Asosiy mazmunga o‘tish

QORAQALPOG‘ISTONDA G‘O‘ZANING F2 DURAGAYLARINING BITTA KO‘SAKDAGI PAXTANING VAZNI BELGISINING O‘ZGARUVCHANLIGI

Ramazanov is the son of Daniyar Bakhitbay1, Norimmatova Laylo Boranbek kizi22026

  1. 1Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
  2. 2Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 15–17

Annotatsiya

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida yetishtirilgan g‘o‘zaning F₂ duragay avlodlarida ayrim morfoxo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi va ularning genetik tahlili o‘rganildi. Tadqiqot davomida o‘simlik bo‘yi, birinchi hosil shoxining joylashish balandligi, ko‘sak soni, ko‘sak vazni, hosildorlik va tola bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar bo‘yicha fenotipik tafovutlar aniqlanib, ularning variatsiya darajasi statistik usullar asosida baholandi. Olingan natijalar Qoraqalpog‘istonning tuproq-iqlim sharoitida moslashuvchan, yuqori hosildor va sifat ko‘rsatkichlari barqaror navlarni yaratishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Boshqa tillarda

ruschaИзменчивость веса хлопка в одном мешке гибридов хлопка F2 в Каракалпакстане

В данной статье исследуется изменчивость некоторых морфологических и экономических признаков в поколениях гибридов F₂ хлопчатника, выращиваемого в Каракалпакстане, и проводится их генетический анализ. В ходе исследования были выявлены фенотипические различия по высоте растения, высоте первой ветви плодоносящего растения, количеству коробочек, массе коробочки, урожайности и показателям, связанным с волокном, а также оценена степень их изменчивости с использованием статистических методов. Полученные результаты служат научной основой для создания сортов, адаптированных к почвенно-климатическим условиям Каракалпакстана, с высокой урожайностью и стабильными показателями качества.

inglizchaVARIABILITY OF COTTON WEIGHT IN ONE BAG OF F2 COTTON HYBRIDS IN KARAKALPAKSTAN

This article studies the variability of some morphological and economic traits in F₂ hybrid generations of cotton grown in Karakalpakstan and their genetic analysis. During the study, phenotypic differences in plant height, height of the first crop branch, number of bolls, boll weight, yield and fiber-related indicators were identified, and their variation level was assessed using statistical methods. The results obtained serve as a scientific basis for creating varieties that are adaptable to the soil and climatic conditions of Karakalpakstan, with high yields and stable quality indicators.

Kalit so‘zlar

  • g‘o‘za
  • F₂ duragay
  • morfoxo‘jalik belgilar
  • o‘zgaruvchanlik
  • genetik tahlil
  • seleksiya
  • variatsiya koeffitsiyenti

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

UO‘T: 631.527:633.51(575.1):631.531.02 QORAQALPOG‘ISTONDA G‘O‘ZANING F2 DURAGAYLARINING BITTA KO‘SAKDAGI PAXTANING VAZNI BELGISINING O‘ZGARUVCHANLIGI Ramazanov Daniyar Baxitbay ulı Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: daniyar.bakhitovich@gmail.com Norimmatova Laylo Boranbek qizi Magistrant Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: layloolaylo741@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19205581 Annotatsiya. Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida yetishtirilgan g‘o‘zaning F₂ duragay avlodlarida ayrim morfoxo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi va ularning genetik tahlili o‘rganildi. Tadqiqot davomida o‘simlik bo‘yi, birinchi hosil shoxining joylashish balandligi, ko‘sak soni, ko‘sak vazni, hosildorlik va tola bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar bo‘yicha fenotipik tafovutlar aniqlanib, ularning variatsiya darajasi statistik usullar asosida baholandi. Olingan natijalar Qoraqalpog‘istonning tuproq-iqlim sharoitida moslashuvchan, yuqori hosildor va sifat ko‘rsatkichlari barqaror navlarni yaratishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: g‘o‘za, F₂ duragay, morfoxo‘jalik belgilar, o‘zgaruvchanlik, genetik tahlil, seleksiya, variatsiya koeffitsiyenti. Abstract. This article investigates the variability of certain morpho-economic traits and their genetic analysis in F₂ hybrid populations of cotton grown under the environmental conditions of Karakalpakstan. During the study, phenotypic differences were identified in plant height, the position of the first fruiting branch, boll number per plant, boll weight, yield, and fiber-related characteristics. The degree of variation of these traits was evaluated using statistical methods. The obtained results provide a scientific basis for developing adaptable, high-yielding cotton varieties with stable quality traits suitable for the soil and climatic conditions of Karakalpakstan. Keywords: cotton, F₂ hybrid, morpho-economic traits, variability, genetic analysis, selection, coefficient of variation. Kirish. Ma’lumki, g‘o‘za mamlakatimizda keng miqyosda ekiladigan ekin turi hisoblanadi. Respublikamiz paxta xom ashyosini yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarda turadi. Hozirgi kunda paxta xomashyosining sifat ko‘rsatkichlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Paxta tolasining yuqori sifatga ega bo‘lishida uni yetishtirish sharoiti, o‘simlikning biologik xususiyatlari hamda genetik xususiyatlarining ahamiyati katta. B.I.Mamaraximov va boshqalar [1] ta’kidlashicha, turlararo duragaylarda bosh poya balandligiga boshlang‘ich ashyo sifatida olingan ota-ona shaklning ta’siri katta bo‘lib, onalik va qayta chatishtirishda madaniy namunalar ishtirok etganda yuqori samaraga erishish mumkin. M.B.Xalikova [2] ma’lumotiga ko‘ra, G.tomentosum ishtirokidagi turlararo duragaylarning yuqori bo‘g‘inlarida avlodlar va qayta chatishtirishlar soni ortishi bilan bir dona

