Asosiy mazmunga o‘tish

SAMARQAND AGLOMERATSIYASI RIVOJLANISHINING ASOSIY XUSUSIYATLARI

o‘g‘li Otaqulov Quvonchbek FurqatSamarqand davlat universiteti doktoranti2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 201–204

Annotatsiya

Mazkur maqolada Samarqand aglomeratsiyasining shakllanishi va rivojlanishining asosiy geografik, demografik hamda iqtisodiy xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda urbanizatsiya jarayonlari sharoitida aglomeratsiyaning hududiy tarkibi, transport-kommunikatsiya tizimi, migratsion jarayonlar va yo‘ldosh aholi manzilgohlari bilan integratsion aloqalari yoritilgan. Shuningdek, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanishi, infratuzilma hamda renovatsiya siyosatining aglomeratsion rivojlanishga ta‘siri ilmiy asosda baholangan. Samarqand aglomeratsiyasining tarixiy-madaniy salohiyati va investitsion jozibadorligi hududiy barqaror rivojlanishning muhim omili sifatida ko‘rsatib berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОСНОВНЫЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ САМАРКАНДСКОЙ АГЛОМЕРАЦИИ

В настоящей статье проанализированы основные географические, демографические и экономические особенности формирования и развития Самаркандской агломерации. В исследовании освещены территориальная структура агломерации в условиях урбанизационных процессов, транспортно-коммуникационная система, миграционные процессы и интеграционные связи со спутниковыми населёнными пунктами. Кроме того, на научной основе оценены развитие отраслей промышленности и сферы услуг, а также влияние инфраструктуры и политики реновации на агломерационное развитие. Историко-культурный потенциал и инвестиционная привлекательность Самаркандской агломерации представлены как важный фактор устойчивого территориального развития.

inglizchaMAIN CHARACTERISTICS OF THE DEVELOPMENT OF THE SAMARKAND AGGLOMERATION

This article analyses the main geographical, demographic and economic features of the formation and development of the Samarkand agglomeration. The study describes the territorial structure of the agglomeration under the conditions of urbanisation processes, its transport and communication system, migration processes and integration links with satellite settlements. In addition, the development of industry and service sectors, and the impact of infrastructure and renovation policy on agglomeration development are assessed on a scientific basis. The historical and cultural potential and investment attractiveness of the Samarkand agglomeration are presented as an important factor of sustainable territorial development.

Kalit so‘zlar

  • Samarqand aglomeratsiyasi
  • urbanizatsiya
  • hududiy rivojlanish
  • migratsiya
  • yo‘ldosh shaharlar
  • urban tizim
  • infratuzilma
  • demografiya
  • iqtisodiyot
  • renovatsiya
  • barqarorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

