USTYURT TEKISLIGI QORAQALPOG‘ISTON BO‘LIMINING SHIMOLIY VA MARKAZIY QISMI QUSHLARIGA EKOLOGIK OMILLARNING TA‘SIRI
Q.P. TurdibaevQoraqalpoq davlat universiteti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 262–264
Annotatsiya
Maqolada Ustyurt tekisligining Qoraqalpog‘iston bo‘limida ham qushlarga abiotik, biotik va antropogen omillarning bevosita hamda bilvosita ta‘sir etishi aniqlangan.
Boshqa tillarda
ruschaВЛИЯНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ФАКТОРОВ НА ПТИЦ СЕВЕРНОЙ И ЦЕНТРАЛЬНОЙ ЧАСТЕЙ КАРАКАЛПАКСТАНСКОГО УЧАСТКА ПЛАТО УСТЮРТ
В статье установлено, что и в Каракалпакстанском отделе плато Устюрт на птиц прямо и косвенно воздействуют абиотические, биотические и антропогенные факторы.
inglizchaTHE INFLUENCE OF ECOLOGICAL FACTORS ON THE BIRDS OF THE NORTHERN AND CENTRAL PARTS OF THE KARAKALPAKSTAN SECTION OF THE USTYURT PLATEAU
The article established that abiotic, biotic and anthropogenic factors exert direct as well as indirect effects on birds in the Karakalpakstan section of the Ustyurt Plateau as well.
Kalit so‘zlar
- fitofaglar
- zoofag
- ekologik omillar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
USTYURT TEKISLIGI QORAQALPOG‘ISTON BOʻLIMINING SHIMOLIY VA MARKAZIY QISMI QUSHLARIGA EKOLOGIK OMILLARNING TA’SIRI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1076 Turdibaev Q.P. Qoraqalpoq davlat universiteti E-mail: qturdibaev@mail.ru ANNOTATSIYA Maqolada Ustyurt tekisligining Qoraqalpogʻiston boʻlimida ham qushlarga abiotik, biotik va antropogen omillarning bevosita hamda bilvosita ta’sir etishi aniqlangan. Kalit so‘zlar: Fitofaglar, zoofag, ekologik omillar, muhofaza qilish
Hozirgi vaqtda butun dunyoda biologik xilma-xillikning ajralmas qismi bo‘lgan qushlarni muhofaza qilish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Biroq qushlarni samarali muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishdan avval ularning ekologiyasini chuqur o‘rganish zarurdir. Chunki organizmlar rivojlanishining barcha bosqichlarida ularga turli ekologik omillar ta’sir ko‘rsatadi. Xuddi shunday, Ustyurt tekisligining Qoraqalpogʻiston boʻlimida ham qushlarga abiotik, biotik va antropogen omillar bevosita hamda bilvosita ta’sir etadi. Ushbu maqolada biz aynan qushlarga ta’sir qiluvchi ayrim ekologik omillarni tahlil qilamiz. Harorat - hayvonlarning yer yuzida geografik tarqalishini va hayotini belgilovchi eng asosiy omil. Sababi hayvonlarning ko‘payishi, oziqlanishi migratsiyasi kabi hayotiy jarayonlari haroratga bevosita bog‘liq. Ustyurt tekisligining Qoraqalpog‘iston boʻlimi eng shimoliy garbida joylashganligi sababli bu yerda harorat respublikamizning boshqa hududlaridan keskin farq qiladi. Shu sababli qushlarning hayotiy jarayonlari ham boshqa hududlaridan farq qiladi. Bu yerda hattoki aprel oyida ham havo harorati -5 0C darajagacha kunlar kuzatiladi. Aprelda oyida havo haroratining -5 0C darajaga tushib ketishi natijasida nazoratga olingan sariq sor uyasidagi 3 ta tuxumning muzlashiga olib keldi. Kuz oylarida havo harotining birdaniga tushishi migratsiyasi hali tugamagan qushlarning sovuqdan nobut bo‘lishiga olib keladi. Havo haroratining sovishi taqirlarda to‘plangan suvlarning muzlashiga olib kelib. ushbu suvlardan foydalanuvchi qorabovur, suv bulduruq singari qushlarning suv izlab uzoq masofalariga ushishiga olib keladi. Uzoq masofalarga parvozdan qushlar energiya yo‘qatadi va dushmanlari taqibiga ko‘proq dush keladi. Namlik. Har bir tirik organizmning hayoti suvga bevosita bo‘g‘liq. Ustyurtda tarqalgan organizmlar o‘zlarining suvga bo‘lgan ixtiyojlarini yomg‘ir va qor natijasida to‘planadigan suvlardan qonoatlantiradi.Yog‘ingarchilik ham yil davomida bir tekis taqsimlanmagan. Asosiy yog‘ingarchilik muddatlari bahor va kuz oylariga to‘g‘ri keladi. Bahorda yomg‘irning kam bo‘lishi o‘simliklarning vegetatsiyasining kamayishiga, shuningdek o‘simliklar bilan oziqlanuvchi kemiruvchilar sonining ham kamayishiga olib keladi. Shu bois, kemiruvchilar bilan oziqlanivchi sariq sor soni ham kam bo’ladi. Yo‘mg‘ir me’yordan ko‘p bo‘lgan paytlatda taqirlarda suv ko‘proq to‘planib, atrofidagi kulrang to‘rg‘ay, tumshuqdor qorayoqa va sariqyoqalarning uyalari suv tagida qolib ketadi. Shuningdek, namlik omillari ishida qorning ahamiyati juda katta. Fevral oyi oxirida kuzatilgan qalin qor erta uchib kelgan qushlarning nobut bo‘lishiga olib keldi. Biotik omillar. Har bir tirik organizm yashar ekan atrofidagi boshqa organizmlar bilan munosabatta bo‘ladi. Ustyurtda qushlarning hayotiy jarayonlari o‘simliklar bilan bevosita bo‘g‘liq. Ular o‘simliklar va ularning quruq qoldiqlaridan uya quradilar, eskilarini tamirlaydilar, dushmanlari
