinatsiyalarini kamaytirish maqsadga muvofiqdir. Belgilarning bog‘liqligi ikki xil bo‘ladi, ya’ni tekis tizimli va noteks tizimli. Tekis tizimli korrelyasiyada bir belgining ko‘rsatkichlarining oshishi yoki pasayishiga olib keladi. Kalit so‘zlar: Vitamin C, qand miqdori, kislota miqdori, sharbat, murabbo, tezpisharlik. Аннотация. В целях сокращения селекционного процесса сельскохозяйственных культур и достижения высоких показателей по основным признакам новых исходных материалов и сортов, целесообразно всестороннее изучение потомства растений и поэтапный отбор признаков, а также сокращение комбинаций, созданных в результате различных скрещиваний. Взаимосвязь признаков бывает двух видов: линейная и нелинейная. При линейной корреляции изменение одного признака приводит к увеличению или уменьшению показателей другого. Ключевые слова: В исследовании изучались содержание витамина С, сахара и кислоты, а также показатели скороплодности гибридов. Annotation. In order to shorten the breeding process of agricultural crops and achieve high performance in the key traits of new initial materials and varieties, it is expedient to conduct a comprehensive study of plant progeny and a stepwise selection of traits, as well as to reduce the number of combinations created through various hybridizations. The correlation of traits is of two types: linear and non-linear. In a linear correlation, an increase or decrease in the indicators of one trait leads to a corresponding change in another. Keywords: The study examined the Vitamin C, sugar, and acid content, as well as the early ripening characteristics of the hybrids. Mandarin-doim yashil daraxt, balandligi 3 metrga boradi. Tinim davri bilan almashadigan 2-3 oʻsish davriga ega. Shox-shabbasi yoyilib o‘sadi, barglari uzunchoqtuxumsimon, toʻq yashil, gullari oq, mayda, ikki jinsli, xushboʻy. Mandarin may-iyun oylarida gullaydi, mevasi oktyabrda pishadi. Mevasi yassi dumaloq, baʼzan yapaloq, yuzasi biroz gʻadir-budir, poʻsti qalin, zargʻaldoq, urugʻi mayda. Sharbati nordon-shirin. Eti toʻq sariq, sersuv, 8-10 pallali, vazni 60-200 g .

Sharbati tarkibida 2,87-10,5% qand, 0,95-1% kislota (asosan limon kislota), 25 mg. % vitamin C va boshqa vitaminlar mavjud. Poʻstida pektin moddasi, efir moyi va glikozidlar mavjud boʻlib, qandolatchilik sanoatida va efir moyi olishda ishlatiladi. Mandarin sovuqqa chidamli: -6,5 C da barglarini, - 12 C da daraxtini sovuq uradi. Ohak va gumusga boy tuproqlarda yuqori hosil olinadi. Mandarin asosan, payvand yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Koʻchatlar orasi 3–5 m, qator orasi 5–6 m qilib kech kuz va erta bahorda ekiladi. Yozda qator oralari yumshatiladi, sugʻoriladi. Mandarin daraxtiga yosh paytida toʻgʻri shakl berilsa, hosildorlik yuqori boʻladi. 