SOYA HAR XIL NAVLARI HOSILINING SIFATIGA AYRIM AGROTEXNIK OMILLAR VA O‘ZGUMI STIMULYATORINING TA‘SIRI
Kudratovich Lukov Mamadali, Panjievich Shamanov Abdurozzoqdotsent q.x.f. nomzodi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti mustaqil tadqiqotchi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 352–355
Annotatsiya
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining oziq moddalar bilan kam ta‘minlalagan qum sahro tuproqlari sharoitida har xil:- 60 kg/ga; 75 kg/ga va 90 kg/ga me‘yorlarda ekilgan soya ertapishar Ustoz va Vavilov navlari, azotli o‘g‘it bilan 50 kg/ga, 80 kg/ga, hamda 110 kg/ga me‘yolarda qo‘llanilgan va azot o‘g‘iti qo‘llanilmagan variantlarning har birida O‘z.gumi stimulyatorining 0,6 t/l. me‘yorini- ng ta‘siri natijasida yetishtirlgan soya urug‘idagi moy va oqsil miqdorining o‘zgarishi haqida ma‘lumotlar ko‘rsatilgan.
Boshqa tillarda
ruschaВЛИЯНИЕ ОТДЕЛЬНЫХ АГРОТЕХНИЧЕСКИХ ФАКТОРОВ И СТИМУЛЯТОРА O‘ZGUMI НА КАЧЕСТВО УРОЖАЯ РАЗЛИЧНЫХ СОРТОВ СОИ
В данной статье представлены сведения об изменении содержания масла и белка в семенах сои, выращенных в условиях малообеспеченных питательными веществами песчано-пустынных почв Сурхандарьинской области, при посеве раннеспелых сортов сои Ustoz и Vavilov различными нормами — 60 кг/га, 75 кг/га и 90 кг/га, при применении азотных удобрений в нормах 50 кг/га, 80 кг/га и 110 кг/га, а также в вариантах без применения азотных удобрений, в каждом из которых изучалось влияние нормы 0,6 т/л стимулятора O‘z.gumi.
inglizchaTHE EFFECT OF CERTAIN AGROTECHNICAL FACTORS AND THE O‘ZGUMI STIMULATOR ON THE YIELD QUALITY OF DIFFERENT SOYBEAN VARIETIES
This article presents data on the changes in the oil and protein content of soybean seeds grown in the conditions of sandy desert soils of Surkhandarya region with low nutrient supply at different rates: 60 kg/ha; 75 kg/ha and 90 kg/ha, with nitrogen fertilizer applied at rates of 50 kg/ha, 80 kg/ha and 110 kg/ha and without nitrogen fertilizer, as a result of the influence of the Uz.gumi stimulator at a rate of 0.6 t/l.
Kalit so‘zlar
- soyaning har xil navlari
- hosil sifati
- moy
- oqsil
- agrotexnik omillar
- ekish me‘yori
- azotli o‘g‘it
- 75 kg/ga va 90 kg/ga
- azotli o‘g‘itlarni 50 kg/ga miqdorda solish bilan
- 80 kg/ga va 110 kg/ga
- shuningdek azotli o‘g‘it solmasdan
- «Uz.gumi» stimulyatori ta‘sirida 0 dozada
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
SOYA HAR XIL NAVLARI HOSILINING SIFATIGA AYRIM AGROTEXNIK OMILLAR VA O‘ZGUMI STIMULYATORINING TA’SIRI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1100 Lukov Mamadali Kudratovich dotsent q.x.f. nomzodi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Shamanov Abdurozzoq Panjievich mustaqil tadqiqotchi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining oziq moddalar bilan kam ta’minlalagan qum sahro tuproqlari sharoitida har xil:- 60 kg/ga; 75 kg/ga va 90 kg/ga me’yorlarda ekilgan soya ertapishar Ustoz va Vavilov navlari, azotli o‘g‘it bilan 50 kg/ga, 80 kg/ga, hamda 110 kg/ga me’yolarda qo‘llanilgan va azot o‘g‘iti qo‘llanilmagan variantlarning har birida O‘z.gumi stimulyatorining 0,6 t/l. me’yorini- ng ta’siri natijasida yеtishtirlgan soya urug‘idagi moy va oqsil miqdorining o‘zgarishi haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: Soya har xil navlari, hosil sifati, moy, oqsil, agrotexnik ommillar, ekish me’yori, azotli o‘g‘it , O‘z.gumi stimulyatorining ta’siri.
