SUG‘ORISH REJIMI VA O‘G‘ITLASH MEYORLARI TA‘SIRIDA RIJIK KO‘CHATLARINING O‘SUV DAVRI OXIRIDA SAQLANISHI
Sh.M.Charyiev, D.X.AllaevaTayanch doktorant, Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti q/x.f.f.d., Laboratoriya mudiri, Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 331–333
Annotatsiya
Maqolada kuzgi rijik ko‘chatlarining saqlanishiga qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlar, xususan sug‘orish rejimi va o‘g‘itlash me‘yorlari o‘z ta‘sirini ko‘rsatishi bayon qilingan. Kuzgi rijik yetishtirishda faqat urug‘ suv berilib, o‘g‘it berilmaydigan nazorat hamda N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90 nisbatlarda oziqlantirilganda qishlovdan chiqgan o‘simliklarning 75,9-78,5%i saqlanib qoldi. Sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65%da N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90 nisbatlarda oziqlantirilganda saqlanish darajasi 80-84.7% gacha o‘zgardi.
Boshqa tillarda
ruschaСОХРАННОСТЬ ВСХОДОВ РЫЖИКА К КОНЦУ ВЕГЕТАЦИОННОГО ПЕРИОДА ПОД ВЛИЯНИЕМ РЕЖИМА ОРОШЕНИЯ И НОРМ УДОБРЕНИЙ
В статье описано влияние агротехнических мероприятий, в частности режима орошения и норм удобрения, на сохранность посевов озимого рыжика. При выращивании озимого рыжика на контрольном варианте (только влагозарядковый полив, без удобрений), а также при подкормке в соотношениях N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90 сохранность растений после зимовки составила 75,9–78,5%. При поддержании предполивной влажности почвы на уровне 70-75-65% от ППВ (предельной полевой влагоемкости) и внесении удобрений в нормах N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90 уровень сохранности варьировался в пределах 80,0–84,7%.
inglizchaSURVIVAL OF CAMELINA SEEDLINGS AT THE END OF THE GROWING PERIOD UNDER DIFFERENT IRRIGATION REGIMES AND FERTILIZER RATES
The article describes the influence of agrotechnical measures, specifically irrigation regimes and fertilization rates, on the survival rate of winter camelina. In the cultivation of winter camelina, the survival rate of plants after wintering ranged between 75.9% and 78.5% in the control variant (only pre-sowing irrigation without fertilizers) and under fertilization at N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90 ratios. When the pre-irrigation soil moisture was maintained at 70-75-65% of the Field Capacity (FC) and supplemented with N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90, fertilization, the survival rate varied from 80.0% to 84.7%.
Kalit so‘zlar
- rijik
- nav
- Penzyak
- urug‘ suvi
- sug‘orish
- mineral o‘g‘it
- unib chiqish
- o‘simlik soni
- xususan sug‘orish rejimi va o‘g‘it me‘yorlari
- o‘g‘itsiz)
- shuningdek N30P30K30 nisbatlarida oziqlantirilganda
- N60P60K60
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
SUG‘ORISH REJIMI VA O‘G‘ITLASH MEYORLARI TA’SIRIDA RIJIK KO‘CHATLARINING O‘SUV DAVRI OXIRIDA SAQLANISHI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1094 Sh.M.Charyiev Tayanch doktorant, Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti ORCID ID: 0009-0004-9934-3237 D.X.Allaeva q/x.f.f.d., Laboratoriya mudiri, Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti ORCID ID: 0009-0008-9861-3062 ANNOTATSIYA Maqolada kuzgi rijik ko‘chatlarining saqlanishiga qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlar, xususan sug‘orish rejimi va o‘g‘itlash me’yorlari o‘z ta’sirini ko‘rsatishi bayon qilingan. Kuzgi rijik yetishtirishda faqat urug‘suv berilib, o‘g‘it berilmaydigan nazorat hamda N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90 nisbatlarda oziqlantirilganda qishlovdan chiqgan o‘simliklarning 75,9-78,5%i saqlanib qoldi. Sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65%da N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90 nisbatlarda oziqlantirilganda saqlanish darajasi 80-84.7% gacha o‘zgardi. Kalit so‘zlar: rijik, nav, Penzyak, urug‘suvi, sug‘orish, mineral o‘g‘it, unib chiqish, o‘simlik soni, saqlanish darajasi.
