Asosiy mazmunga o‘tish

KO‘P YILLIK BUG‘DOY NAVLARI VA SELEKSIYA TIZMALARIDA OQSIL MIQDORINI ANIQLASH VA ISTIQBOLLI NAMUNALARNI AJRATISH

o‘g‘li Azizov Bekzod G‘ayrat, Baxodirovna Muxammadiyeva Maxliyoqishliq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori “Donli ekinlar seleksiyasi” laboratoriya mudiri Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti Qarsh davlat texnika universtitut talabasi2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 170–173

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda bug‘doy navlari va seleksiya tizmalari donining sifat ko‘rsatkichlari, xususan oqsil, kleykovina va namlik miqdori Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining “Qishloq xo‘jaligini saqlash, qayta ishlash va yalpi tahlillash” laboratoriyasida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, don tarkibidagi oqsil miqdori o‘rtacha 15,0–20,1 % ni tashkil etdi. Andoza sifatida olingan “Bezostaya” va “Bezostaya 1” navlariga nisbatan KR23-PW-ON-9, KR23-PW-ON-13, KR23-PWON-21, KR23-PW-ON-23, KR23-PW-ON-27 va KR23-PW-ON-33 tizmalarda oqsil miqdori 1,4–3,3 % ga yuqori ekanligi aniqlandi. Kleykovina miqdori o‘rtacha 24,7–30,4 % bo‘lib, ayrim tizmalarda andoza navlarga nisbatan 1,0–3,0 % yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Oqsil va kleykovina miqdori o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik (r=0,90) aniqlangan. Don namligi esa 5,6–7,3 % oralig‘ida bo‘lib, o‘rtacha 6,4 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar bug‘doy seleksiyasida yuqori sifatli va istiqbolli genotiplarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Boshqa tillarda

ruschaОПРЕДЕЛЕНИЕ СОДЕРЖАНИЯ БЕЛКА В МНОГОЛЕТНИХ СОРТАХ И СЕЛЕКЦИОННЫХ ЛИНИЯХ ПШЕНИЦЫ И ВЫДЕЛЕНИЕ ПЕРСПЕКТИВНЫХ ОБРАЗЦОВ

В данном исследовании показатели качества зерна сортов и селекционных линий пшеницы, в частности содержание белка, клейковины и влаги, были изучены в лаборатории «Хранение, переработка и комплексный анализ сельскохозяйственной продукции» Южного научно-исследовательского института сельского хозяйства. GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR, CHO‘LLANISH VA OZIQOVQAT XAVFSIZLIGI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2026-yil 2-iyun, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Nukus Результаты показали, что содержание белка в зерне в среднем составило 15,0–20,1%. По сравнению со стандартными сортами «Безостая» и «Безостая 1», линии KR23-PW-ON-9, KR23-PW-ON-13, KR23-PW-ON-21, KR23-PW-ON-23, KR23-PW-ON-27 и KR23-PW-ON-33 продемонстрировали более высокое содержание белка на 1,4–3,3%. Содержание клейковины в среднем составило 24,7–30,4%, при этом у некоторых линий оно превышало показатели стандартных сортов на 1,0–3,0%. Установлена сильная положительная корреляционная связь между содержанием белка и клейковины (r = 0,90). Влажность зерна варьировала в пределах 5,6–7,3% и в среднем составила 6,4%. Полученные результаты имеют важное значение для выявления высококачественных и перспективных генотипов в селекции пшеницы.

inglizchaDETERMINATION OF PROTEIN CONTENT IN PERENNIAL WHEAT VARIETIES AND BREEDING LINES AND SELECTION OF PROMISING SAMPLES

Mazkur tadqiqotda bug‘doy navlari va seleksiya tizmalari donining sifat ko‘rsatkichlari, xususan oqsil, kleykovina va namlik miqdori Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining “Qishloq xo‘jaligini saqlash, qayta ishlash va yalpi tahlillash” laboratoriyasida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, don tarkibidagi oqsil miqdori o‘rtacha 15,0–20,1 % ni tashkil etdi. Andoza sifatida olingan “Bezostaya” va “Bezostaya 1” navlariga nisbatan KR23-PW-ON-9, KR23-PW-ON-13, KR23-PW- ON-21, KR23-PW-ON-23, KR23-PW-ON-27 va KR23-PW-ON-33 tizmalarda oqsil miqdori 1,4–3,3 % ga yuqori ekanligi aniqlandi. Kleykovina miqdori o‘rtacha 24,7–30,4 % bo‘lib, ayrim tizmalarda andoza navlarga nisbatan 1,0–3,0 % yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Oqsil va kleykovina miqdori o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik (r=0,90) aniqlangan. Don namligi esa 5,6–7,3 % oralig‘ida bo‘lib, o‘rtacha 6,4 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar bug‘doy seleksiyasida yuqori sifatli va istiqbolli genotiplarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar

  • bug‘doy
  • don sifati
  • oqsil miqdori
  • kleykovina
  • namlik
  • seleksiya tizmalari
  • genotip
  • laboratoriya tahlili
  • qaytariqlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

KO‘P YILLIK BUG‘DOY NAVLARI VA SELEKSIYA TIZMALARIDA OQSIL MIQDORINI ANIQLASH VA ISTIQBOLLI NAMUNALARNI AJRATISH DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1048 Azizov Bekzod G‘ayrat o‘g‘li qishliq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori “Donli ekinlar seleksiyasi” laboratoriya mudiri Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti ORCID iD: 0009-0009-5894-0963 Muxammadiyeva Maxliyo Baxodirovna Qarsh davlat texnika universtitut talabasi ANNOTATSIYA Mazkur tadqiqotda bug‘doy navlari va seleksiya tizmalari donining sifat ko‘rsatkichlari, xususan oqsil, kleykovina va namlik miqdori Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining “Qishloq xo‘jaligini saqlash, qayta ishlash va yalpi tahlillash” laboratoriyasida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, don tarkibidagi oqsil miqdori o‘rtacha 15,0–20,1 % ni tashkil etdi. Andoza sifatida olingan “Bezostaya” va “Bezostaya 1” navlariga nisbatan KR23-PW-ON-9, KR23-PW-ON-13, KR23-PWON-21, KR23-PW-ON-23, KR23-PW-ON-27 va KR23-PW-ON-33 tizmalarda oqsil miqdori 1,4–3,3 % ga yuqori ekanligi aniqlandi. Kleykovina miqdori o‘rtacha 24,7–30,4 % bo‘lib, ayrim tizmalarda andoza navlarga nisbatan 1,0–3,0 % yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Oqsil va kleykovina miqdori o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik (r=0,90) aniqlangan. Don namligi esa 5,6–7,3 % oralig‘ida bo‘lib, o‘rtacha 6,4 % ni tashkil etdi. Olingan natijalar bug‘doy seleksiyasida yuqori sifatli va istiqbolli genotiplarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zi: Bug‘doy, don sifati, oqsil miqdori, kleykovina, namlik, seleksiya tizmalari, genotip, laboratoriya tahlili, qaytariqlar.

Abstract: In this study, grain quality indicators of wheat varieties and breeding lines, particularly protein, gluten, and moisture content, were investigated in the laboratory of “Storage, Processing and Comprehensive Analysis of Agricultural Products” of the Southern Agricultural Research Institute. The results showed that the average protein content in grain ranged from 15.0 to 20.1%. Compared to the standard varieties “Bezostaya” and “Bezostaya 1”, the breeding lines KR23-PWON-9, KR23-PW-ON-13, KR23-PW-ON-21, KR23-PW-ON-23, KR23-PW-ON-27, and KR23-PWON-33 exhibited higher protein content by 1.4–3.3%. The gluten content averaged 24.7–30.4%, and in some lines it exceeded the standard varieties by 1.0–3.0%. A strong positive correlation (r = 0.90) between protein and gluten content was identified. Grain moisture content ranged from 5.6 to 7.3%, with an average of 6.4%. The obtained results are of great importance for identifying high-quality and promising genotypes in wheat breeding programs. Keywords: Wheat, grain quality, protein content, gluten, moisture, breeding lines, genotype, laboratory analysis, replications.

Аннотация: В данном исследовании показатели качества зерна сортов и селекционных линий пшеницы, в частности содержание белка, клейковины и влаги, были изучены в лаборатории «Хранение, переработка и комплексный анализ сельскохозяйственной продукции» Южного научно-исследовательского института сельского хозяйства.

Результаты показали, что содержание белка в зерне в среднем составило 15,0–20,1%. По сравнению со стандартными сортами «Безостая» и «Безостая 1», линии KR23-PW-ON-9, KR23-PW-ON-13, KR23-PW-ON-21, KR23-PW-ON-23, KR23-PW-ON-27 и KR23-PW-ON-33 продемонстрировали более высокое содержание белка на 1,4–3,3%. Содержание клейковины в среднем составило 24,7–30,4%, при этом у некоторых линий оно превышало показатели стандартных сортов на 1,0–3,0%. Установлена сильная положительная корреляционная связь между содержанием белка и клейковины (r = 0,90). Влажность зерна варьировала в пределах 5,6–7,3% и в среднем составила 6,4%. Полученные результаты имеют важное значение для выявления высококачественных и перспективных генотипов в селекции пшеницы. Ключевые слова: Пшеница, качество зерна, содержание белка, клейковина, влажность, селекционные линии, генотип, лабораторный анализ, повторности.

