QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA DIPTERA TURKUMIGA MANSUB AGROMYZIDAE OILASI VAKILLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Jannazarova G.M., Juginisob T.T., Tajetova G.PQoraqalpoq davlat universiteti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 249–250
Annotatsiya
Mazkur tezisda Diptera turkumiga mansub Agromyzidae oilasi vakillarining bioekologik xususiyatlari, ularning qishloq xo‘jaligi ekinlariga yetkazadigan zarari hamda tarqalish qonuniyatlari yoritilgan. Barg g‘ovaklovchi pashshalarning o‘simliklarga salbiy ta‘siri va hududiy sharoitda ularni o‘rganishning dolzarbligi asoslab berilgan.Ushbu tezis ilmiy adabiyotlar tahliliga asoslangan holda bajariladi
Boshqa tillarda
ruschaБИОЭКОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПРЕДСТАВИТЕЛЕЙ СЕМЕЙСТВА AGROMYZIDAE (DIPTERA) В УСЛОВИЯХ КАРАКАЛПАКСТАНА
В данных тезисах освещены биоэкологические особенности представителей семейства Agromyzidae отряда Diptera, наносимый ими вред сельскохозяйственным культурам, а также закономерности их распространения. Обоснованы негативное воздействие минирующих мух на растения и актуальность их изучения в условиях региона. Данные тезисы выполнены на основе анализа научной литературы.
inglizchaBIOECOLOGICAL CHARACTERISTICS OF REPRESENTATIVES OF THE FAMILY AGROMYZIDAE (DIPTERA) UNDER KARAKALPAKSTAN CONDITIONS
This thesis describes the bioecological characteristics of representatives of the family Agromyzidae belonging to the order Diptera, the damage they cause to agricultural crops and the patterns of their distribution. The adverse effect of leaf-mining flies on plants and the relevance of studying them under local conditions are substantiated. This thesis is carried out on the basis of an analysis of the scientific literature.
Kalit so‘zlar
- Agromyzidae
- Diptera
- barg minalovchisi
- bioekologiya
- Liriomyza
- zararkunanda
- agroekosistema
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA DIPTERA TURKUMIGA MANSUB AGROMYZIDAE OILASI VAKILLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1071 Jannazarova G.M., Juginisob T.T., Tajetova.G.P Qoraqalpoq davlat universiteti ANNOTATSIYA Mazkur tezisda Diptera turkumiga mansub Agromyzidae oilasi vakillarining bioekologik xususiyatlari, ularning qishloq xo‘jaligi ekinlariga yetkazadigan zarari hamda tarqalish qonuniyatlari yoritilgan. Barg g‘ovaklovchi pashshalarning o‘simliklarga salbiy ta’siri va hududiy sharoitda ularni o‘rganishning dolzarbligi asoslab berilgan.Ushbu tezis ilmiy adabiyotlar tahliliga asoslangan holda bajariladi Kalit so‘zlar: Agromyzidae, Diptera, leafminer, bioekologiya, Liriomyza, zararkunanda, agroekosistema. KIRISH Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish va ularning fitosanitar holatini yaxshilash bugungi kunda muhim ilmiy-amaliy vazifalardan biridir. Barg kovlovchi pashshalar — Diptera turkumiga mansub Agromyzidae oilasi vakillari o‘simliklarga sezilarli zarar yetkazuvchi asosiy zararkunandalar qatoriga kiradi. Ularning lichinkalari barg parenximasida oziqlanib, o‘ziga xos “mina” hosil qiladi, natijada fotosintez jarayoni buziladi va hosildorlik pasayadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining keskin kontinental iqlimi ushbu zararkunandalar rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratmoqda. Shu bilan birga, hududda Agromyzidae oilasi vakillarining bioekologik xususiyatlari yetarli darajada o‘rganilmagan. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida Agromyzidae oilasi vakillarining bioekologik xususiyatlarini tahlil qilish va ularning qishloq xo‘jaligiga ta’sirini baholash. Asosiy qism Diptera turkumi Agromyzidae oilasi turlarining dunyo faunasi 3000 ga yaqinturlari aniqlangan(B.B.Zlobin.2006). Agromyzidae oilasini 2 ta kichik oilaga :Agromyzinae va phytomyzinae ga bo‘ldi.( Hendel 1920).Agromyzidae vakillari to‘liq metamorfoz bilan rivojlanib, tuxum, lichinka, g‘umbak va imago bosqichlarini o‘taydi. Lichinkalari barg parenximasi bilan oziqlanib, o‘ziga xos g‘ovaklar (minelar) hosil qiladi. Agromyzidae oilasi tarkibida asosiy zararkunanda avloddi Liriomyza avlodining 23 turi iqtisodiy jihatdan muhim hisoblanadi. Ular qishloq xo‘jalik va dekorativ o‘simliklarga katta zarar yetkazadi Ayniqsa Liriomyza avlodiga mansub turlar (L. trifolii, L. sativae, L. bryoniae) iqtisodiy jihatdan muhim zararkunandalar hisoblanadi(A.T. Ushekov. 1992–2002 ). Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zararlanish darajasi oshishi bilan hosildorlik 10–20% gacha kamayadi (M. Ledieu va N. Helyer .1985). Zararkunanda rivojlanishi uchun optimal sharoit 20–25°C harorat va 60–80% namlik hisoblanadi. Qulay iqlim sharoitida yil davomida 10 dan ortiq avlod berishi mumkin (A.T. Ushekov. 1992–2002). Dunyo miqyosida eng keng tarqalgan agromyzidae oilasi vakili Liriomyza trifolii (1-rasim) pomidordagi iqtisodiy xavfi chegarasi soni 15 ta g‘ovak/barg bo‘lib, agar g‘ovak soni 30 taga etsa hosildorlik 10% ga, 50–60 taga etganda esa hosildorlik 18–20% ga kamayadi(K. Spencer.1984). Barglarda g‘ovak hosil qiluvchi turlarning lichinkalari bargning palisad parenximasi bilan oziqlanib, o‘simlik fotosintez sistemasini buzadi.
Bunda o‘simlik kuchsiz bo‘lib, o‘sish va rivojlanishdan orqada qoladi, yosh o‘simliklar nobud bo‘lishi mumkin.
1-rasim Liriomyza trifolii Turli mualliflar Liromyza turlarining 20-30ºC da faol rivojlanishini qayd etgan,ammo qurg‘oqchil continental hududlarda bu ko‘rsatkich biroz farq qiladi. Qoraqalpog‘iston hududining keskin kontinental iqlimi (yuqori harorat va namlikning notekis taqsimlanishi) ushbu hashoratlarning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Qoraqalpog‘iston sharoitida Agromyzidae oilasining tur tarkibi va fenologiyasi bo‘yicha tizimli tadqiqotlar deyarli mavjud emas. XULOSA Agromyzidae oilasi vakillari qishloq xo‘jaligi ekinlarining xavfli zararkunandalari hisoblanadi. Ularning bioekologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish, ayniqsa Qoraqalpog‘iston sharoitida, hosildorlikni saqlash va samarali kurash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.Kelgusida ushbu zararkunandalarni dala sharoitida o‘rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar0 ta adabiyot
Adabiyotlar ro‘yxatidagi 1 ta yozuv matnni ajratishda buzilgan, tuzatilmoqda.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012243
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1071
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 249–250
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06