va haroratdan himoyalanishda foydalanadi va o‘simlik urug‘lari bilan oziqlanadilar. Ustyurtda uyalaydigan sariq sor, cho‘l qarqunoq va to‘qay bulbuli va boshqa qushlar shular jumlasidandir. Qushlarning tarqalishda ularning ozuqa bazasining mavjudligi ham katta ahamiyatga ega. Ustyurtda sariq sor o‘z uyalarini katta qumsichqon koloniyalariga yaqin quradi. Biotik omillar orasida yirtqicho‘lja munosabati eng keng tarqalgan omildir. Ustyurtda tarqalgan yirtqish qushlardan sariq sorning yo‘rg‘a tuvoloqni, itolg‘i qorabovurlarni va miqqiyning mayda chumchiqsimonlarni ovlaganini guvohi bo‘lganmiz. Ustyurtda tarqalgan qushlarning hayotiga boshqa organizmlarning bevosita ta’siri zarar keltirib qoymastan, bilvosita ta’sir ham katta zarar yetkazadi. Soni ko‘payib ketgan katta qum sichqon koloniyasi yoki termitlar saksovulning ildizlari va shoxlari bilan oziqlanadi. Bu saksovullarga qurilgan sariq sor va cho‘l qarqunoqlarning uyalariga katta zarar keltiradi. Qushlarning normal hayot keshirishida oziqlanishi katta ahamiyatga ega. Ularning oziqlanish tiplari haqida ma’lumotga ega bo‘lish orqali gina biz biotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirishimiz mumkin. Qoraqalpog‘iston Ustyurtida tarqalgan qushlarini oziqlanish tipi bo‘yicha biz 3 ta guruhga ajratganmiz. 1. Fitofaglar – o‘simliklar bilan oziqlanuvchilar. Ushbu guruhga oqbovur, qorabovur, suv bulduruq, ko‘k kaptar, qumri, sariq dehxonchumchuq kabi qushlar kiradi. 2. Zoofaglar – hayvonlar bilan oziqlanuvchilar. Bu guruhga lochinsimonlar va yapaloqqushsimonlar oilalarining barcha vakillari kiradi. Shuningdek, chumchuqsimonlar turkumidan qaldirg‘oshlar, qarqunoqlar, moyqutlar, pashshaxo‘rlar oilalari vakillari kabi hayvonllar bilan oziqlanuvchi qushlar qatoriga kiradi.
1-rasm. Qoraqalpog‘iston Ustyurti shimoliy va markaziy qismi qushlarning oziqlanish tipi 3. Evrifaglar – o‘simlik va hayvonlar bilan oziqlanuvchilar. Ko‘pshilik qushlarning oziqlanishi atrof muhitning harorati va hayotiy bosqishlariga bog‘liq bo‘ladi. Don bilan oziqlanuvchilar polaponlarini hashoratlar bilan oziqlantiradi yoki yozda hashoratlar bilan oziqlanuvchilar qishda don bilan oziqlanadi. Ushbu xususiyatlardan kelib chiqqan holda biz bu guruhga tuvaloqlar, so‘fito‘rg‘aylar, jiblajibonlar va qarg‘alar oilalari vakillari kabi ham o‘simliklar ham hayvonlar bilan oziqlanuvchi turlarni kiritganmiz. Bular ichida zoofaglar 128 tur (yoki 49,6%) ustunlik qiladi, undan keyingi o‘rini evrifaglar 114
tur (yoki 44,2 %) egallab va fitofaglar ulushi 16 tur ( yoki 6,2 %) egallaydi (1-rasm). Antropogen omillar ichida qushlarning hayotiga xavf soluvchi omillar mavjud bo‘lib, ularga noqonuniy ov qilish yoki brakonerlik, geologik qidiruv ishlari, elektor uzatish liniyalari, shamol tezligini aniqlovchi antenalar va bezovta qiluvchi omillar kiradi. Mazkur omillar qushlarning ko‘payish muvaffaqiyatini pasaytirishi, migratsiya yo‘nalishlarini o‘zgartirishi va ayrim hollarda bevosita nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois Ustyurt avifaunasini muhofaza qilishda antropogen bosimni kamaytirishga qaratilgan kompleks choralarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ustyurt tekisligining Qoraqalpogʻiston qismida qushlarning tarqalishi, soni va hayot faoliyatiga abiotik, biotik hamda antropogen omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Harorat va namlikning o‘zgarishi qushlarning ko‘payishi, migratsiyasi va yashab qolish darajasiga ta’sir etsa, o‘simlik qoplami, ozuqa bazasi hamda yirtqich–o‘lja munosabatlari ularning ekologik holatini belgilaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hudud avifaunasida zoofag qushlar ustunlik qilib, ular umumiy turlar sonining 49,6 % ini tashkil etadi. Shuningdek, brakonerlik, geologik qidiruv ishlari va elektr uzatish liniyalari kabi antropogen omillar qushlar uchun asosiy xavf omillari hisoblanadi. Shu sababli Ustyurt avifaunasini saqlash va muhofaza qilishda ekologik omillarni chuqur o‘rganish hamda ilmiy asoslangan muhofaza choralarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar1 ta adabiyot
- Турдыбаев К.П. Фауна и экология птиц северной и центральной части Каракалпакского плато Устюрт: Автореф. дисс. … докт. (PhD) биол. наук. – Нукус, 2026. – 46 с.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012248
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1076
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 262–264
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06