Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

3 986 natija

Barchasi

3 986 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ИЗМЕНЕНИЕ ФАУНЫ КРУПНЫХ ЧЕШУЕКРЫЛЫХ (MACROLEPIDOPTERA) ХОРЕЗМСКОЙ ОБЛАСТИ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛЬНОГО ИЗМЕНЕНИЯ КЛИМАТА

    K. kizi, O. kizi · Глобальные экологические проблемы, опустынивание и продовольственная безопасность · 2026

    Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishi va cho‘llanish jarayonlarining O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati yirik tangachaqanotlilar (Macrolepidoptera) faunasiga ta‘siri ko‘rib chiqiladi. Ko‘p yillik dala tadqiqotlari (2021–2025-yillar) asosida kapalaklarning tur tarkibi va geografik tarqalishi sezilarli o‘zgarishlarga uchrayotgani aniqlandi: fenologik muddatlarning siljishi, namsevar turlar sonining kamayishi va termofil taksonlar arealining kengayishi qayd etilmoqda. Olingan ma‘lumotlar mintaqa entomofaunasi bo‘yicha uzoq muddatli ekologik monitoringni joriy etish zarurligidan dalolat beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SUV OBEKTLARINING ASOSIY LIMNOLOGIK XARAKTERISTIKASI

    T. Aysanem, P. Aysanem, S. Aysanem · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv obyektlarining ekologik holati monitoring qilingan va ularning asosiy limnologik xarakteristikasi keltirilgan. Suv ekotizimlariga antropogen bosimning keskin o‘sishi suv muhiti sifatining yomonlashuviga olib kelayotgani hamda biologik xilma-xillikni saqlash masalasi dolzarbligi ko‘rsatilgan. Amudaryo quyi oqimi gidrologik rejimining o‘ta dinamikligi hisobga olingan holda biogen elementlar bo‘yicha ma‘lumotlar berilgan: Amudaryo suvida va sug‘orish kanallarida erigan fosforning o‘rtacha miqdori 0,004 mg/l dan 0,36 mg/l gacha o‘zgargan, Taxiatosh ko‘prigi yonida ammoniy azoti 0,01-0,20 mg/l atrofida bo‘lgan. Sudochye ko‘llar tizimi (Oqushpa, Qarateren, Begdulla-Aydin, katta va kichik Sudochye va boshqalar) ko‘plab gidrofil turlar uchun uyalash va G‘arbiy Osiyo migratsiya yo‘lidagi to‘xtash joyi bo‘lib, hududda qushlarning 230 turi qayd etilgan, shundan 117 tasi uya soladi; 2007-yilda ko‘l A1, A3, A4i, A4iii mezonlari bo‘yicha O‘zbekistonning eng muhim ornitologik hududlari ro‘yxatiga (Uz 002) kiritilgan. Shuningdek, Dovutko‘l va Mejdurechye ko‘llari tizimining suv minerallashuvi, qamish (Phragmites australis) ustunlik qiluvchi o‘simlik qoplami va seston dinamikasi tavsiflangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSIYALARNING O‘RNI (QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA)

    Matnazarov Alisher · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu ishda ekologik cheklovlar sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda innovatsiyalarning o‘rni o‘rganiladi. Tadqiqotning maqsadi innovatsion texnologiyalarning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligiga ta‘sirini baholashdan iborat.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    EKOLOGIK TOZA ZAYTUN MOYINI ETIShTIRISh -ENDI O‘ZIMIZDA

    Y. Yormatovna, M. Raykhon, S. Shoista, M. Jasur · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu maqola respublikada bi rinchi marta zaytun etishtirlishi va unldan kelajakda ekologik moy olish tzg‘risidagi malumotlar keltirilgan.Zaytun ekologik toza o‘simlik moyi beruvchi o‘simlik bo‘lib, bizning janubiy xududlarimizda ekilgan va bu yil 50 gektar maydonda meva berdi, endilikda kun tartibida turgan masala zaytun mevalarni nobud qilmasdan terib olib uni qayta ishlab ahaoli ehtiyoji uchun marketlarda eng qimmatbaho va tarkibida inson uchun foydali 104 elementni saqlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MARKAZIY OSIYO SELEKTSIYASIGA MANSUB BUG‘DOY NAVLARINING DON SIFATI VA HOSILDORLIGI.

