SUV EKOTIZIMLARIDA MIKROPLASTIKLARNING TARQALISHI VA ULARNING GIDROBIONTLARGA TA‘SIRI
qizi Hakimova Mavluda Akmaljon, o‘g‘li Parpiyev Iqrorjon IkromjonAndijon Davlat Universiteti Biologiya kafedirasi o‘qtuvchisi Andijon Davlat Universiteti Magistranti2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 256–258
Annotatsiya
Ushbu tezisda suv ekotizimlarida mikroplastiklarning tarqalishi, kelib chiqishi, tasnifi hamda gidrobiontlarga ta‘siri yoritilgan. Mikroplastiklar suv muhitida uzoq vaqt saqlanishi, organizmlar tomonidan yutilishi va trofik zanjir orqali yuqori organizmlarga, jumladan inson organizmiga o‘tishi mumkinligi bilan ekologik xavf tug‘diradi. Shuningdek, chuchuk suv ekotizimlarida, jumladan Sharxonsoy hududida mikroplastiklarning tarqalishi va ta‘sirini o‘rganish dolzarb ilmiy muammo ekanligi asoslangan.
Boshqa tillarda
ruschaРАСПРОСТРАНЕНИЕ МИКРОПЛАСТИКА В ВОДНЫХ ЭКОСИСТЕМАХ И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА ГИДРОБИОНТОВ
В данных тезисах освещены распространение, происхождение и классификация микропластиков в водных экосистемах, а также их влияние на гидробионтов. Микропластики представляют экологическую опасность тем, что длительно сохраняются в водной среде, поглощаются организмами и через трофическую цепь могут переходить к высшим организмам, в том числе в организм человека. Кроме того, обосновано, что изучение распространения и воздействия микропластиков в пресноводных экосистемах, в том числе на территории Шархансая, является актуальной научной проблемой.
inglizchaDISTRIBUTION OF MICROPLASTICS IN AQUATIC ECOSYSTEMS AND THEIR EFFECT ON HYDROBIONTS
This thesis describes the distribution, origin and classification of microplastics in aquatic ecosystems and their impact on hydrobionts. Microplastics pose an ecological hazard in that they persist in the aquatic environment for a long time, are ingested by organisms and can pass through the trophic chain to higher organisms, including the human body. It is also substantiated that studying the distribution and impact of microplastics in freshwater ecosystems, including the area of Sharxonsoy, constitutes a pressing scientific problem.
Kalit so‘zlar
- mikroplastiklar
- suv ekotizimi
- gidrobiontlar
- chuchuk suv
- trofik zanjir
- ekologik xavf
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
SUV EKOTIZIMLARIDA MIKROPLASTIKLARNING TARQALISHI VA ULARNING GIDROBIONTLARGA TA’SIRI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1074 Hakimova Mavluda Akmaljon qizi Andijon Davlat Universiteti Biologiya kafedirasi o‘qtuvchisi E-mail: Abduvalievaholishon0@gmail.com Parpiyev Iqrorjon Ikromjon o‘g‘li Andijon Davlat Universiteti Magistranti E-mail: ikrorjonparpiyev@gmail.com ANNOTATSIYA Ushbu tezisda suv ekotizimlarida mikroplastiklarning tarqalishi, kelib chiqishi, tasnifi hamda gidrobiontlarga ta’siri yoritilgan. Mikroplastiklar suv muhitida uzoq vaqt saqlanishi, organizmlar tomonidan yutilishi va trofik zanjir orqali yuqori organizmlarga, jumladan inson organizmiga o‘tishi mumkinligi bilan ekologik xavf tug‘diradi. Shuningdek, chuchuk suv ekotizimlarida, jumladan Sharxonsoy hududida mikroplastiklarning tarqalishi va ta’sirini o‘rganish dolzarb ilmiy muammo ekanligi asoslangan. Kalit so‘zlar: mikroplastiklar, suv ekotizimi, gidrobiontlar, chuchuk suv, trofik zanjir, ekologik xavf, Sharxonsoy.
So‘nggi yillarda plastik chiqindilarning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan mikroplastiklar global miqyosda eng dolzarb ekologik muammolardan biriga aylandi. Ushbu muammoning kuchayishida plastik materiallarning keng miqyosda ishlab chiqarilishi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha yillik plastik ishlab chiqarish hajmi 1950-yillarda 1,5 million tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich 450 million tonnadan oshdi (Bazat va boshqalar, 2024). Ishlab chiqarilgan plastik materiallarning katta qismi tabiiy sharoitda deyarli parchalanmasligi sababli suv, tuproq va havo kabi ekotizim qatlamlariga tarqalib, atrof-muhitga sezilarli salbiy ekologik ta’sir ko‘rsatmoqda (Geyer, 2020; Aydin va boshqalar, 2023). Plastik chiqindilarning muhim qismi chiqindi sifatida dengiz va okeanlarga tushib, u yerda juda uzoq vaqt, hatto yuz yillar davomida saqlanib qoladi (Thompson, 2004). Plastik materiallardan foydalanish hajmining keskin ortishi natijasida atrof-muhitga chiqarilayotgan plastik chiqindilar miqdori yil sayin oshib bormoqda. Ushbu chiqindilarning tabiiy sharoitda sekin parchalanishi jarayonida mikroplastiklar hosil bo‘lib, ular bugungi kunda global miqyosdagi ekologik muammo sifatida qaralmoqda. Mikroplastiklar odatda o‘lchami 5 mm dan kichik bo‘lgan polimer zarrachalar bo‘lib, atrofmuhitda tolalar, fragmentlar, granulalar hamda plyonka ko‘rinishida uchraydi (Horton va boshqalar, 2017; Sarijan va boshqalar, 2024). Shu bilan birga, o‘lchami 0,1 µm (ba’zi adabiyotlarda 1 µm) dan kichik bo‘lgan plastik zarrachalar nanoplastiklar sifatida tasniflanadi. Ayrim so‘nggi tadqiqotlarda esa mikroplastiklar uchun quyi chegara sifatida 1 nm ko‘rsatilgan holatlar ham mavjud bo‘lib, bu mikro- va nanoplastiklar tasnifida ilmiy yondashuvlar bir xilda emasligini ko‘rsatadi (Risk assessment of microplastic particles). Kelib chiqishiga ko‘ra mikroplastiklar birlamchi va ikkilamchi mikroplastiklarga bo‘linadi. Birlamchi mikroplastiklar inson tomonidan ma’lum bir texnologik yoki iste’mol maqsadlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan mikroskopik sintetik polimerlardan iborat bo‘lib, ular kimyoviy sanoat jarayonlarida, turli plastik buyumlarni silliqlashda, texnik xizmat ko‘rsatishda hamda sintetik kiyimqishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Nukus
kechak ishlab chiqarishda xomashyo yoki qo‘shimcha material sifatida qo‘llaniladi (Fendall va Sewell, 2009; Avio va boshqalar, 2017). Ikkilamchi mikroplastiklar esa mexanik, fizik yoki biologik ta’sirlar natijasida yirik plastik mahsulotlarning parchalanishi orqali hosil bo‘ladi (Avio va boshqalar, 2017). Shu bilan birga, ayrim adabiyotlarda mikroplastiklar tasnifida qarama-qarshi yondashuvlar mavjudligi qayd etilgan. Masalan, mashina shinalarining yeyilishi natijasida hosil bo‘ladigan mayda plastik zarrachalar ko‘plab tadqiqotlarda ikkilamchi mikroplastik sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, ayrim manbalarda ushbu zarrachalar birlamchi mikroplastik sifatida tasniflangan (Microplastics: A Real Global Threat for Environment and Food Safety). Ushbu holat mikroplastiklar tasnifida yagona ilmiy yondashuv hali to‘liq shakllanmaganligini ko‘rsatadi. Mikroplastiklar suv muhitida uzoq vaqt saqlanib qolishi, o‘z yuzasiga turli kimyoviy ifloslantiruvchi moddalarni yutib olishi hamda gidrobiontlar tomonidan oson qabul qilinishi bilan tavsiflanadi. Ayniqsa, chuchuk suv ekotizimlari mikroplastiklar bilan ifloslanish xavfiga ko‘proq duch kelmoqda, chunki daryolar va soylar quruqlikdan kelayotgan asosiy ifloslantiruvchi moddalarning dengiz va okeanlarga tashuvchisi hisoblanadi. Mikroplastiklar gidrobiontlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda, trofik zanjir orqali yuqori trofik pog‘onalarga, jumladan inson organizmiga ham yetib borishi mumkinligi ayrim tadqiqotlarda qayd etilgan (Microplastics and associated contaminants in the aquatic environment, 2020). Hozirgi kunga qadar Web of Science (WoS) ma’lumotlar bazasida “microplastic” atamasi bo‘yicha qariyb 20 mingga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilingan (Gündoğdu va boshqalar, 2024). Ushbu holat mikroplastiklarning biologik xilma-xillik va inson salomatligiga bo‘lgan salbiy ta’siri masalasi ilmiy doiralarda tobora ortib borayotgan qiziqishga sabab bo‘layotganini ko‘rsatadi. Shu bois mikroplastiklarning tarqalishi va ularning suv organizmlari hayotiga ta’siri ekologiya va gidrobiologiya sohasida dolzarb ilmiy muammo sifatida qaralmoqda. Mikroplastiklar gidrosferada beshta asosiy komponentda uchrashi qayd etilgan: okean va dengizlar yuzasi, suv usti qatlamlari, dengiz tubi, qirg‘oq zonalari hamda tirik organizmlar (biota) tarkibida (FAO, 2017). Mikroplastiklarning suv muhitidagi harakati murakkab jarayon bo‘lib, ularning tarqalishi tashqi muhit omillariga bog‘liq. Xususan, shamol mikroplastiklarni suv yuzasi bo‘ylab ko‘chirishi mumkin, zichligi past bo‘lgan zarrachalar suv yuzasida suzadi, zichligi yuqori bo‘lganlari esa suv osti qatlamlariga cho‘kadi. Ushbu jarayonlar mikroplastiklarning o‘lchami, shakli va zichligiga bog‘liq bo‘lib, ular suvda yashovchi gidrobiontlar organizmiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi (GESAMP, 2016). Suv muhitiga tushgan mikroplastiklar ko‘plab organizmlar tomonidan oziqa bilan birga qabul qilinadi. Natijada mikroplastiklar organizmga kirib borib, trofik zanjir orqali yuqori trofik pog‘onalarga, jumladan inson organizmiga ham yetib borishi mumkin (Walkinshaw va boshqalar, 2020). Mikroplastiklarning organizmlar tomonidan yutilishi atrof-muhit sharoitlariga hamda organizmlarning oziqlanish strategiyasiga bog‘liq (Xu va boshqalar, 2020). Xususan, filtratsiya qiluvchi organizmlar mikroplastiklarni suvdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yutadi va vaqt o‘tishi bilan ularni o‘z organizmida to‘playdi (Jones va boshqalar, 2020). Laguna de Terminos hududida olib borilgan tadqiqotlarda sponslar tarkibidagi mikroplastik miqdori suv va cho‘kindi qatlamlariga nisbatan ancha yuqori ekanligi aniqlangan (Celis-Hernandez va boshqalar, 2021). Sponslar juda kichik zarrachalarni, jumladan 10–20 µm yoki 2 µm dan kichik mikroplastiklarni ham yuta olishi sababli boshqa ko‘plab organizmlarga nisbatan ko‘proq mikroplastik to‘plashi mumkin (Fallon va Freeman, 2021; Krikech va boshqalar, 2023). Dengiz
o‘tlari (seagrass) mavjud bo‘lgan cho‘kindi qatlamlarida mikroplastiklar miqdori qumli cho‘kindilarga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, bu holat ushbu o‘simliklar bilan oziqlanuvchi gidrobiontlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi (Jones va boshqalar, 2024). Walkinshaw va uning hammualiflari (2020) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda turli oziqlanish strategiyasiga ega bo‘lgan 11 tur baliqlar, qisqichbaqasimonlar va ikki pallali mollyuskalarda mikroplastiklarning to‘planishi o‘rganilgan. Ularning natijalariga ko‘ra, filtratsiya qiluvchi midiya Mytilus spp. va istiridye Crassostrea spp. organizmlarida mikroplastik miqdori mos ravishda 0,2–5,36 MP/g va 0,16–3,34 MP/g ni tashkil etgan. Planktivor shrimp Crangon crangon organizmida bu ko‘rsatkich 0,13–1,23 MP/g bo‘lgan bo‘lsa, piscivor Thunnus albacares organizmida 0,00059 MP/g aniqlangan. XULOSA So‘nggi yillarda suv ekotizimlarida mikroplastiklarning tarqalishi global ekologik muammo sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mikroplastiklar suv muhitida uzoq vaqt saqlanib qolishi hamda chuchuk suv ekotizimlariga daryolar va soylar orqali kirib borib, oxir-oqibat dengiz va okeanlargacha yetib borishi bilan tavsiflanadi. Ularning gidrobiontlar organizmiga turli yo‘llar bilan kirishi va trofik zanjir orqali inson organizmiga yetib borishi mumkinligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Shunga qaramay, mikroplastiklarning inson organizmiga aniq qaysi tizimlarga va qanday mexanizmlar orqali ta’sir ko‘rsatishi hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu bilan birga, chuchuk suv ekotizimlarida, jumladan Sharxonsoy suv ekotizimida mikroplastiklarning tarqalishi va ularning gidrobiontlarga ta’siri yetarli darajada o‘rganilmagan bo‘lib, ushbu masala dolzarb ilmiy muammo sifatida qolmoqda.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- Andrady, A. L. Plastics and Environmental Sustainability. 3-bob, 55-bet.
- Avio, C. G., Gorbi, S., & Regoli, F. (2017). Plastics and microplastics in the oceans: From emerging pollutants to emerged threat. Marine Environmental Research, 128, 2–11.
- Carbery, M., O‘Connor, W., & Thavamani, P. (2018). Trophic transfer of microplastics and mixed contaminants in the marine food web and implications for human health. Marine Pollution Bulletin, 115(1–2), 20–28.
- Cristina Pedà, L., Caccamo, M. C., Fossi, M. C., Gai, F., Andaloro, F., Genovese, L., & Romeo, T. (2016). Intestinal alterations in European sea bass (Dicentrarchus labrax) exposed to microplastics. Environmental Pollution, 212, 251–256.
- Ecotoxicological Effects of Microplastics in Marine Ecosystems. (2019). Full Project Title.
- Li, J. et al. (2016). Microplastics in freshwater systems: A review. Water Research, 94, 271–282.
- Microplastics and Associated Contaminants in the Aquatic Environment. (2020).
- Thompson, R. C. (2004). Lost at Sea: Where Is All the Plastic?
- A Scientific Perspective on Microplastics in Nature and Society, 37–47-betlar.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012246
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1074
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 256–258
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06