Asosiy mazmunga o‘tish

QORAQALPOG‘ISTONDA QUTAN KO‘LI BO‘YICHA OLIB BORILGAN MONITORING NATIJALARI

Sayyora Yeshchanova, Maftuna ShamuratovaQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 219–222

Annotatsiya

Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qutan ko‘l ekosistemasiga olib borilgan monitoring natijalari keltirilgan. Monitoring natijalariga ko‘ra u yerda o‘simlik qoplami siyrak ekanligini lekin tiklanish borligini suv resusrlarning kamayib ko‘lning asta degradatsiyaga uchrayotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Boshqa tillarda

ruschaРЕЗУЛЬТАТЫ МОНИТОРИНГА, ПРОВЕДЁННОГО НА ОЗЕРЕ КУТАН В КАРАКАЛПАКСТАНЕ

В статье приведены результаты мониторинга, проведённого на экосистеме озера Кутан в Республике Каракалпакстан. Согласно результатам мониторинга, можно видеть, что растительный покров там разрежен, однако наблюдается его восстановление, а вследствие сокращения водных ресурсов озеро постепенно подвергается деградации.

inglizchaRESULTS OF MONITORING CONDUCTED ON LAKE QUTAN IN KARAKALPAKSTAN

The article presents the results of monitoring carried out on the ecosystem of Lake Qutan in the Republic of Karakalpakstan. According to the results of the monitoring, it can be seen that the vegetation cover there is sparse but that recovery is taking place, and that, as water resources decline, the lake is gradually undergoing degradation.

Kalit so‘zlar

  • ko‘l ekotizimi
  • formatsiya
  • o‘simlik
  • suv resurslari
  • qurg‘oqchilik
  • cho‘llanish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

QORAQALPOG‘ISTONDA QUTAN KO‘LI BO‘YICHA OLIB BORILGAN MONITORING NATIJALARI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1063 Yeshchanova Sayyora Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsenti Shamuratova Maftuna Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistranti ANNOTATSIYA Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qutan ko‘l ekosistemasiga olib borilgan monitoring natijalari keltirilgan. Monitoring natijalariga ko‘ra u yerda o‘simlik qoplami siyrak ekanligini lekin tiklanish borligini suv resusrlarning kamayib ko‘lning asta degradatsiyaga uchrayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Kalit so‘zlar: Ko‘l ekosistemasi, formatsiya,o‘simlik, suv resusrlari, qurg‘oqchilik,cho‘llanish,kserofit

Ekosistemalarning biologik tarkibiy qismlarining farovonlik darajasiga ta’sir etuvchi muhit omillarini topish, me’yorlashtirish hamda tasniflash usullari muhitning abiotik omillari suv ekosistemasining normal faoliyat sohasini topishga va biotaga abiotik omillar ta’sirining ekologik ruxsat etilgan darajasi deb ataluvchi soha chegaralarini hisoblab chiqish imkonini beruvchi ekologik ma’lumotlarni zamonaviy bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli statistik tahlil qilish tartiblariga asoslangan. Suv obyektlari holatini o‘rganish va baholashda kompleks ekologik monitoring usullaridan foydalaniladi. Ushbu usullar orqali suvning ekologik holati, ifloslanish darajasi hamda uning atrofmuhit va inson salomatligiga ta’siri aniqlanadi. Tadqiqot jarayonida daryo, ko‘l, kanal, suv ombori va yer osti suvlaridan namunalar olinib, laboratoriya sharoitida fizik, kimyoviy va mikrobiologik tahlillar amalga oshiriladi. Suv obyektlarini baholashda avvalo suvning fizik ko‘rsatkichlari, jumladan harorati, rangi, hidi, loyqaligi va tiniqligi aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar suvning umumiy ekologik holatini tavsiflaydi. Kimyoviy tahlillar orqali suv tarkibidagi ph muhiti, erigan kislorod miqdori, biologik kislorod sarfi, nitrat, nitrit, ammoniy, xlorid, sulfat hamda og‘ir metallarning miqdori o‘rganiladi. Bu esa suvning ifloslanish darajasi va undan foydalanish imkoniyatini baholashga yordam beradi. Tadqiqot jarayonida suv obyektlari holatini baholashda gidrokimyoviy, mikrobiologik va ekologik monitoring usullaridan foydalanildi. Suv namunalarini tahlil qilishda A. P. Vinogradov ning tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibini aniqlash metodikasi, shuningdek World Health Organization hamda O‘z DSt sanitariya me’yorlari asosida suv sifatini baholash usullari qo‘llanildi. Tadqiqot davomida suvning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari laboratoriya sharoitida aniqlanib, olingan natijalar ekologik me’yorlar bilan taqqoslandi. Monitoring olib borilgan obekt Qutan ko‘li bo’lib 2026 yil bahor mavsumidagi, shuningdek may oyidagi kuzatuvlardagi ma’lumotlardan foydalanildi. Suv obyektlari holatini baholashda bioindikatsiya usuli ham keng qo‘llaniladi. Bunda suv havzasida yashovchi suv o‘tlari, planktonlar, bentos organizmlar va baliqlarning holati o‘rganilib, suvning ekologik sifati aniqlanadi. Chunki ayrim tirik organizmlar suvning ifloslanishiga juda sezgir bo‘ladi. Shuningdek, monitoring va statistik tahlil usullari orqali suv obyektlarining mavsumiy o‘zgarishlari, ifloslanish manbalari hamda ekologik xavf darajasi baholanadi. Olingan natijalar

