Asosiy mazmunga o‘tish

QORAQALPOG‘ISTONDA G‘O‘ZANING NAV NAMUNALARIDA URUQ VAZNINING BOSH POYA BALANDLIGI BILAN BOG‘LIQLIGINI O‘RGANISH

Ramazanov is the son of Daniyar Bakhitbay1, Ziuatdinova Munysaxon Zhalgasbaevna22026

  1. 1Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
  2. 2Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Konferensiyalar“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.Jild 1Son 1Sahifa 18–20

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Qoraqalpog‘iston sharoitida g‘ozaning turli nav namunalari urug‘ vazni bilan bosh poya balandligi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, navlar va takrorlanishlar bo‘yicha urug‘ vazni bosh poya balandligiga har doim ham aniq ijobiy yoki salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi. Ba‘zi navlarda urug‘ vazni ortishi bilan bosh poya biroz oshgan bo‘lsa, boshqa navlarda bu bog‘liqlik kuzatilmagan yoki teskari ta‘sir ko‘rsatgan. Olingan natijalar g‘oza seleksiyasida nav tanlash va hosildorlik belgilarini baholash jarayonida muhim ahamiyatga ega.

Boshqa tillarda

ruschaИзучение взаимосвязи между массой семян и высотой главного стебля у сортов хлопка в Каракапалкастине.

В данном исследовании изучалась взаимосвязь между массой семян и высотой стебля у различных сортов хлопчатника в Каракалпакстане. Результаты исследования показали, что масса семян не всегда оказывает явное положительное или отрицательное влияние на высоту стебля в зависимости от сорта и повторения. У некоторых сортов высота стебля незначительно увеличивалась с увеличением массы семян, в то время как у других сортов эта зависимость не наблюдалась или имела противоположный эффект. Полученные результаты важны в процессе отбора сортов и оценки характеристик урожайности в селекции хлопчатника.

inglizchaSTUDYING THE RELATIONSHIP BETWEEN SEED WEIGHT AND MAIN STEM HEIGHT IN COTTON VARIETIES IN KARAKALPAKISTAN

In this study, the relationship between seed weight and stem height of different cotton varieties in Karakalpakstan was studied. The results of the study showed that seed weight does not always have a clear positive or negative effect on stem height across varieties and replicates. In some varieties, the stem slightly increased with increasing seed weight, while in other varieties this relationship was not observed or had an opposite effect. The results obtained are important in the process of variety selection and evaluation of yield characteristics in cotton breeding.

Kalit so‘zlar

  • g‘oza
  • nav
  • urug‘ vazni
  • bosh poya balandligi
  • bog‘liqlik
  • seleksiya
  • hosildorlik
  • takrorlanish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

