PO‘LATI SUR RANG-BARANGLIKDAGI QORAQALPOQ SUR ZOT TIPIGA MANSUB QORAKO‘L QO‘YLARINING JUN MORFOLOGIYASI
Kadirxanovich Ospanov Asemxan, qizi Omarova Marjan Erjanq.x.f.f.d (PhD). Zooinjeneriya va veterinariya kafedrasi assisitenti “Qishloq xo‘jalik hayvonlarini seleksiyasi va naslchilik” mutaxassisligi 1-kurs magistranti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 334–336
Annotatsiya
Ushbu maqolada sur rangli qoraqalpoq tipiga mansub po‘lati sur rangba-ranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining jun morfologik ko‘rsatkichlari va ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy va janubiy tumanlarida o‘rganilgan va xulosalar qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaМОРФОЛОГИЯ ШЕРСТИ КАРАКУЛЬСКИХ ОВЕЦ ПОРОДНОГО ТИПА КАРАКАЛПАКСКИЙ СУР СТАЛЬНОЙ РАСЦВЕТКИ
В данном представленном статье приведены данные морфологические показатели шерсти каракульских овец каракалпакского породного типа расцветок пулаты сур и изучены эти показатели в северных и южных условиях Республики Каракалпакстан.
inglizchaWOOL MORPHOLOGY OF KARAKUL SHEEP OF THE KARAKALPAK SUR BREED TYPE WITH STEEL-GREY COLOUR VARIATION
The article studies and draws conclusions about the wool productivity of karakul sheep, the color of the pulati sur of the karakalpak breed type, morphological indicators of wool and their morphological characterics in the northern and southern regions of Republic of Karakalpakstan.
Kalit so‘zlar
- qorako‘l qo‘ylari
- qoraqalpoq zot tipi
- jun mahsuldorligi
- jun morfologiyasi
- chorva mahsulotlarini ko‘paytirish
- ozuqa bazasidan tejamli foydalanish
- naslchilikni yaxshilash
- junni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
PO‘LATI SUR RANG-BARANGLIKDAGI QORAQALPOQ SUR ZOT TIPIGA MANSUB QORAKO‘L QO‘YLARINING JUN MORFOLOGIYASI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1095 Ospanov Asemxan Kadirxanovich q.x.f.f.d (PhD). Zooinjeneriya va veterinariya kafedrasi assisitenti Omarova Marjan Erjan qizi “Qishloq xo‘jalik hayvonlarini seleksiyasi va naslchilik” mutaxassisligi 1-kurs magistranti E-mail: asemkhan1969@mail.ru ANNOTATSIYA Ushbu maqolada sur rangli qoraqalpoq tipiga mansub po‘lati sur rangba-ranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining jun morfologik ko‘rsatkichlari va ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy va janubiy tumanlarida o‘rganilgan va xulosalar qilingan. Аннотация: В данном представленном статье приведены данные морфологические показатели шерсти каракульских овец каракалпакского породного типа расцветок пулаты сур и изучены эти показатели в северных и южных условиях Республики Каракалпакстан. Abstract: The article studies and draws conclusions about the wool productivity of karakul sheep, the color of the pulati sur of the karakalpak breed type, morphological indicators of wool and their morphological characterics in the northern and southern regions of Republic of Karakalpakstan. Kalit so‘zlar: qorako‘l qo‘ylari, qoraqalpoq zot tipi, jun mahsuldorligi, jun morfologiyasi, janubiy va shimoliy xududlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 martdagi “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4243-sonli qarorida ta’kidlab o‘tilgandek chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish halqimizni arzon va sifatli go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ayniqsa qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqoralarning bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishda muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda, chorva mahsulotlarini ko‘paytirish, ozuqa bazasidan tejamli foydalanish, naslchilikni yaxshilash, chorva mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishning aniq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqoza etmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi chorvachiligida qorako‘lchilik sohasida jun yetishtirish, junni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish fermer, xususiy tadbirkorlarning iqtisodiy samaradorligini oshirishda, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishda muhim hisoblanadi. Respublikamizda Mustaqillik yillarida qorako‘l qo‘ylarning seleksiyasini tashkil etish orqali uni zotdorligini yaxshilash borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Buning natijasida mazkur zotning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib teri, jun, sut va go‘sht mahsuldorligini oshirishga ma’lum darajada erishildi. Bu borada qorako‘lchilik sohasida qorako‘l terilarining sifatini oshirish bilan bir qatorda jun mahsuldorligini yetishtirish va ularni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va shu yo‘nalishdagi klasterlar tashkillashtirish shu kunning kechiktirib bo‘lmas dolzarb masalasi hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi. Po‘lati sur rang-baranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining jun morfologik xususiyatlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy va shimoliy tumanlarda o‘rganish va natijalari bo‘yicha xulosalar qilish.