amaldagi ekologik va sanitariya me’yorlari bilan taqqoslanib, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqiladi.

1-rasm. Qutan ko‘lining hozirgi ko‘rinishi (2026-yil) Qutan ko‘li atrofi o‘simlik qoplami bo‘yicha ekologik izoh Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qutan ko‘li atrofida olib borilgan dala kuzatuvlari natijasida hududning o‘simlik qoplami asosan cho‘l va yarim cho‘l sharoitiga moslashgan kserofit hamda psammofit butasimon o‘simliklardan iborat ekanligi aniqlandi. Tuproqning qumli, sho‘rlanish darajasi yuqori va namlik tanqisligi sharoitida faqat qurg‘oqchilikka chidamli turlar barqaror yashab qolmoqda.

2-Rasm Qoraqalppog’iston Respublikasi Qutan ko’l atrofi o’simlik qoplami

Rasmlarda ko‘rinayotgan o‘simliklar orasida sho‘r va qumli tuproqlarga moslashgan butalar ustunlik qiladi. Ularning ildiz tizimi chuqur yoki keng tarqalgan bo‘lib, tuproqdagi minimal namlikni ham o‘zlashtirishga moslashgan. Barglarning mayda yoki reduksiyalashgan bo‘lishi bug‘lanishni kamaytirishga xizmat qiladi. Ikkinchi rasmda ko‘rinadigan dukkakli mevali buta ko‘rinishidagi o‘simlik Fabaceae (dukkakdoshlar) oilasiga mansub yovvoyi butalar ( Astragalus yoki Colutea turkumlari) bilan bog‘liq bo’lib. Ushbu turlar: qurg‘oqchilikka yuqori chidamli, qum ko‘chishini biroz ushlab turuvchi, azot

to‘plovchi ildiz tuganaklari orqali tuproq unumdorligini yaxshilovchi ekotizim komponentlari hisoblanadi. Hududdagi o‘simlik qoplami siyrak bo‘lishiga qaramasdan, ular qumli relyefni mustahkamlash va deflyatsiya (shamol eroziyasi) jarayonini kamaytirishda muhim ekologik rol o‘ynaydi. Biroq o‘simliklarning siyrakligi va degradatsiya belgilari bu hududda: suv tanqisligi, sho‘rlanishning ortishi, antropogen bosim (yaylovlardan ortiqcha foydalanish) kuchayib borayotganini ko‘rsatadi. Umuman olganda, Qutan ko‘li atrofi o‘simliklari cho‘l ekotizimining tipik indikatorlari bo‘lib, ular hududning ekologik barqarorligi zaiflashganini, lekin tabiiy tiklanish potentsiali mavjud ekanligini bildiradi. 1-jadval. Qutan ko‘li suv obyektlarining mavsumiy biolimnologik ko‘rsatkichlari Yil fasllari Umumiy O‘rtacha rN 02 Biogen elementler, mil * mineraliza harorat S tsiya gil. mgl. RO4 NH4 NO3 NO2

Bahor 1,8-4,5. 12. 6,4. 11,7. 0,119; 0,277 0,59 0,030.

Yoz 33. 7,2. 7,9. 0,115; 0,064. 0,83. 0,018

Kuz 18. 7,8. 8,7. 0,256 0,615. 2,62 0,089.

Qish 2. 6,8. 8,3 . 0,217. 0,149. 1,80; 0,049.

