OROLQUMDA YANGI BARPO ETILGAN SAKSOVULZORLARDA SHISH HOSIL QILUVCHI ZARARKUNANDALARNING ZARARLOVCHI FAZASI
Genjemuratovna Shamuratova Nagima, Jenisbaevna Menlimuratova SaxipjamalQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 241–243
Annotatsiya
Ushbu maqolada Orolqumning Urgu va Surgul hudidida yangi barpo etilgan qora va oq saksovullarida rivojlanadigan shish hosil qiluvchi kana va zararli hasharotlar haqida erta bahor oylar moboynida kuzatuvlar olib borish natijasiga ko‘ra, aynan zararlovchi fazasi haqida qisqacha ma‘lumot berilgan. Hozirgi kunda Orol dengizi tubida barpo etilgan saksovul o‘rmonzorlarining zararkunandalar tasiri natijasida zararlanish darajasi oshib bormoqda. Saksovul o‘simligi muhim qum tutuvchi o‘simlik sifatida hukumatimiz tomonidan katta etibor qaratilgan.
Boshqa tillarda
ruschaВРЕДОНОСНАЯ ФАЗА ГАЛЛООБРАЗУЮЩИХ ВРЕДИТЕЛЕЙ В НОВЫХ САКСАУЛЬНЫХ НАСАЖДЕНИЯХ АРАЛКУМА
В данной статье на основе результатов наблюдений, проведённых в течение ранних весенних месяцев, приведены краткие сведения о вредящей фазе галлообразующих клещей и вредных насекомых, развивающихся на вновь созданных насаждениях чёрного и белого саксаула на территории Ургу и Сургул Аралкума. В настоящее время степень повреждения саксауловых лесонасаждений, созданных на дне Аральского моря, вследствие воздействия вредителей возрастает. Саксаулу как важному пескозакрепляющему растению нашим правительством уделяется большое внимание.
inglizchaTHE DAMAGING PHASE OF GALL-FORMING PESTS IN NEWLY ESTABLISHED SAXAUL PLANTATIONS IN ARALKUM
This article provides brief information on the specific pest phase based on observations conducted during the early spring months of ticks and harmful insects that develop on newly established black and white saxaul trees in the Urgu and Surgul regions of the Aralkum. Currently, the level of damage to saxaul forests established on the bottom of the Aral Sea is increasing due to the impact of pests. Our government pays great attention to the saxaul plant as an important sand-holding plant.
Kalit so‘zlar
- Orolqum
- harorat
- iqlim sharoitlari
- biologik va ekologik xususiyatlar
- mavsum
- o‘simlik
- gallitsa
- zararlilik darajasi
- turlar
- sistematika
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘T: 63.632.772 OROLQUMDA YANGI BARPO ETILGAN SAKSOVULZORLARDA SHISH HOSIL QILUVCHI ZARARKUNANDALARNING ZARARLOVCHI FAZASI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1068 Shamuratova Nagima Genjemuratovna Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «O‘simliklarni himoya qilish va karantini» kafedra mudiri q.x.f.d., professor Menlimuratova Saxipjamal Jenisbaevna Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «O‘simliklarni himoya qilish va karantini» kafedra 1-bosqich doktoranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Orolqumning Urgu va Surgul hudidida yangi barpo etilgan qora va oq saksovullarida rivojlanadigan shish hosil qiluvchi kana va zararli hasharotlar haqida erta bahor oylar moboynida kuzatuvlar olib borish natijasiga ko‘ra, aynan zararlovchi fazasi haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Hozirgi kunda Orol dengizi tubida barpo etilgan saksovul o‘rmonzorlarining zararkunandalar tasiri natijasida zararlanish darajasi oshib bormoqda. Saksovul o‘simligi muhim qum tutuvchi o‘simlik sifatida hukumatimiz tomonidan katta etibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: Orolqum, harorat, iqlim sharoitlari, biologik va ekologik xususiyatlari, mavsum, o‘simlik, gallitsa, zararlilik darajasi, turlari, sistematika, qarshi kurash
Annotaciya: В данной статье представлена краткая информация о поражающей фазе, основанная на результатах наблюдений за клещами и вредными насекомыми, образующими опухоли, которые развиваются на вновь созданных черных и белых саксаулах в районах Ургу и Сургуль Аралкума в ранние весенние месяцы. В настоящее время уровень повреждения саксауловых лесов, созданных на дне Аральского моря, возрастает в результате воздействия вредителей. Растению саксаул уделяется большое внимание со стороны нашего правительства как важному пескоудерживающему растению. Klyuchevıe slova: Аралкум, температура, климатические условия, биологические и экологические особенности, сезон, растение, галлица, степень вредоносности, виды, систематика, борьба с ними
Abstract: This article provides brief information on the specific pest phase based on observations conducted during the early spring months of ticks and harmful insects that develop on newly established black and white saxaul trees in the Urgu and Surgul regions of the Aralkum. Currently, the level of damage to saxaul forests established on the bottom of the Aral Sea is increasing due to the impact of pests. Our government pays great attention to the saxaul plant as an important sand-holding plant. Key words: Aralkum, temperature, climatic conditions, biological and ecological features, season, plant, gallica, degree of harmfulness, species, systematics, control KIRISH Maqolada Orolqumning Urgu va Surgul hudidida yangi barpo etilgan qora va oq saksovullarida rivojlanadigan, shish hosil qiluvchi gallitsa zararkunandasi haqida erta bahor oylar moboynida kuzatuvlar olib borish natijasiga ko‘ra saksovul oʻsimligiga zarar beruvchi fazasi va biologik va ekologik xususiyatlari haqida qisqacha ma‘lumot berilgan.
