Asosiy mazmunga o‘tish

QORAQALPOG‘ISTON IQLIM SHAROITIDA YETISHTIRILGAN TUT BARGINING IPAK QURTI HAYOTCHANLIGIGA TA‘SIRI

Berdimuratova Nargiza, Oripov OtabekQAXAI magistranti IITI tadqiqotchisi, q.x.f.f.d. (PhD), dotsent2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 362–364

Annotatsiya

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining quruq va keskin kontinental iqlim sharoitida yetishtirilgan tut barglarining ipak qurti hayotchanligi hamda pilla mahsuldorligiga ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida mahalliy “Ipakchi-1”, “Ipakchi-2” va xorijdan keltirilgan “Shan- Tung” zotlari biologik va xo‘jalik ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslandi. Shuningdek, harorat, havo namligi, oziqlantirish sifati va qurtxonadagi mikroiqlimning ipak qurtining rivojlanishiga ta‘siri baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mahalliy iqlimga moslashgan zotlar yuqori hayotchanlik va pilla hosildorligini namoyon etdi.

Boshqa tillarda

ruschaВЛИЯНИЕ ЛИСТЬЕВ ШЕЛКОВИЦЫ, ВЫРАЩЕННОЙ В КЛИМАТИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ КАРАКАЛПАКСТАНА, НА ЖИЗНЕСПОСОБНОСТЬ ТУТОВОГО ШЕЛКОПРЯДА

В данной статье изучено влияние листьев тутовника, выращенного в условиях сухого и резко континентального климата Республики Каракалпакстан, на жизнеспособность тутового шелкопряда и продуктивность коконов. В ходе исследования по биологическим и хозяйственным показателям сравнивались местные породы «Ipakchi-1», «Ipakchi-2» и завезённая из-за рубежа порода «Shan-Tung». Также оценивалось влияние температуры, влажности воздуха, качества кормления и микроклимата в червоводне на развитие тутового шелкопряда. Согласно результатам исследования, породы, приспособленные к местному климату, проявили высокую жизнеспособность и продуктивность коконов.

inglizchaTHE EFFECT OF MULBERRY LEAVES GROWN UNDER KARAKALPAKSTAN CLIMATIC CONDITIONS ON SILKWORM VIABILITY

This article studied the effect of mulberry leaves grown under the arid and sharply continental climatic conditions of the Republic of Karakalpakstan on the viability of the silkworm and on cocoon productivity. In the course of the study, the local breeds "Ipakchi-1" and "Ipakchi-2" and the imported "Shan-Tung" breed were compared in terms of biological and economic indicators. The influence of temperature, air humidity, feeding quality and the microclimate of the rearing house on the development of the silkworm was also assessed. According to the results of the study, the breeds adapted to the local climate displayed high viability and cocoon yield.

Kalit so‘zlar

  • ipak qurti
  • tut bargi
  • hayotchanlik
  • harorat
  • namlik
  • pilla hosildorligi
  • ipakchanlik
  • biologik ko‘rsatkichlar
  • mikroiqlim
  • navdorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