Аннотация. В статье описано влияние агротехнических мероприятий, в частности режима орошения и норм удобрения, на сохранность посевов озимого рыжика. При выращивании озимого рыжика на контрольном варианте (только влагозарядковый полив, без удобрений), а также при подкормке в соотношениях N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90 сохранность растений после зимовки составила 75,9–78,5%. При поддержании предполивной влажности почвы на уровне 70-75-65% от ППВ (предельной полевой влагоемкости) и внесении удобрений в нормах N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90 уровень сохранности варьировался в пределах 80,0–84,7%. Ключевые слова: рыжик, сорт, Пензяк, влагозарядковый полив, орошение, минеральные удобрения, всхожесть, густота стояния растений, приживаемость. Abstract. The article describes the influence of agrotechnical measures, specifically irrigation regimes and fertilization rates, on the survival rate of winter camelina. In the cultivation of winter camelina, the survival rate of plants after wintering ranged between 75.9% and 78.5% in the control variant (only pre-sowing irrigation without fertilizers) and under fertilization at N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90 ratios. When the pre-irrigation soil moisture was maintained at 70-75-65% of the Field Capacity (FC) and supplemented with N30P30K30, N60P60K60, N90P90K90, fertilization, the survival rate varied from 80.0% to 84.7%. Keywords: camelina, variety, Penzyak, pre-sowing irrigation, irrigation, mineral fertilizer, germination, plant density, survival rate. Ma’lumki, har qanday qatorlab yoki yoppasiga ekiladigan ekinlar orasida yashovchanlik yoki saqlanib qolish borasida o‘zaro raqobat yuzaga keladi. Bunga asosan, tuproq-iqlim sharoiti, qo‘llaniladigan agronomik omillar hamda ekish me’yorlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Rijikni ayniqsa yana bir muhim masala uning turli xil atrof-muhit sharoitlariga moslashishidir. Rijik haqiqatan ham kam xarajat sarflanadigan ekin sifatida, unumsiz tuproqlarda [2] va hatto donli va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari bilan ikki marta ekish rejimida yetishtirilishi mumkin [1, 3], shuning uchun ham barqaror ekin sifatida qimmatli xo‘jalik belgi xususiyatlarini ko‘rsatadi.
Mualliflar tomonidan ushbu adabiyotda Camelina sativa (rijik) ekinining biologik xususiyatlari, agrotexnikasi va yetishtirish texnologiyasi batafsil o‘rganilgan. Tadqiqotlarda rijikning qurg‘oqchilikka nisbatan chidamli ekin ekanligi, biroq vegetatsiyaning dastlabki bosqichlarida namlikka talabchanligi qayd etilgan. Optimal sug‘orish rejimi qo‘llanganda ko‘chatlarning saqlanish darajasi oshishi, ildiz tizimi faol rivojlanishi hamda hosildorlik ortishi aniqlangan. Shuningdek, azotli o‘g‘itlarning me’yoriy qo‘llanishi vegetativ o‘sishni jadallashtirishi, ortiqcha me’yor esa vegetatsiya davrining cho‘zilishiga olib kelishi ta’kidlangan. Mualliflar sug‘orish va oziqlantirish tizimini uyg‘un holda qo‘llash rijik ko‘chatlarining o‘suv davri oxirida saqlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ilmiy asoslab berganlar. Mazkur maqolada Camelina sativa ning moyli ekin sifatidagi ahamiyati, ekologik moslashuvchanligi va agrobiologik xususiyatlari yoritilgan. Muallif rijikning qisqa vegetatsiya davriga ega bo‘lib, suvdan samarali foydalanadigan ekin ekanligini qayd etadi. Tadqiqotlarda vegetatsiyaning muhim bosqichlarida namlik yetishmasligi o‘simlik rivojlanishi va hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shuningdek, mineral o‘g‘itlar, ayniqsa azotli o‘g‘itlarning hosildorlikni oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Azot me’yorining oshirilishi hosildorlikni ma’lum darajada ko‘paytirgan bo‘lsa-da, ortiqcha me’yor o‘simliklarning yotib qolishiga sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan. Optimal sug‘orish va oziqlantirish tizimi ko‘chatlarning saqlanishiga hamda urug‘hosildorligining oshishiga xizmat qilishi qayd etilgan. Tadqiqotlarimizda o‘simlikning saqlanish darajasiga sug‘orish va mineral o‘gitlar bilan oziqlantirish me’yor hamda muddatlarining ta’siri sezilarli