Asosiy mazmunga o‘tish

TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI TURLI BONITETLI TIPIK BO‘Z TUPROQLARNING TABIIY-IQLIM SHAROITI VA AGROKIMYOVIY HOLATI

Sattarovich Sattarov Jurakul, Qilichevich Mahammadiyev Samad, qizi Quramboyeva Shirinoy DavronbekM.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti, Tuproqshunoslik kafedrasi professori, q.x.f.d., akademik M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti, Tuproqshunoslik kafedrasi dotsent, q.x.f.f.d., dotsent M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti, Tuproqshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 197–200

Annotatsiya

Mazkur maqolada Toshkent viloyati Chirchiq, Angren va Gijikent daryolari yoyilmasining yuqori va o‘rta qismi, sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasining prolyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan tog‘ oldi tekisliklari geomorfologik rayonida tarqalib turli litologik, gidrogeologik va tuproq iqlim sharoitlarida rivojlangan tipik bo‘z tuproqlari to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari keltirilgan. Tuman hududi qurama tog‘ tizmalarining etaklarida va Ohangaron daryosining chap sohilida, Chirchiq ohangaron vodiysi boshlanadigan yerda joylashgan. Tumanning umumiy yer maydoni 50071,0 gektarni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan yer maydoni 22631,0 gektar. Bu yerlardan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatlari mavjud. Tadqiqot hududi iqlim va relyef omillarining turli bonitetli tipik bo‘z tuproqlarda gumus miqdori hamda tuproq muhiti reaksiyasiga ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida hudud iqlim ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, turli bonitetli tuproqlarda gumus miqdori va pH ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yuqori bonitetli tuproqlarda gumus miqdori nisbatan yuqori, past boniteteli maydonlarda esa iqlim omillari ta‘sirida organik moddalar minerallashuvi kuchayishi aniqlandi.

Boshqa tillarda

ruschaПРИРОДНО-КЛИМАТИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ И АГРОХИМИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ТИПИЧНЫХ СЕРОЗЁМОВ РАЗЛИЧНОГО БОНИТЕТА ПСКЕНТСКОГО РАЙОНА ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ

В настоящей статье изложены научно-исследовательские работы о типичных серозёмах, распространённых в геоморфологическом районе предгорных равнин, сложенных пролювиальными отложениями зоны орошаемых светлых серозёмов, в верхней и средней части конусов выноса рек Чирчик, Ахангаран и Гижигент Ташкентской области, и сформировавшихся в различных литологических, гидрогеологических и почвенно-климатических условиях. Территория района расположена у подножий Кураминского хребта и на левом берегу реки Ахангаран, в месте начала Чирчик-Ахангаранской долины. Общая земельная площадь района составляет 50071,0 гектара. Площадь орошаемых земель — 22631,0 гектара. На этих землях имеются возможности для производства сельскохозяйственной продукции. Изучено влияние климатических и рельефных факторов территории исследования на содержание гумуса и реакцию почвенной среды в типичных серозёмах различного бонитета. В ходе исследования проанализированы климатические показатели территории, оценены изменения содержания гумуса и показателей pH в почвах различного бонитета. Согласно результатам исследования, установлено, что в почвах высокого бонитета содержание гумуса относительно выше, а на участках низкого бонитета под воздействием климатических факторов усиливается минерализация органических веществ.

inglizchaNATURAL-CLIMATIC CONDITIONS AND AGROCHEMICAL STATE OF TYPICAL SIEROZEM SOILS OF DIFFERENT QUALITY CLASSES IN PSKENT DISTRICT, TASHKENT REGION

