Asosiy mazmunga o‘tish

SHOLI GENOTIPLARINING VEGETATIV VA GENERATIV BELGILAR BO‘YICHA KOMPLEKS TAHLILI

Kamalov Miyrbek Murat o‘g‘li1iD, Utambetov Duysenbay Usnatdinovich2iD, Abillaeva Umida Urazbayevna32026

  1. 1Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, sholi seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi mudiri
  2. 2Q.x.f.f.d., katta ilmiy xodim, Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi
  3. 3Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi laboranti

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 174–177

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda sholi genotiplarining vegetativ va generativ belgilar bo‘yicha kompleks tahlili amalga oshirildi. Tajribalar nazorat ko‘chatzor sharoitida olib borilib, o‘simlik bo‘yi, vegetatsiya davri, ro‘vak uzunligi, ro‘vagidagi donlar soni, 1000 dona don vazni va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, genotiplar o‘rtasida sezilarli farqlar mavjudligi aniqlandi. Ayrim genotiplar vegetativ va generativ rivojlanish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etdi. Natijalar ushbu genotiplarning seleksiya jarayonida istiqbolli material sifatida foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.

Boshqa tillarda

ruschaКОМПЛЕКСНЫЙ АНАЛИЗ ГЕНОТИПОВ РИСА ПО ВЕГЕТАТИВНЫМ И ГЕНЕРАТИВНЫМ ПРИЗНАКАМ

В данном исследовании проведён комплексный анализ вегетативных и генеративных признаков генотипов риса. Эксперимент проводился в условиях контрольного питомника, оценивались высота растения, вегетационный период, длина метёлки, количество зерен в метёлке, масса 1000 зерен и урожайность. Результаты показали значительные различия между генотипами. Некоторые генотипы проявили высокие показатели по вегетативным и генеративным признакам. Полученные данные свидетельствуют о перспективности использования данных генотипов в селекционном процессе.

inglizchaCOMPREHENSIVE ANALYSIS OF RICE GENOTYPES BY VEGETATIVE AND GENERATIVE TRAITS

This study presents a comprehensive analysis of vegetative and generative traits of rice genotypes. The experiment was conducted under control nursery conditions, evaluating plant height, vegetation period, panicle length, number of grains per panicle, 1000-grain weight, and yield. The results showed significant variation among genotypes. Some genotypes demonstrated superior vegetative and generative performance. The findings indicate that these genotypes are promising materials for breeding programs.

Kalit so‘zlar

  • genotip
  • vegetativ belgilar
  • generativ belgilar
  • kompleks tahlil

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

SHOLI GENOTIPLARINING VEGETATIV VA GENERATIV BELGILAR BO‘YICHA KOMPLEKS TAHLILI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1049 Kamalov Miyrbek Murat o‘g‘li Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi. Sholi seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi mudiri https://orcid.org: 0009-0002-8294-5405 Utambetov Duysenbay Usnatdinovich q.x.f.f.d. kix Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi. https://orcid.org 0009-0006-6264- Abillaeva Umida Urazbayevna Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi laboranti E-mail: abyllaevaumida@gmail.com ANNOTATSIYA Mazkur tadqiqotda sholi genotiplarining vegetativ va generativ belgilar bo‘yicha kompleks tahlili amalga oshirildi. Tajribalar nazorat ko‘chatzor sharoitida olib borilib, o‘simlik bo‘yi, vegetatsiya davri, ro‘vak uzunligi, ro‘vagidagi donlar soni, 1000 dona don vazni va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, genotiplar o‘rtasida sezilarli farqlar mavjudligi aniqlandi. Ayrim genotiplar vegetativ va generativ rivojlanish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etdi. Natijalar ushbu genotiplarning seleksiya jarayonida istiqbolli material sifatida foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: . genotip, vegetativ belgilar, generativ belgilar, kompleks tahlil, seleksiya

Аннотация. В данном исследовании проведён комплексный анализ вегетативных и генеративных признаков генотипов риса. Эксперимент проводился в условиях контрольного питомника, оценивались высота растения, вегетационный период, длина метёлки, количество зерен в метёлке, масса 1000 зерен и урожайность. Результаты показали значительные различия между генотипами. Некоторые генотипы проявили высокие показатели по вегетативным и генеративным признакам. Полученные данные свидетельствуют о перспективности использования данных генотипов в селекционном процессе. Ключевые слова: генотип, вегетативные признаки, генеративные признаки, комплексный анализ, селекция

