Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
3 986 natija
Barchasi
3 986 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHIMOLIY HUDUDLARIDA YUMSHOQ BUG‘DOY (TRITICUM AESTIVUM L.) NAVLARINING SIFAT KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
A. A.R., A. A.R., A. A.R., T. A.R. · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur tadqiqotda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Qo‘ng‘irot tumanlari sharoitida yetishtirilgan yumshoq bug‘doy navlarining don sifati ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tadqiqot obyekti sifatida Vassa, Grom, Gurt, Drujba, Aliksevich va Antonina navlari o‘rganildi. Don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdorlari laboratoriya sharoitida aniqlanib, olingan ma‘lumotlar dispersiya tahlili (ANOVA) yordamida statistik baholandi hamda OriginPro dasturida grafik ko‘rinishda tasvirlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘rganilgan navlarda oqsil miqdori Nukus tumanida 12,16–15,83%, Qo‘ng‘irot tumanida esa 12,3–14,9% oralig‘ida qayd etildi. Kleykovina miqdori esa mos ravishda 28,26–29,61% va 28–30% oralig‘ida bo‘ldi. Natijalar ayrim navlarning har ikki hudud sharoitida yuqori don sifati ko‘rsatkichlarini namoyon etishini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
OROL DENGIZI QURIGAN TUBI HUDUDIDA OLIB BORILGAN ILMIY IZLANISHLAR DINAMIKASI
T.Abdrahmanov, Z.A.Jabbarov, S.Q.Mahammadiyev, U.M.Nomozov, O.N.Imomov · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada Orol dengizining qurigan tubi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning bibliometrik tahlili amalga oshirildi. Tadqiqot davomida Scopus xalqaro ilmiy ma‘lumotlar bazasidan olingan maqolalar asosida 2000-2026-yillar oralig‘idagi ilmiy nashrlarning dinamikasi, faol ilmiy tashkilotlar, yetakchi olimlar hamda xalqaro hamkorlik aloqalari o‘rganildi. Tahlil natijalari Orol dengizi qurigan tubi, tuproq degradatsiyasi, sho‘rlanish, ekologik o‘zgarishlar va cho‘llanish jarayonlariga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar soni so‘nggi yillarda keskin ortganligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, Rossiya Fanlar akademiyasi, Xitoy Fanlar akademiyasi hamda Markaziy Osiyo ilmiy markazlari ushbu yo‘nalishdagi yetakchi tashkilotlar sifatida ajralib turdi. Nashrlar sonining eng yuqori ko‘rsatkichlari 2023-2025-yillarga to‘g‘ri kelishi mazkur ekologik muammoning global ilmiy hamjamiyat e‘tiborida ekanligini tasdiqlaydi. Mualliflar o‘rtasidagi hamkorlik tahlili esa xalqaro ilmiy integratsiyaning kuchayib borayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari Orol dengizi qurigan tubidagi ekologik va tuproq grunt jarayonlarini o‘rganish hamda kelgusidagi ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini belgilashda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTONDA QUTAN KO‘LI BO‘YICHA OLIB BORILGAN MONITORING NATIJALARI
Y. Sayyora, S. Maftuna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qutan ko‘l ekosistemasiga olib borilgan monitoring natijalari keltirilgan. Monitoring natijalariga ko‘ra u yerda o‘simlik qoplami siyrak ekanligini lekin tiklanish borligini suv resusrlarning kamayib ko‘lning asta degradatsiyaga uchrayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
GLOBAL EKOLOGIK MASELE BOLǴAN SHORLANIWǴA SHIDAMLI AQ JÚWERI (SORGHUM BICOLOR) ÓSIMLIGI JETISTIRIW.
N. Sarsenbaevich, S. Kidirbaevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Júweri (Sorghum bicolor L.) - kilmat ózgerislerine shıdamlı, kóp maqsetli dánli egin esaplanadı. Onıń ósiw dáwirindegi fenologiyalıq basqıshların durıs anıqlaw agrotexnikalıq ilajlardı rejelestiriwde úlken áhmiyetke iye.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ARAL BOYI REGIONINDA EKOLOGIYALIQ TURAQLILIQTI TÁMIYINLEWDE EFEDRA (EPHEDRA L.) ÓSIMLIGINIŃ BIOEKOLOGIYALIQ ÁHMIYETI HÁM FITOMELIORATIVLIK POTENCIALI.