Аннотaция. В данной статье представлены данные об изменениях содержания масла и белка в семенах сои, выращенной в условиях песчаных пустынных почв Сурхандарьинской области с низким содержанием питательных веществ при различных нормах внесения: 60 кг/га; 75 кг/га и 90 кг/га, с внесением азотных удобрений в дозах 50 кг/га, 80 кг/га и 110 кг/га, а также без внесения азотных удобрений, под воздействием стимулятора «Уз.гуми» в дозе 0,6 т/л Ключевые словы: Различные сорта сои, урожайность, качество, масло, белок, агротехнические факторы, норма высева, азотные удобрения, влияние стимулятора Уз.гуми.
Abstract. This article presents data on the changes in the oil and protein content of soybean seeds grown in the conditions of sandy desert soils of Surkhandarya region with low nutrient supply at different rates: 60 kg/ha; 75 kg/ha and 90 kg/ha, with nitrogen fertilizer applied at rates of 50 kg/ha, 80 kg/ha and 110 kg/ha and without nitrogen fertilizer, as a result of the influence of the Uz.gumi stimulator at a rate of 0.6 t/l. Keywords: Different varieties of soybeans, yield quality, oil, protein, agrotechnical factors, planting rate, nitrogen fertilizer, effect of Uz.gumi stimulant.
KIRISH Soya yеr yuzida keng tarqalgan qishloq xo‘jalik ekinlarining biri bo‘lib uning ekin maydoni 137 mln gektarni tashkil etadi. Jumladan O‘zbekistonda 37,5 ming gektar еrda o‘stiriladi. [ 1,;10 ]. Soya urug‘ining tarkibida ko‘p miqdorda 35–52 % oqsil, 12–27 % moy, A, V, S, D, Ye. vitaminlari va qator fermentlar saqlanadi. Soyaning oqsili еngil eriydigan (94%gacha) fraksiyalardan iborat bo‘lib, tarkibida almashib bo‘lmaydigan aminokislotalar. Jumladan lizin aminokislotasi bug‘doy uniga nisbatan 9 marta, no‘xat, xashaki dukkaklarning doniga nisbatan 2–3 marta, qoramol go‘shtiga nisbatan 2 marta ko’pdir. [ 1,;3;11.] Soyaning urug‘idan uch xil oqsilli mahsulot: tarkibida 70 % oqsili bor konsentratlar, izolyatlar (90% gacha oqsilli) va go‘sht analoglari tayyorlanadi. Bu mahsulotlar arzon , to‘yimliligi va hazm bo‘lishi bo‘yicha haqiqiysidan qolishmaydi. Soya moyi
yoqimli ta’mli va yaxshi kulinar xususiyatlarga ega. [ 1;2;, 6.]. Soya hosilining sifati uning urug‘ida saqlanadigan moy va oqsilning miqdoriga bog‘liq . [1;3; 11]. Ayrim tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko‘ra, soyaning o‘rtapishar Uzbekskaya 2 navini 70, 80 va 90 kg/ga me’yorda ekib o‘rganilganda don tarkibidagi moy miqdori o‘zgarib borganligi kuzatilgan. Ekish me’yori 70 kg/ga ekilganda moy miqdori 22,3%, 80 kg/ga ekilganda 22,2% va 90 kg/ga me’yorda ekilganda esa 21,9 % ni tashkil etgan. [3;,6;] Sug‘oriladigan yеrlarda soyaga ma’danli o‘g‘itlarning yillik me’yori azot 30–50, fosfor 90–100, kaliy 40–50 kg/ga ni tashkil qiladi. Soya1s. don va shunga muvofiq poya barglar hosil qilish uchun o‘rtacha 8,8 kg azot, 2,8 kg fosfor, va 3,6 kg kaliyni o‘zlshtiradi [8;,9;] “O‘zgumi” va “Ma’suda” stimulyatorlari ta’sirida o‘simlik to‘qimalarida