Abstract. This study presents a comprehensive analysis of vegetative and generative traits of rice genotypes. The experiment was conducted under control nursery conditions, evaluating plant height, vegetation period, panicle length, number of grains per panicle, 1000-grain weight, and yield. The results showed significant variation among genotypes. Some genotypes demonstrated superior vegetative and generative performance. The findings indicate that these genotypes are promising materials for breeding programs. Key words. genotype, vegetative traits, generative traits, complex analysis, breeding

KIRISH Sholi (Oryza sativa L.) dunyo miqyosida eng muhim donli ekinlardan biri bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. U ekin maydoni bo‘yicha

bug‘doydan keyingi ikkinchi o‘rinda, hosildorligi bo‘yicha esa yetakchi don ekinlaridan biri sifatida e’tirof etiladi [1]. Shu sababli sholi seleksiyasi, yuqori hosildor va ekologik stresslarga chidamli navlarni yaratish qishloq xo‘jaligi fanining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. O‘simlik rivojlanishining dastlabki bosqichlari, xususan urug‘ning unib chiqishi va ko‘chatlarning shakllanishi kelgusidagi hosildorlikni belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Da Cruz va boshqalarning ta’kidlashicha, urug‘larning noqulay sharoitlarda uzoq vaqt tuproqda qolishi yoki past harorat va patogenlar ta’siri natijasida unib chiqish jarayonining buzilishi hosildorlikning sezilarli kamayishiga olib keladi [1]. Ghiyasi va hamkorlari ham notekis unib chiqish keyingi vegetatsiya bosqichlarida o‘sishning bir xil bo‘lmasligiga hamda iqtisodiy yo‘qotishlarga sabab bo‘lishini qayd etgan [6]. Sholi iste’moli dunyo bo‘yicha hududlarga nisbatan keskin farqlanadi. Osiyo mamlakatlarida u asosiy oziq-ovqat mahsuloti bo‘lib, jon boshiga iste’mol ayrim hududlarda 200 kg gacha yetadi [2]. Bu esa yuqori sifatli, barqaror va raqobatbardosh genotiplarni yaratish zaruratini yanada kuchaytiradi. Seleksiya jarayonida sholi genotiplarini baholash ota-ona shakllarini tanlash, duragaylash va seleksion ko‘chatzorlarda agrobiologik belgilarni kompleks o‘rganish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Eng istiqbolli tizmalar keyinchalik davlat nav sinoviga tavsiya etiladi [3]. Bu jarayonda biometrik ko‘rsatkichlar, vegetativ va generativ belgilar hamda stress omillariga chidamlilik asosiy seleksion mezonlar hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi keskin kontinental iqlim, sho‘rlangan tuproqlar va suv tanqisligi bilan tavsiflanadi. Ushbu sharoitlar sholi yetishtirishda qo‘shimcha agrotexnik yondashuvlarni talab etadi hamda genotiplarning ekologik stresslarga moslashuvchanligini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi [4]. Bhowmik va hamkorlari esa sholi o‘simligida tuz stressiga chidamlilikni baholashda urug‘unib chiqishi, hosildorlik va fiziologik ko‘rsatkichlar muhim indikator ekanligini ko‘rsatgan [5]. Shu munosabat bilan mazkur tadqiqotda nazorat ko‘chatzor sharoitida sholi genotiplarining vegetativ va generativ belgilarini kompleks baholash, biometrik ko‘rsatkichlar asosida istiqbolli namunalarni aniqlash maqsad qilindi. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tajriba maydonlarida olib borildi. Tajribada sholi (Oryza sativa L.)ning 24 ta namunasi, jumladan Gulistan, Sanam, Nukus-2 hamda bir qator seleksion genotiplar o‘rganildi. Dala tajribalari 2014 yilda qabul qilingan “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” asosida amalga oshirildi. Tajribalar randomizatsiya qilingan blok usulida, 3 takrorlanishda olib borildi. Har bir variant agrotexnik talablar asosida ekilib, standart sug‘orish va parvarishlash tadbirlari bir xil sharoitda bajarildi. O‘rganilgan genotiplar vegetatsiya davri davomida biometrik va agrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholandi. Bunda tup sonining shakllanishi (m²/dona), o‘simlik bo‘yi (sm), ro‘vak uzunligi (sm), ro‘vagidagi donlar soni (dona) hamda hosildorlik (s/ga) asosiy indikatorlar sifatida o‘rganildi. Shuningdek, yotib qolishga chidamlilik va to‘kilishga bardoshlilik ball tizimi asosida baholandi. Fenologik kuzatuvlar urug‘unib chiqishidan to to‘liq pishish davrigacha muntazam olib borildi. Olingan ma’lumotlar statistik usullar yordamida qayta ishlanib, genotiplar Gulistan standart navi bilan qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar va munozara. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, nazorat ko‘chatzor sharoitida o‘rganilgan sholi genotiplari biometrik va hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli farqlarga ega