S. Guljaxan · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Maqalada Aral boyı regionınıń ekologiyalıq turaqlılıǵın támiyinlewde Ephedra L. ósimliginiń tutqan ornı analizlenedi. Avtor ósimliktiń ekstremal shol sharayatına beyimlesiw ózgesheliklerin hám onıń qumlardı bekkemlewdegi fitomeliorativlik áhmiyetin ashıp beredi. Izertlew nátiyjeleri Aral teńiziniń qurıǵan ultanında jasıl qaplamalar jaratıw hám regiondı saǵlamlastırıw ushın tiykar bolıp xızmet etedi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TUT TEREGINIŃ QÁWIPLI ZIYANKESLERI HÁM OLARDIŃ KELTIRETUǴIN ZIYANI
G.E.Abdrimova, S.Djumagalieva · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Bul teziste tut teregine zıyan keltiretuǵın eń qáwipli zıyankesler, olardıń biologiyalıq ózgeshelikleri, tarqalıwı hám tut plantaciyalarına keltiretuǵın ekonomikalıq zıyanları qarastırıladı. Sonday-aq zıyankeslerdi waqtında anıqlaw, olardıń sanın kemeytiw hám tut plantaciyaların qorg‘aw usıllarına ayrıqsha itibar berilgen. Tut jipek qurtınıń tiykarǵı azıq bazası bolǵanlıqtan, tut tereginiń salamat ósiwi pilleshilik tarawınıń rawajlanıwında úlken áhmiyetke iye.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QISHLOQ XO‘JALIGIDA IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA OB-HAVO INDEKSI SUG‘URTASIDAN FOYDALANISHNING XORIJ TAJRIBASI
S. Abdugafurovna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Maqola iqlim o‘zgarishi sharoitida yuzaga kelayotgan global ekologik muammolar va ularning qishloq xo‘jaligiga salbiy ta‘sirini kamaytirish maqsadida ob-havo sug‘urtasidan foydalanishning jahon tajribasi va uning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Yevropa mamlakatlarida ob-havo sug‘urtasi joriy etilishidagi ustunliklar va kamchiliklar, har bir mamlakat uchun ob-havo sug‘urtasi mahsulotlari va sug‘urta provayderlari haqida tahliliy fikrlar va xulosalar berilgan. Maqolada Yevropa davlatlari tajribasi asosida indeks sug‘urtasi, davlat subsidiyalari, raqamli texnologiyalar va sug‘urta bozoridagi institutsional islohotlar ko‘rib chiqilgan hamda O‘zbekiston uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MAHALLIY XOMASHYOLAR ASOSIDA OLINGAN AZOT-FOSFORLI O‘G‘ITLAR QO‘LLANILISHINING QISHLOQ XO‘JALIGI BARQARORLIGINI TA‘MINLASHDAGI SAMARADORLIGI
S. Abdumutalipovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu ilmiy maqolada mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqilgan azot-fosforli o‘g‘itlarning qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta‘minlashdagi samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda tuproq unumdorligini oshirish, ekinlar hosildorligini ko‘paytirish hamda ekologik xavfsizlikni ta‘minlash jarayonlari o‘rganilgan. Mahalliy resurslardan foydalanish asosida ishlab chiqarilgan o‘g‘itlarning import o‘g‘itlarga nisbatan iqtisodiy va agrotexnik afzalliklari baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mahalliy azot-fosforli o‘g‘itlar tuproqning biologik faolligini oshiradi, mineral moddalarning muvozanatini yaxshilaydi va qishloq xo‘jaligida barqaror ishlab chiqarish tizimini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ekologik bosimni kamaytirish va resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari ham aniqlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SAMARQAND AGLOMERATSIYASI RIVOJLANISHINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
O. o‘g‘li · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur maqolada Samarqand aglomeratsiyasining shakllanishi va rivojlanishining asosiy geografik, demografik hamda iqtisodiy xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda urbanizatsiya jarayonlari sharoitida aglomeratsiyaning hududiy tarkibi, transport-kommunikatsiya tizimi, migratsion jarayonlar va yo‘ldosh aholi manzilgohlari bilan integratsion aloqalari yoritilgan. Shuningdek, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanishi, infratuzilma hamda renovatsiya siyosatining aglomeratsion rivojlanishga ta‘siri ilmiy asosda baholangan. Samarqand aglomeratsiyasining tarixiy-madaniy salohiyati va investitsion jozibadorligi hududiy barqaror rivojlanishning muhim omili sifatida ko‘rsatib berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI TURLI BONITETLI TIPIK BO‘Z TUPROQLARNING TABIIY-IQLIM SHAROITI VA AGROKIMYOVIY HOLATI
