QISHLOQ XO‘JALIGI RIVOJLANISHINI TA‘MINLASH MAQSADIDA MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
uli Djumaniyazov Ubbiniyaz IsmaylQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 194–196
Annotatsiya
Ushbu maqolada qishloq ho‘jaligi rivojlanishining horijiy tajribalari va mamlakatimizda keyingi yillarda shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilgan. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonunchilik sohalariga ham to‘htalib o‘tilgan.
Boshqa tillarda
ruschaМЕРЫ, РЕАЛИЗУЕМЫЕ В УЗБЕКИСТАНЕ В ЦЕЛЯХ ОБЕСПЕЧЕНИЯ РАЗВИТИЯ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА
В данной статье изучены зарубежный опыт развития сельского хозяйства и работы, осуществляемые в этом направлении в нашей стране в последние годы. Также затронуты сферы законодательства, принимаемого нашим государством.
inglizchaMEASURES BEING IMPLEMENTED IN UZBEKISTAN TO ENSURE THE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE
This article examines foreign experience in the development of agriculture and the work carried out in this direction in our country in recent years. The legislative areas adopted by our state are also addressed.
Kalit so‘zlar
- qishloq xo‘jaligi
- dehqonchilik
- chorvachilik
- barqaror o‘sish
- ishlab chiqarish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
QISHLOQ XOʻJALIGI RIVOJLANISHINI TA’MINLASH MAQSADIDA MAMLAKATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1055 Djumaniyazov Ubbiniyaz Ismayl uli Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada qishloq ho‘jaligi rivojlanishining horijiy tajribalari va mamlakatimizda keyingi yillarda shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilgan. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonunchilik sohalariga ham to‘htalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, chorvachilik, barqaror o‘sish, ishl ab chiqarish, qishloq xo‘jaligi rivojlanishi
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Taraqqiyotning bugungi darajasida, mahsulot ishlab chiqarish hamda u bilan bogʼliq maʼlumotlar bazasini kengayib borishi, resurslar cheklanganligi muammosining tobora keskinlashayotganligi iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda axobort texnologiyalari hamda turli matematik, ekonometrik usullardan foydalanishni talab qilmoqda. Biroq iqtisodiy jarayonlarning koʼplab omillar taʼsiri ostida sodir boʼlishi, ular taʼsirini oʼrganish masalalari modelning murakkablik darajasini tanlash muhim muammolardan biri sifatida qaraladi, chunki barcha omillarni qamrab olish imkoniyatining cheklanganligi, boshqa tomondan murakkablik bilan modelning ishlashini tushunish orasida teskari bogʼliqlikning mavjudligi uni ishlab chiqishda chegaralanishiga sabab boʼladi. Shunday boʼlishiga qaramasdan modelning murakkablik darajasini aniqlikni oshirishga xizmat qiladi. Hozirda yuqorida keltirilgan muammoni bartaraf etish dunyo iqtisodchi olimlari oldida turgan, oʼz yechimini kutayotgan masalalardan hisoblanadi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to‘kin, xalqimiz rizqi mo‘l-ko‘l bo‘lishidan tortib, eksportdan qo‘shimcha daromad topishgacha bo‘lgan juda ko‘p masalalar shu yo‘nalish rivojiga bog‘liq. Lekin uzoq yillar davomida agrar sohaga yetarlicha e’tibor berilmadi. Na bozor iqtisodiyoti, na yerga munosabat, na manfaatdorlik bor edi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyaning mavjud emasligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishga, ishlab chiqaruvchilarning yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab- quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030- yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ishlab chiqildi va O‘zbekiston
Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si tasdiqlandi. Qishloq xoʼjaligini barqaror rivojlantirish yoʼnalishlarini ishlab chiqish qishloq joylarida hayot sifatini yaxshilash, bugungi va kelajak avlodlar uchun zaruriy miqdordagi oziq-ovqat taʼminotini shakllantirish, fermer va dehqon xoʼjaliklari uchun etarli daromadga ega boʼlish imkoniyatini taʼminlashni anglatadi. Qishloq xoʼjaligining barqaror rivojlanishini qoʼllab-quvvatlash, kelajak uchun ishlab chiqarish quvvatlarini taʼminlash va saqlash, atrof-muhitga zarar etkazmasdan, tabiiy resurslarga xavf solmasdan samaradorlikni oshirishni oʼz ichiga oladi. Bundan tashqari, bu mahalliy bilimlarni hurmat qilish va eʼtirof etish, tabiiy resurslarni boshqarishni shakllangan mahalliy usullari, kelajak avlod istiqboliga ziyon etkazmasdan hozirgi avlod imkoniyatlarini targʼib qilish uchun harakatlarni talab qiladi. Binobarin, iqtisodiy va ekologik barqarorlik, fermer va dehqon xoʼjaliklari faoliyati samaradorligini taʼminlash, kelajak avlod uchun ishlab chiqarish salohiyati, yaxshilangan oziq-ovqat xavfsizligi va ijtimoiy barqarorlik kabilar rivojlanayotgan mamlakatlarning qishloq xoʼjaligini rivojlantirishning muhim elementlari hisoblanadi. Bugungi kunga qadar qishloq xoʼjaligini rivojlantirishning qator nazariyalari shakllangan boʼlib, tadqiqotimizning mazkur paragrafida ularning rivojlanish evolyutsiyasini tahliliy qarab chiqamiz. Ushbu nazariyalarning asosiy va umumiy maqsadi insonlarning moddiy va ijtimoiy farovonligini oshirish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan bu koʼpincha atrof-muhit va jamiyat, aholi farovonligini yaxshilashga kompleks yondashuv sifatida qaraladi. Qishloq xoʼjaligini rivojlantirish jarayonidagi birinchi qadam oldingi yoki anʼanaviy jamiyatlardagi kabi qishloq xoʼjaligini statik, yaʼni oʼzgarmas deb qarashdan voz kechish boʼldi. Biroq, qishloq xoʼjaligini rivojlantirish muammosi - statik qishloq xoʼjaligini zamonaviy dinamik sektorga aylantirish emas, balki soha mahsuloti va hosildorligi oʼsish surʼatlarini iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida boshqa tarmoqlaridagi oʼsish darajasiga mosligini taʼminlash hisoblanadi. Shu sababli, qishloq xoʼjaligini rivojlantirish jarayonini mazmun nuqtai nazaridan oldingi yoki anʼanaviy jamiyatdagi kabi statik deb qarashdan voz kechishi kerak. Demak, qishloq xoʼjaligini rivojlantirish nazariyasi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1,0 foiz yoki undan kam boʼlgan oʼsish tendentsiyasiga ega boʼlgan mamlakatlardan to yillik oʼsishi 4,0 foiz va undan oshiq oʼsish darajasiga ega boʼlgan mamlakatlar qishloq xoʼjaligi oʼsishining dinamikasi yoki oʼzgaruvchan oʼsish manbalari toʼgʼrisida tushuncha berishga xizmat qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qiladigan boʼlsak, qishloq xoʼjaligini rivojlantirish boʼyicha adabiyotlarda bir qancha modellar keltirib o’tilganini ko’rishimiz mumkin; a) Chegaraviy model b) Tabiatni muhofaza qilish modeli v) Urbanizatsiya va sanoatlashish taʼsiri modeli d) Diffuzion model e) Yuqori rentabellikni taʼminlash modeli Qishloq xoʼjaligini rivojlantirish modellari evolyutsiyasi tahilili natijalariga qaraydigan bo’lsak, qishloq xoʼjaligi oʼsishining taʼsiri va paydo boʼlishi 60-yillardagi sanoatlashtirish va iqtisodiy oʼsish uchun juda muhim ahamiyatga ega, ammo qishloq xoʼjaligining oʼsish jarayonining oʼzi koʼpchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda eʼtibordan chetda qolmoqda. Shuningdek, bugungi kunga qadar shakllantirilgan modellar tahlili ularning har biri oʼziga xos kamchilikarga ega
ekanligini asoslamoqda. Bu esa oʼz navbatida ularni yanada takomillashtirish hamda rivojlantirish asosida yangi modellarni yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratish talab qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi qishloq xoʼjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga moʼljallangan strategiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-5853-son Farmoni
- Jumaev I.K. Fermer xoʼjaliklari rivojlanish tendentsiyalari va istiqbollarini ekonometrik bashoratlash. Iqt.fan.dok. ilm. dar. olish uchun yozilgan dis.avtoref. – T.: 2011 – b.43.
- Xolmurotov F.S. “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi rivojlanishini optimal tartibga solish usullari (Xorazm viloyati misolida). Iqt.fan.fal.dok. (PhD) ilm. dar. Olish uchun yozilgan dis.avtoref. – Т.: 2021 – б.60
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012227
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1055
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 194–196
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06