Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
3 986 natija
Barchasi
3 986 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ФОРМИРОВАНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ НАСЕЛЕНИЯ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛЬНЫХ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ВЫЗОВОВ ПРИАРАЛЬЯ
N. G.B. · Глобальные экологические проблемы, опустынивание и продовольственная безопасность · 2026
Maqolada Orolbo‘yining hozirgi ekologik muammolari sharoitida aholining ekologik madaniyatini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Ekologik savodxonlikni oshirish, tabiiy resurslarga mas‘uliyatli munosabatni rivojlantirish va ekologik yo‘naltirilgan xulq-atvorni shakllantirishda madaniy-ma‘rifiy faoliyatning roliga alohida e‘tibor qaratiladi. Ekologik ma‘rifat ekologik muammolarni hal etish va mintaqaning barqaror rivojlanishini ta‘minlashning muhim vositasi ekanligi ko‘rsatib berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
POLIKULTURA SHAROITIDA BALIQ YETISHTIRISHNING BIOLOGIK, EKOLOGIK VA IQTISODIY AHAMIYATI
G.Nurabullaeva, P.Shımbergenova · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur maqolada polikultura sharoitida baliq yetishtirishning biologik, ekologik va iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. Polikultura usuli turli baliq turlarini bir suv havzasida birgalikda parvarishlash orqali tabiiy ozuqa bazasidan samarali foydalanish va ekologik muvozanatni saqlash imkonini beradi. Shuningdek, ushbu usul yem xarajatlarini kamaytirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda yuqari iqtisodiy samoradorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etishi ta‘kidlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MICROTUS ILAEUS OZIQLANIShI VA KO‘PAYIShDAGI O‘ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI
Yeshchanova Sayyora Shukurilla qizi, Mirametova Elmira Koshmakhambetovna, Sagirbaeva Zarina Yuryevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada Microtus ilaeus turining oziqlanish va ko‘payish biologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida turning oziq ratsioni tarkibi mavsumlar bo‘yicha tahlil qilinib, yoz faslida yashil o‘simliklar, qish faslida esa o‘simliklarning er osti qismlari asosiy ozuqa manbai ekanligi aniqlandi. Shuningdek, turning suv va suv- botqoq ekotizimlariga moslashganligi hamda populyatsiyasining saqlanib qolishida oziqlanish strategiyalarining ahamiyati baholandi. Olingan natijalar mazkur turning ekologik xususiyatlarini aniqlash va uni muhofaza qilish chora-tadbirlarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QARAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA NISHONLANGAN IPAK QURTI ZOTLARINI PARVARISHLASHNING REPRODUKTIV KO‘RSATKICHLARIGA TA‘SIRI
R. Mambetova, O. Oripov · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli iqlim sharoitida jinsi bo‘yicha nishonlangan tut ipak qurti zot va duragaylarini parvarishlashning reproduktiv, biologik va texnologik ko‘rsatkichlarga ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqotlarda harorat, havo namligi, ozuqa sifati va parvarishlash sharoitlarining tuxum jonlanishi, qurt hayotchanligi, pila mahsuldorligi hamda ipakchanlik darajasiga ta‘siri baholandi. Ilmiy natijalarga ko‘ra, mahalliy iqlimga moslashgan nishonlangan duragaylar yuqori hayotchanlik va reproduktiv ko‘rsatkichlarni namoyon etdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
МОРФОМЕТРИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ ПРОРОСТКОВ КОЛЛЕКЦИОННЫХ ОБРАЗЦОВ КУНЖУТА В ЛАБОРАТОРНЫХ УСЛОВИЯХ
P. ogli, A. kizi · Глобальные экологические проблемы, опустынивание и продовольственная безопасность · 2026
