O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASHDA QISHLOQ XO‘JALIGINING BARQAROR RIVOJLANISHI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
B.Ajiniyazov, B.EsboganovQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 340–343
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq- ularning yechimi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida mintaqadagi agrar sektorning hozirgi holati, iqlim o‘zgarishlari va cho‘llanish jarayonlarining qishloq xo‘jaligiga ta‘siri, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari tahlil qilingan. Ishning asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan samarali agrar siyosatni shakllantirish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va resurslardan tejamkor foydalanish oziq-ovqat mahsulotlarining barqaror ishlab chiqarilishini ta‘minlaydi.
Boshqa tillarda
ruschaУСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА В ОБЕСПЕЧЕНИИ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ УЗБЕКИСТАНА: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ
В данной статье рассмотрены проблемы обеспечения продовольственной безопасности в Республике Узбекистан, в том числе в Республике Каракалпакстан, и пути их решения. В ходе исследования проанализированы современное состояние аграрного сектора региона, влияние изменения климата и процессов опустынивания на сельское хозяйство, а также вопросы рационального использования водных ресурсов. Основная цель работы состоит в разработке научно обоснованных рекомендаций для формирования эффективной аграрной политики, направленной на укрепление продовольственной безопасности. Результаты показывают, что внедрение современных агротехнологий и экономное использование ресурсов обеспечивают устойчивое производство продовольственной продукции.
inglizchaSUSTAINABLE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN ENSURING FOOD SECURITY IN UZBEKISTAN: PROBLEMS AND SOLUTIONS
This article examines the food-supply problems of the Republic of Uzbekistan, including the Republic of Karakalpakstan, and their solutions. In the course of the study, the current state of the agrarian sector of the region, the impact of climate change and desertification processes on agriculture, and also the issues of the rational use of water resources were analysed. The main aim of the work is to develop scientifically grounded recommendations for shaping an effective agrarian policy directed at strengthening food security. The results show that the introduction of modern agrotechnologies and the economical use of resources ensure the sustainable production of food products.
Kalit so‘zlar
- oziq-ovqat xavfsizligi
- qishloq xo‘jaligi barqarorligi
- cho‘llanish
- iqlim o‘zgarishi
- suv resurslari
- agrotexnologiya
- Qoraqalpog‘iston
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA QISHLOQ XO‘JALIGINING BARQAROR RIVOJLANISHI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1097 B.Ajiniyazov Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institute docent B.Esboganov Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziqovqat xavfsizligini ta’minlashda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga oid muammolar va ularning yechimi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida mintaqadagi agrar sektorning hozirgi holati, iqlim o‘zgarishlari va cho‘llanish jarayonlarining qishloq xo‘jaligiga ta’siri, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari tahlil qilingan. Ishning asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan samarali agrar siyosatni shakllantirish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va resurslardan tejamkor foydalanish oziq-ovqat mahsulotlarining barqaror ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Kalit so‘zlar: oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi barqarorligi, cho‘llanish, iqlim o‘zgarishi, suv resurslari, agrotexnologiya, Qoraqalpog‘iston. KIRISH Jahon miqyosida oziq-ovqat xavfsizligi muammosi tobora keskinlashib bormoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2050-yilga borib Yer aholisi 9,7 milliard kishiga yetishi va oziq-ovqatga bo‘lgan talab 50–70 foizga ortishi kutilmoqda. Bu hol, ayniqsa, qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil iqlim mintaqalarida, xususan Orol dengizi havzasida joylashgan O‘rta Osiyo mamlakatlarida jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi esa Orol dengizining qurishidan kelib chiqqan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar sababli alohida e’tiborni talab etadi. Ushbu mintaqada cho‘llanish jarayonlari, tuproq degradatsiyasi va suv taqchilligi qishloq xo‘jaligi mahsuldorligiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotning maqsadi - Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qishloq xo‘jaligi barqarorligining hozirgi holatini ilmiy tahlil qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu tadqiqotning asosiy gipotezasi shundan iboratki, zamonaviy resurslarni tejovchi agrotexnologiyalar (tomchilatib sug‘orish, biologik o‘g‘itlar, yuqori mahsuldor navlar) kompleks qo‘llanilganda Qoraqalpog‘iston sharoitida ekin maydonlari hosildorligi 20–30% oshishi va tuproq degradatsiyasi sur’ati sezilarli darajada kamayishi mumkin. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqotda quyidagi usullardan foydalanilgan: taqqoslama tahlil, statistik ma’lumotlarni qayta ishlash, kartografik tahlil, va dala kuzatishlari. Ma’lumotlar bazasi sifatida O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining 2015–2024-yillar uchun agrar soha bo‘yicha rasmiy hisobotlari, FAO (BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti) materiallari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari ishlatildi.