QORAQALPOGʼISTON IQLIM SHAROITIDA YETISHTIRILGAN TUT BARGINING IPAK QURTI HAYOTCHANLIGIGA TAʼSIRI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1102 Nargiza Berdimuratova QAXAI magistranti Otabek Oripov IITI tadqiqotchisi, q.x.f.f.d. (PhD), dotsent ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasining quruq va keskin kontinental iqlim sharoitida yetishtirilgan tut barglarining ipak qurti hayotchanligi hamda pilla mahsuldorligiga taʼsiri oʻrganildi. Tadqiqot davomida mahalliy “Ipakchi-1”, “Ipakchi-2” va xorijdan keltirilgan “ShanTung” zotlari biologik va xoʻjalik koʻrsatkichlari boʻyicha taqqoslandi. Shuningdek, harorat, havo namligi, oziqlantirish sifati va qurtxonadagi mikroiqlimning ipak qurtining rivojlanishiga taʼsiri baholandi. Tadqiqot natijalariga koʻra, mahalliy iqlimga moslashgan zotlar yuqori hayotchanlik va pilla hosildorligini namoyon etdi. Kalit soʻzlar: ipak qurti, tut bargi, hayotchanlik, harorat, namlik, pilla hosildorligi, ipakchanlik, biologik koʻrsatkichlar, mikroiqlim, navdorlik. KIRISH Bugungi kunda Oʻzbekistonda pillachilik qishloq xoʻjaligining eksportbop va iqtisodiy jihatdan muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻziga xos agroiqlim sharoitida yuqori mahsuldor ipak qurti zotlarini parvarish qilish hamda sifatli pilla yetishtirish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Tut ipak qurti biologik jihatdan tashqi muhit omillariga juda sezgir organizm hisoblanadi. Harorat, havo namligi, yorugʻlik, shamollatish va oziqa sifati qurtlarning oʻsishi, rivojlanishi hamda pilla oʻrash jarayoniga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Ayniqsa, tut bargi tarkibidagi oziq moddalarning miqdori ipak qurti organizmida modda almashinuvi va ipak bezlari faoliyatining shakllanishida muhim omil sanaladi. Qoraqalpogʻiston hududida yoz mavsumining quruq va issiq kelishi ayrim ipak qurti zotlarining biologik xususiyatlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shu sababli mahalliy sharoitga moslashgan zotlarni aniqlash va ularning mahsuldorligini baholash ilmiy jihatdan muhimdir. Tadqiqot maqsadi: Qoraqalpogʻiston iqlimida yetishtirilgan tut barglarining mahalliy va xorijiy ipak qurti zotlari hayotchanligi hamda pilla mahsuldorligiga taʼsirini aniqlashdan iborat. Tadqiqot materiallari va usullari: Ilmiy tadqiqot ishlari Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti “Ipakchilik” kafedrasida olib borildi. Tajribada quyidagi ipak qurti zotlari ishtirok etdi: 1-variant — “Ipakchi-1”; 2-variant — “Ipakchi-2”; 3-variant — “Shan-Tung” (Xitoydan keltirilgan qiyoslovchi zot). Har bir variantda ipak qurti tuxumlari bir xil agrotexnik sharoitda jonlantirildi va parvarish qilindi. Tajribalar davomida quyidagi koʻrsatkichlar oʻrganildi: tuxumlarning jonlanish foizi; qurtlarning hayotchanligi; qurtlik davrining davomiyligi; pilla ogʻirligi;