10-12 yillik daraxtlardan 1 gektardan 500 sentner hosil olinadi. Mevasi yangiligida isteʼmol qilinadi (murabbo, jem, sharbat) tayyorlanadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarida seleksiya jarayonini qisqartirish hamda yangi boshlang‘ich ashyolar, navlar asosiy belgilari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi uchun o‘simliklar avlodini to‘liq o‘rganish va belgilarni bosqichma-bosqich tartibda ajratish hamda turli duragaylari natijasida yaratilgan kombinatsiyalarini kamaytirish maqsadga muvofiqdir. Belgilarning bog‘liqligi ikki xil bo‘ladi, ya’ni tekis tizimli va noteks tizimli. Tekis tizimli korrelyasiyada bir belgining ko‘rsatkichlarining oshishi yoki pasayishiga olib keladi. Tadqiqotlarda mandarin duragaylarining C vitamini miqdorining tezpisharligi, meva shakli va ta’mi, qand miqdori hamda kaslota miqdori kabi qimmatli xo‘jalik belgilari bilan bog‘liqliklari matematik mahlil qilindi. Mandarin duragaylarining C vitamini miqdori bilan tezpisharligi orasida o‘rganilgan 15 ta duragaylardan 4 tasida salbiy kuchsiz holatda, ya’ni -0,15-0,22 oralig‘ini tashkil etgan bo‘lsa qolgan barcha kombinatsiyalarda kuchsiz ijobiy bog‘liqliklar mavjudligi aniqlandi. Duragay kombinatsiyalarning C vitamini miqdori bilan meva shakli bilan ham kuchsiz salbiy va ijobiy hamda meva ta’mi bilan kuchli ijobiy, ya’ni +0,41 dan Kovano Vase (mandarin) x F-2 Yubileyniy (limon) duragayida, +0,78 gacha Unshiu (mandarin) x Toshkent F1 (limon) duragayida bo‘lganligi qayd etildi. Mandarinning C vitamini miqdori bilan qand miqdori kuchsiz va o‘rta ijobiy holatda (+0,15+0,42) va kislota miqdori bilan esa ko‘chsiz va o‘rta ijobiy (+0,19+0,56) bog‘liqliqliklar mavjudligi namoyon bo‘ldi(1-jadvalga qarang). 1-jadval Mandarin duragaylarining C vitamini miqdorining boshqa qimmatli xo‘jalik belgilari bilan bog‘liqliklari C vitamini mg. (100 gramda) Tezpishar Meva Meva Qand Kislota № Duragaylar lik (kun) shakli ta’mi miqdori miqdori (%) (%) r±Sr r±Sr r±Sr r±Sr r±Sr 1 Unshiu (andoza) 0,19±0,04 0,30±0,04 0,53±0,05 0,21±0,03 0,29±0,07 2 Klementin 0,21±0,05 0,22±0,02 0,62±0,04 0,23±0,04 0,35±0,06 (mandarin) x Toshkent F1 (limon) 3 Klementin 0,14±0,06 0,15±0,01 0,74±0,06 0,15±0,02 0,24±0,07 (mandarin) x Meyer (limon)

4 Klementin 0,21±0,02 0,12±0,02 0,49±0,03 0,32±0,03 0,19±0,04 (mandarin) x F-2 Yubileyniy 5 Unshiu (mandarin) 0,09±0,01 0,15±0,01 0,52±0,03 0,33±0,04 0,52±0,06 x Meyer (limon) 6 Unshiu (mandarin) 0,29±0,02 0,36±0,04 0,78±0,04 0,42±0,05 0,61±0,07 x Toshkent F1 (limon) 7 Unshiu (mandarin) - - 0,60±0,03 0,21±0,01 0,43±0,05 x F-2 Yubileyniy 0,22±0,03 0,14±0,02 8 Ximera (mandarin) 0,25±0,03 0,21±0,03 0,38±0,03 0,15±0,02 0,31±0,04 x F-2 Yubileyniy 9 Ximera (mandarin) - 0,09±0,01 0,73±0,05 0,16±0,03 0,56±0,06 x Toshkent F1 0,15±0,02 10 Ximera (mandarin) 0,12±0,02 - 0,66±0,06 0,17±0,01 0,47±0,05 x Meyer (limon) 0,21±0,03 11 Kovano Vase - 0,13±0,02 0,67±0,05 0,24±0,04 0,32±0,04 (mandarin) x 0,15±0,03 Toshkent F1 (limon) 12 Kovano Vase 0,07±0,01 0,03±0,01 0,41±0,04 0,36±0,04 0,24±0,05 (mandarin) x F-2 Yubileyniy (limon) 13 Kovano Vase 0,09±0,01 - 0,62±0,03 0,45±0,03 0,41±0,06 (mandarin) x 0,15±0,01 Meyer (limon) 14 Ponkan (mandarin) 0,15±0,03 0,07±0,02 0,76±0,05 0,21±0,03 0,55±0,07 x Toshkent F1 (limon) 15 Ponkan (mandarin) - 0,31±0,04 0,58±0,03 0,26±0,01 0,48±0,05 x F-2 Yubileyniy 0,21±0,03 (limon) 16 Ponkan (mandarin) 0,14±0,02 0,14±0,03 0,47±0,05 0,31±0,03 0,34±0,04 x Meyer (limon)