Tadqiqot ob’ektlari sifatida Nukus, Beruniy va Taxiatosh tumanlari tanlanishiga asosiy sabab — ushbu hududlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli iqlim va tuproq zonalarini ifodalashi hamda sug‘orish infratuzilmasining rivojlanish darajasi jihatidan farq qilishidir. 12 ta xo‘jalik esa umumiy generel to‘plamning 15–18% ini tashkil etib, statistik reprezentativlik talablarini qondiradi. Tuproq namunaviy tahlillari 2023–2024-yillarda Nukus, Beruniy va Taxiatosh tumanlarining 12 ta dehqon xo‘jaligida olib borildi. Namunalar 0–20 sm va 20–40 sm chuqurlikdan olindi va laboratoriya sharoitida O‘zbekiston Respublikasi standartlariga muvofiq tahlil qilindi. Tadqiqotda nazorat guruhi sifatida an’anaviy sug‘orish usulini qo‘llayotgan 4 ta xo‘jalik ajratildi va ularning ko‘rsatkichlari tajriba guruhi (tomchilatib sug‘orish) bilan parallel ravishda taqqoslandi. Natijalar muhokamasi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekin maydonlarining 68 foizida tuproqning organik moddalar miqdori kritik darajaga — 1,2 foizdan pastga — tushib ketgan. Bu ko‘rsatkich 2010-yilga nisbatan 23 foizga pasayganini bildiradi. Sho‘rlanish darajasi bo‘yicha ham vaziyat jiddiy: tekshirilgan maydonlarning 54 foizida o‘rtacha va kuchli sho‘rlanish qayd etildi. Suv resurslari nuqtai nazaridan, Amudaryo havzasidagi suv sarfi 1990-yildan beri 34 foizga kamaygan. Bu holat sug‘orma dehqonchilikka, ayniqsa g‘alla va sabzavot ekinlarining hosildorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Taqqoslanadigan tadqiqotlar (Dukhovny va Sorokin, 2019; Mirzaev, 2022) ham ushbu mintaqada suv taqchilligining agrar mahsuldorlikka bevosita ta’sirini tasdiqlaydi. Ijobiy tendentsiyalar ham qayd etilmoqda. So‘nggi uch yil ichida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etgan xo‘jaliklarda suv sarfi o‘rtacha 42 foizga kamaygan, hosildorlik esa 18– 27 foizga oshgan. Shuningdek, bug‘doy yetishtiruvchi 150 ta fermer xo‘jaligida olib borilgan kuzatishlar zamonaviy navlardan foydalanish gektardan hosildorlikni 3,2 tonnadan 4,8 tonnagacha oshirishga imkon berganini ko‘rsatdi (1-jadvalga qarang). 1-jadval. Qoraqalpog‘iston Respublikasida agrar soha ko‘rsatkichlari tahlili (2010–2024) № Ko‘rsatkich Yil / davr Qiymat / natija O‘zgarish Organik moddalar miqdori kritik darajaga 2010 yilga nisbatan 1 2024 68% tushgan ekin −23% maydonlari ulushi O‘rtacha va kuchli sho‘rlanish qayd 2 2024 54% — etilgan maydonlar ulushi Amudaryo havzasida Doimiy kamayib 3 1990–2024 −34% suv sarfi bormoqda Tomchilatib 4 sug‘orishda suv So‘nggi 3 yil 42% tejaldi Ijobiy tendentsiya sarfining kamayishi Tomchilatib 5 sug‘orishda hosildorlik So‘nggi 3 yil 18–27% oshdi Ijobiy tendentsiya o‘sishi Bug‘doy hosildorligi 6 2021–2024 3,2 t/ga Taqqoslash asosi — an’anaviy navlar Bug‘doy hosildorligi 7 2021–2024 4,8 t/ga +1,6 t/ga (+50%) — zamonaviy navlar Kooperativ tizimida 8 mahsulot sotish 2023–2024 31% oshdi Ijobiy tendentsiya samaradorligi Tadqiqot qamrovi Nukus, Beruniy, 9 2023–2024 12 ta xo‘jalik (xo‘jaliklar soni) Taxiatosh Manba: muallif tomonidan dala tadqiqotlari va O‘zbekiston DSQ (2024) ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Quyidagi diagrammada an’anaviy va zamonaviy bug‘doy navlarining hosildorligi taqqoslanmoqda (2-rasmga qarang).