pilla qobigʻi ogʻirligi; ipakchanlik darajasi; navli pillalar ulushi. Shuningdek, qurtxonadagi harorat va havo namligi muntazam nazorat qilinib borildi. Ipak qurti zotlarining biologik koʻrsatkichlari (2025-yil) Qurtlik davri Hayotchanlik Pilla ogʻirligi Pilla qobigʻi Ipakchanlik Variantlar Navli pilla (%) (sutka) (%) (g) ogʻirligi (g) (%) Ipakchi-1 26 96 1,7 0,435 91 23,0 Ipakchi-2 26 96 1,7 0,415 90 22,3 Shan-Tung 25 95 1,5 0,440 94 23,3 Tadqiqot natijalariga koʻra, “Ipakchi-1” zoti hayotchanlik boʻyicha eng yuqori natijani koʻrsatib, 96 % ni tashkil etdi. Ushbu variantda pilla ogʻirligi ham yuqori boʻlib, oʻrtacha 1,7 grammga teng boʻldi. “Shan-Tung” zoti navli pilla va ipakchanlik koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori natija qayd etgan boʻlsa-da, hayotchanlik darajasi mahalliy zotlarga nisbatan pastroq boʻldi. Bu esa xorijiy zotlarning Qoraqalpogʻistonning quruq iqlimiga toʻliq moslashmaganligini koʻrsatadi. Tadqiqot davomida ipak qurtlarining rivojlanishida mikroiqlim omillarining ahamiyati yaqqol kuzatildi. Ayniqsa, haroratning keskin koʻtarilishi va havo namligining pasayishi qurtlarning oziqlanish faolligi hamda hayotchanligiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. 3-yoshgacha barcha variantlarda qurtlar sogʻlom rivojlandi. Biroq 4–5-yoshlarda ayrim variantlarda bakterial va zamburugʻkasalliklari uchrashi qayd etildi. Bu holat, asosan, qurtxona ichidagi namlik va shamollatish rejimining buzilishi bilan bogʻliq boʻldi. Optimal harorat va namlik saqlangan variantlarda qurtlarning pilla oʻrashi faol kechdi hamda yuqori sifatli pillalar olindi. Mahalliy “Ipakchi” zotlarining yuqori hayotchanligi ularning Qoraqalpogʻiston agroiqlim sharoitiga moslashganligi bilan izohlanadi. Xorijdan keltirilgan “ShanTung” zoti esa ipakchanlik koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori natija bergan boʻlsa-da, keskin kontinental iqlim taʼsirida ayrim biologik koʻrsatkichlari pasayganligi kuzatildi. Tadqiqot natijalari ipak qurti parvarishida sifatli tut bargi, meʼyoriy harorat va optimal namlikni taʼminlash muhimligini koʻrsatdi. Qoraqalpogʻiston iqlimida yetishtirilgan tut barglari ipak qurti rivojlanishi va pilla hosildorligiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Tadqiqot natijalariga asoslanib quyidagi xulosalarga kelindi: mahalliy “Ipakchi-1” va “Ipakchi-2” zotlari yuqori hayotchanlikka ega; sifatli tut bargi pilla ogʻirligi va ipakchanlik darajasini oshiradi; optimal harorat va namlik ipak qurti rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi;

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekipaksanoat uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2856-son qarori. - Toshkent, 2017. 1- 5-b.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-martdagi “Pillachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3616-son qarori. - Toshkent, 2018. 1-4-b.
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4567- sonli qarori. - Toshkent, 2020. 1-5-b.
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ- 4817-sonli qarori. - Toshkent, 2020. 1-4-b. qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Nukus
  5. Alimova X.A., Gulamov A.Ye., Aripdjanova D.U., Axmedov J.A. Mirovoye proizvodstvo i potrebleniye tekstilnogo sыrya.// Kompozitsionnыe materialы. -2013. -№4. -S. 71-74.
  6. Valiyev G.N., Nasirillayev U.N., Lejenko S.S., Kurbanov R.K., Axunbabayev O.A., Raximxodjayev G.A., Mirzaxanov M.M.. Issledovaniye porod i gibridov tutovogo shelkopryada, prigodnыx dlya polucheniya shelkovыx nitey selevogo naznacheniya. //“Ipakchilik sohasidagi dolzarb muammolar yechimining ilmiy asoslari” mavzuidagi konf. Toshkent. 2004. 255-264-b.
  7. Muxammadrasulov Sh.X., Axunbabayev O.A. va boshqalar. Ipakchilikni va xom ipak ishlab chiqarishni rivojlantirishni ayrim yoʻllari. // ”Toʻqimachlik sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishda ilm-fan integratsiyalashuvini oʻrni va dolzarb muammolarini yechimi” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman. // Margʻilon, 2017. 27-28-iyul. 53-59-b.
  8. Nasirillayev U.N., Umarov Sh.R., Nasirillayev B.U. Tut ipak qurtining rayonlashtirilgan sanoat duragaylari onalik zotlari tarkibida pushtdorligi yuqori mahsuslashtirilgan tizimlar yaratish. // “Ipakchilik sohasining dolzarb muammolari va ularni yangi texnologiyalarga asoslangan ilmiy yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - Toshkent, 2012. 21-24-b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012273
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1102
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
362–364
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06