    S.K.Baboev, Z.B.Alloberganova · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Maqolada Markaziy Osiyo davlatlari selektsiyasiga mansub yumshoq bug‘doy nav- namunalarining Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvchanligi, hosildorligi va don sifati ko‘rsatkichlari baholandi. Tadqiqot ob‘ekti sifatida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston selektsiyasiga mansub jami 148 ta yumshoq bug‘doy nav-namunalari o‘rganildi. Dala tajribalari davomida fenologik kuzatuvlar olib borilib, navlarning vegetatsiya davri, tashqi muhit omillariga chidamliligi, hosildorlik ko‘rsatkichlari hamda don tarkibidagi aminokislotalar va mikroelementlar miqdori tahlil qilindi. Olingan natijalar Xorazm viloyati sharoitiga moslashgan, yuqori hosildor va don sifati yaxshi bo‘lgan istiqbolli yumshoq bug‘doy genotiplarini selektsiya jarayoniga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI YER OSTI SUVLARINING SHAKLLANISHI VA SIFAT KO‘RSATKICHLARI

    O.Sh.Yeshchanov, N.Sh.Navruzbaeva, G.N.Utemuratova · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer osti va artezian suvlarining gidrogeologik holati, ularning shakllanish xususiyatlari hamda sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Hududning geoekologik sharoiti, Orolbo‘yi ekologik inqirozi va sug‘orish tizimlarining ta‘siri natijasida yer osti suvlarining minerallashuv darajasi va gidrokimyoviy tarkibidagi o‘zgarishlar o‘rganilgan. Shuningdek, sizot suvlari sathining ko‘tarilishi, tuproq sho‘rlanishi va suv resurslarining ekologik holatiga ta‘sir etuvchi omillar yoritilgan. Tadqiqotda Quyi Amudaryo, Ustyurt va Janubiy Orolbo‘yi artezian havzalari bo‘yicha umumiy gidrogeologik xususiyatlar tahlil qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA DUKKAKLI-DON EKINLARI (NO‘XAT - CICER ARIETINUM L ) NING AHAMIYATI.

    X. Muptullayevna, S. Lapasovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishi natijasida tuproq unumdorligining pasayishi, dehqonchilikda hosildorlikni oshirishda va tuproq holarini yaxshilashda tuganak bakteriyalarning ahamiyati hamda, burchoqdoshlar oilasi vakillari, jumladan no‘xat (Cicer aretinum L.) o‘simligining simbioz faoliyatiga ekish muddati va me‘yorining ta‘siri haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    VERTIKAL DEHQONCHILIK VA ISSIQXONA SHAROITIDA ASALARILARDAN CHANGLATUVCHI SIFATIDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI.

    Nurbaeva Shiyrin Azatbay qizi, Bekmurzaeva Nuriya Bahadirovna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu dissertatsiya global oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash va qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirishda vertikal dehqonchilik va issiqxona sharoitida asalarilardan changlatuvchi sifatida foydalanish istiqbollarini tanqidiy tahlil qiladi. Tadqiqot vertikal dehqonchilikning yuqori kapital va energiya xarajatlari, shuningdek, bargli ko‘katlarga tor ixtisoslashuvi kabi tizimli muammolarini ko‘rib chiqadi. Issiqxona sharoitida g‘o‘za arilarining pomidor kabi yuqori qiymatli ekinlarni changlatishdagi samaradorligi va afzalliklari batafsil o‘rganiladi. Shuningdek, sun‘iy yorug‘lik, UV nurlanishining yo‘qligi va nazorat qilinadigan iqlim sharoitlari kabi omillar asalarilarning yopiq muhitda faoliyatiga ta‘sirini tahlil qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA UGLEROD AYLANISHIGA TA‘SIR ETUVCHI EKOLOGIK OMILLAR

    U. Yulduz, E. Olimaxon · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanining 1989-2024-yillardagi ko‘p yillik iqlim ma‘lumotlari hamda 2025-yil oylik meteorologik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tadqiqot davomida havo harorati va yog‘ingarchilik miqdorining o‘zgarish dinamikasi statistik va grafik usullar yordamida baholandi. Natijalarga ko‘ra, hududda havo haroratining asta-sekin ortib borishi va yog;ingarchilik miqdorining kamayishi hamda notekis taqsimlanishi tendensiyasi kuzatildi. Ayniqsa, yoz mavsumida yuqori harorat va yog‘ingarchilikning deyarli kuzatilmasligi hududning qurg‘oqchil iqlim xususiyatlarini kuchaytirayotganini ko‘rsatdi. Aniqlangan iqlim o‘zgarishlari tuproq namligi, biologik jarayonlar va ekologik barqarorlikka sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi qayd etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TUT JIPEK QURTI TUQIMINIŃ BAXARǴI RAWAJLANÍWÍN ÚYRENIW

