KUZGI BUG‘DOY YETISHTIRISHNING AYRIM ELEMENTLARINI DON HOSILDORLIGIGA TA‘SIRI.
Qobulovich Adashev IlxomjoniDDon va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, q.x.f.f.d., katta ilmiy xodim laboratoriya mudiri2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 324–327
Annotatsiya
Maqolada kuzgi bug‘doy navlarini yetishtirishning ayrim elementlari, ekish muddatlari va ko‘chat me‘yorlarini don hosildorligiga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar berilgan. Kuzgi bug‘doyning Davr, Zvezda, Pervitsa hamda Zimnitsa navlari uchun eng maqbul ekish muddati va me‘yorlari aniqlanganligi bayon etilgan.
Boshqa tillarda
ruschaВЛИЯНИЕ ОТДЕЛЬНЫХ ЭЛЕМЕНТОВ ВОЗДЕЛЫВАНИЯ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ НА УРОЖАЙНОСТЬ ЗЕРНА
В статье представлена информация о влиянии некоторых элементов выращивания сортов озимой пшеницы, сроков посева и стандартов рассады на урожайность зерна. Установлено, что определены наиболее оптимальные сроки посева и стандарты для сортов озимой пшеницы «Давр», «Звезда», «Первица» и «Зимница»
inglizchaTHE EFFECT OF CERTAIN ELEMENTS OF WINTER WHEAT CULTIVATION ON GRAIN YIELD
The article provides information on certain elements of winter wheat cultivation and on the effect of sowing dates and seedling rates on grain yield. It is reported that the most favourable sowing dates and rates have been determined for the winter wheat varieties Davr, Zvezda, Pervitsa and Zimnitsa.
Kalit so‘zlar
- kuzgi bug‘doy
- nav
- tuproq
- ekish muddati
- ekish me‘yori
- sentner
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
KUZGI BUG‘DOY YETISHTIRISHNING AYRIM ELEMENTLARINI DON HOSILDORLIGIGA TA’SIRI. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1092 Adashev Ilxomjon Qobulovich Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, q.x.f.f.d., katta ilmiy xodim laboratoriya mudiri https://orcid.org/0009-0001-7255-442X ANNOTATSIYA Maqolada kuzgi bug‘doy navlarini yetishtirishning ayrim elementlari, ekish muddatlari va ko‘chat me’yorlarini don hosildorligiga ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Kuzgi bug‘doyning Davr, Zvezda, Pervitsa hamda Zimnitsa navlari uchun eng maqbul ekish muddati va me’yorlari aniqlanganligi bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Kuzgi bug‘doy, nav, tuproq, ekish muddati, me’yori,sentner, hosildorlik.
Аннотация: В статье представлена информация о влиянии некоторых элементов выращивания сортов озимой пшеницы, сроков посева и стандартов рассады на урожайность зерна. Установлено, что определены наиболее оптимальные сроки посева и стандарты для сортов озимой пшеницы «Давр», «Звезда», «Первица» и «Зимница» Ключевые слова: озимая пшеница, сорт, почва, период посева, норма высева, центрифуга, урожайность KIRISH Bug‘doy (Tritiqum avestium) dunyo aholisining yarmidan ko‘pi uchun asosiy oziq-ovqat maxsuloti hisoblanadi. Bugungi kunda “Bug‘doy dunyo bo‘yicha 220 million gektardan ziyod maydonga ekilib, 772 million tonnadan ziyod hosil olinib kelinmoqda. Dunyoda bug‘doy eksport qiladigan 6 yetakchi davlat bo‘lib, Bular, Rossiya, Kanada, AQSh, Avstraliya, Ukraina, Yevropa Ittifoqi hisoblanadi. Rossiya bug‘doy eksporti bo‘yicha dunyoda 1 o‘rinda turadi.” Ushbu davlatlarda bugungi kunda yuqori va sifatli don hosili