Asosiy mazmunga o‘tish

KUNJUT URUG‘INING LABORATORIYA SHAROITIDA UNUVCHANLIGINI ANIQLASH

Rambergenovna Utepbergenova Aysuliu, Komilovna Muminova Zulfiyatayanch doktorant, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti dotsenti, q-x.f.n.2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 162–163

Annotatsiya

Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kunjutning Qora Shahzoda navini ekish muddati va me‘yorlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadqiqotlarda urug‘larning laboratoriya sharoitida unuvchanligi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОПРЕДЕЛЕНИЕ ВСХОЖЕСТИ СЕМЯН КУНЖУТА В ЛАБОРАТОРНЫХ УСЛОВИЯХ

В настоящей статье приведены данные о всхожести семян в лабораторных условиях, полученные в ходе исследований по срокам и нормам посева сорта кунжута Qora Shahzoda в условиях среднезасолённых почв Республики Каракалпакстан.

inglizchaDETERMINATION OF SESAME SEED GERMINATION UNDER LABORATORY CONDITIONS

This article presents data on the laboratory germination of seeds obtained in the research being carried out on the sowing dates and sowing rates of the Qora Shahzoda sesame variety under the conditions of the moderately saline soils of the Republic of Karakalpakstan.

Kalit so‘zlar

  • kunjut
  • urug‘
  • laboratoriya sharoitida urug‘ning unuvchanligi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

KUNJUT URUG‘INING LABORATORIYA SHAROITIDA UNUVCHANLIGINI ANIQLASH DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1046 Utepbergenova Aysuliu Rambergenovna tayanch doktorant, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Muminova Zulfiya Komilovna E-mail: utepbergenovaaysuliw433@gmail.com Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti dotsenti, q-x.f.n. ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kunjutning Qora Shahzoda navini ekish muddati va me’yorlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadqiqotlarda urug‘larning laboratoriya sharoitida unuvchanligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: . Kunjut, urug‘, labaratoriya sharoitida urug‘ning unuvchanligi.

KIRISH Kunjut issiqsevar o‘simliklar jumlasiga mansubdir. Kunjut urug‘i ekilgandan so‘ng havo harorati 150C dan yuqori bo‘lganda unib chiqish boshlanib, 18-200C bo‘lganda baravj unib chiqa boshlaydi. Kunjutni me’yoriy o‘sib rivojlanishi uchun eng maqbul havo harorati 23-250C hisoblanadi. Kunjut sovuqqa juda chidamsiz bo‘lib, unib chiqqan kunjut maysalari +2-30C havo haroratida ham nobud bo‘lishi mumkin [1]. Kunjut unib chiqqanidan keyin dastlabki o‘sish jarayoni juda sekinlik bilan kechadi. Bu albatta iqlim sharoiti bilan bog‘liq bo‘lib, unib chiqqan kunlarda havoning harorati 10-12 0Cga tushib ketsa ham u o‘sishdan to‘xtashi mumkin. Kunjut maqbul muddatlarda ekilib, havo harorati meyoriy xolatda bo‘lganda ekilganidan so‘ng 3-5 kunda unib chiqishni boshlaydi. Unib chiqqan maysalar juda mayda va nozik bo‘lib, salgina noqulay ob-havo sharoiti yoki dastlabki qator orasiga ishlov berish jarayonida ehtiyot bo‘linmasa nobud bo‘lishi mumkin [3]. Kunjutning Qora Shaxzoda navi 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reestriga kiritilgan va sug‘oriladigan va lalmi yerlarda ekish uchun ruxsat etilgan. Qora Shahzoda navi ssp. bicarpellatum Hilt turiga mansub bo‘lib, o‘rtapishar, o‘suv davri sug‘oriladigan maydonlarda 100-110 kun, lalmi yerlarda 90 kun. 1000 dona urug‘vazni 3-3,5 g, urug‘i tarkibida yog‘miqdori 60%. Ekish uchun olingan urug‘likning sifati 2 sinf va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. Urug‘unuvchanligi 90% dan yuqori bo‘lishi kerak [4]. Olingan natijalar va ularning tahlili. Ilmiy tadqiqot dasturi asosida 2026 yilning mart oyida “O‘simliklar genetik resurslari institutidan” kunjutning Qora shaxzoda navi urug‘lari olib kelindi. “O‘zbekiston Respublikasi ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi” laboratoriyasida kunjut urug‘larini unuvchanligini aniqlash uchun beshta tarorlikda 100 donadan urug‘olinib, petri chashkasida tahlil olib borildi [2]. Urug‘lar unuvchanligini aniqlashda Petri chashkasini tagiga namlangan filtr qog‘ozi qo‘yilib, so‘ngra 100 donadan urug‘oralari ochiq holda (bir-biriga tegmaslik uchun) ekildi. Petri chashkasidagi urug‘lar laboratoriyada termostatda 20 0C haroratda unuvchanligi o‘rganildi. Ekilgan vaqti, sanasi daftarchaga yozib qo‘yildi. GOST 12038-84 standarti talabi bo‘yicha kunjut (Sesamum indicum L.)

o‘simligi urug‘ining unuvchanligi 5 kunda to‘liq unib chiqib, urug‘larning o‘rtacha unuvchanlik darajasi 92,0-95,0 % ni tashkil qildi. XULOSA Kunjut qimmatli moyli ekin bo‘lib, oziq-ovqat va sanoat uchun muhim xomashyo hisoblanadi. Kunjutdan yuqori urug‘hosildorligi yetishtirishda agrotexnik tadbirlar bilan birga uning unuvchanligini o‘rganish asosiy omillardan biridir. O‘rganilgan tahlillarda kunjutning Qora shaxzoda navi urug‘lari laboratoriya sharoitida unuvchanligi 92,0-95,0 % ni tashkil etadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Amanova M., Rustamov A., Allanazorova L. Kunjut urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyanoma. Tavsiya, Toshkent, 2018. 3 b.
  2. Методика государственного сортоиспытания сельскохозяйственных культур / Под ред. М.А. Федина. - М.: Госагропром СССР, 1985. - 269 с.
  3. Чирков В.Н. Масличные культуры Узбекистана. Гос.издат УзССР, Ташкент, 1952. С.3-5.
  4. Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining uslubiy qo‘llanmasi. Toshkent, 1989. 27-35 betlar.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012218
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1046
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
162–163
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06