This article presents scientific research on typical grey soils that are distributed in the geomorphological region of the foothill plains formed of proluvial deposits of the light grey irrigated soil zone, in the upper and middle parts of the alluvial fans of the Chirchik, Angren and Gijikent rivers of Tashkent region, and that have developed under various lithological, hydrogeological and soil-climatic conditions. The territory of the district is located at the foot of the Qurama mountain ranges and on the left bank of the Ohangaron river, at the place where the Chirchik-Ohangaron valley begins. The total land area of the district is 50071.0 hectares. The irrigated land area is 22631.0 hectares. These lands offer opportunities for producing agricultural products. The influence of climatic and relief factors on the humus content and the reaction of the soil environment in typical grey soils of different bonitet (soil quality) classes was studied in the research area. In the course of the research, the climatic indicators of the area were analysed and the changes in humus content and pH values in soils of different bonitet classes were assessed. According to the results of the research, it was established that the humus content is relatively higher in soils of high bonitet, whereas in areas of low bonitet the mineralisation of organic matter intensifies under the influence of climatic factors.

Kalit so‘zlar

  • tipik bo‘z tuproq
  • gumus
  • iqlim o‘zgarishi
  • bonitet
  • relyef
  • pH
  • mikroelement
  • unumdorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI TURLI BONITETLI TIPIK BOʻZ TUPROQLARNING TABIIY-IQLIM SHAROITI VA AGROKIMYOVIY HOLATI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1056 Sattarov Jurakul Sattarovich M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti, Tuproqshunoslik kafedrasi professori, q.x.f.d., akademik Mahammadiyev Samad Qilichevich M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti, Tuproqshunoslik kafedrasi dotsent, q.x.f.f.d., dotsent Quramboyeva Shirinoy Davronbek qizi M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti, Tuproqshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti E-mail: sh.quramboyeva@nuu.uz ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Toshkent viloyati Chirchiq, Angren va Gijikent daryolari yoyilmasining yuqori va oʻrta qismi, sug‘oriladigan och tusli boʻz tuproqlar mintaqasining prolyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan tog‘oldi tekisliklari geomorfologik rayonida tarqalib turli litologik, gidrogeologik va tuproq iqlim sharoitlarida rivojlangan tipik boʻz tuproqlari toʻg‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari keltirilgan. Tuman hududi qurama tog‘tizmalarining etaklarida va Ohangaron daryosining chap sohilida, Chirchiq ohangaron vodiysi boshlanadigan yerda joylashgan. Tumanning umumiy yer maydoni 50071,0 gektarni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan yer maydoni 22631,0 gektar. Bu yerlardan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatlari mavjud. Tadqiqot hududi iqlim va relyef omillarining turli bonitetli tipik boʻz tuproqlarda gumus miqdori hamda tuproq muhiti reaksiyasiga ta’siri oʻrganildi. Tadqiqot davomida hudud iqlim koʻrsatkichlari tahlil qilinib, turli bonitetli tuproqlarda gumus miqdori va pH koʻrsatkichlarining oʻzgarishi baholandi. Tadqiqot natijalariga koʻra, yuqori bonitetli tuproqlarda gumus miqdori nisbatan yuqori, past boniteteli maydonlarda esa iqlim omillari ta’sirida organik moddalar minerallashuvi kuchayishi aniqlandi. Kalit soʻzlar: tipik boʻz tuproq, gumus, iqlim oʻzgarishi, bonitet, relyef, pH, mikroelement, unumdorlik. KIRISH Bugungi kunda global iqlim oʻzgarishi sharoitida sug‘oriladigan tipik boʻz tuproqlar unumdorligini saqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Havo haroratining ortishi, yog‘in miqdorining oʻzgarishi hamda bug‘lanish jarayonlarining kuchayishi tuproqda organik moddalar minerallanishiga ta’sir koʻrsatib, gumus miqdorining kamayishiga olib kelmoqda [2]. Turli relyef va bonitet sharoitlarida tuproqning agrokimyoviy holati turlicha shakillanadi, bu esa tuproq unumdorligini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi [3]. Respublikada tarqalgan sug‘oriladigan tuproqlarning agrokimyoviy xossalarini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini oshirishda tarkibida makro va mikroelement bo‘lgan yangi turdagi mineral o‘g‘itlarni maqbul muddatlarda qo‘llash va yaxshilashga qaratilgan agrotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish orqali, ilmiy asoslangan intensiv dehqonchilikni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Respublikada iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq salbiy taʼsirning oldini olish, qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasini kamaytirish, tuproqdagi gumus miqdorini koʻpaytirish orqali ekinlar hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirish

maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 13-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qoʻllabquvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-71-son Farmoni Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar unumdor yerlarga taalluqli boʻlib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositasi hisoblanadi [1]. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Sug‘oriladigan boʻz tuproqlardan paxtachilikni rivojlantirishda asosiy yer manbai sifatida foydalanilgan. Hozirgi davrda boʻz tuproqlarda paxtachilikdan tashqari g‘allachilik ham keng rivojlanib bormoqda. Undan tashqari boʻz tuproqlar tarqalgan maydonlarda bog‘dorchilik, uzuzmchilik, polizchilik va lalmikor dehqonchilik ham yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Boʻz tuproqlardagi salbiy agronomic xususiyatlar jumlasiga gumus va azot bilan kam ta’minlanganligini kiritish mumkin. Bu tuproqlarning genetic xossa va xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻg‘itlash, sug‘orish tadbirlarini olib boorish, shuningdek almashlab ekishni joriy qilish ekinlar hosilini oshiradi [4]. Ilmiy tadqiqot ishlari Toshkent viloyatining Piskent tumani tipik boʻz tuproqlarida olib borildi. Tuman Qurama tog‘tizmalarining etaklarida va Ohangaron daryosining chap sohilida, Chirchiq ohangaron vodiysi boshlanadigan yerda joylashgan. Tumanning umumiy yer maydoni 50071,0 gektarni tashkil qilib, shundan sug‘oriladigan yer maydoni 22631,0 gektar [9]. Mexanik tarkibiga koʻra ular rog‘ir qumoqli, lyossimon. Tuproqlari suvda eruvchi tuzlardan va gipslardan yuvilgan. Dala tajribasida tuproq kesmalari va undan namunalar olish «Методика полевых опытов» (Б.А.Доспехов, 1985) asosida [5]. Tuproq namunalarining kimyoviy tahlili «Методы агрохимических анализов почв и растений Средней Азии» qo‘llanmasi (1977), Aринушкинa Е.В. Рукoвoдствo пo химическoму aнaлизу пoчв qo‘llanmasi asosida [6]. Tadqiqotlarda tuproqshunoslikda keng foydalaniladigan genetik-geografik, profil-geokimyoviy, kimyoviy-analitik usullardan, tadqiqotda gumusni tuproq profilida taqsimlanish ko‘rsatkichlari M.Toshqo‘ziev uslubiy ko‘rsatmasi asosida [7]. Olib borilgan ilmiy izlanishlar “Davlat yer kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini bajarish va tuproq kartalarini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma” asosida [8]. Olingan natijalarning statistik tahlili “Microsoft Excel» dasturi asosida hisoblangan. NATIJA VA MUHOKAMA Tadqiqot hududlari oʻzining joylashuv oʻrniga koʻra, iqlimi moʻtadil issiq va quruq. Turon subtropik iqlim mintaqasining Oʻrta Osiyo quruq kontinental iqlim viloyatiga kiradi va tog‘oldi yarim choʻl zonasiga mansub oʻziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi. Tadqiqot hududi relyefi past-baland va toʻlqinsimon koʻrinishga ega boʻlib, janub tomonga pasayib boradi. Relyef sharoitida namlik va mayda tuproq zarrachalarining turlicha taqsimlanishi turli bonitetli tipik boʻz tuproqlarning agrokimyoviy holatida ma’lum farqlanishlarni keltirib chiqargan. Tipik bo‘z tuproqlari asosan qurg‘oqchil iqlim sharoitida keng yoyilgan bo‘lib, dengiz sathidan 500-700 metr balandlikdagi hududlarda, tog‘va tog‘oldi mintaqalarida uchraydi. Ushbu hududlarda ona jins sifatida lyoss va liyossimon yotqiziqlar mavjud. Tog‘oldi relyefi juda murakkab bo‘lsa, voha relyefi tekis va to‘lqinsimon xususiyatga ega. Tipik bo‘z tuproqlarning umumiy belgilariga gumus qatlamining sur rangda bo‘lishi, mexanik tarkibga ko‘ra o‘rta qumoqli va o‘rtacha g‘ovakli bo‘lishi, shuningdek, karbonat qatlamining aniq ajralib turishi kiradi [10]. Tuman iqlim sharoitlarini uning janubiy okean va dengizlardan uzoqligi, choʻllar yaqinligi belgilaydi. Koʻp yillik oʻrtacha temperatura +13,5 °C ni tashkil qilib, havo haroratining oʻrtacha koʻrsatkichlari 2024-2025 yillarda aprel-oktabr oylari boʻyicha iqlim koʻrsatkichlari tahlil qilinganda, havo harorati yuqori va quruq kontinental xususiyatga ega ekanligi kuzatildi. Eng yuqori harorat