Bizni tadqiqotlarimiz respublikaning janubiy To‘rtko‘l tumanida po‘lati rang-baranglikdagi 78 bosh va shimoliy Taxtako‘pir tumanida 53 bosh qo‘ylarda olib borildi. Bunda har xil yoshdagi qo‘ylardan olingan jun namunalari o‘rganildi. Tadqiqot uslublari. Qo‘ylarning jun mahsuldorligi va junning xossalarini o‘rganish ularning junini qirqish davrida qirqilgan junni tarozida yakka holda o‘lchash yo‘li bilan amalga oshirildi. Junning uzunligi metal chizg‘ishda o‘lchandi. O‘rganish uchun jun namunalari qo‘ylarning yonbosh qismidan olindi. Qoraqalpoq sur zot tipiga mansub po‘lati rang-baranglikdagi qo‘ylarning jun tola uzunldigi o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Po‘lati sur rang-baranglikdagi qo‘ylarning jun tolasi uzunligi, sm Jun Qiltiq Oraliq Tivit Qo‘ylar Tajriba joyi namunalari yoshi X±Sx soni To‘rtko‘l 3-yosh 12 9,8±0,78 7,3±0,51 5,2±0,54 tumani sharoitida 4-yosh 16 10,1±0,82 7,8±0,58 5,3±0,54 Taxtako‘pir 3-yosh 13 10,2±0,81 7,5±0,53 5,9±0,54 tumani sharoitida 4-yosh 19 11,1±0,83 8,2±0,58 6,3±0,54
Janubiy va sharqiy tumanlarda urchitiladigan po‘lati sur rang-baranglikdagi qorako‘l qo‘ylarning jun tolasi uzunligi bo‘yicha qo‘ylarning yoshi kesimida farqlar ko‘zatiladi. To‘rtko‘l tumani sharoitida 4-yoshli qo‘ylarda qiltiq jun uzunligi 10,1±0,82 sm ni, oraliq jun tolalari 7,8±0,58 sm ni va tivit jun tolasi uzunligi esa 5,3±0,54 sm bo‘lgan bo‘lsa, shunga mutonasib ravishda, Taxtako‘pir tumani sharoitida 4-yoshli qo‘ylarda qiltiq jun uzunligi 11,1±0,83 sm ni, oraliq jun tolalar uzunligi 8,2±0,58 sm ni va tivit jun tolalari 6,3±0,54 sm ni tashkil qiladi. Iqlim sharoitiga mos ravishda jun tolasi uzunligi shimoliy xududlarda 0,5-1,0 sm ga uzun bo‘lishi kuzatildi. Bizning po‘lati sur sur rang-baranglikdagi qorako‘l qo‘ylarning jun morfologiyasini o‘rganish bo‘yicha olib borgan tajriba natijalarimiz 2-jadvalda ko‘rsatilgan. 2-jadval. Po‘lati sur rang-baranglikdagi qorako‘l qo‘ylarning jun qoplami morfologiyasi Jun Qo‘ylar Tajriba joyi namunalari Qiltiq Oraliq Tivit yoshi soni To‘rtko‘l tumani 3-yosh 12 21,4 9,6 69,0 sharoitida 4-yosh 16 22,6 9,2 68,2 Taxtako‘pir tumani 3-yosh 13 20,2 10,1 69,7 sharoitida 4-yosh 19 21,5 9,2 69,3
Po‘lati sur rang-baranglikdagi qorako‘l qo‘ylarning jun qoplami morfologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki shimoliy xududda, ya’ni Taxtako‘pir tumani sharoitida urchitiladigan qo‘ylar junida tivit miqdori To‘rtko‘l tumani sharoitida urchitiladigan qo‘ylar juniga nisbatan 0,7-1,1% ga ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. XULOSA Olingan natijalar shundan dalolat berakdiki, qoraqalpoq sur zot tipiga mansub po‘lati sur rang-baranglikdagi qo‘ylarning jun mahsuldorligi urchitish xududiga bog‘liq bo‘lib, shimoliy xududda 1,9 % ga ko‘p ekanligi qayd etildi. Junning asosiy sifat ko‘rsatkichlari bo‘lgan tivit jun miqdori 0,7-1,1
% ga shimoliy xududda ya’ni Taxtako‘pir tumanida urchitiladigan qo‘ylarda ustunlik qildi. Shuningdek, jun tola uzunligi (tivit jun) ularni saqlash xududiga bog‘liq ravishda tengdoshlariga nisbatan 0,7-1,0 % ga ortishi ko‘zatildi. Olingan natijalardan jun miqdori, uning morfologiyasi va ayrim xossalariga qo‘ylarni urchitish xududining iqlim sharoiti ta’sir ko‘rsatadi degan xulosaga kelish mumkin. Sur qoraqalpoq zot tipiga mansub po‘lati sur rang-baranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining teri sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolgan holda, jun mahsuldorligini oshirish, hayvonlarni saralashda ularning asosiy seleksion xususiyatlarini o‘rganishda e’tiborga olish muhimdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 martdagi “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4243-sonli qarori.
- Ахметшиев А.С. Селекционно генетические основы создания племенного стада каракльских овец каракалпакского сура в Казахстане. Диссю докт. с/х наук. Алма-ата, 1989. – 285 с.
- Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников / Н.А.Плохинский. Москва: Колос, 1969. – С. 7 – 45.
- Турганбаев Р.У. Каракалпакский породный тип каракульских овец окраски сур. // Монография. – Ташкент, 2012. С. 164.
- Закиров М.Д., Юсупов С.Ю и др. Каракулеводство. Учебное пособие. – Ташкент, «Меҳнат» 1991. 312 С.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012266
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1095
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 334–336
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06