metobaletik holat yaxshilanadi, barglar sathi kengayadi, simmbiotik apparatning faoliyati jadallashadi. Pirovardida o‘simliklarda hosil elementlari hamda urug‘dagi oqsil va moy miqdorining shakllanishi ijobiy bog‘lanishda bo‘dadi. Ayniqsa bu holat oziq moddalar bilan kam ta’minlagan tuproqli sharoitlarda muhim hisoblanadi. [8;,9;] Dolzarbligi. Республикамизда so‘ngi paytlarda soyaning ekin maydonini kengatirish va uning yalpi mahsulotini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan Surxondaryo viloyatida ham soya katta maydonlarda ekiladi. Biroq bu viloyatning iqlimi o‘ta issiq ( yozda 50 darajagacha va havo namligi past 10% gacha) bo‘lganligi bois o‘rtacha hosildorlik kam 20-22s/ga ni tashkil etadi. Шу билан биргаликда ҳосилнииг сифати уруғдаги мой ва оқсилнинг шаклланишига юқори ҳарорат ва ҳаво намлиги салбий таър қилади. Бундан ташқари Termiz tumanining Amudaryo sohilida joylashagan xo‘jaliklarning tuprog‘i qumli va qumoq hamda oziq moddalar bilan juda kam ta’minlanganligini inobatga olganda, bu sharoitda soyani o‘stirish uchun uning optipal ekish me’yori va azotli o‘g‘itlar bilan ta’minlanish darajasini hamda o‘stiruvchi stimulyatorlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish juda dolzarb masala hisoblanadi. MATERIALLAR VA METODLAR Dala tajribalari. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining o‘quv tajriba xo‘jaligida o‘tkazildi. Tajriba maydoni ning tuprogi sahro qumoqli, sizot suvining sathi 5-7m. oziq moddalar bilan juda kam ta’minlangan. Tajriba uchun ajratilgan еrga kuzda 10 t/ga chirigan go‘ng va ekish oldi 100 kg.dan fosforli va kaliy o‘g‘itlar berildi. Tajribada ob’ekt sifatida soyaning yertapishar Ustoz va tezpishar Vavilov navlarining 2 reproduksiyali urug‘ligi ekildi. Tajribada quyidagi ekish me’yorlari: 60 kg (400 ming dona/ga), 75 kg (500 ming dona/ga), va 90 kg (600 ming dona/ga), hamda azotlik o‘g‘itning sof holda 50 kg; 80 kg;, va 110 kg/ga me’yorlari qo‘llanildi. Nazorat sifatida azotsiz (azot o‘g‘iti berilma gan) va O‘zgumi preparati qo‘llanilmagan variantdan foydalanildi. Bo‘lmachalar maydoni 48 kv.m. va 4 qaytariqdan iborat. Tajriba dalasida azotlik o‘g‘itning 20% ekishdan oldin va 30% to‘liq maysalashdan keyin va qolgan 50% gullashdan oldin berildi. Tadqiqotlar O‘zPITI (2007y), O‘simliklar genetik resurslari ITI (2009), Don dukkakli ekinlar ITI (2014) uslublari, don tarkibidagi oqsil va moy miqdori “ShERO BOD-ShINGDONG” MChJ moy ishlab chiqarish korxonasining laboratoriyasida . Метод определения белка” ва ГОСТ 10857-64 “Семена масличные. Методы определения масличности” standartlari asosida aniqlandi 1-jadval. Soya Vavilov navining urug‘idagi moy va oqsil miqdoriga ekish, azotli o‘g‘it hamda O‘zGUMI stimulyatori meyorlarining ta’siri. (2024-2025yy.) Ekish Azotli o‘g‘it Stimulya- O‘rtacha Urug‘dagi Urug‘dagi 1 ga.dan olirnadigan T/i me’yor, me’yori tor me’yori. hosil moy oqsil moykg/g oqsil kg/ga kg/ga (l/t) s/ga. miqdori,%; a kg/ga.