asosan iyun-iyul oylarida qayd etilgan. Maksimal haroratning ikki yillik oʻrtacha qiymati aprelda 33,2 °C, mayda 37,3 °C, iyunda 40,8 °C, iyulda 40,4 °C, avgustda 39,5 °C, sentabrda 33,2 °C va oktabrda 29,8 °C ni tashkil qildi. Bu davrda eng issiq oylar iyun va iyul boʻlgan (1-rasm).

1-rasm. 2024-2025 yillarda hududning maksimal, oʻrtacha va minimal harorat koʻrsatkichlari Yog‘ingarchilik miqdori tahliliga koʻra, 2024-2025 yillardagi eng koʻp yog‘in aprel, may va oktabr oylarida kuzatilgan. Ikki yillik oʻrtacha yog‘ingarchilik miqdori aprelda 21,0 mm, mayda 34,3 mm, iyunda 1,5 mm, iyulda 1,0 mm, avgustda 0,3 mm, sentabrda 0,5 mm va oktabrda 39,1 mm ni tashkil etgan. Yoz oylarida yog‘ingarchilik deyarli kuzatilmagani hudud iqlimining quruqligini koʻrsatadi. Tadqiqot yillarida havo haroratining yuqori boʻlishi va yog‘ingarchilik miqdorining notekis taqsimlanishi tuproqda organik moddalar minerallashuv jarayonlariga ma’lum darajada ta’sir koʻrsatdi. Ayniqsa, yuqori harorat va bug‘lanish intensivligining ortishi gumus miqdorining shakillanishida muhim omil sifatida namoyon boʻldi. Tadqiqot natijalariga koʻra, turli bonitetli tipik boʻz tuproqlarda gumus miqdori bir xil emasligi aniqlandi. Yaxshi bonitetli tuproqlarda gumus miqdori 0,998-1,123 % atrofida boʻlib, boshqa variantlarga nisbatan yuqori koʻrsatkich qayd etildi. Bu holat mazkur maydonlarda organik moddalarning nisbatan koʻproq toʻplanishi va tuproqning qulay agroekologik sharoiti bilan izohlanadi (2-rasm).

2-rasm. Har xil bonitetli tuproqlarda gumus miqdori, % hisobida Oʻrtacha va past bonitetli tuproqlarda esa gumus miqdorining pasayishi kuzatildi. Ayniqsa, past bonitetli maydonlarda gumus miqdori 0,499-1,019 % oralig‘ida boʻlib, bu yuqori harorat ta’sirida organik moddalar minerallashuvining kuchayishi hamda relyef sharoitida namlikning turlicha taqsimlanishi bilan bog‘liq boʻlishhi mumkin.