olishda maqbul muddat va me’yorlariga to‘la amal qilinishi natijasida yuqori don hosili olishga erishilmoqda. Shuning uchun respublikamizda har bir ekilayotgan istiqbolli, yangi navlarnieng maqbul ekish muddatlari va me’yorlarini aniqlash hamda ishlab chiqarishga keng joriy etish eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Yuqoridagi va boshqa omillarni hisobga olgan holda Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot Institutining tajriba dalasida kuzgi yumshoq bug‘doyning maxalliy Zvezda, Davr va xorijiy Pervitsa Zimnitsa navlarini uch xil ekish muddati 15.09,1.10,15.10, hamda uch xil ko‘chat qalinliklarida 4-5- 6 mln dona unuvchan urug‘ekib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. tajriba tizimi 36 ta variantdan iborat bo‘lib, 3 takrorlanishda bir yarusda joylashtirildi. Tajriba dalasida egat kengligi 60 sm, uzunligi 50 m. har bir bo‘lakcha maydoni 240 m2, shundan hisobga olinadigan maydon 120 m2 ni tashkil etib, tajribalarning umumiy maydoni 2,6 gektar. Tajriba 3 yil davomida 1:1 (g‘alla: dukkakli ekinlar) qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimida uchta dalada olib borildi. Tajribada kuzgi bug‘doyning Davlat resstriga kiritilgan “Davr”, “Zvezda”, “Pervitsa” va “Zimnitsa” navlarida tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Tajribada kuzgi bug‘doyning “Davr”, “Zvezda”, “Pervitsa” va “Zimnitsa” navlarini uch (15- sentabr, 1-oktabr, 15-oktabr) muddatda uch xil ekish (4,0 mln/ga, 5,0 mln/ga, 6,0 mln/ga) meyorlarda ekib o‘rganildi.
1-jadval. Tajriba tizimi Urug‘ekishmud Urug‘ekishme’yor Var. Kuzgibug‘doynavlari datlari i, mlndona/ga 1 4,0 2 15-sentabr 5,0 3 6,0 4 4,0
5 1-oktabr 5,0 6 6,0 7 4,0 8 15-oktabr 5,0 9 6,0 Kuzgi bug‘doyning maxalliy navlaridan Zvezda, Davr, xorijiy navlardan Pervitsa Zimnitsa navlarini uch xil muddat va uch xil ko‘chat qalinliklarida tajribalar olib borilib, navlarni har tamonlama o‘rganilib, hosildorligi bo‘yicha quyidagi jadvalda ma’lumotlar keltirildi. Tajribadan olingan natijalar tahlilari shuni ko‘rsatadiki, kuzgi bug‘doyning “Davr” navi urug‘lari 15-sentabr muddatida gektariga 4,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan1-varintda don hosildorligi 60,4 s/ga, somon hosili esa 64,4 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu muddatda gektariga 5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 2-3 variantlarda don hosili 61,4-60,1 s/ga ni,tashkil etganligi aniqlandi. Kuzgi bug‘doy navlari 1-oktabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan variantlarda kuzgi bug‘doyning don 15-sentabr muddatida gektariga 4,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 1-variantga nisbatan 4-variantda don hosildorligi 0,4 s/ga, 15- sentabr muddatida gektariga 6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 3-variantga nisbatan esa 6-variantda don hosildorligi 0,4 s/ga, gacha kamayib borganligi kuzatilgan bo‘lsa, 15-sentabr muddatida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 2-variantga nisbatan 5-variantda don hosildorligi 1,9 s/ga, yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Kuzgi bug‘doy urug‘lari 15-oktabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 7-8-9 variantlarda, 15-sentabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 1-2-3 