miqdori,% . 2 3 4 5 6 ye 7 1 60 Azotsiz (наз) 0,0 14,7 22,6 41,3 332 607 50 0,0 19,5 22,8 41,6 445 811 0,6 23,8 23,2 42,0 552 999 80 0,0 22,2 23,0 41,9 511 930 0,6 26,6 23,3 42,2 619 1122 110 0,0 21,9 22,8 42,2 499 924 0,6 26,5 23,1 42,6 612 1129 ЭКФ0 - - 1,7 - - - - 75 Azotsiz (наз) 0,0 19,2 22,4, 41,1 430 789 50 0,0 24,3 22,6 41,4 549 1006 0,6 28,8 22,9 41,7 659 1201 80 0,0 26,9 22,6, 41,8 607 1124 0,6 31,5 23,0 42,2 724 1329 110 0,0 25,6 22,5 42,1 576 1078 0,6 30,3 22,9 42,4 693 1285 ЭКФ0 - - 1,8\ - - - - 90 Azotsiz (наз) 0,0 19,5 22,3, 40,9 435 797 50 0,0 22,8 22,5, 41,2 513 939 0,6 27,0 22,8 41,6 616 1123 80 0,0 24,9 22,1, 41,5 550 1033 0,6 29,3 22,4 41,8 656 1225 110 0,0 24,5 21,8 41,9 534 1026 0,6 29,1 23,2 42,2 675 1228 ЭКФ05 - 2,1 - - - - Tadqiqotlar natijalri va ularning tahlili. O‘rganilgan 2024-2025 yillardagi tadqiotlar natijalaridan ma’lum bo‘lishicha ekish me’yorining 60 kg/ga. dan, 75 kg/ga,. ha va 90 kg/ga.cha oshishi bilan maydon hisobidagi o‘simliklarning tup sonlari mutonosib ravishda 400 mingdan 500 ming va 600 ming tupgacha qalinlashadi. Tup sonlar qalinlashgani sari har bir tup o‘simlikning oziqlanish maydoni kamayishi bilan uning oziqlanish imkoni past bo‘ladi. Uning pirovardida urug‘dagi oqsil miqdori 0,2-0,6% va moy miqdori 0.2-0.3% kamayganligi aniqlandi.( 1-жадвал) Bundan tashqari tajribalarda azot o‘g‘itining har xil me’yorlarda qo‘llanilishi ta’sirida oqsil miqdorining o‘zgarishi ko‘zatildi. Нazorat (азотсиз) variantoqsil-( оқсил 41,3%) ga nisbatan azot 50 kg/ga qo‘llanilganda-41,6% ва 80 kg/ga qo‘llanilganda -41,9%, ҳамда 110 kg/ga qo‘llanilganda- 42,2% ни ташкил этиб, nazorat (азот қўлланилмаган) varianga nisbatan mutonosib ravishda 0,3- 0,6; va 0,9 % oshganligi aniqlandi. Ta’kidlash joiz o‘g‘itlanmagan variantda urug‘dagi moy miqdori 22,6 % bo‘ldi. Azot 50 kg/ga qo‘llanilishi bilan tuproqdagi oziq moddalarning yaxshilanishi hisobiga urug‘dagi mo‘y miqdori 22,6 % dan, 22,8% gacha va 80 kg/ga qo‘llanilganda 23,0 foiz o‘zgarishi mumkinligi aniqlanidi, Biroq azotlik o‘g‘it me’yori 110 kg/ga. cha oshirilganda, moy miqdori -22,8% bo‘lib, 80 kg/ga me’yorga
nisbatan 0,2% moy kam bo‘ldi. Demak tuproqdagi azot miqdorining oshishi bilan moy miqdorinig oshishi to‘g‘ri bog‘lanishga ega emas. 1 jadval ma’lumotlarining tahlili ko‘rsatishicha hosildorlik va urug‘dagi oqsil, moy miqdorining oshishiga urug‘larga ekish oldi 0,6 l/ t me’yorda ishlov berilgan O‘zgumi stimulyatorinig ta’siri katta bo‘ldi. Ta’kidlash joiz azotli o‘g‘it me’yori osh gan sari birgalikda O‘zgumi stimulyatorinig ta’siri ham oshadi. O‘zgumining eng ko‘p ta’siri urug‘lar 75 kg ekish me’yorda ekilganda va azot li o‘g‘it 110 kg/ga me’yor da qo‘llanilganda kuzatildi. Lekin