darajada bo‘lishi aniqlandi. O‘suv davri oxirida sanoq o‘tkazilganda FON (urug‘suvi) variantda 1m2 maydonda o‘simlik soni o‘g‘it berilmaganda o‘rtacha 345 dona, N30P30K30 nisbatda oziqlantirilganda o‘rtacha 355 donani, N60P60K60 nisbatda oziqlantirilganda o‘rtacha 366 donani, N90P90K90 nisbatda oziqlantirilganda o‘rtacha 376 donani, saqlanish darajasi mos ravishda 75,9%, 76,6%, 78,0% va 78,5%ni tashkil etganligi aniqlandi. Tadqiqotlarimizda 1m2 maydonda o‘simlik soni sug‘orishdan oldingi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 60-65-60% bo‘lganda sug‘orilib, o‘g‘it berilmaganda o‘rtacha 350 dona, N30P30K30 nisbatda oziqlantirilganda o‘rtacha 361 donani, N60P60K60 nisbatda oziqlantirilganda o‘rtacha 373 donani, N90P90K90 nisbatda oziqlantirilganda o‘rtacha 382 donani, saqlanish darajasi mos ravishda 77,3%, 78,3%, 79,6% va 79,9% ni tashkil etganligi aniqlandi. 1-jadval Sug‘orish rejimi va o‘g‘itlash me’yorlari ta’sirida rijik ko‘chatlarining o‘suv davri oxirida saqlanishi 1 m2 maydonda saqlangan o‘simlik soni, dona Saqlanish T/r Variantlar 2022- 2023- 2024- darajasi, % 2023 2024 2025 o‘rtacha yy. yy. yy. 1 Nazorat(o‘g‘itsiz) 335 356 344 345 75,9 2 FON N30P30K30 344 367 353 355 76,6 3 (urug‘suvi) N60P60K60 354 379 365 366 78,0 4 N90P90K90 365 387 375 376 78,5 5 ChDNS Nazorat(o‘g‘itsiz) 344 355 350 350 77,3 6 60-65-60 N30P30K30 353 367 362 361 78,3
7 N60P60K60 365 380 375 373 79,6 8 N90P90K90 375 388 384 382 79,9 9 Nazorat(o‘g‘itsiz) 355 362 358 358 78,9 10 ChDNS N30P30K30 367 376 371 371 80,2 11 65-70-60 N60P60K60 381 393 386 387 82,8 12 N90P90K90 389 391 388 389 81,1 13 Nazorat(o‘g‘itsiz) 364 369 364 366 80,0 14 ChDNS N30P30K30 378 384 379 380 82,2 15 70-75-65 N60P60K60 395 401 396 397 84,7 16 N90P90K90 392 394 392 393 81,3 17 Nazorat(o‘g‘itsiz) 365 363 364 364 79,9 18 ChDNS N30P30K30 374 371 371 372 80,6 19 75-80-70 N60P60K60 384 378 380 381 80,8 20 N90P90K90 390 384 386 387 80,8
Sug‘orishdan oldingi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65-70-60% bo‘lganda sug‘orilib, o‘g‘it berilmaganda o‘rtacha 358 dona, N30P30K30 nisbatda oziqlantirilganda o‘rtacha 371 donani, N60P60K60 nisbatda oziqlantirilganda o‘rtacha 387 donani, N90P90K90 nisbatda oziqlantirilganda o‘rtacha 389 donani, saqlanish darajasi mos ravishda 78,9%, 80,2%, 82,8% va 81,1% ni tashkil etganligi aniqlandi. Eng yuqori namlikda saqlangan, sug‘orishdan oldingi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 75-80- 70% bo‘lganda sug‘orilib, o‘g‘it berilmaganda o‘rtacha 364 dona, N30P30K30 nisbatda oziqlantirilganda o‘rtacha 372 donani, N60P60K60 nisbatda oziqlantirilganda o‘rtacha 381 donani, N90P90K90 nisbatda oziqlantirilganda o‘rtacha 387 donani, saqlanish darajasi mos ravishda 79,9%, 80,6%, 80,8% ni tashkil etganligi aniqlandi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Qashqadaryo viloyati sharoitida kuzgi rijik o‘simligining yashovchanligini ta’minlashda eng maqbul omil sifatida ChDNS 70-75-65% sug‘orish rejimi va N60P60K60 mineral o‘g‘itlar tizimi aniqlandi. Ushbu variantda nazoratga nisbatan saqlanish darajasi 8,8% yuqori bo‘lib, ekinning noqulay omillarga chidamliligini ta’minlashi isbotlandi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Jewett Ye. G. Camelina sativa: for biofuels and bioproducts // Industrial Crops: Breeding for Bioenergy and Bioproducts. 2015. Рр. 157-170.
- Рекомендации по возделыванию перспективной масличной культуры рыжика посевного / В. В. Зубков, О. В. Терентьев, В. Т. Буянкин. - Самара: Самара-АРИС, 2014. - 16 с. З. Righini D., Zanetti Е., Monti А. The bio-based есопоту сап serve as the springboard for Camelina and Qambe to quit the limbo // 0ilseeds and fats, Crops and Lipids. 2016. 23 (5). Рр. 13-16.
- Putnam D.H., Budin J.T. Camelina: Agronomy and Production. – USA, 1993. – Pp. 12–74.
- Zubr J. Oil-seed crop Camelina sativa // Industrial Crops and Products. – 2003. – Vol. 17. – Pp. 177–190.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012265
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1094
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 331–333
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06