Asosiy mazmunga o‘tish

QARAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA NISHONLANGAN IPAK QURTI ZOTLARINI PARVARISHLASHNING REPRODUKTIV KO‘RSATKICHLARIGA TA‘SIRI

Mambetova Raysa, Oripov OtabekQAXAI magistranti IITI tadqiqotchisi, q.x.f.f.d. (PhD), dotsent2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 370–372

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli iqlim sharoitida jinsi bo‘yicha nishonlangan tut ipak qurti zot va duragaylarini parvarishlashning reproduktiv, biologik va texnologik ko‘rsatkichlarga ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqotlarda harorat, havo namligi, ozuqa sifati va parvarishlash sharoitlarining tuxum jonlanishi, qurt hayotchanligi, pila mahsuldorligi hamda ipakchanlik darajasiga ta‘siri baholandi. Ilmiy natijalarga ko‘ra, mahalliy iqlimga moslashgan nishonlangan duragaylar yuqori hayotchanlik va reproduktiv ko‘rsatkichlarni namoyon etdi.

Boshqa tillarda

ruschaВЛИЯНИЕ ВЫКОРМКИ МЕЧЕНЫХ ПОРОД ТУТОВОГО ШЕЛКОПРЯДА НА РЕПРОДУКТИВНЫЕ ПОКАЗАТЕЛИ В УСЛОВИЯХ КАРАКАЛПАКСТАНА

В данной статье изучено влияние выращивания меченных по полу пород и гибридов тутового шелкопряда в различных климатических условиях Республики Каракалпакстан на репродуктивные, биологические и технологические показатели. В исследованиях оценивалось влияние температуры, влажности воздуха, качества корма и условий выращивания на оживление грены, жизнеспособность гусениц, продуктивность коконов, а также уровень шелконосности. Согласно научным результатам, меченые гибриды, приспособленные к местному климату, проявили высокие показатели жизнеспособности и репродуктивности.

inglizchaTHE EFFECT OF REARING MARKED SILKWORM BREEDS ON REPRODUCTIVE INDICATORS UNDER KARAKALPAKSTAN CONDITIONS

This article studied the effect of rearing sex-marked mulberry silkworm breeds and hybrids under the various climatic conditions of the Republic of Karakalpakstan on reproductive, biological and technological indicators. The studies assessed the influence of temperature, air humidity, feed quality and rearing conditions on egg hatching, larval viability, cocoon productivity and the level of silk content. According to the scientific results, the marked hybrids adapted to the local climate displayed high viability and reproductive indicators.

Kalit so‘zlar

  • ipak qurti urug‘i
  • inkubatsiya
  • harorat
  • namlik
  • yorug‘lik
  • tut bargi
  • nishonlangan ipak qurti
  • duragay
  • qurtxona
  • dasta
  • g‘umbak
  • kapalak

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

QARAQALPOGʻISTON SHAROITIDA NISHONLANGAN IPAK QURTI ZOTLARINI PARVARISHLASHNING REPRODUKTIV KOʻRSATKICHLARIGA TAʼSIRI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1104 Raysa Mambetova QAXAI magistranti Otabek Oripov IITI tadqiqotchisi, q.x.f.f.d. (PhD), dotsent ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasining turli iqlim sharoitida jinsi boʻyicha nishonlangan tut ipak qurti zot va duragaylarini parvarishlashning reproduktiv, biologik va texnologik koʻrsatkichlarga taʼsiri oʻrganildi. Tadqiqotlarda harorat, havo namligi, ozuqa sifati va parvarishlash sharoitlarining tuxum jonlanishi, qurt hayotchanligi, pila mahsuldorligi hamda ipakchanlik darajasiga taʼsiri baholandi. Ilmiy natijalarga koʻra, mahalliy iqlimga moslashgan nishonlangan duragaylar yuqori hayotchanlik va reproduktiv koʻrsatkichlarni namoyon etdi. Kalit soʻzlar: ipak qurti urugʻi, inkubatsiya, harorat, namlik, yorugʻlik, tut bargi, nishonlangan ipak qurti, duragay, qurtxona, dasta, gʻumbak, kapalak, navli pilla, ipak tolasi.