Vavilov navi bo‘yi cha eng yuqori hosil -31,5 s/a urug‘larni 75 kg/ga me’yorda ekish va azotltk o‘g‘it 80 kg /ga qo‘llanilganda olindi. Ustoz navidan eng ko‘p hosil (27,2 s/ga), urug‘dagi moy-22,5 % va oqsil-43,6 %` urug‘lar 75 kg/ga me’yorda ekish va azotltk o‘g‘it 110 kg /ga qo‘llanilganda olingan. XULOSA Surxondaryo viloyatining oziq moddalar bilan kam ta’minlangan sahro qum tuproqlari sharoitida o‘stirilgan soyaning ertapishar Vavilov va Ustoz navlarining hosildorligi va uning sifatiga ekish va azotli o‘g‘itlarni qo‘llash hamda O‘zgumi stimulyatori sezilarli darajada ta’sir qiladi. Soyaning Vavilov navidan yuqori sifatli 31,5 s/ga hosil yetishtirish uchun urug‘larni 75 kg/ga me’yorda ekish, azotli o‘g‘itni 80 kg/ga me’yorda qo‘llash va Ustoz navidan 27,2 s/ga sifatli hosil yetishtirish uchun urug‘larni 75 kg/ga me’yorda ekish, azotli o‘g‘itni 110 kg/ga me’yorda qo‘llash ekish hamda Ikkala nav urug‘larini ekish oldi O‘zgumi stimlyatori bilan 0.6 l/t me’yorda ishlov berish tavsiya etiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- Abdukarimov D.T.,Ergashev I.T,Elmurodov A.A. Lukov M. K., Bekmuradova X.K Dala ekinlar xususiy seleksiyasi /darslik /Soya seleksiyasi/ С. 2024y 231 b.
- Atabaeva X.N., «Soya», Toshkent, «O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi», 2004 y, 96 bet.
- Atabaeva H.N., Xudoyqulov J.B., O‘simlikshunolik /darslik /Soya/ T. 2020 y. 138-139 b.
- Amanova M., Rustamov A., Moyli ekinlar jahon kolleksiyasini o‘rganish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2010 y. 20 b.
- Allashov G.,Absattorov N., Yernazarova U., Qoraqalpog‘iston sharoitida soya navlarining hosildorligiga ekish muddatlari va ma’danli o‘g‘itlarning ta’siri // Agro ilm. 202. № 4 (74) son. 24-25 b.
- Oripov R.O., Xalilov N.X., O‘simlikshunoslik T. 2007y. 88 b.
- Tadjiev K.M. Takroriy ekilgan soyaga Uzgumi va Ma’suda stimulyatorini qo‘llashning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri // Journal of Economy, Tourism and Service Vol. 3, No. 11, 2024. – B.136-139
- Tadjiev K.M. Vliyanie stimulyatorov rosta na urojaynost i kachestvo zerna soi pri povtornom poseve na yuge Uzbekistana // Aktualnыe problemы sovremennoy nauke №4(121), 2021 g. – Str.88-93
- Xalilov N., Lukov M., Isroilov A., Soyaning yangi navlari agrotexnikasi// O‘zbekis ton qishloq xo‘jalik jurnali. № 6. T. 2017 y. 13 b.
- Yormatova D., Xushvaktova H., Moyli ekinlar. Toshkent. 2009 y. 94-98 b.
- Yormatova D., «Soya» Mexnat. T. 1989 . 121 b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012271
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1100
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 352–355
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06