KUZGI BUG‘DOYDAN YUQORI DON HOSILI YETISHTIRISHDA MUHIM TADBIRLAR
Farxodovich Yalg‘oshev AbduvosiLalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 348–351
Annotatsiya
Ilmiy maqolada kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili yetishtirishda parvarishida ekin maydonida tarqalgan begona o‘tlarga qarshi gerbisidlardan Serto Plyus 25 % 100 g/ga, Ritmika Of 120 gerbisidi 400 ml/ga me‘yorlarida qo‘llanilib, parvarishida Nanoplant ultra 100 ml/t+100+150 ml/ga (urug‘ga ishlov berish+tuplanishda+naychalashda) va Avangard Start 1,0 l/t+1,0+2,0 l/ga (urug‘ga ishlov berish+tuplanishda+naychalashda) me‘yor va tartiblarida ildizdan tashqari oziqlantirish yuqori samaradorlikni ta‘minlashi keltirib o‘tilgan.
Boshqa tillarda
ruschaВАЖНЫЕ МЕРОПРИЯТИЯ ПРИ ПОЛУЧЕНИИ ВЫСОКОГО УРОЖАЯ ЗЕРНА ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ
В научной статье отмечено, что при выращивании высокого и качественного урожая зерна озимой пшеницы применение против распространённых на посевных площадях сорняков гербицидов Serto Plyus 25 % в норме 100 г/га и Ritmika Of 120 в норме 400 мл/га, а также внекорневая подкормка препаратами Nanoplant ultra в нормах 100 мл/т + 100 + 150 мл/га (обработка семян + в фазе кущения + в фазе трубкования) и Avangard Start в нормах 1,0 л/т + 1,0 + 2,0 л/га (обработка семян + в фазе кущения + в фазе трубкования) обеспечивают высокую эффективность.
inglizchaKEY MEASURES FOR OBTAINING HIGH GRAIN YIELDS FROM WINTER WHEAT
The scientific article reports that, in producing a high and high-quality grain yield of winter wheat, the application of the herbicides Serto Plus 25 % at 100 g/ha and Ritmika Of 120 at 400 ml/ha against the weeds spread in the crop field, together with foliar feeding with Nanoplant ultra at 100 ml/t+100+150 ml/ha (seed treatment + at tillering + at stem elongation) and Avangard Start at 1.0 l/t+1.0+2.0 l/ha (seed treatment + at tillering + at stem elongation) in the indicated rates and order, ensures high efficiency.
Kalit so‘zlar
- kuzgi bug‘doy
- begona o‘tlar
- gerbisid
- ildizdan tashqari oziqlantirish
- o‘simlik bo‘yi
- umumiy va mahsuldor poyalar
- don hosili
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
KUZGI BUG‘DOYDAN YUQORI DON HOSILI YETISHTIRISHDA MUHIM TADBIRLAR DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1099 Yalg‘oshev Abduvosi Farxodovich Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti ANNOTATSIYA Ilmiy maqolada kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili yetishtirishda parvarishida ekin maydonida tarqalgan begona o‘tlarga qarshi gerbisidlardan Serto Plyus 25 % 100 g/ga, Ritmika Of 120 gerbisidi 400 ml/ga me’yorlarida qo‘llanilib, parvarishida Nanoplant ultra 100 ml/t+100+150 ml/ga (urug‘ga ishlov berish+tuplanishda+naychalashda) va Avangard Start 1,0 l/t+1,0+2,0 l/ga (urug‘ga ishlov berish+tuplanishda+naychalashda) me’yor va tartiblarida ildizdan tashqari oziqlantirish yuqori samaradorlikni ta’minlashi keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar. kuzgi bug‘doy, begona o‘tlar, gerbisid, ildizdan tashqari oziqlantirish, o‘simlik bo‘yi, umumiy va mahsuldor poyalar, don hosili. KIRISH Ma’lumki, kuzgi bug‘doy yetishtirishda don hosilining kamayishiga asosiy omillardan biri bu begona o‘tlar hisoblanadi. FAOning statistikasi bo‘yicha, dunyo dehqonchiligida kasalliklar, zararkunandalar va begona o‘tlar hisobiga har yili 75 mlrd. AQSh dollaridan ortiq zarar olinib, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi 1967 yilda 28% kamaygan bo‘lsa, 1996 yilga kelib bu yo‘qotish jami 36,9% ni tashkil etgan. Eng katta hosildorlikning kamayishi g‘alla ekinlarida 35% ni tashkil etgan [5]. Shuningdek, don hosildorligini ta’minlovchi omillardan biri esa, kuzgi bug‘doyning mineral oziqlanishi hisoblanadi. Keyingi yillarda tuproqni muhofaza qilish, unumdorligini saqlash va oshirish, yangi innovasion texnologiyalarni qo‘llash orqali ekinlardan yuqori hosil olish uchun o‘simliklarga asosiy mikroelementlar (B, Mo, Cu, Zn, Fe, Mn), mezoelementlar (Ca, Mg, S) hamda yetkazib beriladigan elementlar (N, P, K) to‘g‘ri qo‘llanilishi hisobiga mahsulot yetishtirish tannarxi kamayishiga erishilmoqda [1]. A.Amanov va O.Amanovlarning [2] ta’kidlashicha, mineral o‘g‘itlarni va pestisidlarni birgalikda barg orqali qo‘llanilishi hosildorlikni nazorat variantiga nisbatan 11,4-32,0 s/ga yuqori bo‘lishini ta’minlagan. Kuzgi g‘alla dalasidagi begona o‘tlar, zararkunandalar hamda kasalliklarga qarshi kurashishda pestisidlarni alohida-alohida emas, balki ularni mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda suspenziya ko‘rinishida ildizdan tashqari qo‘llashning samarasi yuqori bo‘lganligi aniqlangan. MATERIALLAR VA METODLAR Dala tajribalari Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi “Yodgor Nazarov yerlari” fermer xo‘jaligining o‘tloqi–bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy dalalarida tarqalgan begona o‘larga qarshi kurashishda Serto Plyus 25 % (100 g/ga) va Ritmika Of 120 (400 ml/ga) gerbisidlari va ildizdan tashqari oziqlantirishda tarkibi makro va mikro elementlar bo‘lgan Nanoplant ultra (aminokislotalar, polisaxaridlar, makro va mikroelementlar) (urug‘ga ishlov berish 100 ml/t, tuplanishda 100 ml/ga, naychalashda 150 ml/ga va tuplanishda 100 ml/ga+naychalashda 150 ml/ga (ketma-ket)) va Avangard Start (Co, Mn, Cu, Fe, Zn, Cr, Mo, Se) (urug‘ga ishlov berish 1,0 l/t, tuplanishda 1,0 l/ga, naychalashda 2,0 l/ga va tuplanishda 1,0 l/ga+naychalashda 2,0 l/ga (ketma-ket)) preparatlarining samaradorligini o‘rganish maqsadida ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Dala tajribalari 20 ta variantda, 3 takrorlik, 3 yarusda joylashtirib, tajribalarini oʻtkazish, ekinni parvarish qilish, fenologik kuzatuvlar va biometrik o‘lchashlar umumqabul qilingan uslublar asosida o‘tkazildi [3,4].
Olingan natijalar va ularning tahlili. Dala tajribalarimizda kuzgi bug‘doyni parvarishlashda o‘suv davrida har bir variant va takrorliklardan olingan modul o‘simlik namunalarida biometrik o‘lchovlar o‘tkazilib, unda gerbisidlar va ildizdan tashqari oziqlantirishda qo‘llanilgan preparatlarning o‘simlik bo‘yi, umumiy va mahsuldor poyalarning shakllanishiga ta’siri o‘rganildi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, dala tajribalarimizda kuzgi bug‘doyning “Alekseyeich” navida o‘simlik bo‘yi balandligi tajriba variantlari va takrorliklari bo‘yicha tajribaning dastlabki (2023 y) yilida 82,6 sm dan 109,6 sm gachani tashkil etdi. Tajribada o‘simlik bo‘yi, 1m2dagi umumiy va mahsuldor poyalar miqdori bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlar gerbisidlar va ildizdan tashqari oziqlantirish o‘tkazilmagan nazorat N180P120K90 (FON) 1-variantida qayd etilib, o‘simlik bo‘yi 82,6 sm, 1m2dagi umumiy poyalar 578,2 dona, mahsuldor poyalar 295,8 donani tashkil etdi. Shuningdek, ildizdan tashqari oziqlantirish o‘tkazilmasdan, faqat begona o‘tlarga qarshi gerbisidlar qo‘llanilgan FON+ Serto Plyus 100 