SAMARQAND AGLOMERATSIYASI RIVOJLANISHINING ASOSIY XUSUSIYATLARI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1057 Otaqulov Quvonchbek Furqat o‘g‘li Samarqand davlat universiteti doktoranti E-mail: Otaqulov7232@gmail.com ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Samarqand aglomeratsiyasining shakllanishi va rivojlanishining asosiy geografik, demografik hamda iqtisodiy xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda urbanizatsiya jarayonlari sharoitida aglomeratsiyaning hududiy tarkibi, transport-kommunikatsiya tizimi, migratsion jarayonlar va yo‘ldosh aholi manzilgohlari bilan integratsion aloqalari yoritilgan. Shuningdek, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanishi, infratuzilma hamda renovatsiya siyosatining aglomeratsion rivojlanishga ta’siri ilmiy asosda baholangan. Samarqand aglomeratsiyasining tarixiy-madaniy salohiyati va investitsion jozibadorligi hududiy barqaror rivojlanishning muhim omili sifatida ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: Samarqand aglomeratsiyasi, urbanizatsiya, hududiy rivojlanish, migratsiya, yo‘ldosh shaharlar, urban tizim, infratuzilma, demografiya, iqtisodiyot, renovatsiya, barqarorlik. KIRISH So‘nggi o‘n yilliklarda dunyo miqyosida urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi shaharlar va ular atrofidagi hududlarning hududiy-integratsion tizim sifatida shakllanishiga olib kelmoqda. Urbanizatsiya bugungi kunda nafaqat demografik jarayoni, balki iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va infratuzilmaviy rivojlanishning muhim omili sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu nuqtai nazardan, shahar aglomeratsiyalarining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganish zamonaviy geografiya, urbanistika hamda hududiy iqtisodiyotning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi [1]. Shahar aglomeratsiyasi – bu markaziy shahar hamda uning atrofida joylashgan, iqtisodiy, transport, mehnat, demografik va madaniy jihatdan o‘zaro uzviy bog‘langan aholi manzilgohlari tizimidir. Aglomeratsiyalar ishlab chiqarish kuchlarining hududiy kontsentratsiyasi, transportkommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishi va aholining yuqori zichligi bilan tavsiflanadi. Ular hududiy iqtisodiy rivojlanishning asosiy “o‘sish qutblari” sifatida xizmat qiladi [1]. Aglomeratsiyalar nazariyasi XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab faol rivojlandi. Fransuz geografi Jan Gotman urban hududlarning fazoviy kengayishi va “megalopolis” tushunchasini ilmiy muomalaga kiritgan bo‘lsa, Anri Lefevr urban fazoni ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli sifatida talqin qilgan. M.Batty esa “aqlli shaharlar” konsepsiyasini GIS texnologiyalari va raqamli boshqaruv tizimlari bilan bog‘liq holda rivojlantirgan [1]. O‘zbekiston Respublikasida ham urbanizatsiya jarayonlari so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarildi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining qariyb 51 foizi shahar hududlarida istiqomat qiladi. Urbanizatsiya darajasining ortishi bilan bir qatorda Toshkent, Samarqand, Farg‘ona–Marg‘ilon, Andijon va Namangan kabi yirik shahar tizimlari negizida aglomeratsiyalar shakllanmoqda [2]. Samarqand aglomeratsiyasi O‘zbekistonning janubiy qismida, Zarafshon vodiysida joylashgan bo‘lib, mamlakatning tarixiy, madaniy va iqtisodiy jihatdan eng muhim urban hududlaridan biri hisoblanadi. Samarqand shahri qadimdan Buyuk Ipak yo‘lining yirik markazi sifatida shakllangan bo‘lib, bugungi kunda ham mintaqaning transport, turizm, sanoat va xizmat ko‘rsatish markazi vazifasini bajaradi. Uning atrofida joylashgan Jomboy, Bulung‘ur, Pastdarg‘om, Toyloq, Urgut va

