AMUDARYO TUMANIDA BAHOR MAVSUMIDA MAHSULDOR TUT NAVLARI BILAN BOQILGAN IPAK QURTI PILLALARINING TEXNOLOGIK KO‘RSATGICHLARI
Tanirbergenovich Jumanazarov Timur, Paraxatovna Mambetova Ramuza, Kushkinbaevna Kurbanbaeva ZiywarQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 158–161
Annotatsiya
Ushbu maqolada, mahsuldor tut navlari bilan ipak qurti duragaylari parvarishlanib, olingan pillalarning texnologik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Olingan natijalardan shuni ko‘rish mumkinki varianlarning texnologik ko‘rsatgichlari ichida tolaning umumiy uzunligi bo‘yicha eng yuqori natija oltinvodiy1duragayida kuzatildi (1287,3 m). Metrik nomeri bo‘yicha esa eng yaxshi natija SANISH- 33 tut nvi bilan parvarishlangan Xorij duragayida kuzatildi (3886,0 m/g) Olib borilgan tajribalarda ijobiy natijalar olindi va mahsuldor tut navlari bilan boqilgan tut ipak qurti duragaylarining pillasining texnologik ko‘rsatgichlari yaxshi bo‘lishi isbotlandi.
Boshqa tillarda
ruschaТЕХНОЛОГИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ КОКОНОВ ТУТОВОГО ШЕЛКОПРЯДА, ВЫКОРМЛЕННОГО ПРОДУКТИВНЫМИ СОРТАМИ ШЕЛКОВИЦЫ В ВЕСЕННИЙ СЕЗОН В АМУДАРЬИНСКОМ РАЙОНЕ
В данной статье изучены технологические показатели коконов, полученных при выкормке гибридов тутового шелкопряда продуктивными сортами шелковицы. Из полученных результатов видно, что среди технологических показателей вариантов наивысший результат по общей длине нити наблюдался у гибрида Oltinvodiy-1 (1287,3 м). По метрическому номеру наилучший результат отмечен у гибрида Xorij, выкормленного сортом шелковицы SANISH-33 (3886,0 м/г). В проведённых опытах получены положительные результаты и доказано, что технологические показатели коконов гибридов тутового шелкопряда, выкормленных продуктивными сортами шелковицы, являются высокими.
inglizchaTECHNOLOGICAL INDICATORS OF SILKWORM COCOONS REARED ON PRODUCTIVE MULBERRY VARIETIES DURING THE SPRING SEASON IN AMUDARYA DISTRICT
In this article, silkworm hybrids were reared on productive mulberry varieties and the technological indicators of the cocoons obtained were studied. From the results obtained it can be seen that, among the technological indicators of the variants, the highest result for the total length of the filament was observed in the Oltinvodiy-1 hybrid (1287.3 m). As for the metric number, the best result was observed in the Xorij hybrid reared on the SANISH-33 mulberry variety (3886.0 m/g). Positive results were obtained in the experiments carried out, and it was proved that the technological indicators of the cocoons of mulberry silkworm hybrids fed on productive mulberry varieties are good.