g/ga 2-variant va FON+Ritmika 400 ml/ga 12-variantlarda o‘simlik bo‘yi 94,3-97,8 sm, 1m2dagi umumiy poyalar 709,1-715,0 dona, mahsuldor poyalar 481,7- 492,4 dona bo‘lib, nazorat preparatlar ishlatilmagan N180P120K90 (FON) 1 va 2-variantlarga nisbatan o‘simlik bo‘yi 11,7-14,6 sm, 1m2dagi umumiy poyalar 130,9-131,5 dona, mahsuldor poyalar 185,9-189,7 dona ko‘p va baland bo‘ldi (1-rasm). Tajribada gerbisidlar va ildizdan tashqari oziqlantirishda o‘rganilgan preparatlar bo‘yicha eng yuqori natijalar begona o‘tlarga qarshi Ritmika Of 120 gerbisidi 400 ml/ga va Nanoplant ultra preparati (urug‘ga ishlov berish 100 ml/t, tuplanishda 100 ml/ga (alohida), naychalashda 150 ml/ga (alohida) va tuplanishda 100 ml/ga+naychalashda 150 ml/ga (birgalikda)) qo‘llanilgan 13-14-15-16- variantlarda qayd etilib, tegishlicha o‘simlik bo‘yi 99,6-105,3-102,6-109,6 sm, 1 m2 dagi umumiy poyalar soni 750,5-818,5-798,7-824,9 dona, mahsuldor poyalar 500,5-521,4-512,3-526,1 donani tashkil etib, N180P120K90 (FON)- nazorat 11-variantiga nisbatan o‘simlik bo‘yi 16,4-22,1-19,4-26,4 sm, 1 m2 dagi umumiy poyalar soni 167,0-235,0-215,2-241,4 dona, mahsuldor poyalar 197,8-218,7- 209,6-223,4 donaga, ildizdan tashqari oziqlantirish o‘tkazilmay, Ritmika gerbisidi 400 ml/ga qo‘llanilgan 12-variantga nisbatan esa, bu ko‘rsatkichlar tegishlicha 1,8-7,5-4,8-11,8 sm, 35,5-103,5- 83,7-109,9 dona, 8,1-29,0-19,9-33,7 donaga ko‘p va yuqori bo‘lganligi qayd etildi. Nanoplant ultra preparati bilan ushbu tartib va me’yorlarda ildizdan tashqari oziqlantirilib, begona o‘tlarga qarshi kurashishda Serto Plyus 100 g/ga qo‘llanilgan 3-4-5-6-variantlarda bu ko‘rsatkichlar tegishlicha 96,7- 101,2-99,1-104,6 sm, 744,3-785,8-776,2-797,1 dona, 490,3-507,2-495,5-512,1 dona bo‘lib, preparat qo‘llanilmagan N180P120K90 (FON)- nazorat 1-variantga nisbatan tegishlicha 14,1-18,6-16,5-22,0 sm, 166,1-207,6-198,0-218,9 dona, 194,5-211,4-199,7-30,4 donaga, ildizdan tashqari oziqlantirish o‘tkazilmay Serto Plyus 100 g/ga qo‘llanilgan 2-variantga nisbatan esa, tegishlicha 2,4-6,9-5,0-10,3 sm, 35,2-76,7-67,1-88,0 dona, 8,6-25,5-13,8-30,4 donaga ko‘p va baland bo‘lganligi aniqlandi (1- rasm). Dala tajribasida kuzgi bug‘doyda gerbisidlar va o‘sishni boshqaruvchi preparatlarni birgalikda qo‘llash bo‘yicha o‘simliklar bo‘yi, umumiy va mahsuldor poyalarning shakllanishi bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlar mineral o‘g‘itlar N180P120K90 kg/ga fonida Serto Plyus gerbisidi va Avangard Start preparati birgalikda qo‘llanilgan 7-8-9-10-variantlarda kuzatilib, tegishlicha o‘simlik bo‘yi 95,5-99,2-96,7-103,1 sm, 1m2dagi umumiy poyalar soni 735,3-778,2-767,3-789,5 dona, mahsuldor poyalar 486,6-498,3-492,4-502,1 dona bo‘lganligi aniqlandi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tajribada gerbisidlar samaradorligi bo‘yicha begona o‘tlarga qarshi Ritmika qo‘llanilgan variantlarda (74,8-85,7 s/ga), ildizdan tashqari oziqlantirishda Nanoplant ultra preparati qo‘llanilgan variantlarda (74,5-85,7 s/ga) qayd etildi. Ildizdan tashqari oziqlantirishda
o‘suv davrida preparatlarni bargdan oziqlantirish muddatlariga bog‘liqligi kuzatilib, bargdan oziqlantirish 1 marta o‘tkazilganda tuplanish davrida oziqlantirish naychalash davrida oziqlantirilganga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etganligi (76,8-82,9 s/ga), bargdan oziqlantirishni ketma-ket tuplanish+naychalash davrida 2 marta o‘tkazilganda esa eng yuqori natijalar (80,3-85,7 s/ga) olinganligi aniqlandi.