Kattaqo‘rg‘on kabi hududlar markaziy shahar bilan kuchli iqtisodiy va demografik aloqalar orqali yagona urban tizimni hosil qilmoqda [7]. Samarqand aglomeratsiyasining rivojlanishi tabiiy-geografik omillar bilan ham chambarchas bog‘liq. Xususan, Zarafshon vodiysining qulay tabiiy sharoiti, sug‘orma dehqonchilik imkoniyatlari, transport yo‘llarining kesishgan hududda joylashganligi hamda tarixiy urban markaz sifatida shakllanganligi ushbu hududda aglomeratsion jarayonlarning rivojlanishiga qulay zamin yaratgan [3]. Bugungi kunda Samarqand aglomeratsiyasi nafaqat demografik o‘sish, balki sanoat, xizmat ko‘rsatish, turizm va transport-logistika tizimlarining rivojlanishi bilan ham ajralib turadi. Shu bilan birga, hududda urban infratuzilma yuklamasining ortishi, transport tirbandliklari, ekologik muammolar hamda shahar atrofi hududlarida tartibsiz qurilishlarning ko‘payishi kabi muammolar ham kuzatilmoqda [9]. Mazkur maqolada Samarqand aglomeratsiyasining shakllanish omillari, hududiy tarkibi, demografik va iqtisodiy xususiyatlari hamda uning rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. MATERIALLAR VA USULLAR Mazkur tadqiqotda Samarqand aglomeratsiyasining hududiy tarkibi, rivojlanish omillari va funksional xususiyatlari geografik hamda urbanistik yondashuvlar asosida tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida statistik ma’lumotlar, ilmiy adabiyotlar, davlat dasturlari va urbanizatsiya bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanildi. Aglomeratsiya hududlarini aniqlashda aholi zichligi, markaziy shaharga qatnov intensivligi, transport aloqalari, iqtisodiy integratsiya va migratsion jarayonlar asosiy mezon sifatida olindi. Shuningdek, G.M.Lappo, F.M.Listengurt, V.G.Davidovich va boshqa olimlarning aglomeratsiyalarni ajratish metodologiyalaridan foydalanildi [7]. Tadqiqot davomida Samarqand shahri hamda unga tutash hududlar – Jomboy, Toyloq, Bulung‘ur, Pastdarg‘om, Urgut va Kattaqo‘rg‘on tumanlari aglomeratsiyaning asosiy tarkibiy qismlari sifatida o‘rganildi. Hududlarning transport-geografik o‘rni, demografik salohiyati, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining rivojlanish darajasi tahlil qilindi. Bundan tashqari, urbanizatsiya jarayonlariga ta’sir etuvchi omillar, jumladan ichki migratsiya, sanoatlashuv, turizm, uy-joy qurilishi va infratuzilmaviy rivojlanish jarayonlari ham o‘rganildi [6]. NATIJALAR Samarqand aglomeratsiyasi O‘zbekistonning eng yirik va tarixiy urban tizimlaridan biri hisoblanadi. U Zarafshon vodiysining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, markaziy yadro sifatida Samarqand shahri faoliyat yuritadi. Aglomeratsiya tarkibiga Samarqand shahri bilan funksional jihatdan bog‘langan Jomboy, Toyloq, Bulung‘ur, Pastdarg‘om, Urgut hamda Kattaqo‘rg‘on hududlari kiradi [8]. Samarqand shahri qadimdan Buyuk Ipak yo‘lining yirik savdo va madaniy markazi sifatida rivojlangan. Tarixiy jihatdan shaharning qulay geografik o‘rni, Zarafshon daryosiga yaqinligi hamda transport yo‘llari kesishgan hududda joylashganligi uning urban markaz sifatida shakllanishiga asos yaratgan [4]. Aglomeratsiyaning rivojlanishida demografik omil muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda Samarqand shahri va unga tutash hududlarda aholi soni muntazam ortib bormoqda. Bu jarayon tabiiy o‘sish hamda ichki migratsiya hisobiga yuz bermoqda. Ayniqsa, qishloq hududlaridan Samarqand shahri tomon yo‘naltirilgan migratsiya oqimlari urban hududlarning kengayishiga olib kelmoqda [5]. Samarqand aglomeratsiyasining iqtisodiy salohiyati asosan sanoat, xizmat ko‘rsatish va turizm sohalari bilan belgilanadi. Hududda oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil sanoat va qayta ishlash tarmoqlari rivojlangan. Bundan tashqari, Samarqand xalqaro turizm markazi