UO‘T: 631.527:633.51(575.1):631.531.02 QORAQALPOG‘ISTONDA G‘O‘ZANING NAV NAMUNALARIDA URUQ VAZNINING BOSH POYA BALANDLIGI BILAN BOG‘LIQLIGINI O‘RGANISH Ramazanov Daniyar Baxitbay ulı Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: daniyar.bakhitovich@gmail.com Ziuatdinova Munysaxon Jalgasbaevna Magistrant Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Tel: [telefon raqami yashirilgan] e-mail: munisaziuatdinova@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19205613 Annotatsiya. Mazkur tadqiqotda Qoraqalpog‘iston sharoitida g‘ozaning turli nav namunalari urug‘vazni bilan bosh poya balandligi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, navlar va takrorlanishlar bo‘yicha urug‘vazni bosh poya balandligiga har doim ham aniq ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ba’zi navlarda urug‘vazni ortishi bilan bosh poya biroz oshgan bo‘lsa, boshqa navlarda bu bog‘liqlik kuzatilmagan yoki teskari ta’sir ko‘rsatgan. Olingan natijalar g‘oza seleksiyasida nav tanlash va hosildorlik belgilarini baholash jarayonida muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: g‘oza, nav, urug‘vazni, bosh poya balandligi, bog‘liqlik, seleksiya, hosildorlik, takrorlanish. Abstract. This study investigated the relationship between seed weight and main stem height in different cotton varieties under the conditions of Karakalpakstan. The results showed that, depending on the variety and repetitions, seed weight does not always have a clear positive or negative effect on stem height. In some varieties, an increase in seed weight was accompanied by a slight increase in stem height, while in others no correlation or even a negative effect was observed. These findings are important for cotton breeding, variety selection, and the evaluation of yield-related traits. Keywords: cotton, variety, seed weight, main stem height, correlation, breeding, yield, repetition. Kirish. Hozirgi vaqtda seleksiya markazlari va boshqa tajriba-seleksiya muassasalarini yanada ixtisoslashtirish, yangi nav va duragaylar olish muddatini qisqartirish, seleksiya ishlarining sifat va samaradorligini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish orqali respublikamizda seleksiya va urug‘chilik ishlarini tezkor rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Paxtachilikda g‘ozaning tez pishadigan va bir nechta qimmatli belgilariga ega navlari alohida ahamiyat kasb etadi. Sелекsyonchilar ushbu yo‘nalishda samarali ish olib borish uchun paxta hosildorligi va boshqa xo‘jalik belgilarining o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlarini yaxshi tushunishlari zarur. Shu jihatdan, bizning ilmiy tadqiqotimizning dolzarbligi g‘ozaning yangi nav va tizmalarida urug‘vazni va saqlash sharoitiga ko‘ra qimmatli xo‘jalik belgilarining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan.

Hozirgi davr paxtachiligi intensiv tipdagi navlarga yuqori talab qo‘ymoqda: navlar yuqori potensial hosildorlikka ega, tez pishadigan, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mexanizatsiyalashgan parvarishlash va hosilni yig‘ib olishga mos bo‘lishi, tolasi va yog‘lilik darajasi yuqori bo‘lishi kerak.

O.J.Jalilov [1] esa g‘ozaning intensiv navlarini yaratish borasida shunday tavsiya qiladi: «Davlatimiz uchun asosiy boylik manbai hisoblangan paxtachilik, xususan g‘oza yetishtirish uchun, o‘ziga xos qulay iqlim sharoitlarida tez pishadigan, xo‘jalik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan intensiv g‘oza navlarini yangi avlodini qisqa muddatlarda yaratishda genetik, seleksiya va tanlash usullariga tayangan holda ishlashimiz zarur».

B. Mamarahimov va boshqalarning [2] fikriga ko‘ra, G. tomentosum ishtirokidagi duragay o‘simliklarda shonalash va gullash davrlarida onalik xomashyosining ta’siri deyarli bir xil bo‘lib, faqat ko‘rsatkichlar biroz madaniy sharoitga qarab o‘zgaradi.

Ya. Boboev, R. Kim va A. Amanturdievlar [3] o‘z tadqiqotlarida, F₂ o‘simliklarda tez pishish belgisi g‘ozaning boshqa belgilariga bog‘liqligini tahlil qilgan holda, o‘simlik bo‘yi belgisi ba’zi duragay kombinatsiyalarida kuchsiz yoki o‘rta darajada bog‘liqlik ko‘rsatishini ta’kidlaganlar.

Tadqiqot materiallari va usullari. Dissertatsiya ishining obyekti sifatida Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqod instituti “G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasidan g‘o‘za namunalari olindi. Ilmiy izlanishlar Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining “G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasida hamda institutning tajriba xo‘jaligi dala maydonlarida olib borildi. Vegetatsiya davrida birinchi hosil shoxining joylashuvi, gullash va pishish davrlari, shuningdek o‘simlik bo‘yi kabi bir qator morfologik kuzatuvlar amalga oshirildi. O‘simlik bo‘yi o‘lchovi nav va tizmalar 50% gullash davrida har bir qator bo‘yicha 10 ta o‘simlikdan olindi. Tola sifati O‘zbekiston Respublikasi Davlat «Sifat» markazi laboratoriyasida aniqlandi.