Kalit so‘zlar
- texnologik
- duragay
- mahsuldor
- metrik nomer
- ipakchanlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
AMUDARYO TUMANIDA BAHOR MAVSUMIDA MAHSULDOR TUT NAVLARI BILAN BOQILGAN IPAK QURTI PILLALARINING TEXNOLOGIK KO‘RSATGICHLARI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1045 Jumanazarov Timur Tanirbergenovich Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar Instituti “Ipakchilik” kafedrasi (PhD) assistenti Mambetova Ramuza Paraxatovna Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar Instituti “Ipakchilik” kafedrasi assistenti Kurbanbaeva Ziywar Kushkinbaevna Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar Instituti “Ipakchilik” kafedrasi assistenti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada, mahsuldor tut navlari bilan ipak qurti duragaylari parvarishlanib, olingan pillalarning texnologik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Olingan natijalardan shuni ko‘rish mumkinki varianlarning texnologik ko‘rsatgichlari ichida tolaning umumiy uzunligi bo‘yicha eng yuqori natija oltinvodiy1duragayida kuzatildi (1287,3 m). Metrik nomeri bo‘yicha esa eng yaxshi natija SANISH- 33 tut nvi bilan parvarishlangan Xorij duragayida kuzatildi (3886,0 m/g) Olib borilgan tajribalarda ijobiy natijalar olindi va mahsuldor tut navlari bilan boqilgan tut ipak qurti duragaylarining pillasining texnologik ko‘rsatgichlari yaxshi bo‘lishi isbotlandi. Kalit so‘zlar: . Texnologik, duragay, mahsuldor, metrik nomer, ipakchanlik. KIRISH Ipak qurti pillalarining texnologik ko‘rsatkichlari eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bu esa zot va duragaylarning qanchalik samaradorligi hamda raqobatbardoshli ekanligini ko‘rsatadi. Pillalardan xom ipak chiqishi, quruq pilla vazni, ipakchanlik, tolalarning umumiy uzunligi va metrik nomeri kabi ko‘rsatkichlar pillalarning asosiy texnologik ko‘rsatkichlariga kiradi. So‘nggi yillarda ipak ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olimlarning izlanishlariga nazar soladigan bo‘lsak, sifatli pilla va ipak olish uchun ipak qurtini boqishda yuqori qurt boqish agrotexnikasidan va sifatli ozuqadan foydalanish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ushbu bo‘limda biz xo‘jalik qimmatli belgilari yuqori bo‘lgan tut navlari bargi bilan parvarishlangan ipak qurtlari o‘ragan pillalarining texnologik ko‘rsatkichlarini o‘rgandik. Texnologik tahlillar har yili bahor mavsumida parvarishlanib olingan quruq pillalarni chuvish orqali amalga oshirildi. ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA Mamlakatimizda so‘nggi yillarda pillachilik sohasi bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan bir qancha qaror va farmonlar qabul qilinayapti. Pilla etishtirishda eng muhum ko‘rsatkichlaridan biri bu, ipak qurtining biologik, pilla mahsuldorlik, pilla ipining texnologik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Olimlarimiz Liniya 27 va Liniya 28 seleksion tizimlari hamda ular ishtirokida olingan yuqori getrozisli “Musaffo tola 1” va “Musaffo tola 2” sanoatbop duragaylarini birinchi sutkada tuxum tashlash xususiyati pillaning texnologik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ilmiy jihatdan aniqlashganlar. Tizimlar ichida xom ipak chiqishi bo‘yicha juda yuqori ko‘rsatkich Liniya 27 va Liniya 28 tizimlarida kuzatishgan (47,9 % va 47,7 %). Eng uzun ipak tolasi Liniya 27 tizimida 1428 m va Liniya 28 tizimida esa 1314 m bo‘lgan. Tolaning metrik nomeri Liniya 28 tizimida ingichkaroq – 3626 m/g ni hamda Liniya 27 tizimida 3577 m/g darajasida bo‘lganini aniqlashgan. Xom ipak chiqishi bo‘yicha Musaffo tola 1 va Musaffo tola 2 duragaylari yuqori (47,6 % va 48,8 %) bo‘lganini aniqlashgan. [3]