Tuproq muhiting reaksiyasi (pH) ham bonitet darajalari boʻyicha ma’lum farq qildi. Yaxshi bonitetli tuproqlarda pH koʻrsatkichi neytralga yaqin boʻlgan boʻlsa, past bonitetli maydonlarda ishqoriy muhitning ortishi kuzatildi. Bu esa tuproqda ozuqa elementlari harakatchanligi va biologik jarayonlarga ma’lum darajada ta’sir koʻrsatadi. Shuningdek, gumus miqdorining oʻzgarishi mikroelementlar harakatchanligi va tuproqning agrokimyoviy holatiga ham ta’sir koʻrsatishi mumkin. XULOSA Tadqiqot hudud tuproqlarida sug‘orish ta’sirida morfologik belgilari va agrokimyoviy xossalarida asta sekin oʻzgarishlar sodir boʻlgan. Iqlim va relyef omillari ta’sirida gumus miqdori hamda tuproq muhiti reaksiyasida ma’lum oʻzgarishlar kuzatildi. Yaxshi bonitetli tuproqlarda gumus miqdori 0,998-1,123 % ni tashkil etgan boʻlsa, oʻrtacha va past bonitetli tuproqlarda uning miqdori kamayib borishi aniqlandi. Bu holat yuqori harorat, bug‘lanish intensivligi va relyef sharoitida namlikning turlicha taqsimlanishi bilan izohlanadi. Shuningdek, pH koʻrsatkichining past bonitetli tuproqlarda ishqoriy tomonga oʻzgarishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari gumus holatining oʻzgarishi mikroelementlar harakatchanligi va tuproq unumdorligiga ham ta’sir qilishi tasdiqlandi. Tadqiqot natijalari asosida turli bonitetli tipik boʻz tuproqlarda gumus miqdorini saqlash va tuproq unumdorligini oshirish maqsadida organik va mineral oʻg‘itlardan me’yor asosida foydalanish, almashlab ekish tizimini joriy etish hamda agrotexnik tadbirlarni relyef sharoiti asosida tashkil etish tavsiya etiladi. Shuningdek, agromeliorativ choralarni qoʻllash hamda mikroelementlar holatini monitoring qilib boorish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 13-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qoʻllab- quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-71-son Farmoni.
  2. Umarov Sh., Nurbekov A., Nishanov N., et al. (2025). Land degradation in Uzbekistan: key challenges and sustainable solutions. https://doi.org/10.3389/fsufs.2025.167640310.3389/fsufs.2025.1676403
  3. Turaeva, S., Sultanova, G. (2024). Climate Change Impact on Agriculture and Water Resources: Uzbekistan. https://t.me/c/3844362119/135.
  4. X.Q.Nomozov, Sh.M. Turdimetov. O‘zbеkiston tuproqlari va ularning evolutsiyasi. Darslik. -T.: “Fan va texnologiya”, 2016, -B.99.
  5. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. М.: 1985. Агоропромиздат. -С. 248-255.
  6. Методы агрохимических анализов почв и растений Средней Азии. Издание Тошкент: 1977. 12, -18 б / Aринушкинa Е.В. Рукoвoдствo пo химическoму aнaлизу пoчв. -Мoсквa. Изд. МГУ, -1970. - С.490.
  7. Toshqo‘ziev M.M. Tuproqda umumiy gumus va xarakatchan gumus moddalari miqdoridan uning unumdorligi ko‘rsatgichi sifatida foydalanishga doir uslubiy ko‘rsatmalar. Toshkent. 2006. - 47 b.
  8. Qo‘ziev R, Abduraxmonov N, Ismonov A. va boshqalar. Davlat yеr kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini bajarish va tuproq xaritalarini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma. Toshkent, 2013. - 48 b.
  9. O‘zbekiston Respublikasining Yer fondi. Toshkent viloyati qishloq xo‘jalik korxona va tashkilotlarining foydalaniladigan еrlari. 2023.
  10. Quramboyeva Sh.D., Mahamadiev S.Q., Sattarov.J.S. Piskent tumanining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarida granulometrik tarkibi xususiyatlari. FarDU. Ilmiy xabarlar. 2025/№5. -B. 188-

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012228
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1056
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
197–200
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06