ekanligi aniqlandi 1 jadval. O‘simlik bo‘yi 65,7–101,3 sm oralig‘ida o‘zgarib, eng yuqori ko‘rsatkich D-44 (101,3 sm), D-24 (100,2 sm) va D-27 (98,7 sm) genotiplarida qayd etildi, eng past ko‘rsatkich esa D-12 (65,7 sm) da kuzatildi. Ro‘vak uzunligi 14,0–19,6 sm oralig‘ida bo‘lib, eng yuqori natija D- 3 (19,6 sm), D-46 (18,9 sm) va D-12 (18,8 sm) genotiplarida aniqlandi. Mahsuldor tuplanish 3,0–3,9 dona oralig‘ida o‘zgarib, D-46 va D-26 (3,9 dona) genotiplarida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. 1-jadval. Nazorat ko‘chatzorida o‘rganilgan sholi namunalarining biometrik tahlili.

№ Namunalar nomi Bo‘yi Ro‘vak Мaxsul Ro‘vak Ro‘vak 1000 Push O‘simlik Т/р va nomerlari uzun- uzunligi, dor dagi dagi dona donlar maxsul ligi, Sm tuplani don don Don soni Dorligi sm shi soni, vazni, vazni miqdori, g dona dona g g % 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 1 Gulistan 84,9 17,2 3,0 62,0 2,26 30,2 11,4 12,42 2 D-3(D-426)uzin dan 90,7 19,6 3,7 63,0 2,69 32,2 10,4 14,25 3 D-29(D-21)D-32 88,0 15,5 3,8 68,0 3,82 33,4 10,8 9,42 4 Gulistan 84,5 16,3 3,8 64,0 2,64 30,4 20,6 15,17 5 Gulistan 97,3 17,0 3,5 77,0 2,90 36,2 12,0 13,3 6 D-46(D-132)D-118 95,4 18,9 3,9 72,0 3,65 33,2 2,7 14,62 b/ost 7 D-21(D-7)D-48 85,8 14,0 3,5 66,0 3,10 30,8 15,1 11,16 8 Almaz 82,0 18,0 3,6 69,0 3,35 31,6 11,8 12,42 9 D-5(D-53) 88,3 17,8 3,8 71,0 3,65 32,4 10,4 14,25 10 D-20(D-442) 85,4 15,9 3,2 66,0 2,48 30,0 10,8 9,42 11 Almaz 80,8 18,1 3,7 79 3,10 32,0 12,5 15,17 12 D-12(D-459) 65,7 18,8 3,6 78,0 3,30 32,8 16,7 11,8 13 D-32(D-530) 84,7 17,8 3.0 65,6 2,35 31,2 11,8 10,60 14 Sanam 90,0 15,9 3,8 64,0 2,80 31,3 10,4 11,39 15 D-35(D-105) 80,2 17,5 3,5 77,0 3,82 31,2 10,8 10,41 16 D-26(D-3) 89,5 15,3 3,9 72,0 3,84 31,0 20,6 13,3 17 Sanam 89,2 17.0 3,6 66,0 3,70 32,1 15,4 14,62 18 D-44(D-253) 101,3 16,2 3,6 64,0 3,75 31,6 11,8 11,16 19 D-27(D-95)D-91 98,7 17,6 3,8 65,4 3,10 32,2 12,0 12,42 20 D-23(D-141) 87,2 17,5 3,8 63,9 3,35 32,2 2,7 14,25 21 Nukus 2 82,8 15,3 3,7 69,0 2,75 32,4 15,1 10,60 22 D-15(D-2)D-13 88,6 17,0 3,7 71,0 3,58 30,0 20,6 11,39 23 D-24(D-17) 100,2 16,9 3,8 66,0 2,10 31,8 15,4 10,41 24 D-2(D-56)D-82 82,2 15,2 3,8 69,0 3,3 31,0 11,8 13,3 Ro‘vagidagi donlar soni 62–79 dona bo‘lib, eng yuqori natija Almaz (79 dona), D-12 (78 dona) va D-35 (77 dona) genotiplarida kuzatildi. Ro‘vakdagi don vazni 2,10–3,84 g oralig‘ida o‘zgarib, eng yuqori ko‘rsatkich D-26 (3,84 g), D-29 (3,82 g) va D-35 (3,82 g) genotiplarida aniqlandi. 1000 dona don vazni 30,0–33,4 g oralig‘ida bo‘lib, eng yuqori natija D-29 (33,4 g), D-3 (32,2 g) va D-5 (32,4