20. FON+Ritmica 400 ml/ga+Avangard Start 1,0… 516.4 19. FON+Ritmica 400 ml/ga+Avangard Start 1,0… 501.2 18. FON+Ritmica 400 ml/ga+Avangard Start 1,0… 510.6 17. FON+Ritmica 400 ml/ga+Avangard Start 1,0 l/t 495.7 16. FON+Ritmica 400 ml/ga+Nanoplant ultra 100… 526.1 15. FON+Ritmica 400 ml/ga+Nanoplant ultra 100… 512.3 14. FON+Ritmica 400 ml/ga+Nanoplant ultra 100… 521.4 13. FON+Ritmica 400 ml/ga+Nanoplant ultra 100 ml/t 500.5 12. FON+Ritmica 400 ml/ga 492.4 11. N180P120K90 (FON)–Nazorat-gerbisidsiz,… 302.7 10. FON+Serto Plyus 100 g/ga+Avangard Start 1,0… 502.1 9. FON+Serto Plyus 100 g/ga+Avangard Start 1,0… 492.4 8. FON+Serto Plyus 100 g/ga+Avangard Start 1,0… 498.3 7. FON+Serto Plyus 100 g/ga+Avangard Start 1,0 l/t 486.6 6. FON+Serto Plyus 100 g/ga+Nanoplant ultra 100… 512.1 5. FON+Serto Plyus 100 g/ga+Nanoplant ultra 100… 495.5 4. FON+Serto Plyus 100 g/ga+Nanoplant ultra 100… 507.2 3. FON+Serto Plyus 100 g/ga+Nanoplant ultra 100… 490.3 2. FON+Serto Plyus 100 g/ga, preparatsiz 481.7 1. N180P120K90 (FON)–Nazorat-gerbisidsiz,… 295.8 0 100 200 300 400 500 600
1-rasm. Gerbisidlar va ildizdan tashqari oziqlantirishning kuzgi bug‘doyning mahsuldor poyalar shakllanishiga ta’siri, 1m2/dona, 2023 y. Ilmiy tadqiqotlarimizning 2024-2025 yillarida ham ushbu qonuniyatlar kuzatilib, olingan natijalar yillar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘ldi. XULOSA O‘tkazilgan dala tajribalarimiz asosida kuzgi bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili yetishtirishda parvarishida ekin maydonida tarqalgan begona o‘tlarga qarshi kurashishda gerbisidlardan Serto Plyus 25 % 100 g/ga, Ritmika Of 120 gerbisidi 400 ml/ga me’yorlarida qo‘llanilib, parvarishida tarkibi makro va mikro elementlar bo‘lgan Nanoplant ultra 100 ml/t+100+150 ml/ga (urug‘ga ishlov berish+tuplanishda+naychalashda) va Avangard Start 1,0 l/t+1,0+2,0 l/ga (urug‘ga ishlov berish+tuplanishda+naychalashda) me’yor va tartiblarida ildizdan tashqari oziqlantirish yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Авдеенко А.П. Влияние удобрений и стимуляторов роста на влагообеспеченность посевов и продуктивность сортов озимой пшеницы //МНИЖ. 2015. №8-4 (39). С.6-9.
- Amanov A., Amanov O. Kuzgi boshoqli don ekinlarini barg orqali oziqlantirish. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi №5 2016 y, b 35. qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Nukus
- Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. O‘zPITI. Toshkent. 2007. B.180.
- Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М: Колос, 1985. Б. 351.
- Sunn pests and their control in the Near East // FAO plant production and protection paper (138).– Rome: FAO, 2006, – P.165.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012270
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1099
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 348–351
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-09 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06