    G.E.Abdrimova, J.Dawletmuratova · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Bul maqalada tut jipek qurtı tuqımlarınıń baxargı inkubaciya dáwirindegi rawajlanıw ózgeshelikleri, hár qıylı temperatura hám ıǵallıq rejeleriniń embrionallıq rawajlanıwǵa tásiri úyrenilgen. Pilleshilik tarawında sapalı hám birkelki qurt ashılıwın táminlew maqsetinde grena jandırıw texnologiyaların jetilistiriw máseleleri tallanǵan. Sonday-aq, jipek qurtı tuqımlarınıń janıw páti hám tut japıraqlarınıń jetiliw pátleri ortasındaǵı sáykeslikti optimallastırıw boyınsha usınıslar berilgen.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    USTYURT TEKISLIGI QORAQALPOG‘ISTON BO‘LIMINING SHIMOLIY VA MARKAZIY QISMI QUSHLARIGA EKOLOGIK OMILLARNING TA‘SIRI

    T. Q.P. · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Maqolada Ustyurt tekisligining Qoraqalpog‘iston bo‘limida ham qushlarga abiotik, biotik va antropogen omillarning bevosita hamda bilvosita ta‘sir etishi aniqlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASI SHARAYATINDA AZOLLA CAROLINIANA HAM EICHORNIA CRASSIPES SUW OSIMLIKLERINIŃ BIOLOGIYALIQ ÒZGESHELIKLERI HÀM AWIL XOJALIGINDAĜI RESURSLIQ AHMIYETI

    G. Primbetova, G.A.Matekova · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Bul maqalada Qaraqalpaqstan Respublikasınıń sharayatında Azolla caroliniana hám Eichhornia crassipes suw ósimlikleriniń awıl xojalıǵındaǵı resurslıq ahmiyeti uyrenildi. Natiyjede Eichhornia crassipes ósimliginiń fitoremediatsiya (suwdı biotezlaw) qábileti, yaǵnıy drenaj suwlarınan awır metallar hám zıyanlı elementlerdi sorıp alıwdaǵı roli ilimiy tárepten tiykarlanǵan. Ósimliklerdiń invazivlik qásiyeti esapqa alınǵan halda, olardı basqarıw hám qadaǵalaw boyınsha usınıslar berilgen.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SUV EKOTIZIMLARIDA MIKROPLASTIKLARNING TARQALISHI VA ULARNING GIDROBIONTLARGA TA‘SIRI

    H. qizi, P. o‘g‘li · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu tezisda suv ekotizimlarida mikroplastiklarning tarqalishi, kelib chiqishi, tasnifi hamda gidrobiontlarga ta‘siri yoritilgan. Mikroplastiklar suv muhitida uzoq vaqt saqlanishi, organizmlar tomonidan yutilishi va trofik zanjir orqali yuqori organizmlarga, jumladan inson organizmiga o‘tishi mumkinligi bilan ekologik xavf tug‘diradi. Shuningdek, chuchuk suv ekotizimlarida, jumladan Sharxonsoy hududida mikroplastiklarning tarqalishi va ta‘sirini o‘rganish dolzarb ilmiy muammo ekanligi asoslangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QURǴAQ AYMAQLARDA SUW RESURSLARINAN TURAQLI

    P. Hasilbek · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Bul jumısta qurǵaq aymaqlarda suw resurslarınan turaqlı paydalanıwda ekosistemalı jantasıwdıń áhmiyeti hám onı ámeliyatqa engiziw mexanizmleri kórsetilgen. Qurǵaq hám yarım qurǵaq regionlarda suw jetispewshiligi, iqlim ózgerisi hám antropogen tásirler aqıbetinde tábiiy teńsalmaqlıqtıń buzılıwı baslı máselelerden biri bolıp tabıladı. Maqalada suw resursların tek ǵana dástúriy injenerlik yamasa ekonomikalıq tásir sheńberinde emes, al jámiyet, gidrologiya hám tiri tábiyat ortasındaǵı óz-ara baylanıstı esapqa alatuǵın ekosistema retinde basqarıw zárurligi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA TOMCHILATIB SUG‘ORISHNING G‘O‘ZANING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA‘SIRI