Don sifat koʻrsatkichlari. Donning eng muhim koʻrsatkichlaridan biri-bu texnologik sifat koʻrsatkichlari boʻlib, unga don tarkibidagi oqsil kleykovina miqdori, donning yaltiroqligi,naturasi, un kuchi non xajmi singari koʻrsatkichlar kiradi. Bugʻdoy navlari donining sifat koʻrsatkichlariga koʻra uch toifaga; kuchli, oʻrta va kuchsiz bugʻdoylarga ajraladi. Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot insitutining “Qishloq xo‘jaligini saqlash, qayta ishlash va yalpi tahlillash” laboratoriyasida nav va namunalarning sifat koʻrsatkichlari o‘rganildi va tahlil qilinganda, don tarkibidagi oqsil miqdori qaytariqlar bo‘yicha o‘rtacha, 15,0-20,1 % ni tashkil etganligi tadqiqot davomida tahlil qilinganda aniqlandi. Andoza sifatida tanlab olingan “Bezostaya” va “Bezostaya 1” navlarida esa 17,3±0,7 -16.4±0,4 % ni tashkil qilib, andoza navlarga nisbattan don tarkibidagi oqsil miqdor yuqori boʻlgan KR23-PWON-9 tizmasi, KR23-PW-ON-13 tizmasi, KR23-PW-ON-21 tizmasi, KR23-PW-ON-23 tizmasi, KR23-PW-ON-27 tizmasi, KR23-PW-ON-33 tizmalarning oqsil miqdori oʻrtacha 18,2±1,0 - 20,1±0.7 % gacha ni tashkil qilib andoza navlaridan 1,4-3,3% yuqori natijani namayon qilganligi aniqlandi. 1-jadval. Koʻp yillik bugʻdoy nav va tizmalarning oqsil miqdori. % (Qarshi 2024-2025 yy). oqsil miqdori, % № Nav va tizma nomi 1-qay 2-qay 3-qay o‘rtacha 1 Bezostaya(Andoza) 17,4 16,5 17,9 17,3±0,7 2 Bezostaya1(Andoza) 17,0 16,6 15,5 16,4±0,4 3 KR23-PW-ON-2 16,5 15,7 17,2 16,5±0,7 4 KR23-PW-ON-3 17,1 16,3 15,1 16,2±1,0 5 KR23-PW-ON-5 17,0 16,3 15,7 16,3±0,3 6 KR23-PW-ON-6 17,2 16,0 15,9 16,3±0,6 7 KR23-PW-ON-7 16,3 15,4 14,6 15,5±0,9 8 KR23-PW-ON-8 15,9 16,2 17,4 16,5±0,7 9 KR23-PW-ON-9 19,0 17,1 18,5 18,2±1,0 10 KR23-PW-ON-10 16,1 15,7 14,8 15,5±0,7 11 KR23-PW-ON-11 16,5 15,6 16,8 16,3±0,6 12 KR23-PW-ON-13 18,2 17,8 19,3 18,1±1,3 13 KR23-PW-ON-14 16,5 15,0 17,2 16,2±1,1 14 KR23-PW-ON-16 15,7 14,3 16,5 15,5±1,1 15 KR23-PW-ON-17 14,8 15,4 16,8 15,7±1,0