Tut ipak qurtining jinsi nishonlangan tizimlari ishtirokida olingan yangi duragay kombinatsiyalarining asosiy texnologik ko‘rsatkichlarini tahlil natijalari o‘rganilib, quruq pilladan xom ipak chiqishi ko‘rsatkichlari Liniya 100 x Liniya 11 mech va Liniya 102 x Liniya 5 mech duragaylarida bu ko‘rsatkich 47,19-47,37 % ni tashkil etgan. Qiyoslovchi O‘zbekiston 5 va Xorij duragayida 44,71-44,83 % ga teng bo‘lganini aniqlashgan. Tolaning uzluksiz chuvalish uzunligi bo‘yicha Liniya 5 mech x Liniya 102 (1592 m), Liniya 100 x Liniya 11 mech (1575 m) va Liniya101 x Liniya 32 mech (1342 m) duragay kombinatsiyalari mustahkam ipak tolasiga ega ekanligi isbotlangan. [2] Olimlarimiz mamlakatimizning ayrim mintaqalarida xorijiy ipak qurtlarini boqib ularning biologik ko‘rsatkichlari va pilla mahsuldorligi ko‘rsatkichlarini taqqoslab ko‘rganlar. Shimoliy hududlarda ya’ni Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a hamda Xanqa tumanlarida parvarishlangan qurtlarning hayotchanligi boshqa viloyatlarga solishtirganda past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan (80,7- 89,0 %). Urug‘larning jonlanib chiqishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar 93,2-94,0 % qayd etilgan. Pilla hosildorligi 52,3-57,0 kg ni tashkil etgan va bu boshqa mintaqalarga qaraganda ancha past deb xulosa qilganlar. [1] TADQIQOT MATERIALI VA USLUBIYATI Tadqiqot materiali sifatida tutning mahsuldor Jarariq-5 va SANISH-33 navlari va ularga qiyoslovchi Xasak tut barglari bilan oddiy qurt boqish usulidan foydalanilib, ipak qurtining Ipakchi I x Ipakchi II, Ipakchi II x Ipakchi I, Oltinvodiy 1, Xorij duragaylari parvarishlandi. Tajribalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani O‘zbekiston (OFY) “Bazorboy” fermer xo‘jaligida olib borildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA Texnologik tahlillar har yili bahor mavsumida parvarishlanib olingan quruq pillalarni chuvish orqali amalga oshirildi. Olib borgan tadqiqotlarimiz natijalari shuni ko‘rsatib turibdiki, tajriba variantlarida quruq pilla vazni, ipakchanlik, quruq pilladan xom ipak chiqish foizlari va eng asosiysi metrik nomer ko‘rsatkichlari har yili olib borilgan tajribalarimizda nazorat variantiga nisbatan sezilarli darajada ortganligi kuzatildi quydagi rasmda ma’lumotlar keltirilgan. 1- rasmdagi ilmiy malumotlardan shuni ko‘rishimiz mumkinki, mahsuldor tut navi barglari bilan boqilib, olingan quruq pillalarning tolasini umumiy uzunligiga to‘xtaladigan bo‘lsak Ipakchi 1 x Ipakchi 2 va Ipakchi 2 x Ipakchi 1 duragaylarda o‘rtacha uch yilligi 1132,3- 1212,3 m ni, Oltin vodiy 1 duragayida 1287,3 m, hamda xorij duragayida 1010,0 m tola chiqqanligi aniqlandi. Bu navlar tutning mahsuldor SANIISH-33 navi bilan parvarishlandi. Tajribamizda Jarariq-5 hamda SANIISH- 33 tut naviga nazorat variant sifatida tutning Xasak navidan foydalanildi. 1-rasmda ko‘rinib turibdiki Xasak tut navvi bilan parvarishlangan Ipakchi 2 x Ipakchi 1 duragayi 869,0 m ni tashkil qilib eng kam ko‘rsatkichga ega bo‘lingan. Tajribamizdagi pilla tolasining umumiy uzunligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jarariq-5 tut navi bilan parvarishlangan Oltinvodiy 1 duragayida kuzatildi 1287,3 m. Qoraqalpog‘iston sharoitida mahsuldor tut navlari bilan boqilgan tut ipak qurti pillalarining texnologik ko‘rsatkichlari Tut ipak qurtini pillalarini texnologik ko‘rsatkichlariga navdor va Xasak tut navlari barglarining ta’sirini o‘rganish ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Yigirilgan tolalarning ingichkaligini ko‘rsatadigan duragaylarning metrik nomerini oladigan bo‘lsak, bunda xorij duragayi yuqori 3886,0 m/g pog‘onaga ko‘tarilgani ko‘rinadi. Pillalari yirik bo‘lgan Ipakchi 2 x Ipakchi 1 duragayida 3116,0 m/g bilan pastki o‘rindan joy olgan. Ipakchi 1 x
Ipakchi 2 hamda Oltin vodiy 1 duragaylarda 3390,3-3142,3 m/g bo‘lib, o‘rta darajalarni saqlab qolgan.