KIRISH Hozirgi kunda jahon bozorida tabiiy ipak va ipak mahsulotlariga boʻlgan talab tobora oshib bormoqda. Bu esa pillachilik sohasida yuqori mahsuldor va tashqi muhit omillariga chidamli tut ipak qurti zotlarini yaratishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda pillachilik sohasini rivojlantirish, mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan zot va duragaylarni yaratish hamda sifatli pilla yetishtirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-fevraldagi PQ–73-son qarori hamda 2023- yil 1-iyundagi PF–85-son Farmonida pillachilik tarmogʻini modernizatsiya qilish, seleksiya ishlarini takomillashtirish va intensiv texnologiyalarni joriy etish boʻyicha muhim vazifalar belgilangan. Qoraqalpogʻiston Respublikasining keskin kontinental iqlimi, yuqori harorat va havo namligining pastligi ayrim ipak qurti duragaylarining hayotchanligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shu sababli mahalliy sharoitga moslashuvchan, yuqori reproduktiv xususiyatlarga ega nishonlangan ipak qurti zotlarini tanlash dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi [1,2]. Muammoning oʻrganilganlik darajasi. Respublikamiz olimlari tomonidan ipak qurtini parvarishlash texnologiyasi, tashqi muhit omillarining taʼsiri, ozuqa sifati va qurt boqish agrotexnikasi boʻyicha qator tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, Ye.Mixaylov, N.Baxovuddinov, B.Parpiyev, N.A.Axmedov va Sh.R.Umarovlar tomonidan ipak qurti biologiyasi va mahsuldorligiga oid ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek, xorij olimlari M.Ye.Braslavskiy, G.Bekirov, N.Baramidze, F.Pessio va boshqalar tomonidan turli iqlim mintaqalarida ipak qurtining moslashuvchanligini oshirish boʻyicha tadqiqotlar olib borilgan [5,6,7]. Tadqiqot usullari va materiallar Tadqiqot ishlari 2024–2025-yillarda Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalari instituti “Ipakchilik” kafedrasi laboratoriyasi hamda Taxiatosh tumanidagi ishlab chiqarish sharoitlarida amalga oshirildi.