16 KR23-PW-ON-18 16,3 14,3 15,4 15,3±1,0 17 KR23-PW-ON-19 15,1 16,3 15,9 15,7±0,6 18 KR23-PW-ON-20 16,5 15,8 17,0 16,5±0,6 19 KR23-PW-ON-21 20,7 19,4 20,2 20,1±0,7 20 KR23-PW-ON-22 15,1 16,2 14,7 15,3±0,8 21 KR23-PW-ON-23 17,9 16,8 18,6 17,7±0,9 22 KR23-PW-ON-24 16,9 16,3 15,2 16,1±0,8 23 KR23-PW-ON-25 16,3 15,2 15,8 15,8±0,5 24 KR23-PW-ON-27 18,1 17,9 19,1 18,4±0,6 25 KR23-PW-ON-28 16,6 15,5 14,5 15,5±1,1 26 KR23-PW-ON-30 15,0 14,1 16,0 15,0±0,9 27 KR23-PW-ON-31 15,0 15,8 17,1 16,0±1,1 28 KR23-PW-ON-32 15,3 16,1 16,6 16,0±0,7 29 KR23-PW-ON-33 19,4 17,1 18,3 18,3±1,1 30 KR23-PW-ON-34 15,8 14,4 16,0 15,4±0,8 x Eng past ko‘rsatkich 14,8 14,1 14,5 15,0 x O‘rtacha ko‘rsatkich 16,6 16,0 16,6 16,4 x Eng yuqori ko‘rsatkich 20,7 19,4 20,2 20,1 EKF 0,05 1,25 EKF 0,5% 6,604 CV% 3,7 Nav va namunalarning oqsil miqdoriga matematik ishlov berilganda tajriba xatoligi 6,604% ga, variasiya koeffisenti CV 3,7 ni tashkil etganligi aniqlandi. Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot insitutining “Qishloq xo‘jaligini saqlash, qayta ishlash va yalpi tahlillash” laboratoriyasida nav va namunalarning sifat koʻrsatkichlari o‘rganildi va tahlil qilinganda kleykovina miqdori oʻrtacha 24,7-30,4 % ni tashkil etib, andoza “Bezostaya” navida kleykovina miqdori 27,5±0,8 % ni tashkil etgan boʻlsa, andoza, “Bezostaya 1” navida esa 28,4±1,2 % ni tashkil etganligi ifodalandi. Andoza navlardan kleykovina miqdori 1,0 -3.0 % gacha yuqori boʻlgan tizmalar borligi aniqlanib ularning soni 4 tani tashkil qilanligi aniqlandi. andoza navlardan kleykovina miqdori yuqori ekanligini namoyon etdi hamda kleykovina miqdoriga matematik ishlov berilganda tajriba xatoligi 4,608% ga, variasiya koeffisenti CV 2,9 ni tashkil etganligi aniqlandi. Oqsil miqdori bilan kleykovina miqdori oʻrasida ijobiy r=0,90 korrelyativ bogʻliqlik borligi aniqlandi. Don tarkibidagi namlik miqdori sifat darajasini aniqlashda muhim koʻrsatkich hisoblanadi. Don namligi deb, uning tarkibidagi,olingan ogʻirligiga nisbatan foizda ifodalangan erkin yoki bogʻlangan gigroskopik suv miqdoriga aytiladi. Odatda don namligi 14% dan kam boʻlmasligi lozim, lekin tajriba may-iyun oylarining issiq kelishi natijasida tajribadagi nav va tizmalarning don namligi oʻrganilganda don tarkibidagi namlik miqdori 5,6-7,3 % ni tashkil etib, oʻrtacha 6,4 % ni tashkil qilganligi laboratoriya natijalarini tahlil qilinganda kuzatildi. XULOSA Tadqiqot natijalari bug‘doy nav va tizmalarida don sifat ko‘rsatkichlari sezilarli darajada farqlanishini ko‘rsatdi. Bug‘doy nav va tizmalarida don tarkibidagi oqsil miqdori sezilarli darajada farqlanishi aniqlandi. Andoza “Bezostaya” va “Bezostaya 1” navlariga nisbatan ayrim seleksiya tizmalarida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Xususan, KR23-PW-ON-9, KR23-PW-ON-13, KR23-

PW-ON-21, KR23-PW-ON-23, KR23-PW-ON-27 va KR23-PW-ON-33 tizmalari yuqori oqsil miqdori (17,7–20,1 %) bilan ajralib turdi va andoza navlardan 1,4–3,3 % ga ustun ekanligi aniqlandi. Eng yuqori natija KR23-PW-ON-21 tizmasida kuzatilib, u 20,1 % oqsil miqdori bilan yetakchi bo‘ldi. Tadqiqot natijalari asosida yuqori oqsilli tizmalarning seleksiya ishlarida qimmatli boshlang‘ich material sifatida foydalanish mumkinligi asoslandi. Shu bois, mazkur tizmalar kelgusida yuqori sifatli, kuchli bug‘doy navlarini yaratishda istiqbolli genotiplar sifatida tavsiya etiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Food and Agriculture Organization. Wheat Production Manual. – Rome, 2019 y.
  2. CIMMYT. Wheat Quality and Improvement. – Mexico, 2018 y.
  3. D.T. Jo‘rayev va boshqalar. Donli ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi. – Toshkent: Fan, 2018 y.
  4. Sh.M. Mirziyoyev. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi. – Toshkent, 2020 y.
  5. R.A. Mamatov. Bug‘doy doni sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari. – Toshkent, 2021 y.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012220
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1048
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
170–173
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06