O‘ZBEKISTONDA YARATILGAN TUT IPAK QURTI DURAGAYLARI VA SELEKSION TIZIMLARNING MAHSULDORLIK IMKONIYATLARINI BAHOLASH
Rustemovna Oserbayeva Sarbinaz, qizi Sipatdinova Altinay PaxratdinQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 191–193
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda yaratilgan tut ipak qurti duragaylari va seleksion tizimlarning biologik hamda xo‘jalik foydali ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Mahalliy duragaylarning pilla hosildorligi, ipakchanlik darajasi, hayotchanligi va tashqi muhitga moslashuvchanligi baholandi.
Boshqa tillarda
ruschaОЦЕНКА ПРОДУКТИВНОГО ПОТЕНЦИАЛА ГИБРИДОВ И СЕЛЕКЦИОННЫХ ЛИНИЙ ТУТОВОГО ШЕЛКОПРЯДА, СОЗДАННЫХ В УЗБЕКИСТАНЕ
В данной статье проанализированы биологические и хозяйственно полезные показатели гибридов тутового шелкопряда и селекционных линий, созданных в Узбекистане. Оценены урожайность коконов, уровень шелконосности, жизнеспособность и приспособленность местных гибридов к условиям внешней среды.
inglizchaEVALUATION OF THE PRODUCTIVITY POTENTIAL OF MULBERRY SILKWORM HYBRIDS AND BREEDING LINES CREATED IN UZBEKISTAN
This article analyses the biological and economically useful indicators of the mulberry silkworm hybrids and breeding lines developed in Uzbekistan. The cocoon yield, silk content, viability and adaptability to the external environment of the local hybrids were evaluated.
Kalit so‘zlar
- ipak qurti
- duragay
- seleksiya
- pilla hosildorligi
- ipakchanlik
- geterozis
- liniya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
OʻZBEKISTONDA YARATILGAN TUT IPAK QURTI DURAGAYLARI VA SELEKSION TIZIMLARNING MAHSULDORLIK IMKONIYATLARINI BAHOLASH DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1054 Oserbayeva Sarbinaz Rustemovna assistent, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) Qoraqolpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti Sipatdinova Altinay Paxratdin qizi magistrant, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Oʻzbekistonda yaratilgan tut ipak qurti duragaylari va seleksion tizimlarning biologik hamda xoʻjalik foydali koʻrsatkichlari tahlil qilindi. Mahalliy duragaylarning pilla hosildorligi, ipakchanlik darajasi, hayotchanligi va tashqi muhitga moslashuvchanligi baholandi. Kalit soʻzlar: ipak qurti, duragay, seleksiya, pilla hosildorligi, ipakchanlik, geterozis, liniya. KIRISH Bugungi kunda ipakchilik qishloq xoʻjaligining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sohada yuqori mahsuldor va kasalliklarga chidamli tut ipak qurti zotlari hamda duragaylarini yaratish dolzarb vazifalardan biridir. Oʻzbekistonda ipakchilik ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida bir qator seleksion tizimlar ishlab chiqilgan boʻlib, ular mahalliy iqlim sharoitiga moslashganligi bilan ajralib turadi. Yangi duragaylarni yaratishda pilla vazni, ipak chiqishi, lichinkalarning yashovchanligi va biologik barqarorligi asosiy mezon sifatida olinadi. Soʻnggi yillarda mahalliy olimlar tomonidan yuqori ipak mahsuldorligiga ega boʻlgan yangi liniya va duragaylar yaratildi.Тut ipak qurtini yuqori texnologik xususiyatlariga ega yangi zot va duragaylarini yaratishda selektsioner olimlar uchun boshlang‘ich selektsiya materialni tanlab olish katta ahamiyatga ega bo‘lib selektsiya jarayonining imkoniyatlarini oshiradi. Olimlarimizdan [1] lar yangi “Liniya-27” va “Liniya-28” tizimlarining hayotchanlik va mahsuldorlik xususiyatlarini oshirish bo‘yicha bir necha yillar davomida ish olib borganlar. Bir necha yillik selektsiya ishlari natijasiga ko‘ra, Liniya-27 tuxumlar jonlanishi 95,6 %, Liniya-28 da 95,5 % ni tashkil etgan. Qurtlar hayotchanligi bo‘lsa, Liniya-27 da 89,1 %, Liniya-28 da 90,1 % ga etgan. Bu selektsion tizimlarning aniqlangan etakchi xo‘jalik qiymati belgilarining ko‘rsatkichlari, kelajakda ushbu tizimlar asosida sermahsul, texnologik xususiyatlari talab darajasida bo‘lgan yangi tut ipak qurti zotlari yaratilishiga asos bo‘lishi mumkinligini olimlarimiz ta’kidlab o‘tganlar. İpakchilik sohasining oldidagi muhim vazifalardan yana biri fermer xo‘jaliklarida ipak qurti urug‘ini to‘g‘ri, o‘z vaqtida inkubatsiya qilish, jonlangan qurtlarni tezda ko‘tarib olish, tarqatish, hamda bir tekis rivojlantirishdan iborat. Olimlarimiz [2] lar ipak qurtining İpakchi-1 x İpakchi-2 duragayi ustida ipak qurtlarining bir tekis o‘sishi va rivojlanishida tuxumdan jonlangan qurtlarni ko‘tarib olish oziqlantirish va siyraklashtirish ahamiyati bo‘yicha tajriba olib borganlar. Variantlar bo‘yicha qurtlar bir tekis rivojlanganda oziqlanish kuni 19 sutka, qurtlar yashovchanligi esa 93 % ni tashkil etgan bo‘lsa, qurtlar notekis rivojlanganida oziqlanish kuni 24 sutkaga uzayib yashovchanligi 82 % bo‘lgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zgaruvchan iqlim sharoitida ipak qurtlarini parvarishlash har yili har xil natija beradi. [3] o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borgan ilmiy ishlari natijalariga ko‘ra Navro‘z-1 Navro‘z-2 duragaylarini parvarishlab, ular 58,0-62,0 kg pilla hosili olishga erishgan.