1-rasm. Quruq pilla tolasining umumiy uzunligi. Hozirgi kunda jahon bozorida ingichka ipak tolaga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Navdor tut barglari bilan parvarishlangan duragaylarni quruq pillalarini (m/g) o‘rganib chiqdik. Tolaning metrik nomeri bo‘yicha eng uzun xorij duragayida 3886,0 m/g bo‘lgan bo‘lsa, Ipakchi 1 x Ipakchi 2 da 3419,0 m/g, Ipakchi 2 x Ipakchi 1 va Oltin vodiy 1 duragaylarida 3224,0 m/g, 3209,7 m/g gacha olingani ko‘rildi. Nazorat variantidagi pillalarning metrik nomeriga (m/g) to‘xtalib o‘tsak.
3128,3 2958,0 3302,7 3021,0 3390,3 3116,0 3142,3 3886,0 3419,0 3224,0 3209,7 3478,3 Ipakchi 1 x Ipakchi 2 x Ipakchi 2 Ipakchi 1 Oltinvodiy 1 Xorij duragayi
2-rasm. Quruq pilla tolasining metrik nomeri. Xorij duragayida 3302,7 m/g bilan yetakchi o‘rindaligi ma’lum bo‘ldi. Ipakchi 2 x Ipakchi 1 duragayida 2958,0 m/g bo‘yicha keyingi o‘rinni egalladi. Hozirgi kunda Respublikamizda parvarishlashda keng tarqalgan Ipakchi 1 x Ipakchi 2 va Oltin vodiy 1 duragaylarida 2987,7-3128,3 m/g bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Tajriba va nazorat variantidagi tut barglari bilan parvarishlangan ipak qurti pillalarining texnologik ko‘rsatkichlarini taqqoslaydigan bo‘lsak navdor (tajriba) tut navlari bilan parvarishlangan duragaylarning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat variantidan ustunligini yaqqol namoyon etdi. XULOSA
Olib borilgan tadqiqotlar asosida mahsuldor tut navlari bilan boqilgan tut ipak qurti duragaylari pillasining texnologik ko‘rsatkichlari asosiy qismi bo‘lgan pillalar chuvatilishi, uzluksiz chuvatilish uzunligi, tolaning umumiy uzunligi va tolaning metrik nomeri kabi ko‘rsatkichlariga ijobiy tasir ko‘rsatdi. Tajriba va nazorat variantidagi tut barglari bilan parvarishlangan ipak qurti pillalarining texnologik ko‘rsatkichlarini taqqoslaydigan bo‘lsak navdor (tajriba) tut navlari bilan parvarishlangan duragaylarning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat variantidan ustunligini yaqqol namoyon etdi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Batirova A., Umarov A. Appearance of biological and productivity indicators of foreign breeds and hybrids of Bombyx mori L. propagated in seed enterprises in different conditions. // E3S Web of Conferences 371, 01026 (2023). Pp-1-9. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202337101026.10.1051/e3sconf/202337101026
- Nasirillaev B.U., Jumaniyozov M.Sh., Achilov Sh.I. Tut ipak qurti jinsi nishonlangan yangi duragay kombinatsiyalarining texnologik ko‘rsatkichlari. // To‘qimachilik iplarini chuqur qayta ishlashning innovatsion yechimlari mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-texnikaviy anjuman materiallar to‘plami. – Toshkent, 2019-oktyabr. 92-94-b.
- Umarov Sh.R., Nasirillaev B.U., Xudjamatov S.X. Tut ipak qurtining istiqbolli tizimlari va ular ishtirokidagi f1 duragaylarini texnologik xususiyatlari. // To‘qimachilik iplarini chuqur qayta ishlashning innovatsion yechimlari mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-texnikaviy anjuman materiallar to‘plami. – Toshkent, 2019-oktyabr. 143-146-b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012217
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1045
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 158–161
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-09 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06