Hozirgi vaqtda Orol dengizining qurishi oqibatida qator ekologik muammolarning koʻpayishi kuzatilmoqda. Misol qilib aytadigan boʻlsak oddigina koʻringani bilan bu ekologik muammolar oʻzining salbiy taʻsirini ekologiya atrof-muhitga, insonlarga, issiq qonli jonzotlarga va albatta floraga ham salbiy taʻsir koʻrsatib bormoqda. Bu ekologik muammolarning salbiy tasirini kamaytirish maqsadida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Asosan ayni paytda qurigan Orol dengizi tubida yashil makon yaratish va maydonini kengaytirish kabi umummilliy loyihalar ozining ijobiy taʻsirini koʻrsatmoqda. Bu yashil makon maydonini kengaytirishda asosiy oʻrinda shoʻl oʻsimliklari yani amarant oilasiga mansub boʻlgan oʻsimlik turlari diqqatga sazovor boʻlib, bu oʻsimliklar shoʻl muhitida oʻsishga moslashgan va yer osti suvlari hisobidan oʻsib rivojlanadi. Bundan tashqari, bir dona saksovul oʻsimligi 4 tonna qum tutishi adabiyotlarda keltirilgan. Shu bois, davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75- sessiyasida jahon hamjamiyati e'tiborini yana bir bor davrimizning o'tkir muammolaridan biri — Orolbo'yi hududidagi ekologik holatga qaratib, jumladan, bunday dedi: “Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta'sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o'zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug'dirmoqda”[1]. Erta bahorda olib borilgan monitoring ishlari natijasiga koʻra ayni paytda ushbu qum tutuvchi saksavul oʻsimliklarida ularning fiziologiyasiga va oʻsib rivojlanishiga salbiy taʻsir koʻrsatuvchi zararli hasharotlarning zarari kuzatilmoqda. Bu zararkunanda oʻsimlik uchun ahamiyatli boʻlgan oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi va oʻziga hos shish hosil qiladi. Bu shishlar har hil koʻrinishga ega va ushbu shishlar koʻrinishi bilan bir biridan farqlanadi. Bu shishlar asosan oʻsimlik tanasining javob reaktsiyasi hisoblanadi. Sababi zararkunanda tuxum qoʻyganda zararkunanda oʻzidan maxsus kimyoviy modda ajiratadi va oʻsimlikga taʻsir etib hujayralarning odatdagidan tezroq boʻlinishiga sabab boʻladi va kattalashib ketadi. Aynan shu joyida shishsimon tuzilma hosil boʻladi [2]. Shish hosil qiluvchi gallitsalarning zararlovchi fazasi uning lichinka yani qurt fazasi boʻlib, ularning zarari juda kuchli hatto saksovul oʻsimligining nobut boʻlishiga ham olib kelishi mumkunligi aniqlandi. Olingan namunalarni Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti laboratoriyasida maxsus mikroskop orqali tekshirib koʻrish mobaynida aniqlanildiki, bu zararkunandaning lichinka fazasi juda aktiv ekanligi maʻlum boʻldi. Gallitsaning lichinkasi tana uzunligi bir necha millimetrdan 0,3-0,5 mm gacha boʻladi, eni 0,1-0,2 mm atrofida, rangi oqsariq, sargʻish yoki jigarrang tusli, tanasi yumshoq, oyoqsizva mayda tuklar bilan qoplangan, boshi aniq ajralib turmaydi, oyoqsiz, tanasi bogʻimlarga boʻlingan, harakati sekin, lekin tanasi qisqarib-choʻzilib sudralib harakat qiladi, juda sezgir lichinka (a.b.c-rasmlar)
a.b.c-rasmlar- shish hosil qiluvchi zararkunandaning zarar beruvchi fazasi.
Shish hosil qiluvchi zararkunandaning lichinka fazasida saksovul oʻsimligi fiziologiyasining buzilishiga sabab boʻladigan jarayon yuz beradi. Sababi bu lichinkalar oʻsimlik shirasi bilan
oziqlanib, oʻsimlik uchun katta ahamiyatga ega boʻlgan oziq moddalarining almashuvi kabi jarayonlarning buzlishiga olib keladi. Bu esa oʻsimlikning borgan sari fiziologik protsesslarining buzilishi, oʻsib rivojlanishining asta sekinlik bilan pasayishiga olib keladi [3]. Bu zararkunandaning hosil qilgan shishlarinin kesib koʻrganimizda bazi turlardan lichinkalar soni bitta yoki ikkita, bazi turlarini tekshirganimizda esa bitta gallning ichidan beshtadan oʻntagacha lichinkalar boʻlishi, hatto bazilarining ichida elliktagacha qurtlari yani lichinkalarning kanallari boʻlishi mumkunligi aniqlanildi. Bu zararkunandaning zarari oʻsimlik uchun juda sezilarli taʻsir koʻrsatadi. Oʻsimlik oqiri fiziologik jarayonnin buzlishi sabab nobud boʻladi. Bunday holat yuz bermasligi uchun esa albatta vaqtida qarshi kurash choralarini koʻrish va uzluksiz monitoring ishlarini olib borish zarur.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar2 ta adabiyot
- M.B.Mamaev. 1975 yil, Golloobrazuyushiye nasekomie saksoulovix lesonasajdeniye // Nasekomie kak komponenti biogeocenoza saksoulobogo lesa. M.: Nauka. S. 163-177.
- N.T.Nurmurotov 1969 yil Zashita saksoulov ot nasekomix-vrediteley // Lesnoy x-vo, № 9. S. 115-118.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012240
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1068
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 241–243
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06