Tadqiqot maqsadi Mahalliy seleksion tizimlar va duragaylarning mahsuldorlik imkoniyatlarini baholash hamda ularning sanoat ipakchiligi uchun ahamiyatini aniqlash. MATERIALLAR VA METODLAR Tadqiqot davomida qurtlarning: hayotchanligi, pilla hosildorligi, bitta pillaning oʻrtacha vazni, ipakchanlik darajasi, ipak tolasi sifati koʻrsatkichlari tahlil qilindi. Oʻzbekistonda tut ipak qurti seleksiyasi bo‘yicha ko‘plab zotlar, liniyalar va sanoat duragaylari yaratilgan. Ularning asosiy maqsadi — yuqori hosildor, kasalliklarga chidamli, ipak sifati yaxshi hamda mahalliy iqlimga mos duragaylarni olish hisoblanadi. Quyida Oʻzbekistonda yaratilgan va amaliyotda foydalanilgan ayrim seleksion tizim hamda duragaylar keltiriladi: Mahalliy seleksion tizim va liniyalar Liniya-27, Liniya-28, Liniya-50, Liniya-56, Liniya-66, Liniya-102, Liniya-103, Liniya-205. Bu liniyalar asosan: ipakchanlik foizini oshirish, pilla og‘irligini kattalashtirish, yuqori hayotchanlikka erishish, issiq iqlimga moslashish uchun yaratilgan. Oʻzbekistonda yaratilgan ayrim sanoat duragaylari Ipakchi-1 mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan, yuqori pilla hosildorligiga ega, tirik qolish foizi yuqori. Ipakchi-2 ipak tolasi sifati yaxshi, pillasi yirik, sanoat qayta ishlashiga qulay. Musaffo oqartirish va qayta ishlash uchun qulay oq pilla beradi, tola uzunligi nisbatan yuqori. Navroʻz tez rivojlanadi, bahorgi boqishga mos, iqlim o‘zgarishiga chidamli. Oltin vodiy pilla vazni yuqori, ipak chiqishi yaxshi, intensiv boqish texnologiyasiga mos, qisqa lichinkalik davr, yuqori ipak tolasi uzunligi,yuqori metrik nomerga ega. Tadqiqotlar muhokamasi O‘rganishlarimiz davomida Liniya-66, Liniya-102 va Oltin vodiy duragaylari yuqori mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini namoyon etishi aniqlandi. Ayniqsa, ushbu tizimlarda ipakchanlik darajasi 25–27 % gacha yetgani aniqlandi. Ipakchi-1 va Ipakchi-2 duragaylari esa mahalliy iqlimga moslashganligi hamda yuqori hayotchanligi bilan ajralib turdi. Duragaylarda geterozis hodisasi natijasida pilla vazni va ipak sifati yaxshilangani kuzatiladi. Ayrim duragaylarda lichinkalik davrining qisqarishi ozuqa sarfini kamaytirib, iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. XULOSA Oʻzbekistonda yaratilgan tut ipak qurti duragaylari yuqori hosildorligi, sifatli ipak berishi hamda mahalliy sharoitga moslashganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Ularni ishlab chiqarishga keng joriy etish ipakchilik tarmogʻining iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Nasirillaev B.U, Umarov Sh.R, Jumaniyazov M.Sh, Giyasova K.S. Ipak qurtining yangi “Liniya- 27” va “Liniya-28” tizimlarining hayotchanligi va mahsuldorlik xususiyatlari. //Zooveterinariya. -Toshkent, 2016. -№4. 40-41-b.
- Axmedov N, Fayzullaeva G, Axmedova H. Ipak qurtlarining bir tekis o‘sishi va rivojlanishida tuxumdan jonlangan qurtlarni ko‘tarib olish, oziqlantirish va siyraklashtirish ahamiyati. //Zooveterinariya. –Toshkent, 2013. №5. 31-32-b.
- Abdrimova G.E. Breeds and haybrids of silkworm, prospective for intoruction in silk breeding of Karakalpakstan. // International journal of innovations in engineering research and technology. 10-November, 2020. 7(11) P. 51-53. qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Nukus
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012226
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1054
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 191–193
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06