Limnikekosistemalarda biogen elementlarni va ularning suv havzalari ichki jarayonlarining ta’sirini mavsumiy-o‘simlik aspektiga asosan kollektor-drenaj suvi bilan ta’minlanadigan Qutanko‘l uchun biogen elementlarning eng katta akkumulyatsiyasi kuzda kuzatiladi. Masalan, fosforning (RO4) tarkibi 0,22 mg/l, NH4 - 1,194 va NO3 - 2,26 mgl tashkil etadi. Suv havzalarida azotning asosiy shakllarining tarkibi mavsumga qarab kuchli o‘zgaradi va planktonning rivojlanishi hamda havzalarning o‘zida azotning erishini boshqaruvchi biokimyoviy jarayonlarning intensivligiga bog‘liq. Shu bilan birga aniqlandiki, biogen elementlarning tarkibi suv havzalarini ta’minlovchilarga bog‘liq, kollektor-drenaj suvi tushadigan, daryo oqimi suvi kelib tushadigan ko‘llarda biogen elementlarning tarkibi kamroq bo‘lib hisoblanadi. Biogen elementlarning tarkibiy tuzilishining suv havzalarining chuqurligi bo‘yicha o‘zgarishi asoslanib Qutanko‘lda o‘rganildi. Suv namunalari turli chuqurlikda 0-30, 50-70, (sm da) intervalda va suv tubidan olindi. Suv chuqurligi fosfor va ammoniy azotining tarkib topishi ortadi, nitrat azotining suv ustida (0- 50 sm) quyi chuqurlikka nisbatan ko‘proq bo‘lib hisoblanadi. Kollektor-drenaj suvidan to‘yinadigan ko‘ldagi suv tubi cho‘kindilarida biogen elementlarning tarkib topishi daryo suvi bilan to‘yinadigan ko‘lga nisbatan yuqori hisoblanadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Qutan ko‘li atrofi o‘simlik qoplami cho‘l ekotizimining tipik vakili bo‘lib, u yerda kserofit va psammofit o‘simliklar ustunlik qiladi. Hududda ekologik degradatsiya jarayonlari mavjud bo‘lsa-da, ayrim buta turlari (ayniqsa Fabaceae vakillari) tuproqni mustahkamlash va tabiiy regeneratsiyani qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli hududni barqaror boshqarish va monitoring qilish zarur hisoblanadi. Qutan ko‘li suv obyektlarining mavsumiy biolimnologik ko‘rsatkichlari tahlili suv sifatining yil fasllari bo‘yicha sezilarli darajada o‘zgarishini ko‘rsatadi. Umumiy mineralizatsiya va biogen elementlar miqdori ko‘ldagi

gidrokimyoviy jarayonlarning mavsumiy dinamikasiga bog‘liq holda o‘zgarib boradi. Umuman olganda, Qutan ko‘li suv ekotizimi mavsumiy gidrokimyoviy tebranishlarga moyil bo‘lib, ayniqsa yoz va kuz fasllarida antropogen va tabiiy omillar ta’sirida suv sifati yomonlashish tendensiyasiga ega. Shu sababli ko‘lni muntazam monitoring qilish va biogen yuklamani kamaytirishga qaratilgan ekologik chora-tadbirlar muhim hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Buldovskaya O.R., Leonov A.V. Uchinsk suv omborida fosfor birikmalarining dinamikasi va aylanishi: imitatsion matematik tizim yordamida tadqiqotlar Suv resurslari. - M., 1996.- T.23. - No 2. - S. 176-188.
  2. Kosnazarov K.A, Xo‘jamuratova R.T., Koshekov R.M., Jiemuratov A. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi Amudaryo daryosining hozirgi holati. KKOANRUz.- 2003.- No 5.- S.12-13.
  3. Naumenko M.A. Ko‘llar va suv omborlarining evtrofirlanishi. - SPb.: Izd-vo RGGMU, 2007. - 100 b.
  4. Ostroumov S.A. Suv ekotizimlarining ifloslanishi, o‘z-o‘zini tozalashi va tiklanishi. - M.: MAKS Press, 2005. - 100 b.
  5. Leonov A.V., Sokolova M.A., Abramova T.N. Janubiy Ural suv ombori ekotizimiga antropogen ta’sirlarni baholash Suv resurslari.- M., 1996.-T.23.- No 4.- B. 424-437.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012235
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1063
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
219–222
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06