Amalga oshirilgan ishlardan xulosa qilish mumkinki tadqiqotlarda mandarin duragaylarining C vitamini miqdorining tezpisharlik, meva shakli belgilari bilan kuchsiz salbiy va ijobiy, qand miqdori bilan kuchsiz va o‘rta ijobiy hamda meva ta’mi bilan kuchli ijobiy, kislota miqdori kabi belgilar bilan o‘rta va kuchli ijobiy bog‘liqliklar mavjudligi qayd etildi. Mandarin duragaylarining C vitamini miqdorining bilan nisbatan yuqori ijobiy bog‘langan duragaylar ajratib olindi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR 1. Фахриддинов З. Обыкновенное чудо. Ташкент - 1974 г. 2. Десятиченко А.М. Переспективные сорта цитрусовых культур для защищенного грунта Узбекистана. Проблемы развития субтропического плодоводства в Узбекистане. Ташкент. Мехнат - 1985 г. 3. M.Z.Faxrutdinov, N.N.Oblomuradov,S.T.Jo‘rayev “Sitruschilik” o‘quv qo‘llanma Toshkent -2025, 231-244 b. 4. M.Z.Faxrutdinov, N.N.Oblomuradov,S.T.Jo‘rayev “Sitrus ekinlari seleksiyasi va ko‘chatchiligi” o‘quv qo‘llanma Toshkent -2025, 108-110 b. 5. M.Z.Faxrutdinov,A.A.Xurramov, SH.M.Mirsoliyeva, D.S.Abdumutallimova “Mandarin duragaylarining vegetatsiya davri va o‘simlik bo‘yi ko‘rsatkichlarining shakllanishi” Agrobiznes, fan va texnologiyalar jurnali 2026-yil, fevral. № 2-son, 748-751 b 6. S.T.Jo‘rayev, A.A.Xurramov, X.X.Jumaboyeva, G.A.Hojiakbarova “Mandarin va limon turlarini chatishtirishdan olingan duragaylarning meva vazni va mahsuldorligi” Agrobiznes, fan va texnologiyalar jurnali 2026-yil, fevral. № 2-son,769-772 b.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Фахриддинов З. Обыкновенное чудо. Ташкент - 1974 г.
  2. Десятиченко А.М. Переспективные сорта цитрусовых культур для защищенного грунта Узбекистана. Проблемы развития субтропического плодоводства в Узбекистане. Ташкент. Мехнат - 1985 г.
  3. M.Z.Faxrutdinov, N.N.Oblomuradov,S.T.Jo‘rayev “Sitruschilik” o‘quv qo‘llanma Toshkent -2025, 231-244 b.
  4. M.Z.Faxrutdinov, N.N.Oblomuradov,S.T.Jo‘rayev “Sitrus ekinlari seleksiyasi va ko‘chatchiligi” o‘quv qo‘llanma Toshkent -2025, 108-110 b.
  5. M.Z.Faxrutdinov,A.A.Xurramov, SH.M.Mirsoliyeva, D.S.Abdumutallimova “Mandarin duragaylarining vegetatsiya davri va o‘simlik bo‘yi ko‘rsatkichlarining shakllanishi” Agrobiznes, fan va texnologiyalar jurnali 2026-yil, fevral. № 2-son, 748-751 b
  6. S.T.Jo‘rayev, A.A.Xurramov, X.X.Jumaboyeva, G.A.Hojiakbarova “Mandarin va limon turlarini chatishtirishdan olingan duragaylarning meva vazni va mahsuldorligi” Agrobiznes, fan va texnologiyalar jurnali 2026-yil, fevral. № 2-son,769-772 b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011902
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1016
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
51–54
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25