S. Sattarovich, M. Qilichevich, Q. qizi · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur maqolada Toshkent viloyati Chirchiq, Angren va Gijikent daryolari yoyilmasining yuqori va o‘rta qismi, sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasining prolyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan tog‘ oldi tekisliklari geomorfologik rayonida tarqalib turli litologik, gidrogeologik va tuproq iqlim sharoitlarida rivojlangan tipik bo‘z tuproqlari to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari keltirilgan. Tuman hududi qurama tog‘ tizmalarining etaklarida va Ohangaron daryosining chap sohilida, Chirchiq ohangaron vodiysi boshlanadigan yerda joylashgan. Tumanning umumiy yer maydoni 50071,0 gektarni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan yer maydoni 22631,0 gektar. Bu yerlardan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatlari mavjud. Tadqiqot hududi iqlim va relyef omillarining turli bonitetli tipik bo‘z tuproqlarda gumus miqdori hamda tuproq muhiti reaksiyasiga ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida hudud iqlim ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, turli bonitetli tuproqlarda gumus miqdori va pH ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yuqori bonitetli tuproqlarda gumus miqdori nisbatan yuqori, past boniteteli maydonlarda esa iqlim omillari ta‘sirida organik moddalar minerallashuvi kuchayishi aniqlandi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QISHLOQ XO‘JALIGI RIVOJLANISHINI TA‘MINLASH MAQSADIDA MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
D. uli · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada qishloq ho‘jaligi rivojlanishining horijiy tajribalari va mamlakatimizda keyingi yillarda shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilgan. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonunchilik sohalariga ham to‘htalib o‘tilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘ZBEKISTONDA YARATILGAN TUT IPAK QURTI DURAGAYLARI VA SELEKSION TIZIMLARNING MAHSULDORLIK IMKONIYATLARINI BAHOLASH
O. Rustemovna, S. qizi · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada O‘zbekistonda yaratilgan tut ipak qurti duragaylari va seleksion tizimlarning biologik hamda xo‘jalik foydali ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Mahalliy duragaylarning pilla hosildorligi, ipakchanlik darajasi, hayotchanligi va tashqi muhitga moslashuvchanligi baholandi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
HO‘RAKI NO‘XATNI DASTLABKI NAV SINASh KO‘ChATZORIDAGI NAV VA TIZMALARNING ASOSIY BIOMETRIK KO‘RSATKIChLARI.
Y. Latibjonovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Maqolada ho‘raki no‘xat nav va tizmalarining sug‘oriladigan tuproqlar sharoitida o‘stirishga mos, serhosil, seroqsil yangi navlarini yaratishda dastlabki nav sinash ko‘chatzoridagi nav va tizmalarning moslashuvchanligini har tomonlama o‘rganish orqali, eng yaxshi moslashgan xo‘raki no‘xatning yangi tizmalarini sug‘oriladigan tuproq iqlim sharoitlarida erta bahorda (fevralning ikkinchi dekadasi) o‘stirishni o‘rganishdan iboratdir.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ARAL BOYI REGIONINIŃ DEGRADACIYALANǴAN JERLERIN QAYTA TIKLEWDE TÚYE-TABAN (ZYGOPHYLLUM) ÓSIMLIGINIŃ FITOMELIORATIVLIK HÁM XOJALIQ ÁHMIYETI
N. Nilufar · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Bul jumısta Aral boyı regionınıń ekstremal ekologiyalıq sharayatında degradaciyalanǵan jerlerdi qayta tiklew hám shólleniwge qarsı gúresiwde Túye-taban (Zygophyllum) ósimliginiń roli úyrenilgen. Izertlew dawamında ósimliktiń biologiyalıq ózgeshelikleri, onıń qumlı hám duzlı topıraqlardı bekitis qásiyetleri (fitomelioraciya) hám xalıq xojalıǵındaǵı, ásirese sharwashılıq hám medicinadaǵı áhmiyeti talqılanadı. Alınǵan nátiyjeler regionda "jasıl qaplamalar" jaratıw hám bio- hár túrlilikti saqlaw boyınsha ámeliy usınıslar beriwge tiykar boladı.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
DÁRILIK ÓSIMLIKLER TÚR-TÚRLIGIN ÚYRENIWDIŃ AKTUAL MÁSELELERI
Muratbayev Og‘abek, Qo‘chkarov Karomaddin · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Maqalada dárilik ósimliklerdiń hár qıylılıǵı tallanǵan. Qaraqalpaqstan florasında ayrım maǵlıwmatlarǵa qaraǵanda házirgi kúnde 1110 túrdegi ósimlik túri ushırasadı.Olardan 37% yaǵnıy 410 nan zıyatı emlik qásiyetke iye. Aral teńiziniń qurıp qalǵan jaǵasında ósetuǵın 73 túrdegi ósimliktiń 13 túri,Ústirtte 85 túr hám shól aymaqlarında 66 túrdegi shıpalı ósimlikler tabılǵan. Olardan 45 túrge jaqını kemeyip ketken, siyrek ushırasatuǵın hám joq bolıp ketiw aldında turǵan dárilik ósimlikler qatarına kiredi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHOLI GENOTIPLARINING VEGETATIV VA GENERATIV BELGILAR BO‘YICHA KOMPLEKS TAHLILI