2-rasm. Bug‘doy hosildorligi taqqoslash (t/ga), 2021–2024 (Manba: muallif tomonidan dala tadqiqotlari asosida tuzilgan)
Tomchilatib sug‘orish texnologiyasining joriy etilishi hosildorlikni yildan-yilga izchil oshirib kelmoqda. Bu dinamika quyidagi grafikda yaqqol ko‘rinadi (3-rasmga qarang).
3-rasm. Tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilganda hosildorlik o‘sishi dinamikasi, 2021–2024 yy. (Manba: muallif tomonidan dala tadqiqotlari asosida tuzilgan)
Ushbu natijalar Djumabaev (2021) va Xoliqov (2023) tomonidan o‘tkazilgan mintaqaviy tadqiqotlar natijalari bilan hamohang bo‘lib, ular ham resurslardan tejamkor foydalanish va kooperatsiyaning qishloq xo‘jaligi barqarorligidagi roliga alohida urg‘u bergan. Shu bilan birga, mazkur tadqiqotning cheklovi sifatida tanlangan namunalar soni — 12 ta xo‘jalik — mintaqaning barcha tumanlarini to‘liq qamrab olmaganligini ta’kidlash lozim.
XULOSA Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash nafaqat agrar siyosat, balki ekologik barqarorlik va suv resurslarini boshqarish masalalarini ham qamrab oluvchi kompleks muammo hisoblanadi. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalar shakllandi: Birinchidan, mintaqada tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish tuproq unumdorligini saqlashning asosiy sharti hisoblanadi. Ikkinchidan, fermer xo‘jaliklarini zamonaviy agrotexnologiyalar bilan ta’minlash va ularga davlat subsidiyalari ajratish oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishini barqaror darajada oshirishga imkon beradi. Uchinchidan, qishloq xo‘jaligi kooperativlarini rivojlantirish fermerlarning bozor imkoniyatlarini kengaytirib, daromadlarini oshirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, hozirgi iqlim o‘zgarishlari va cho‘llanish jarayonlarini hisobga olgan holda, mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini kafolatlash uchun ilmiy asoslangan barqaror agrar siyosatni izchil amalga oshirish va ekologik innovatsiyalarni keng joriy etish zarurdir. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu tadqiqot 12 ta xo‘jalik va 3 ta tuman doirasida olib borilganligi sababli natijalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlariga to‘liq tatbiq etishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Xususan, Orol dengizi qurib qolgan qismi yaqinidagi tumanlar va tog‘oldi zonalarda tuproq-iqlim sharoiti farq qilishi mumkin, bu esa kelajakdagi tadqiqotlarda keng qamrovli namuna olishni zarur qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- FAO. (2023). The State of Food and Agriculture 2023. Food and Agriculture Organization of the United Nations, Rome. 196 p.
- Dukhovny, V., Sorokin, A. (2019). Water Resources Management in the Aral Sea Basin: Challenges and Solutions. Tashkent: SIC ICWC. 280 p.
- Djumabaev, B.A. (2021). Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligi. Qishloq xo‘jaligi fanlari jurnali. №3. 45–52-betlar.
- Mirzaev, N.N. (2022). Aral Sea Basin: Ecological Consequences and Agricultural Adaptation Strategies. Central Asian Journal of Water Research. Vol. 8, No. 1. P. 12–28.
- Xoliqov, D.T. (2023). Fermer xo‘jaliklari kooperatsiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi: Qoraqalpog‘iston tajribasi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. №5. 18–26-betlar.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2024). Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi. Statistik to‘plam. Toshkent. 312 b.
- Abdullaev, I., Molden, D. (2004). Spatial and temporal variability of water productivity in the Syr Darya Basin. Water Resources Research. Vol. 40, No. 8. P. 1–10.
- IPCC. (2022). Climate Change 2022: Impacts, Adaptation and Vulnerability. Contribution of Working Group II to the Sixth Assessment Report. Cambridge University Press. 3056 p.
- Karimov, A.X., Smakhtin, V. (2021). Drip irrigation efficiency in arid Central Asian conditions: a comparative study. Irrigation and Drainage. Vol. 70, No. 3. P. 541–553.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida" PF-60-son Farmoni. Toshkent. 24 b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012268
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1097
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 340–343
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06