Ushbu ishda kunjut (Sesamum indicum L.) kolleksion namunalarining laboratoriya sharoitida erta rivojlanish bosqichidagi qiyosiy morfometrik bahosi o‘tkazildi. Tadqiqotning maqsadi namunalarning maysa umumiy uzunligi va gipokotil uzunligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha genotipik o‘zgaruvchanligini o‘rganishdan iborat edi. Tadqiqot urug‘larni filtr qog‘ozida qorong‘ilikda o‘zgaruvchan harorat rejimida (30 °C — 6 soat va 20 °C — 18 soat) undirish usulida o‘tkazildi. Tadqiqot ob‘ekti sifatida turli geografik kelib chiqishga ega 12 ta kunjut kolleksion namunasi xizmat qildi. Morfometrik o‘lchovlar tajriba qo‘yilganidan keyingi oltinchi kunda amalga oshirildi. O‘rganilgan genotiplar maysalarning erta o‘sish jadalligi bo‘yicha sezilarli darajada farq qilishi aniqlandi. Maysaning umumiy uzunligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar K216, K221, K161 namunalari va nazorat Tashkentskiy-122 naviga xos bo‘ldi. Gipokotil uzunligining maksimal qiymatlari K221 va K1396 genotiplarida qayd etildi. Olingan natijalar aniq ifodalangan genotipik o‘zgaruvchanlik mavjudligidan dalolat beradi va keyingi fiziologik-seleksion tadqiqotlar uchun istiqbolli namunalarni ajratib olish imkonini beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON IQLIM SHAROITIDA YETISHTIRILGAN TUT BARGINING IPAK QURTI HAYOTCHANLIGIGA TA‘SIRI
N. Berdimuratova, O. Oripov · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining quruq va keskin kontinental iqlim sharoitida yetishtirilgan tut barglarining ipak qurti hayotchanligi hamda pilla mahsuldorligiga ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida mahalliy “Ipakchi-1”, “Ipakchi-2” va xorijdan keltirilgan “Shan- Tung” zotlari biologik va xo‘jalik ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslandi. Shuningdek, harorat, havo namligi, oziqlantirish sifati va qurtxonadagi mikroiqlimning ipak qurtining rivojlanishiga ta‘siri baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mahalliy iqlimga moslashgan zotlar yuqori hayotchanlik va pilla hosildorligini namoyon etdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ShOLI O‘SIMLIGI (ORYZA SATIVA L.) ORGANLARIDA XROM (CR) ELEMENTINING BIOAKKUMULYaTsIYaSI
N. ogli, K. Nagimovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Sholi o‘simligi (Oryza sativa L.) organlarida xrom (Cr) elementining bioakkumulyatsiyasi o‘rganildi. Tuproq tarkibidagi og‘ir metallar (Cu, Pb, Ni, Cd, Cr, Co, Zn) kompleks tasirida Alanga va Lazurniy navlarida ildiz, poya+barg hamda don qismlarida Cr ionlarining to‘planishi o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, ildizlarda bioakkumulyatsiya koeffitsienti (BAF) 0,54–0,90 oralig‘ida bo‘lib, poya+barglarda yuqori miqdordagi to‘planish kuzatildi. Don tarkibida Cr kontsentratsiyasi REMdan yuqori bo‘lib, navlar o‘rtasida farq aniqlandi: Lazurniy navida yuqori bioakkumulyatsiya qayd etildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SOYA HAR XIL NAVLARI HOSILINING SIFATIGA AYRIM AGROTEXNIK OMILLAR VA O‘ZGUMI STIMULYATORINING TA‘SIRI
L. Kudratovich, S. Panjievich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining oziq moddalar bilan kam ta‘minlalagan qum sahro tuproqlari sharoitida har xil:- 60 kg/ga; 75 kg/ga va 90 kg/ga me‘yorlarda ekilgan soya ertapishar Ustoz va Vavilov navlari, azotli o‘g‘it bilan 50 kg/ga, 80 kg/ga, hamda 110 kg/ga me‘yolarda qo‘llanilgan va azot o‘g‘iti qo‘llanilmagan variantlarning har birida O‘z.gumi stimulyatorining 0,6 t/l. me‘yorini- ng ta‘siri natijasida yetishtirlgan soya urug‘idagi moy va oqsil miqdorining o‘zgarishi haqida ma‘lumotlar ko‘rsatilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUZGI BUG‘DOYDAN YUQORI DON HOSILI YETISHTIRISHDA MUHIM TADBIRLAR
Y. Farxodovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ilmiy maqolada kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili yetishtirishda parvarishida ekin maydonida tarqalgan begona o‘tlarga qarshi gerbisidlardan Serto Plyus 25 % 100 g/ga, Ritmika Of 120 gerbisidi 400 ml/ga me‘yorlarida qo‘llanilib, parvarishida Nanoplant ultra 100 ml/t+100+150 ml/ga (urug‘ga ishlov berish+tuplanishda+naychalashda) va Avangard Start 1,0 l/t+1,0+2,0 l/ga (urug‘ga ishlov berish+tuplanishda+naychalashda) me‘yor va tartiblarida ildizdan tashqari oziqlantirish yuqori samaradorlikni ta‘minlashi keltirib o‘tilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IPAK QURTINI INTENSIV OZIQLANTIRISH HAMDA OZIQLANISH MAYDONINING PILLA HOSILDORLIGIGA TA‘SIRI