Kamalov Miyrbek Murat o‘g‘li, Utambetov Duysenbay Usnatdinovich, Abillaeva Umida Urazbayevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur tadqiqotda sholi genotiplarining vegetativ va generativ belgilar bo‘yicha kompleks tahlili amalga oshirildi. Tajribalar nazorat ko‘chatzor sharoitida olib borilib, o‘simlik bo‘yi, vegetatsiya davri, ro‘vak uzunligi, ro‘vagidagi donlar soni, 1000 dona don vazni va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, genotiplar o‘rtasida sezilarli farqlar mavjudligi aniqlandi. Ayrim genotiplar vegetativ va generativ rivojlanish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etdi. Natijalar ushbu genotiplarning seleksiya jarayonida istiqbolli material sifatida foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KO‘P YILLIK BUG‘DOY NAVLARI VA SELEKSIYA TIZMALARIDA OQSIL MIQDORINI ANIQLASH VA ISTIQBOLLI NAMUNALARNI AJRATISH
A. o‘g‘li, M. Baxodirovna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur tadqiqotda bug‘doy navlari va seleksiya tizmalari donining sifat ko‘rsatkichlari, xususan oqsil, kleykovina va namlik miqdori Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining “Qishloq xo‘jaligini saqlash, qayta ishlash va yalpi tahlillash” laboratoriyasida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, don tarkibidagi oqsil miqdori o‘rtacha 15,0–20,1 % ni tashkil etdi. Andoza sifatida olingan “Bezostaya” va “Bezostaya 1” navlariga nisbatan KR23-PW-ON-9, KR23-PW-ON-13, KR23-PWON-21, KR23-PW-ON-23, KR23-PW-ON-27 va KR23-PW-ON-33 tizmalarda oqsil miqdori 1,4–3,3 % ga yuqori ekanligi aniqlandi. Kleykovina miqdori o‘rtacha 24,7–30,4 % bo‘lib, ayrim tizmalarda andoza navlarga nisbatan 1,0–3,0 % yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Oqsil va kleykovina miqdori o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik (r=0,90) aniqlangan. Don namligi esa 5,6–7,3 % oralig‘ida bo‘lib, o‘rtacha 6,4 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar bug‘doy seleksiyasida yuqori sifatli va istiqbolli genotiplarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUNGABOQAR SELEKSIYASIDA DURAGAYLASH ASOSIDA PAST BO‘YLI NAVLARINI YARATISH UCHUN BOSHLANG‘ICH ASHYONI BOYITISH.
Lukov Mamadali Kudratovich, Xaliyarov Ilhom Xolmuradovich · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Tadqiqotlar jarayonida kungaboqar har xil nav va duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilari (kalta poyalik) ning duragay avlodlarda irsiylanish qonuniyatlari, belgilarning korellatsion bog‘lanish tartibi statistik tahlili olib boriladi. Kungaboqarning boshlang‘ich manba sifatida tanlab olingan ota-ona shakllarida poyaning o‘sish dinamikasi o‘suv davrining turli fazalarida kuzatilib, tizmalarda variatsion qator tahlil qilindi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUNJUT URUG‘INING LABORATORIYA SHAROITIDA UNUVCHANLIGINI ANIQLASH
U. Rambergenovna, M. Komilovna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kunjutning Qora Shahzoda navini ekish muddati va me‘yorlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadqiqotlarda urug‘larning laboratoriya sharoitida unuvchanligi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
AMUDARYO TUMANIDA BAHOR MAVSUMIDA MAHSULDOR TUT NAVLARI BILAN BOQILGAN IPAK QURTI PILLALARINING TEXNOLOGIK KO‘RSATGICHLARI
J. Tanirbergenovich, M. Paraxatovna, K. Kushkinbaevna · Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi · 2026
Ushbu maqolada, mahsuldor tut navlari bilan ipak qurti duragaylari parvarishlanib, olingan pillalarning texnologik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Olingan natijalardan shuni ko‘rish mumkinki varianlarning texnologik ko‘rsatgichlari ichida tolaning umumiy uzunligi bo‘yicha eng yuqori natija oltinvodiy1duragayida kuzatildi (1287,3 m). Metrik nomeri bo‘yicha esa eng yaxshi natija SANISH- 33 tut nvi bilan parvarishlangan Xorij duragayida kuzatildi (3886,0 m/g) Olib borilgan tajribalarda ijobiy natijalar olindi va mahsuldor tut navlari bilan boqilgan tut ipak qurti duragaylarining pillasining texnologik ko‘rsatgichlari yaxshi bo‘lishi isbotlandi.