Asosiy mazmunga o‘tish

TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA DUKKAKLI-DON EKINLARI (NO‘XAT - CICER ARIETINUM L ) NING AHAMIYATI.

Muptullayevna Xushnazarova Shaxnoza, Lapasovich Sanakulov AkmalSamarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 276–278

Annotatsiya

Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishi natijasida tuproq unumdorligining pasayishi, dehqonchilikda hosildorlikni oshirishda va tuproq holarini yaxshilashda tuganak bakteriyalarning ahamiyati hamda, burchoqdoshlar oilasi vakillari, jumladan no‘xat (Cicer aretinum L.) o‘simligining simbioz faoliyatiga ekish muddati va me‘yorining ta‘siri haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЗНАЧЕНИЕ ЗЕРНОБОБОВЫХ КУЛЬТУР (НУТ - CICER ARIETINUM L) В ПОВЫШЕНИИ ПЛОДОРОДИЯ ПОЧВЫ

В данной статье приведены сведения о снижении плодородия почв в результате глобального изменения климата, о значении клубеньковых бактерий в повышении урожайности в земледелии и улучшении состояния почвы, а также о влиянии сроков и норм посева на симбиотическую деятельность представителей семейства бобовых, в том числе растения нута (Cicer aretinum L.).

inglizchaTHE IMPORTANCE OF GRAIN LEGUME CROPS (CHICKPEA - CICER ARIETINUM L) IN INCREASING SOIL FERTILITY

This article presents information on the decline of soil fertility as a result of global climate change, on the importance of nodule bacteria in increasing yields in crop production and in improving the condition of the soil, and on the influence of sowing time and seeding rate on the symbiotic activity of representatives of the legume family, in particular the chickpea (Cicer arietinum L.).

Kalit so‘zlar

  • dukkakli-don ekinlari
  • beda
  • soya
  • vika
  • ko‘k no‘xat
  • no‘xat
  • Cicer aretinum L
  • ekish muddati va me‘yori
  • tuganak bakteriyalar
  • Malxotra
  • Xalima
  • Rhizobium

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA DUKKAKLI-DON EKINLARI (NO‘XAT - CICER ARIETINUM L ) NING AHAMIYATI. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1080 Xushnazarova Shaxnoza Muptullayevna Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi Sanakulov Akmal Lapasovich Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor E-mail: shaxnozaxushnazarova1983@gmail.com ANNOTATSIYA Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishi natijasida tuproq unumdorligining pasayishi, dehqonchilikda hosildorlikni oshirishda va tuproq holarini yaxshilashda tuganak bakteriyalarning ahamiyati hamda, burchoqdoshlar oilasi vakillari, jumladan no‘xat (Cicer aretinum L.) o‘simligining simbioz faoliyatiga ekish muddati va me’yorining ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Dukkakli-don ekinlari, beda, soya, vika, ko‘k no‘xat, no‘xat, Cicer aretinum L., ekish muddati va me’yori, tuganak bakteriyalar, Malxotra, Xalima, Rhizobium, tuproq unumdorligi,. KIRISH Hozirgi kunda dunyodagi global muammolardan biri iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi hisoblanadi. Yurtimizda yog‘ingarchilikning yildan- yilga kamayib borishi dehqonchilikda hosilning pasayishiga, tuproq tarkib va holatining yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda. Ammo dukkakli ekinlar ildizida simbioz yashovchi tugunak bakteriyalari bu kabi muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasp etadi [1]. Dukkakli-don ekinlarini keng miqyosda ekish, tuproq strukturasini yaxshilab, uning unumdorligini oshishi hamda tuproqda biologik azotni to‘plashda ahamiyatlidir. Dukkakli ekinlar tarkibiga kiruvchi oqsilning asosiy qismi havodagi azotni tuganak bakteriyalar yordamida o‘zlashtirishi hisobiga erishiladi.Ilmiy manbalarda keltirilishicha 1 ga maydondagi dukkakli don ekinlari, tuganak bakteriyalar yordamida 100-400 kg havodagi azotni o‘zlashtiradi. Jumladan 1 ga maydonda beda 140-300 kg, soya 250 kg, ko‘k no‘xat, vika 100-150 kg, lyupin 400 kg, no‘xat 180-200 kg atmosfera azotini to‘playdi [2]. Tuproq unumdorligini oshirish,qishloqxo‘jaligi ekinlarining hosildorligini barqaror ta’minlash va ekologik toza agrotexnologiyalarni joriy etishda biologik azotfiksatsiyasi muhim ahamiyatga ega. Atmosferadagi erkin azotni (N₂) o‘simliklar bevosita o‘zlashtira olmaydi. Ushbu jarayonda azotfiksatsiyalovchi mikroorganizmlar, xususan, azotobakteriyalar va dukkakli o‘simliklar bilan simbiozda yashovchi rizobiyalar asosiy rol o‘ynaydi [4]. Dukkakli o‘simliklar birinchi marta tuproqqa ekilganda, undagi tugunak bakteriyalari uncha ko‘p sonli bo‘lmaydi. Ko‘p yillar mobaynida yetishtirish natijasida tuproqda ko‘p sonli maxsus tuganak bakteriyalar populyatsiyalari shakllanadi [3]. Tadqiqot natijalari va ularning tahlili No‘xat-cicer aretinum L. dunyoda, birinchi navbatda qimmatli oziq-ovqat ekini hisoblanadi, shu bilan birga boshqa dukkakli-don ekinlar singari, chorvachilik va qishloq xo‘jaligining ko‘plab muammolarini hal qilishga imkon beradi. Jumladan tuproq unumdorligini oshirish. No‘xat o‘simligi ildizida tugunak bakteriyalarining ko‘payishi o‘simliklarda pigmentatsiya jarayonlarini kuchaytirib, xosildorlikni oshirgan [6]. No‘xat o‘simligida fotosintetik pigment sintezining kuchayishi, hosildorlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq bo‘lib, don xosildorligining oshishiga olib keladi.