A. Erimmatovna, M. Xudayarovna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur tadqiqotda ipak qurtini intensiv oziqlantirish hamda oziqlanish maydonining pilla hosildorligi va sifatiga ta‘siri o‘rganildi. Tajriba davomida qurtlar yuqori sifatli tut barglari bilan intensiv oziqlantirilib, ular uchun optimal oziqlanish maydoni yaratildi. Kuzatishlar natijasida intensiv oziqlantirish qurtlarning o‘sishi va rivojlanishini jadallashtirishi, pillaga chiqish darajasini oshirishi hamda yuqori sifatli pillalar hosil bo‘lishiga xizmat qilishi aniqlandi. Olingan pillalar oq rangli, bir xil shaklli va yuqori texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ldi. Tadqiqot natijalari pillachilikda intensiv oziqlantirish texnologiyalarini qo‘llash mahsulot sifati va hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASHDA QISHLOQ XO‘JALIGINING BARQAROR RIVOJLANISHI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
B.Ajiniyazov, B.Esboganov · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq- ularning yechimi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida mintaqadagi agrar sektorning hozirgi holati, iqlim o‘zgarishlari va cho‘llanish jarayonlarining qishloq xo‘jaligiga ta‘siri, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari tahlil qilingan. Ishning asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan samarali agrar siyosatni shakllantirish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va resurslardan tejamkor foydalanish oziq-ovqat mahsulotlarining barqaror ishlab chiqarilishini ta‘minlaydi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ECHKICHILIKDA TANLASH VA SARALASH ISHLARI
A. Azatbaevich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur maqolada echkilarni echkichilikda tanlash va saralash talablari ko‘rsatilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
PO‘LATI SUR RANG-BARANGLIKDAGI QORAQALPOQ SUR ZOT TIPIGA MANSUB QORAKO‘L QO‘YLARINING JUN MORFOLOGIYASI
O. Kadirxanovich, O. qizi · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada sur rangli qoraqalpoq tipiga mansub po‘lati sur rangba-ranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining jun morfologik ko‘rsatkichlari va ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy va janubiy tumanlarida o‘rganilgan va xulosalar qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SUG‘ORISH REJIMI VA O‘G‘ITLASH MEYORLARI TA‘SIRIDA RIJIK KO‘CHATLARINING O‘SUV DAVRI OXIRIDA SAQLANISHI
Sh.M.Charyiev, D.X.Allaeva · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Maqolada kuzgi rijik ko‘chatlarining saqlanishiga qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlar, xususan sug‘orish rejimi va o‘g‘itlash me‘yorlari o‘z ta‘sirini ko‘rsatishi bayon qilingan. Kuzgi rijik yetishtirishda faqat urug‘ suv berilib, o‘g‘it berilmaydigan nazorat hamda N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90 nisbatlarda oziqlantirilganda qishlovdan chiqgan o‘simliklarning 75,9-78,5%i saqlanib qoldi. Sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65%da N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90 nisbatlarda oziqlantirilganda saqlanish darajasi 80-84.7% gacha o‘zgardi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ShIMOLIY HUDUDLARDA BAHORGI BO‘G‘DOY EKIB ETIShTIRISh
B. Inabat · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Maqolada, bahorgi bo‘g‘doy navlarini Qoraqalpog‘istonni tuproq-iqlim sharoitida uch xil ekish va uch xil oziqlantirish meyorida utkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Saratov-29 navini 150 kg meyorda ekib, 150 kg azot bilan oziqlantirganda, hosildorlik 32,7 ts, 180 kg azot berilganda 36,6 ts va 210 kg azot berilganda 38,8ts-ni tashkil etdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUZGI BUG‘DOY YETISHTIRISHNING AYRIM ELEMENTLARINI DON HOSILDORLIGIGA TA‘SIRI.
A. Qobulovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Maqolada kuzgi bug‘doy navlarini yetishtirishning ayrim elementlari, ekish muddatlari va ko‘chat me‘yorlarini don hosildorligiga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar berilgan. Kuzgi bug‘doyning Davr, Zvezda, Pervitsa hamda Zimnitsa navlari uchun eng maqbul ekish muddati va me‘yorlari aniqlanganligi bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SUG‘ORILADIGAN HUDUDLARDA GIDROGEOLOGIK-MELIORATIV HOLATNI GAT TEXNOLOGIYaLARI ASOSIDA BAHOLASh
E. qizi · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Maqolada Sirdaryo viloyati sug‘oriladigan hududlarining gidrogeologik-meliorativ holati GAT texnologiyalari yordamida baholandi. Tadqiqotda er osti suvlari sathi, minerallashuv darajasi va filtratsiya xususiyatlarining hududiy o‘zgarishi tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, er osti suvlari sathi 1,5-3,0 m, minerallashuv darajasi asosan 3-5 g/l ni tashkil qildi. Filtratsiya koeffitsienti qumoq tuproqlarda 0,2-0,4 m/sut, shag‘alli yotqiziqlarda esa 15-40 m/sut gacha o‘zgarishi aniqlandi. Olingan natijalar gidrogeologik- meliorativ monitoring ishlarida GAT texnologiyalarining yuqori samaradorligini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО И ПЕРСПЕКТИВЫ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНО- МИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА
U. Jumaniyazov · Глобальные экологические проблемы, опустынивание и продовольственная безопасность · 2026
O‘zbekiston bugungi kunda qashshoqlik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlardan biri hisoblanadi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM ko‘rsatkichi bo‘yicha past reytingga ega, mamlakatda o‘rtacha ish haqi darajasi ancha past va fuqarolar migratsiyasi ko‘lami yuqori. Shu bilan birga, mamlakat resurslarga ancha boy, aholi salohiyati yuqori va iqtisodiyotda agrar sektor ustunlik qiladi. Aynan shu sababli O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari masalasi yetarlicha dolzarbdir. Shunga muvofiq, ushbu ishning maqsadi qishloq xo‘jaligiga oid jihatlarni tadqiq etish va umumlashtirish hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini aniqlashdan iborat.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOYNING YANGI YARATILGAN DURAGAY LINIYALARIDA HOSILDORLIK VA BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARNI BAHOLASH
Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich, Raximov Tojidin Abdunumanovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Maqolada kuzgi yumshoq bug‘doyning yangi yaratilgan duragay liniyalarida hosildorlik va asosiy biometrik ko‘rsatkichlarni baholash natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar 2015 yilda kollektsion ko‘chatzor sharoitida amalga oshirildi. Tajribada 32 ta duragay liniyaning hosildorligi, o‘simlik bo‘yi, boshoq uzunligi, boshoqchalar soni, boshoqdagi don soni, don vazni hamda 1000 dona don vazni aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, KN-3884 (An-3) namunasi eng yuqori hosildorlikni (87,5 ts/ga) namoyon qildi. AS-2005-S35, AS-2006-D14 va AS-2006-D16 liniyalari ham yuqori hosildorligi bilan ajralib turdi. AS-2006-S26 liniyasida 1000 dona don vazni 45,3 g ni tashkil etib, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Olingan natijalar yuqori mahsuldor va selektsiya uchun istiqbolli duragay liniyalarni aniqlash imkonini berdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ДИНАМИКА РАСТИТЕЛЬНОГО ПОКРОВА И ФИТОЦЕНОЗОВ ХОРЕЗМСКОЙ ОБЛАСТИ В УСЛОВИЯХ ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА И АНТРОПОГЕННОГО ВОЗДЕЙСТВИЯ
Komiljonova Gulrukh Kudrat kizi, Makhmudova Asal Bakhodir kizi, Ikromova Mamura Mukhiddin kizi · Глобальные экологические проблемы, опустынивание и продовольственная безопасность · 2026
Maqolada Xorazm viloyatidagi asosiy fitotsenoz tiplari o‘simlik qoplamining 2000–2024-yillardagi hozirgi holati va dinamikasi ko‘rib chiqiladi. Dala geobotanik tadqiqotlari va turli davrlarda olingan kosmik suratlar tahlili asosida to‘qay o‘rmonlari, galofit o‘tloqlar va qamishzorlar maydonlarining sezilarli darajada qisqarganligi aniqlandi. Fitotsenozlar degradatsiyasining asosiy omillari aniqlandi: tuproqning sho‘rlanishi va deflyatsiyasi, sizot suvlari sathining pasayishi, Amudaryo oqimining kamayishi hamda qishloq xo‘jaligida yerdan noratsional foydalanish. Mintaqaning buzilgan o‘simlik qoplamini fitomelioratsiya qilish va tiklashning ustuvor yo‘nalishlari taklif etilgan.