sifatida ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining kengayishiga xizmat qilmoqda [6]. Aglomeratsiyaning transport tizimi ham nisbatan rivojlangan. Samarqand shahri avtomobil va temir yo‘l transportining muhim tuguni hisoblanadi. Samarqand xalqaro aeroportining mavjudligi esa hududning tashqi iqtisodiy aloqalarini mustahkamlaydi. Markaziy shaharga yaqin joylashgan aholi punktlaridan kundalik qatnovlarning kuchayishi “mokisimon migratsiya” jarayonining rivojlanganligini ko‘rsatadi [7]. Samarqand aglomeratsiyasi hududiy shakllanishiga ko‘ra radialaylana tipidagi aglomeratsiyalar qatoriga kiradi. Bunda markaziy shahar atrofidagi aholi manzilgohlari transport yo‘llari orqali markaz bilan bog‘langan holda rivojlanadi [8]. So‘nggi yillarda hududda urban infratuzilmani rivojlantirish, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi hamda renovatsiya loyihalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Samarqand shahrining temir yo‘l orti hududlari, Jomboy va Bulung‘ur kabi shaharchalarda eskirgan uy-joy fondini yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda [2]. Biroq aglomeratsiya hududida ayrim muammolar ham mavjud. Jumladan, transport tirbandliklari, ekologik yuklamaning ortishi, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar hamda shahar atrofi hududlarida tartibsiz qurilishlarning ko‘payishi urban rivojlanishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda [9]. XULOSA Samarqand aglomeratsiyasi O‘zbekistonning tarixiy, iqtisodiy va demografik jihatdan eng muhim urban tizimlaridan biri hisoblanadi. Uning shakllanishida qulay geografik o‘rin, tarixiy taraqqiyot, transport-kommunikatsiya tarmoqlari va demografik omillar muhim rol o‘ynagan. Aglomeratsiya hududida sanoat, xizmat ko‘rsatish, turizm va transport tizimlarining rivojlanishi urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirmoqda. Shu bilan birga, Samarqand shahri va unga tutash hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy va demografik integratsiya kuchayib bormoqda. Hududda urban infratuzilmani modernizatsiya qilish, renovatsiya jarayonlarini jadallashtirish, ekologik muammolarni kamaytirish hamda transport tizimini takomillashtirish Samarqand aglomeratsiyasining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillar hisoblanadi. Kelgusida Samarqand aglomeratsiyasining kompleks rivojlanishi hududiy rejalashtirish, zamonaviy urban boshqaruv tizimlari va innovatsion texnologiyalar asosida amalga oshirilsa, ushbu hudud nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning yirik urban markazlaridan biriga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar12 ta adabiyot

  1. X.Mudorov Multidisciplinary Scientific Journal juranli 2025-yil 21 – 25 b.
  2. https://yuz.uz/uz/news/prezident-respublikada-urbanizaciiani-barqaror-rivozlantirish
  3. Схема генерального плана г. Ташкента на период до 2015 г. - Т.: ТашНИ и ПИ Генплан, 1998.
  4. Бакирханов Ф. Ф. Эволюция формирования и преемственность развития расселения на территории республики Узбекистан: Автореф. дисс. ... канд. архитектуры.-Т., 1998. - 21 с.
  5. Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yil 1 yanvar holatiga mamlakatning asosiy demografik ko‘rsatkichlari https://stat.uz
  6. Зотов А., Раимов Т., Смирнов Н., Ёқубов Б. Ўзбекистон шахарлари. Т.: Ўзбекистон, 1965. -282 б.
  7. А.Г.Уляева Анализ методических подходов к выделению агломерационных образований 2016. – 17 – 26 b. qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Nukus
  8. S.K.Tashiyeva, S.Sh.Baxromova Shahar aglomeratsiyalari “Monografiya” – T., 2021-y. 56 – 61 b.
  9. Ата – Мирзаев О.Б. Геодемографическое исследование городского расселения и прогнозирование урбанизации Узбекской ССР. Автореферат. дис. канд. геогр. наук. - Л.,1985. – 32 с.
  10. https://uz.wikipedia.org/wiki/Urbanizatsiya
  11. Samarqand viloyatining demografik holati 2025-yil 1-yanvar holati bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar, qolgan davrlar bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar. https://samstat.uz/uz/
  12. “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi 2020-yil 28-avgustdagi O‘RQ-635-sonli qonuni. https://lex.uz/docs/-4973063

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012229
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1057
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
201–204
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06