Tugunak bakteriyalar (Rhizobium) bilan simbioz holatda Tugunaklardagi Rhizobium bakteriyalari tuproqdagi atmosferadan azotni ushlab, uni o‘simlik o‘sishi uchun muhim bo‘lgan ammiak (NH3) birikmasiga aylantiradi. No‘xat ildizi bakteriyalarni o‘ziga jalb qiluvchi maxsus oqsillar (lektinlar) ajratadi va bakteriyalarni o‘z ichiga oladigan tugunaklarni (shishachalarni) hosil qiladi. O‘simlik bakteriyalar uchun himoya va uglevod (oziq modda) manbai bo‘lib xizmat qiladi [5]. Tuganak bakteriyalar asosan ildizning 0-30 sm dagi tuproq qatlamida joylashadi.

1-rasm. No‘xat (Cicer aretinum L.) ildizidagi tuganaklar. O‘simliklarning ildizlarida tuganaklar hosil bo‘lishi shoxlanish fazasida kuzatiladi va deyarli butun vegetatsiya davrida pishib yetgunga qadar davom etgan O‘simlik ildizidagi tuganak bakteriyalar asosan gullash davrigacha yaxshi rivojlanadi, gullagandan so‘ng bakteriyalar nobut bo‘ladi va tuganak yemirilib, uning azotli organik moddalari tuproqda to‘plana boshlaydi. Vegetatsiya davrining dastlabki haftalarida tuganaklar har 10 ta o‘simlikda o‘rtacha 3,2- 4,3 tani tashkil etti. Gullash fazasida tuganaklar soni o‘rtacha 17,8- 18,4 donaga teng bo‘ldi. Tuganaklar soni yog‘ingarchilik kunlaridan so‘ng sezilarli darajada ko‘payib bordi. Urug‘lar orasi 60x14x1; 60x20x1 qilib ekilganda tuganaklar soni 60x8x1 ga qaraganda ancha ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hosil yig‘ib olingach. Ildizlarda to‘plangan azot birikmalari tuproqda qolib ketadi va tuproqning unumdorligini oshiradi. Bunday dalaga bug‘doy ekilganda hosildorligi 11-26 % ga ortganligi ilmiy manbalarda qayt etilgan [3].

2-rasm. No‘xat (Cicer aretinum L.) da feniologik kuzatuvlar.

XULOSA Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida lalmikor sharoitda ekilgan Malxotra va Xalima navlaida ildiz tzimida tuganak bakteriyalarning hosil bo‘lishi eng yaxshi natija Malxotra navlarida gullash fazasi boshlanish paytiga to‘g‘ri keldi. Tuplar soni kam bo‘lganda, tuganaklar soni ortib boraverdi. Azotobakteriyalarning eng ko‘p tarqalgan vakillari Azotobacter chroococcum, Azotobacter vinelandii hisoblanadi. Azotobakteriyalar- tuproq unumdorligini oshiradi; Fitogormonlar (auksinlar, gibberellinlar) ishlab chiqaradi; O‘simlik ildiz tizimining rivojlanishini rag‘batlantiradi. Shu sababli, no‘xat, loviya, beda, soya, mosh kabi dukkakli ekinlar dehqonchilikda kata maydonlarga ekish tavsiya etiladi. Azotobakteriyalarning ko‘p bo‘lishi tuproq ekologik holatini yaxshilaydi, hosildorlikni oshiradi, eng muhi mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Yerga to‘g‘ri agrotexnik ishlov berish uning holatini yaxshilaydi, hosildorlikning oshishiga sabab bo‘ladi. No‘xat (Cicer aretinum L.) Malxotra navlari 60x14x1 meyorda ekilganda azotobakteriyalarning eng ko‘p massa hosil qilganligi kuzatildi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Atabayeva X.N;Xudayqulov J.B “O‘simlikshunoslik” Toshkent 2018 (192- b)
  2. Axmedov B. “Qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasi” Toshkent 2020
  3. Nasriddinov X, Bobomirzayev P “ O‘simlikshunoslik” Samarqand 2025 (316-b)
  4. MadrahimovA.”Tuproq mikrobiologiyasi”. Toshkent:Fan va texnologiya, 2019
  5. Isaqov K.T., Umurzaqov A.A. “ No‘xatni erta ekish-mo‘l hosil garovi ”. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. - Toshkent, 2019. - № 3.
  6. Rasulov X. “Biologik azot fiksatsiyasi asoslari”.–Toshkent:Fan, 2017.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012252
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1080
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
276–278
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06