Tahlil va natijalar. Biz o‘rganayotgan nav namunalarda bosh poya balandligi bo‘yicha takrorlanishlarda turlicha ko‘rsatkichlarni namoyon qildi. Masalan, standart sifatida olingan S- 4727 navining 1-takrorlanishida 1000 dona urug‘vazni 138,9 gramm bo‘lganida o‘simlik bo‘yi 70,5 sm ni tashkil qildi. 2 va 3-takrorlanishlarda esa urug‘vazni 122 gramm bo‘lganida o‘simlik bo‘yi mos ravishda 71,0 va 70,0 sm bo‘ldi. Natijalardan ko‘rinib turibdiki, 1000 dona urug‘vaznining yuqori yoki pastligi bosh poya balandligiga sezilarli ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatmagan.

DP1-SR-383 namunasida 1-takrorlanishda 1000 dona urug‘vazni 114,9 gramm bo‘lganida bosh poya balandligi 83,0 sm ni, 2 va 3-takrorlanishlarda esa urug‘vazni 111,1 gramm bo‘lganida o‘simlik bo‘yi 79,0 va 80,5 sm ni tashkil qildi. Bu yerda urug‘vaznining biroz kamayishi bilan bosh poya balandligi ham ozgina pasayganligi kuzatildi.

Holland 1806 va N509 namunalarida 1-takrorlanishda 1000 dona urug‘vazni 112,4 gramm bo‘lganida o‘simlik bo‘yi 71,5 sm, 2-takrorlanishda 109,9 gramm bo‘lganida 60,0 sm, 3- takrorlanishda 104,2 gramm bo‘lganida esa 80,0 sm ni tashkil qildi. Bu navda urug‘vazni yuqori bo‘lganda bosh poya balandligi ortishi kuzatilmagan.

Lancert 611 namunasida 1-takrorlanishda 1000 dona urug‘vazni 106,4 gramm bo‘lganida o‘simlik bo‘yi 63,5 sm, 2-takrorlanishda urug‘vazni 114,9 gramm bo‘lganida o‘simlik bo‘yi 68,0 sm ni tashkil etdi, ya’ni urug‘vazni ortishi bilan bosh poya balandligi ham biroz ortdi. Ammo 3- takrorlanishda urug‘vazni 117,6 gramm bo‘lganida o‘simlik bo‘yi 59,5 sm ni tashkil qilib, avvalgi ikkala takrorlanishdan ham past bo‘ldi. Xylosa. Turli g‘oza navlarida 1000 dona urug‘vazni va bosh poya balandligi o‘rtasidagi bog‘liqlik turlicha namoyon bo‘lgan. Ba’zi navlarda urug‘vazni ortishi bilan bosh poya biroz oshgan, boshqa navlarda esa bu bog‘liqlik kuzatilmagan yoki teskari ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan, 1000 dona urug‘vaznining yuqori yoki pastligi bosh poya balandligiga har doim aniq ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlangan.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Жалилов О.Ж., Газиянц С. «Теоретические основы селекции хлопчатника». Тошкент. «Меҳнат». 1996 й. 98-121-б.
  2. Mamaraximov B.I. G. tomentosum Nutt ex Seem ishtirokidagi turlararo duragaylardagi belgilar shakllanishida takroriy chatishtirishning roli. – Qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasi, mualliflik reziumesi. Tashkent, 2002, 23 bet.
  3. Бобоев Я.А., Ким Р.Г., Амантурдиев А.Б., Ђўза мащсулдорлигининг бошқа қимматли хўжалик белгилари билан ўзаро боғланиши. /ўза генетикаси, селекцияси, уруғчилиги ва бедачилик масалалари тўплами. Тошкент, 2002, 62-63 бет.
  4. Qoyli’baevna A. M. et al. Qoraqalpog‘istonning tuproq va iqlim sharoitlarining o‘simliklarning ko‘payishiga ta’siri //Conferences. – 2025. – Т. 1. – №. 4. – С. 243-245.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011894
Nashr sanasi
2026-04-07
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman.
Jild
1
Son
1
DOI
10.66073/refocus-conf/1007
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
18–20
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25