ko‘sakdagi paxta vazni ortib boradi. Duragaylarda bu belgining ko‘rsatkichlari ona shakliga nisbatan yaxshilanib, otalik navlar ko‘rsatkichlariga yaqinlashib boradi. Ma’lumki, madaniy g‘o‘za navlarining asosiy xo‘jalik belgilarini yaxshilashda, yangi belgi va xususiyatlarga ega bo‘lgan g‘o‘za shakllarini yaratishda yarim yovvoyi va yovvoyi hamda turli genomlarga mansub g‘o‘za namunalari ishtirokida olingan duragaylar amaliy seleksiya uchun boshlang‘ich manba sifatida muhim ahamiyatga ega. A.Siddiqovning [3] tajribalarida oddiy duragaylarda tezpisharlik asosan salbiy oraliq va dominant; bir tup o‘simlikdagi ko‘saklar soni, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni va 1000 dona chigit vazni ijobiy dominant va oraliq; bir tup o‘simlik hosili, tola chiqimi va tola uzunligi esa o‘ta dominant, ya’ni ijobiy geterozis yoki oraliq holda irsiylanishi aniqlangan. Bitta ko‘sakdagi paxtaning og‘irlik belgisi tashqi muhit ta’sirida kam o‘zgaruvchan bo‘lib, nisbatan paratipik barqaror hisoblanadi. Tadqiqot materiallari va usullari. Ilmiy izlanishlar Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining “G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasida hamda institutning tajriba xo‘jaligi dala maydonlarida olib borildi. Mazkur institut Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani hududida joylashgan bo‘lib hisoblanadi. Ekish jarayonida urug‘lar 60 × 30 × 1 sm sxema asosida joylashtirilib, 3–5 sm chuqurlikka qadaldi. Ekinlar uch qatorli, 60 uyali tizimda tashkil etilib, har bir uyaga 3–4 tadan urug‘sepildi. Ikkinchi avlod duragaylarining belgilari bo‘yicha o‘zgaruvchanlik qatorlari tuzildi va natijalarning sonli ko‘rsatkichlari B.A.Dospexovning (1985) uslubida matematik ishlovdan o‘tkaziladi. Tahlil va natijalar. F₂ duragaylarda bitta ko‘sakdagi paxtaning vazni. Turli chatishtirishlar asosida olib borilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘sakdagi paxta vazni nisbatan kam o‘zgaruvchan belgi hisoblanadi. Tadqiqotlarimizda ikkinchi avlod duragaylari bilan birga ekilgan ota-ona tizmalardan Nazar-87 tizmasida bir o‘simlikdagi ko‘sakdagi paxta vazni 5,0 g, PSR-20 tizmasida 4,8 g, Holland 1806 tizmasida 5,1 g, 357 tizmasida 4,8 g hamda Sulton navida 5,5 g bo‘ldi. F₂ duragaylarida esa o‘simliklarning bir ko‘sagidagi paxta vazni 4,7–5,5 g oralig‘ida qayd etildi. Duragaylarda belgining o‘zgaruvchanlik darajasi 3,4–4,5 % ni tashkil qilib, o‘simliklar variatsion qator bo‘yicha asosan 4,8–5,3 g oralig‘ida joylashdi. Shu bilan birga, Nazar 87 (010203, Meksika) x KK-3535 duragay kombinatsiyasida ko‘sak vazni yuqori bo‘lgan o‘simliklar ko‘plab uchradi va ular variatsion qator bo‘yicha 5,6–6,1 g oralig‘ida joylashdi. HS-23 (010236, Meksika) x KK-3535 kombinatsiyasida bir o‘simlikdagi paxta vazni 5,8– 6,1 g bo‘lgan yirik ko‘sakli o‘simliklar alohida ajralib chiqdi. Holland 1806 (010239, Meksika) x Chimboy-5018 tizmasi onalik sifatida qatnashgan kombinatsiyalarda bir o‘simlikdagi ko‘sakdagi paxta vazni 4,8–5,4 g bo‘ldi. Ushbu kombinatsiyalarda belgining o‘zgaruvchanlik koeffitsiyenti 3,6–5,5 % ni tashkil qilib, o‘simliklarning asosiy qismi variatsion qator bo‘yicha chap tomonda, ya’ni 4,8–5,3 g oralig‘ida joylashdi. Shu bilan birga, faqatgina yirik ko‘sakli PSR-20 shakli ishtirokidagi PSR-20 (010520, AQSH) x KK-3535 duragay kombinatsiyasida bir ko‘sakdagi paxta vazni 5,6–6,5 g bo‘lgan o‘simliklar ajralib chiqdi.