variantlarga nisbatan don hosildorligi mos ravishda 0,8-1,9-2,1 s/ga, kuzatildi Tajribada kuzgi bug‘doyning “Zvezda” navi urug‘lari 15-sentabr muddatida gektariga 4,0-5,0- 6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 10-11-12 varintlarda don hosildorligi o‘rtacha 55,3- 55,8-53,6 s/ga, somon hosili esa mos ravishda 59,0-60,8-55,7 s/ga ni tashkil etib, kuzgi bug‘doy navlari 1-oktabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 13-14- 15 variantlarda, 15-sentabrda gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 10- 11-12 variantga nisbatan don hosildorligi 2,5-5,2-4,8 s/ga, somon hosildorligi esa tegishli ravishda 0,1-3,9-5,3 s/ga yuqori bo‘lganligi kuzatilgan bo‘lsa, urug‘lari 15-oktabr muddatida gektariga 4,0- 5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 16-17-18 variantlar, 15-sentabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 10-11-12 variantlarga nisbatan mos ravishda 1,6-2,0-3,7 s/ga gacha qo‘shimcha don hosili olishga erishilgan bo‘lsada, somon hosildorligi 16-17 variantlarda 1,8-0,3 s/ga gacha kamayib borganligi hamda 18-variantda esa 3,3 s/ga oshib borganligi aniqlandi. Kuzgi bug‘doyning “Pervitsa” navi urug‘lari 15-sentabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 19-20-21 varintlarda don hosildorligi 58,6-62,9-62,7 s/ga,
somon hosildorligi 60,9-68,6-66,8 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, kuzgi bug‘doy navlari 1-oktabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 22-23-24 variantlardan olingan donhosildorligi, 15-sentabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 19-20-21 variantlarga nisbatan22-variantda don hosildorligi 3,7 s/ga, somon hosildorligi esa 4,1 s/ga yuqori, 23-variantda don hosildorligida o‘zgarish kuzatilmagani holda somon hosildorligi 2,0 s/ga kam, 24-variantda esa don hosildorligi 2,8 s/ga, somon hosildorligi mos ravishda 5,5 s/ga kam bo‘lganligi kuzatildi. Tajribada o‘rganilgan kuzgi bug‘doy navlari 15-oktabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 25-26-27 variantlardan olingan don va somon hosildorligi o‘rganib chiqilganida esa 15-sentabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 19-20-21 variantlarga nisbatan don hosildorligi 2,6-3,0-3,5 s/ga, somon hosildorligi esa tegishli ravishda 4,6-6,0-5,9 s/ga gacha kamayib borganiligi aniqlandi. 2-jadval. Kuzgi bug‘doy navlarining don va somon hosildorligi Urug‘ekis Don hosildorligi, s/ga O‘rtacha Kuzgibug‘Urug‘ekishmu hme’yori, № 2015 2016 don hosildoynavlari ddatlari mln 2017 yil dorligi, s/ga dona/ga yil yil 1 4,0 65,0 53,5 62,7 60,4 2 15-sentabr 5,0 61,0 58,9 64,4 61,4 3 6,0 61,3 56,1 62,9 60,1 4 4,0 59,6 56,3 64,1 60,0 5 Davr 1-oktabr 5,0 66,1 58,2 65,5 63,3 6 6,0 61,4 55,5 62,1 59,7 7 4,0 61,8 52,4 64,6 59,6 8 15-oktabr 5,0 58,1 54,6 65,8 59,5 9 6,0 57,7 53,3 63,9 58,3 10 4,0 57,1 53,1 55,8 55,3 11 15-sentabr 5,0 54,9 54,9 57,5 55,8 12 6,0 53,8 51,5 55,4 53,6 13 4,0 60,0 56,1 57,2 57,8 14 Zvezda 1-oktabr 5,0 67,3 57,6 58,1 61,0 15 6,0 64,4 55,1 55,8 58,4 16 4,0 60,0 53,1 57,5 56,9 17 15-oktabr 5,0 61,0 53,7 58,6 57,8 18 6,0 62,8 52,5 56,6 57,3 19 4,0 63,0 52,1 60,8 58,6 20 15-sentabr 5,0 72,6 54,5 61,7 62,9 21 6,0 76,6 51,0 60,4 62,7 22 4,0 67,5 56,8 62,7 62,3 Pervitsa 23 1-oktabr 5,0 66,1 58,7 63,8 62,9 24 6,0 64,4 55,2 60,1 59,9 25 4,0 51,2 54,9 61,8 56,0 15-oktabr 26 5,0 59,1 56,7 63,9 59,9
27 6,0 60,2 55,3 62,1 59,2 28 4,0 60,4 62,3 56,7 59,8 29 15-sentabr 5,0 74,2 63,4 52,7 63,4 30 6,0 65,2 61,2 52,4 59,6 31 4,0 54,1 59,6 59,7 57,8 32 Zimnitsa 1-oktabr 5,0 58,3 61,0 59,8 59,7 33 6,0 62,5 58,0 56,7 59,1 34 4,0 53,0 54,8 59,9 55,9 35 15-oktabr 5,0 56,7 56,3 60,4 57,8 36 6,0 57,9 55,1 58,1 57,0 Kuzgi bug‘doyning “Zimnitsa” navi urug‘lari 15-sentabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 28-29-30 variantlardan yig‘ishtirib olingan don hosildorligi uch yilda o‘rtacha 59,8-63,4-59,6 s/ga, somon hosildorligi esa 63,8-69,2-62,0 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, urug‘lar 1-oktabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 31-32-33 variantlarda 15-sentabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 28-29-30 variantlarga nisbatan don hosildorlik 2,0-3,7-0,5 s/ga, somon hosili 4,7- 5,9-0,4 s/ga, urug‘lar 15-oktabr muddatida gektariga 4,0-5,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘hisobidaekilgan 34-35-36 variantlarda esa 15-sentabr muddatida gektariga 4,0-5,0- 6,0dona unuvchan urug‘hisobida ekilgan 28-29-30 variantlarga nisbatan donhosildorlik 3,9-5,6-2,6 s/ga,somon hosildorligi tegishli ravishda 7,5-8,7-3,3 s/ga gacha kamayib borganligi qayd etildi. Tajriba variantlaridan olingan natijalarga asoslanib xulosa qilishimiz mumkinki, har bir navni ekish muddatlari ularning biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda esa birinchi navbatda ekilayotgan navning vegetatsiya davrining davomiyligini bilish va shunga bog‘liq holda ekish muddati va urug‘sarf me’yorini aniqlash yuqori va sifatli hosil yetishtirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Olib borilgan tadqiqotlarimizda ham yuqoridagi qonuniyatlar o‘z aksini topganligi kuzatilib, yuqoridagi qonuniyatlar takrorlanganligi qayd etildi. Xulosa qilib aytganda xar bir yangi navni o‘zini agrotexnikasini ishlab chiqish, har bir navni o‘z vaqtida maqbul ko‘chat qalinligini tanlab sifatli urug‘lik ekish bilan hosildorlikni 5-7 s/ga ortishi ilmiy tadqiqot natijalarida aniqlandi
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- I.Egamov, I.Adashev, X.Rasulov “Kuzgi bug‘doyni ekish muddatlarining don hosildorligiga ta’siri”. Agro ilm jurnali. Toshkent. 2012 y. №2(22). 26-27 bet.
- X.Bozorov, B.Holiqov. “Kuzgi bug‘doy namlik va ildiz tizimi”. Agroilm, 4 (36), Toshkent. 2015 yil. 25 bet.
- I.Egamov, I.Adashev, G.Mamadalieva. M.Ataboeva. “Kuzgi bug‘doy navlarining o‘sish rivojlanishi hamda hosildorligiga ekish muddati, me’yorlarini ta’siri”. Agroilm, 2-3(34-35), Toshkent. 2015 yil. 20 bet.
- R.Siddiqov, S.Saidov “Kuzgi imkon-yozgi xirmon” O‘zb. q/x. № 9, Toshkent. 2016 yil, 12 bet.
- R.I.Siddiqov, I.Egamov, A.Mansurov, N.Yusupov., “Respublikada ekishga tavsiya etilgan kuzgi bug‘doy navlarining tavsifi hamda ularni innovatsion texnologiyalar asosida yetishtirish” bo‘yicha tavsiyalar Andijon 2018 y
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012263
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1092
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 324–327
- ORCID
- Qobulovich Adashev Ilxomjon0009-0001-7255-442X
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06