Tajribalarda Oʻzbekiston ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti “Ipak qurti seleksiyasi” laboratoriyasidan olingan jinsi boʻyicha nishonlangan C-5, C-10, C-12, C-13 va C-14 duragaylari hamda nazorat sifatida “Ipakchi-1” zoti qoʻllanildi. Tadqiqot jarayonida quyidagi koʻrsatkichlar baholandi: normal tuxumlar soni; tuxum massasi; bitta tuxum vazni; tuxum jonlanishi; qurt hayotchanligi; pilla massasi; ipakchanlik. qurtxonalarda harorat va havo nisbiy namligi muntazam nazorat qilindi. Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi Tut ipak qurti rivojlanishining barcha bosqichlarida (tuxum, lichinka, gʻumbak, kapalak) qatʼiy tanlash usuli amalga oshirilsa, koʻrsatkichlar yaxshi tomonga oʻzgarishi mumkin. Masalan, tuxumlar estivatsiyasi davrida, quymalarni quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha eng yaxshilarini tanlash ishlari oʻtkazildi: quymadagi normal tuxumlar miqdori boʻyicha, quyma massasi, bitta tuxum massasi va jinslarni 1:1 nisbati boʻyicha. Tadqiq etilgan zotlarning reproduktiv koʻrsatkichlari 1-jadvalda aks ettirilgan. 1-jadval. Oʻrganilayotgan zotlarning reproduktiv koʻrsatkichlari (2025) Normal tuxumlar Normal tuxumlar Bitta tuxum vazni Zotlar soni (dona) massasi (mg) (mg) C-5 540 290 0,538 C-10 492 246 0,501 C-12 624 324 0,520 C-13 545 298 0,550 C-14 544 298 0,548 Ipakchi-1 654 354 0,542 (nazorat) Tadqiqot natijalariga koʻra, C-12 duragayi normal tuxumlar soni va massasi boʻyicha yuqori natija koʻrsatdi. Nazorat varianti hisoblangan “Ipakchi-1” zoti eng yuqori reproduktiv koʻrsatkichlarga ega boʻldi. Nishonlangan duragaylar ichida C-10 variantida tuxumlar soni va massasi nisbatan past boʻlganligi kuzatildi. Biroq umumiy baholash natijalari shuni koʻrsatdiki, jinsi boʻyicha nishonlangan duragaylar reproduktiv xususiyatlari jihatidan nazorat variantiga yaqin koʻrsatkichlarni namoyon etdi. Tadqiqotlar davomida harorat va havo namligining qurtlar hayotchanligiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi aniqlandi. Qurtxonalarda optimal harorat va namlik saqlangan variantlarda qurtlarning oʻsishi va rivojlanishi yaxshi kechdi. Yuqori harorat va past namlik kuzatilgan holatlarda esa qurtlarning oziqlanish faolligi pasaydi va ayrim hollarda bakteriya hamda zamburugʻkasalliklari qayd etildi. Qoraqalpogʻistonning keskin iqlim sharoitida mahalliy sharoitga moslashgan duragaylar yuqori hayotchanlikni saqlab qoldi. Tajriba natijalariga koʻra, nishonlangan tut ipak qurtlarining

hayotchanligi 94,6–96,0 %, pilla massasi 1,46–1,55 g, ipakchanlik darajasi esa 21,0–22,6 % ni tashkil qildi. XULOSA Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqlim sharoitida olib borilgan tadqiqotlar asosida quyidagi xulosalarga kelindi: jinsi boʻyicha nishonlangan tut ipak qurti duragaylari mahalliy iqlimga yaxshi moslashishi aniqlandi; harorat va havo namligi reproduktiv hamda biologik koʻrsatkichlarga bevosita taʼsir koʻrsatadi; C-12 duragayi yuqori reproduktiv koʻrsatkichlari bilan ajralib turdi; optimal parvarishlash sharoitida yuqori hayotchanlik va sifatli pilla olish mumkin; kelgusida ushbu duragaylardan seleksiya ishlarida samarali foydalanish mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-fevraldagi “Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-73-sonli qarori. – Toshkent, 2023. 1-4 b.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Pillachilik sohasida kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-85-sonli Farmoni. – Toshkent, 2023. 1-4 b.
  3. Ahmedov N., Murodov S. Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi. // Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent, 2004. 54-55-b.
  4. Larkina Ye.A., Gaykalova N.V., Nodiraliyeva N., Yakubdjanov B. Tolimanova F. Geneticheski modifitsirovannыe porodы UzNIISH, soderjaщiyesya v mirovoy kolleksii tutovogo shelkopryada. //Sbornik trudov AGU №9, 2006. -S.43-46.
  5. Larkina Ye.A., Yakubov A.B. Kombinatsionnaya sennost inbrednыx liniy tutovogo shelkopryada. //Uzbekskiy biologicheskiy jurnal №1. Fan 2011. – S.50-60.
  6. Larkina Ye.A., Yakubov A.B., Daniyarov U.T. Rezultatы izucheniya geneticheskoy prirodы dvigatelnoy aktivnosti tutovogo shelkopryada. //“Uzbekskiy biologicheskiy jurnal” 2012. №6. –S.63.
  7. Larkina Ye.A., Yakubov A.B., Daniyarov U.T. Geneticheskiy fond mirovoy kolleksii tutovogo shelkopryada Uzbekistana. Katalog. //Tashkent, . –S.4-66.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012275
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1104
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
370–372
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06