g) genotiplarida qayd etildi. O‘simlik mahsuldorligi esa 9,42–15,17 g oralig‘ida bo‘lib, eng yuqori ko‘rsatkich D-46 (14,62 g), D-3 (14,25 g), D-5 (14,25 g) va D-23 (14,25 g) genotiplarida kuzatildi. Olingan natijalar biometrik va hosildorlik ko‘rsatkichlari genotiplar o‘rtasida sezilarli farqlanishini va ularning genetik salohiyati bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. D-3, D-5, D-26, D-29 va D- 46 genotiplari kompleks ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatib, istiqbolli seleksion material sifatida ajratildi. XULOSA O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, nazorat ko‘chatzor sharoitida o‘rganilgan sholi genotiplari biometrik va hosildorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli farqlarga ega. O‘simlik bo‘yi, ro‘vak uzunligi, mahsuldor tuplanish, don soni va 1000 dona don vazni bo‘yicha genotiplar o‘rtasida keng o‘zgaruvchanlik aniqlandi. Eng yuqori kompleks ko‘rsatkichlar D-3, D-5, D-26, D-29 va D-46 genotiplarida qayd etilib, ular vegetativ va generativ belgilar uyg‘unligi hamda yuqori hosildorlik bilan ajralib chiqdi. Ushbu genotiplar Gulistan standart naviga nisbatan ustunlik ko‘rsatdi. Olingan natijalar ushbu genotiplarni istiqbolli seleksion material sifatida keyingi seleksiya ishlarida foydalanish mumkinligini tasdiqlaydi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Da Cruz, H. L., Ferrari, C. S. (2007). Evaluation of corn genotypes for use in earlier sowing under low temperatures. Revista Brasileira de Sementes, 29, 52–60.
  2. Tumanyan N.G., Kumeyko T.B. (2017). Uvelichenie biologicheskoy cennosti risoproduktov… Tver, 147–150.
  3. Korotenko T.L., Tumanyan N.G., Petruxnenko A.A. (2016). Biologicheskie osobennosti i kachestvo zerna sortov risa… Risovodstvo, 1–2, 23–33.
  4. Atabaeva X.N., Xudoyqulov J.B. (2018). O‘simlikshunoslik. Toshkent: Fan va texnologiya, 407 b.
  5. Bhowmik S.K. et al. (2009). Phenotypic and genotypic screening of rice genotypes… Afr. J. Biotechnol., 8(23), 6490–6494.
  6. Ghiyasi M. et al. (2008). Effect of osmopriming on germination of wheat seeds… Research Journal of Biological Science, 3(10), 1249–1251.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012221
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1049
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
174–177
ORCID
Kamalov Miyrbek Murat o‘g‘li0009-0002-8294-5405Utambetov Duysenbay Usnatdinovich0009-0006-6264-0355
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06