Hulosa. F₂ duragay populyatsiyalarida bitta ko‘sakdagi paxta vazni nisbatan kam o‘zgaruvchan belgi ekanligi tasdiqlandi. Ota-ona shakllar orasida ko‘sakdagi paxta vazni 4,8–5,5 g diapazonda qayd etilib, eng yuqori ko‘rsatkich Sulton navida (5,5 g) aniqlandi. Ayniqsa, Nazar- 87 x KK-3535, HS-23 x KK-3535 hamda PSR-20 x KK-3535 duragay kombinatsiyalarida yirik ko‘sakli o‘simliklar ko‘plab uchrab, seleksiya uchun istiqbolli manba sifatida namoyon bo‘ldi. Holland 1806 x Chimboy-5018 kombinatsiyalarida esa belgi nisbatan barqaror namoyon bo‘lib, o‘simliklarning asosiy qismi o‘rtacha (4,8–5,3 g) ko‘rsatkichlar atrofida jamlandi. Olingan natijalar F₂ avlodda yirik ko‘sakli genotiplarni individual tanlash asosida ajratib olish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi va bu keyingi seleksiya bosqichlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Mamaraximov B.I., Xalikova M.B., Saydaliyev X., Xolmuradov A.I., Tojiboyev A.M. Turlararo duragaylarda ba’zi bir biologik belgilarning irsiylanishi. // G‘o‘za genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi va bedachiligi masalalari to‘plami. -Toshkent, 2002. -B.88-93. 2. Xalikova M.B. G.tomentosum ishtirokidagi turlararo bekkross duragaylarning suruvchi zararkunandalarga chidamliligi. -Q.x.f.n. dis. avtoref. - Toshkent, 2004.-20 b. 3. Siddiqov A.R. Murakkab duragaylash ta’sirida g‘o‘za qimmatli xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi. Q.x.f.n. diss.avtoref. -Toshkent, 2006. -24 b. 4. Qoyli’baevna A. M. et al. Qoraqalpog‘iston hududlarida suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning maqbul rejimlarini ishlab chiqish //Conferences. – 2025. – Т. 1. – №. 4. – С. 246-247. 5. Qoyli’baevna A. M. et al. Qoraqalpog‘istonning tuproq va iqlim sharoitlarining o‘simliklarning ko‘payishiga ta’siri //Conferences. – 2025. – Т. 1. – №. 4. – С. 243-245.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Mamaraximov B.I., Xalikova M.B., Saydaliyev X., Xolmuradov A.I., Tojiboyev A.M. Turlararo duragaylarda ba’zi bir biologik belgilarning irsiylanishi. // G‘o‘za genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi va bedachiligi masalalari to‘plami. -Toshkent, 2002. -B.88-93.
  2. Xalikova M.B. G.tomentosum ishtirokidagi turlararo bekkross duragaylarning suruvchi zararkunandalarga chidamliligi. -Q.x.f.n. dis. avtoref. - Toshkent, 2004.-20 b.
  3. Siddiqov A.R. Murakkab duragaylash ta’sirida g‘o‘za qimmatli xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi. Q.x.f.n. diss.avtoref. -Toshkent, 2006. -24 b.
  4. Qoyli’baevna A. M. et al. Qoraqalpog‘iston hududlarida suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishning maqbul rejimlarini ishlab chiqish //Conferences. – 2025. – Т. 1. – №. 4. – С. 246-247.
  5. Qoyli’baevna A. M. et al. Qoraqalpog‘istonning tuproq va iqlim sharoitlarining o‘simliklarning ko‘payishiga ta’siri //Conferences. – 2025. – Т. 1. – №. 4. – С. 243-245.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011893
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1006
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
15–17
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25