    P. Erimbetovna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Maqolada Qaraqolpog‘iston sharoyitida g‘o‘za o‘simligini tomchilatib sug‘orish usulining ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida o‘simlikning o‘sish ko‘rsatkichlari, barglar soni, biomassa va hosildorlik darajalari tahlil qilindi. Olingan natijalar tomchilatib sug‘orish usuli an‘anaviy sug‘orishga nisbatan yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA DIPTERA TURKUMIGA MANSUB AGROMYZIDAE OILASI VAKILLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

    Jannazarova G.M., Juginisob T.T., Tajetova G.P · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Mazkur tezisda Diptera turkumiga mansub Agromyzidae oilasi vakillarining bioekologik xususiyatlari, ularning qishloq xo‘jaligi ekinlariga yetkazadigan zarari hamda tarqalish qonuniyatlari yoritilgan. Barg g‘ovaklovchi pashshalarning o‘simliklarga salbiy ta‘siri va hududiy sharoitda ularni o‘rganishning dolzarbligi asoslab berilgan.Ushbu tezis ilmiy adabiyotlar tahliliga asoslangan holda bajariladi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SUWǴARÍLATUǴÍN TOPÍRAQLARDÍŃ MEXANIKALÍQ QÁSIYETLERIN ÚYRENIW

    S. Muratbayevna, S. Arepbaevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Bul maqalada suwǵarılatuǵın topıraqlardıń mexanikalıq qásiyetlerin úyreniw máseleleri qarap shıǵıladı. Izertlew dawamında mexanikalıq jaǵdayı úyreniledi. Ilimiy jumısta laboratoriya hám dala tájiriybeleri tiykarında topıraqlardıń mexanikalıq kórsetkishleri anıqlanıp, olardı jaqsılaw jolları usınıs etiledi. Alınǵan nátiyjeler awıl xojalıǵında jer resurslarınan nátiyjeli paydalanıw, ónimdarlıqtı arttırıw hám meliorativlik jaǵdaydı jaqsılawda ayrıqsha áhmietke iye.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Improving The Technology For Preparing Pastila By Processing Apricot Fruits Grown In The Conditions Of Karakalpakstan

    A. Muratbaevna, o. Agrotechnologies., P. Tengelbaevna · Global Ecological Problems, Desertification and Food Security · 2026

    Qoraqalpog‘istonda yetishtiriladigan o‘rik navlarini quritish usullari va pastila tayyorlash usullarini o‘rganish hamda turli o‘rik navlaridan tayyorlangan pastila namunalarini tanlash.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    OROLQUMDA YANGI BARPO ETILGAN SAKSOVULZORLARDA SHISH HOSIL QILUVCHI ZARARKUNANDALARNING ZARARLOVCHI FAZASI

    S. Genjemuratovna, M. Jenisbaevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu maqolada Orolqumning Urgu va Surgul hudidida yangi barpo etilgan qora va oq saksovullarida rivojlanadigan shish hosil qiluvchi kana va zararli hasharotlar haqida erta bahor oylar moboynida kuzatuvlar olib borish natijasiga ko‘ra, aynan zararlovchi fazasi haqida qisqacha ma‘lumot berilgan. Hozirgi kunda Orol dengizi tubida barpo etilgan saksovul o‘rmonzorlarining zararkunandalar tasiri natijasida zararlanish darajasi oshib bormoqda. Saksovul o‘simligi muhim qum tutuvchi o‘simlik sifatida hukumatimiz tomonidan katta etibor qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TAMARIKS - SHO‘RLANGAN YERLARNI REKULTIVATSIYA QILISH (QAYTA TIKLASH) USULI.

    Ǵ. Ulmeken, Q. Ulmeken, N. Ulmeken, M. qizi · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026

    Ushbu dissertatsiya global tuproq sho‘rlanishi muammosini va uning qishloq xo‘jaligiga ta‘sirini tahlil qiladi. Tadqiqot tamariks (Tamarix) o‘simligining sho‘rlangan yerlarni rekultivatsiya qilishdagi salohiyatini, uning sho‘rga chidamlilik mexanizmlarini va tuproqni yaxshilashdagi rolini ilmiy asoslaydi. Ishda Tamarix parviflora kabi turlarning samaradorligi baholanadi, shu bilan birga tamariksning invazivlik xususiyatlari va ekologik xavflari muhokama etiladi. Tadqiqot O‘zbekiston sharoitida tamariksni qo‘llash imkoniyatlari va cheklovlarini ko‘rsatib, barqaror rekultivatsiya amaliyotlari uchun tavsiyalar beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya