Asosiy mazmunga o‘tish

ECHKICHILIKDA TANLASH VA SARALASH ISHLARI

Azatbaevich Ansatbaev Paraxatq.x.f.f.d (PhD), dotsent v.v.b., Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti2026

KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 337–339

Annotatsiya

Mazkur maqolada echkilarni echkichilikda tanlash va saralash talablari ko‘rsatilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОТБОР И БРАКОВКА В КОЗОВОДСТВЕ

В данной статье изложены требования к отбору и подбору коз в козоводстве.

inglizchaSELECTION AND CULLING PRACTICES IN GOAT BREEDING

This article sets out the requirements for selection and culling in goat breeding.

Kalit so‘zlar

  • echki
  • chatishtirish
  • seleksiya
  • sof zotli urchitish
  • gibridlash

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

ECHKICHILIKDA TANLASH VA SARALASH ISHLARI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1096 Ansatbaev Paraxat Azatbaevich q.x.f.f.d (PhD), dotsent v.v.b., Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari institute E-mail: paraxat_0802@mail.ru ANNOTATSIYA Mazkur maqolada echkilarni echkichilikda tanlash va saralash talablari koʻrsatilgan. Kalit soʻzlar: Echki, chatishtirish, selektsiya, sof zotli urchitish, gibridlash. KIRISH Echkichilik — qishloq xoʻjaligining foydali va tez rivojlanadigan sohalaridan biri. Echkilar sut, goʻsht, teri va jun (moher, kashemir) beradigan universal hayvonlar hisoblanadi. Biroq, yuqori samaradorlikka erishish uchun tanlash (selektsiya) va saralash ishlarini toʻgʻri tashkil etish shart. Ushbu ishlarsiz podaning genetik salohiyatini oshirish, kasalliklarni kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni koʻtarish mumkin emas. Naslchilik xoʻjaliklari zotdor taka va ona echkilar individual tartibda tanlanadi va juftlashtiriladi. Echkilarni oʻsish va rivojlanishini ta`minlash uchun kerakli ozuqalar tayyorlanib parvarishlanadi. Echkilarning kelib chiqishi va mahsuldorligi alohida oʻrganiladi. Selektsiya ishlarida naslli echkilarni takomillashtirishda sof zotli urchitish amalga oshiriladi. Urchitish usullari Urchitilayotgan mahalliy zotlarni takomillashtirishda urchitish usullarini maqsadli qoʻllash yoʻli bilan mahalliy echkilarning mahsuldorlik koʻrsatkichlari takomillashadi va yangi guruh podalari shakllantiriladi. Chorvachilikda qoʻllaniladigan urchitish usullari kabi echkichilikda ham quyidagi urchitish usulari qoʻllaniladi: sof zotli urchitish bir zotga mansub echkilarni oʻzaro juftlashdir. Chatishtirish bu ikki, uch va undan ortiq zotlarni oʻzaro juftlashdir. Duragaylash bu ikki turga mansub hayvonni juftlashdir. Sof holda urchitish zotning mavjud foydali belgilarini saqlash va takomillashtirish demakdir. Sof zotli urchitishda qarindosh boʻlmagan (autbriding) va qarindosh boʻlgan (inbriding) juftlash usuli qoʻllaniladi. Chatishtirishda ikki va undan ortiq zotlarga yoki duragaylarga mansub hayvonlar juftlashtiriladi. Echkichilikda chatishtirishning quyidagi usullari qoʻllaniladi: qon quyish usulida bir zotning ma`lum bir belgisini yaxshilash maqsadida, masalan, sutdagi yogʻni yaxshilash uchun boshqa zotning nasldor takalaridan bir marta foydalaniladi. Zavod usuli yangi zotlar va tiplarni yaratish demakdir. Almashlab chatishtirish usulida yaxshilanuvchi zot dastlabki yaxshilovchi zotga mansub takalari bilan chatishtiriladi, olingan avlod esa yanada yaxshilanuvchi zot takalari bilan juftlashtirib boriladi. Sanoat usulida yaxshilanuvchi zot yaxshilovchi zot takalari bilan bir marta juftlashtiriladi, olingan nasl goʻsht etishtirishda foydalaniladi. Urchitilayotgan mavjud zotlarning mahsuldorligini yanada yaxshilash hamda yangi zot (oila, liniya, tip, kross va boshqa)larni yaratish maqsadida chatishtirish usullari qoʻllaniladi. Chatishtirishdan olingan nasllarni saqlash va toʻla qiymatli ozuqalar bilan oziqlantirish ularning irsiy belgilarini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Gibridlash usuli har xil turga mansub hayvonlarni chatishtirishdir. Masalan, echkilarni arxar bilan chatishtirish gibridlash hisoblanadi. Gibridlashdan olingan gibridlar oʻzlarining sermahsulligi, yashovchanligi bilan boshqa zotlardan keskin ajralib turadi. Echkilar selektsiyasida chatishtirish usullarini rejali va toʻgʻri amalga oshirish talab etiladi. Selektsiya ishlarida echki zotlarini muntazam ravishda takomillashtirish va zotlarning xoʻjalik uchun foydali irsiy belgilarini saqlab qolish muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda naslchilik ishlari bilan jiddiy shugʻullangan xoʻjaliklar naslchilik maqomiga ega boʻlib, ularda sof zotli echkilar urchitilmoqda. Zotning ichida takalarni tanlash, saralash, parvarishlash, nasldorligini barvaqt aniqlash, aniqlangan zotlardan maksimal foydalanish selektsiya ishlaridagi asosiy dasturlar talabidir. Takalarni voyaga juda tez etilishi ularni 12 oyligida sinab koʻrish imkonini beradi. Takalar bir yarim, ikki yoshga toʻlganda, ulardan naslli taka sifatida foydalanish mumkin. Takalarni sinab koʻrish uchun asosiy podadan elita, I klass ona echkilar ajratiladi. Bir bosh taka bilan 50-60 boshgacha ona echki tabiiy qochiriladi. Echkilar bonitirovka paytida ularga baho beriladi. 4,5-5 oyligida eng koʻp 4 va 5 ball olgan takalar zotdor hisoblanadi. Xoʻjalikdagi barcha ona echkilar naslli hisoblanadi, yangi tugʻilgan uloqlarning har biri maxsus jurnalda qayd etib boriladi. Unda uloqlarning tugʻilgan vaqtidagi, 4,5-5, 12 va 18 oyligidagi tirik vazni aks etadi hamda qulogʻiga raqami belgi taqiladi va bonitirovka koʻrsatkichlari holati yozib boriladi. Poda tarkibi sof zotli, asosan elita va I klassga mansub boʻlgan echkilar bilan toʻldiriladi. Xoʻjalikda selektsiya guruhlari tashkil etiladi va podalarda selektsiya ishlari yuqori darajada amalga oshiriladi, hayvonlarni alohida tanlash va juftlash, ular uchun kerakli ozuqalar tayyorlash, parvarishlash va boqish kelib chiqishi va mahsuldorligini alohida hisoblash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Echkichilik selektsiyasida asosiy e`tibor organizmi kuchli, sermahsul, gavdasi yaxshi va sifati a`lo darajada boʻlgan echkilarni parvarishlashga qaratiladi. Echkichilikda naslchilik ishlari eng yaxshi mahsuldorlikka ega boʻlgan echkilarni koʻpaytirish, sut sifat koʻrsatkichlarini mustahkamlash va rivojlantirishga yordam beradigan, muntazam ravishda tanlash va saralash ishlari yigʻindisidan iborat boʻlgan muhim tadbirlar hisoblanadi. Kuzgi mavsumda ona echkilarni qochirish oldidan takalar yana bir marta koʻzdan kechiriladi, elita klassga mansub naslli takalar nasldorlik sifati boʻyicha tekshirish uchun tanlab olinadi. Naslli takalarni avlodlarining sifati boʻyicha tekshirish uchun birinchi klassga mansub ona echkilar ajratiladi. Uloqlarning sifat belgilari onalarining sifat belgilari bilan taqqoslanib, yuqori mahsuldor naslli takadan qochirish uchun boshqa klassdagi ona echkilar tanlanadi. Bunday baholash usuli bilan bir naslli takalarning ustunligi boʻyicha zot andozasining mahsuldorligi taqqoslanadi. Turli klassga mansub ona echkilarning samaradorligi aniqlanadi. Bu tadbirning unumli boʻlishi echkilarni yaxshi boqish va asrash sharoitida birmuncha aniq namoyon boʻladi. Naslli takalar avlodlarining sifati boʻyicha tekshirilgandan keyin ona echkilar guruhlarini qochirish uchun qoʻyiladi. Ikki yil ichida a`lo va yaxshi bahoga ega boʻlgan ona echkilar oʻz sifatlarini avlodlariga oʻtkazsa, naslni “yaxshilovchi” hisoblanadi, ketma- ket ikki marta qoniqarsiz nasl bergan ona echkilar boshqa guruhga oʻtkaziladi. Naslli takalardan avlod olish oldidan avlodboshining mahsuldorlik xususiyatlari, yaxshi nasl berishi boʻyicha unga yaqin (oʻxshash) boʻlgan begona ona echkilar tanlanadi. Avlodboshining istalgan belgilari va xususiyatlarini keyingi urchitishda oʻzaro oʻxshash boʻlgan shu turdagi ona

echkilar bilan chatishtirish orqali amalga oshiriladi. Echkilarda birinchi va ikkinchi boʻgʻin avlodlarni yaqin qarindoshlari bilan chatishtirishga ruxsat etiladi: oʻgʻil x ona, ota x qiz, yarim amma x yarim singil. Bunday usulda chatishtirish bir turdagi avlodlarni olishga yordam beradi. Natijada uchinchi va toʻrtinchi avlodda yuqori qimmatli nasl shakllanadi, foydalanuvchi podadagi turdosh boʻlmagan ona echki bilan chatishtirilib, yuqori mahsuldor nasl olinadi. Shuni hisobga olish kerakki, turdoshlik boʻyicha qochirilganda, echki va takalarning tana tuzilishi mustahkam, sogʻlom va yuqori mahsuldor, yashovchan nasl beradigan boʻlishi lozim. Keyingi avlodlarda naslni takomillashtirishda ota x nevara yoki evara tipidagi oʻrtacha qarindoshlik chatishtirish usullari amalga oshiriladi. XULOSA Echkichilikda tanlash va saralash — bu uzluksiz jarayon. Bir-ikki yil ichida toʻgʻri amalga oshirilsa, podaning samaradorligi 20–40% ga oshishi mumkin. Zamonaviy fermerlar bu ishlarni ilmiy asosda, veterinar va zootexniklar bilan hamkorlikda olib borsalar, nafaqat daromadlarini koʻpaytiradilar, balki sohaning umumiy rivojiga hissa qoʻshadilar.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar11 ta adabiyot

  1. Арипов У.Х. ва бошқалар. Овцеводство и козоводство. М.: 1990
  2. Терентьев В.В. Домашнее овцеводство и козоводство. Алма-Ата. 1989.
  3. Mamadaliev F.X. va boshqalar. O`zbekiston toʻq kulrang tivitli echkilarni parvarishlash va naslchilik ishlariga doir tavsiyalar. T.: 1989.
  4. Мамадалиев Ф.Х. ва бошқалар. Рекомендации по рациональному кормлению козематок в Узбекистане. Т.: 1989.
  5. Мамадалиев Ф.Х. Рекомендации по разведению и племенной работе с тёмно-серуми пуховуми козами в Узбекистане. Т.: 1988.
  6. Воробьёв П.А., Орехов А.А. Овцеводство, козоводство и технология производства шерсти и мяса. Москва -1988.
  7. Котляров И.Т. ва бошқалар. Инструкции по бонитировке пуховух, шерстнух и улоқочнух коз с основами племеной работу. М.: 1986.
  8. Запорожцев Е.Б. Разведение и содержание коз. М- 1983.
  9. Зеленский Г.Г. Козоводство. Москва: 1981.
  10. Qishloq xoʻjalik entsiklopediyasi (echkichilik toʻgʻrisidagi maqolalar). T.: 1969.
  11. Turkiya Oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda "Denizbank" hamkorligida tayyorlangan "100 ta kitob" toʻplamidagi 71-sonli kitob.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-012267
Nashr sanasi
2026-06-02
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/qaxai/1096
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
337–339
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-06